Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar
1.
2.
3.
4.
5.


88
4-guruh topshirig‘i 
1-bosqich. Qadimgi Misr me’morchilik san’atini gapirib berish. 5 
daqiqa. 
2-bosqich. Guruhda muhokama qiling 5 daqiqa. 
3-bosqich. Taqdimot varog‘ini to‘ldiring (organayzer yordamida) 10 
daqiqa 
4-bosqich. Taqdimot bilan chiqish 5 daqiqa 
5-bosqich. Boshqa guruhlarning taqdimotini baxolash. 
 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar
1.
2.
3.
4.
5.
 
Guruh bo‘yicha baholash mezonlari 
Har bir guruh boshqa guruhlarni baholaydi. Har bir talab bo‘yicha 2 ball: 
Guruh 

 
Tushunarli 
va aniq 
javob (0,5) 
Ko‘rgazma-
lilik 
(0,5) 
Reglament
ga amal 
qilish (0,5)
Guruh 
faolligi 
(0,5) 
Jami 
ball 
1. 
2. 
3. 
4. 
Hisob natijasi 
Guruhlar 

 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
1.
2.
3.
4.


89
Umumiy 
hisob 
Ballari 
Baho
 
Seminar mashg‘uloti va mustaqil ta’lim uchun 
 tavsiya etilgan adabiyotlar: 
1.
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
2.
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004. 
3.
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
4.
Victoria S. Harrison. Eastern Philosophy. The Basics. New York. 
2013 
5.
Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. 
O‘quv qo‘llanma. –T.: TDShI, 2015.
6.
Sharq falsafasi. Mas’ul muharrirlar: Ibrohimov N.I., Ahmedova 
M.A.–T.: TDShI, 2006 


90
6 mavzu
Qadimgi Misrda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi 
 
Reja 
1.
Misrliklar tasavvurida inson tabiati, o‘limi va narigi dunyodagi hayoti.
2.
“Arfa chaluvchining qo‘shig‘i” asarining mazmuni.
3.
“Hayotdan hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati” 
qo‘lyozmasining mohiyati.
Tayanch tushunchalar: 
Misr madaniyati, misrliklar tasavvurida inson tabiati, Misrda 
diniy dunyoqarash, “Arfa chaluvchining qo‘shig‘i”, “Hayotdan 
hafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati” dotoni, Falsafiy 
tizimlar, asotiriy tafakkur, afsonalar va miflar, dunyoning kelib 
chiqishi, Yaqin Sharq, Sharq falsafasi, Sharq madaniyati.
 
Eramizdan oldingi IV va III ming yilliklar orasida 
Baynalnahrayn va Misr zaminida yozuvning mavjudligi haqida 
birinchi dalillar qo‘lga kiritildi. Ammo Yaqin Sharq o‘lkalaridagi 
yozma yozgorliklar aniq tushunchalar dastgohiga ega bo‘lgan to‘la 
falsafiy tizimlar emasligi ayon bo‘ldi. Unda borliq va dunyoning 
mavjudligi (borliq haqidagi ta’limot) haqidagi muammo hamda 
insonni, uni o‘rab turgan dunyoni bilish imkoniyatlari (bilish 
nazariyasi) haqidagi masalada aniqlik yo‘q. Bunday taraqqiyot 
bosqichiga Yevropa falsafiy fikri an’analari ibtidosida turgan qadimgi 
yunon mutafakkirlarigina chiqqanlar. Ammo qadimgi yunon falsafasi 
rivojini va unga bog‘liq bo‘lgan butun fikriy taraqqiyotni Yaqin 
Sharqdagi qadimgi madaniyatlarning merosisiz to‘la tushunib 
bo‘lmaydi. Biroq Yaqin Sharqdagi madaniyatlar ta’sirini izchil tadqiq 
etish ishiga nisbatan kech kirishilganligi uchun keyingi yuz yil ichida 
qo‘lga kiritilgan natijalar bilangina chegaralanishga to‘g‘ri keladi.
Asotir tafakkur (afsonaviy fikrlash) – insonning dunyoga va 
bilvosita ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan munosabatini muayyan 
butunlikda ifodalash shakllaridan biridir. U garchi hayoliy bo‘lsa ham, 
bu dunyoning paydo bo‘lishi, tabiiy tartibning ma’nosi haqidagi 
savolga berilgan birinchi javobdir.
Dunyoni asotir tafakkur orqali tasvirlash diniy tasavvurlar bilan 
yaqindan bog‘liq bo‘lib, tabiat kuchlarini shaxslar faoliyati bilan 
ifodalashdir. Ammo u tabiat va inson jamiyati haqidagi asrlar 


91
davomida to‘plangan bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mantiqiy fikrlash (falsafa)gina inson tafakkurini afsonaviy an’analar 
va uni bevosita hissiy taassurotlarga bog‘lab qo‘ygan zanjirlardan 
ham xalos qila olish imkoniyatini beradi
29
.
O‘tmishdagi Sharq falsafasini o‘rganish o‘sha davrdagi nuqtai 
nazarlarni bugungi erishilgan nazariy natijalar bilan qiyoslash 
imkoniyatini beradi. Sharq falsafasi dunyoni va jamiyatni tushunishda 
asosiy falsafiy muammolarni bayon qilish usullarining muayyan 
majmuini o‘z ichiga olgan. U o‘ziga xos sharqona tafakkur tarzini 
shakllantirganki, hozirgi yosh avlod ham undan benasib qolmasligi 
kerak.
 
Falsafa fanini o‘rganishning nazariy-ilmiy va uslubiy asoslari 
xolislik, ilmiylik, tarixiy-mantiqiylikka tayanadi.
Falsafaning asosiy muammolari uning ma’naviyatda tutgan o‘rni 
bilan belgilanadi. Falsafa inson hayotiy faoliyatining mohiyati va 
ruhiy mazmunini ifodalaydi. Uning vositasida kishilar o‘zlarini 
anglaydilar, jamiyat, tabiat va ularning mavjudligi hamda taraqqiyot 
xususiyatlarini o‘rganadilar, qonunlarini kashf etadilar, hamda ularga 
tayanib o‘z turmush sharoitlari, amaliy faoliyat muammolarini hal 
etadilar. Dunyoning kelib chiqishi, uning mohiyati va insonning 
dunyodagi o‘rni haqidagi savolga javob topishga harakat qilgan 
qadimgi falsafiy tizimlar o‘zining uzoq tarixiga egadir. Ma’lumki, 
insonni o‘rab turgan dunyo tadrijiy ravishda uning faoliyati uchun 
mavzuga aylana borgan. Inson dunyoga bo‘lgan o‘z munosabatini 
dastlab nazariy shakllarda ifoda qila olmagan. Inson amaliy 
faoliyatining rivojlanishi voqealarning muayyan izchillikda 
mushohada qilishga asoslangan uning qobiliyatini takomillashishiga 
olib kelganligi natijasida tabiat hodisalarini ba’zi qonuniyatlarini 
idrok etishga muvaffaq bo‘lgan. Tilning rivoji va avvalo majhul 
tushunchalarning paydo bo‘lishi nazariy tafakkurning shakllanishiga 
turtki bo‘lgan.
Inson umrining o‘tkinchiligini idrok etish zamon haqidagi 
tasavvurni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Qadimgi davrning ba’zi 
afsonalarida zamon qadriyat mezoni sifatida namoyon bo‘la 
boshlagan. Faqat abadiy narsagina mukammal bo‘lishi haqidagi 
29
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 13. 


92
tasavvur kelib chiqqan. Abadiylik ilohiy mavjudlik va faoliyatlilik 
sifatida namoyon bo‘la boshlagan.
Dunyoning kelib chiqishi, uning mohiyati va insonning undagi 
o‘rni haqidagi savolga javob topishga harakat qilgan qadimgi falsafiy 
tizimlar o‘zining uzoq tarixiga egadir. Insonni o‘rab turgan dunyo 
tadrijiy ravishda uning faoliyati uchun mavzuga aylana borgan. Inson 
dunyoga bo‘lgan o‘z munosabatini dastlab nazariy shakllarda ifoda 
qila olmagan. Inson amaliy faoliyatining rivojlanishi voqealarning 
muayyan izchillikda mushohada qilishga asoslangan uning 
qobiliyatini takomillashishiga olib kelganligi orqasida tabiat 
hodisalarining ba’zi qonuniyatlarini idrok etishga muvaffaq bo‘lgan. 
Tilning rivoji va avvalo majhul tushunchalarning paydo bo‘lishi 
nazariy tafakkurning shakllanishiga turtki bo‘lgan. Inson umrining 
o‘tkinchiligini idrok etish, zamon haqidagi tasavvurning paydo 
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Qadimgi davrning ba’zi afsonalarida zamon 
qadriyat mezoni sifatida namoyon bo‘la boshlagan. Faqat abadiy 
narsagina mukammal bo‘lishi haqidagi tasavvur kelib kelib chiqqan. 
Abadiylik ilohiy mavjudlik va faoliyatlilik sifatida namoyon bo‘la 
boshlagan. 
Inson tafakkuri taraqqiyotining muhim natijasi sifatida yozuv 
kashf etilgan. U bilimlarni avlodlardan avlodlarga uzatishning yangi 
imkoniyatini beribgina qolmay, balki bilimlarning o‘z taraqqiyoti 
tagzaminini ham boyitgan.
Sharq mamlakatlaridagi falsafiy 
tafakkur taraqqiyoti to‘g‘ri chiziq 
bo‘ylab rivoj topmagan. Garchi ba’zi 
taraqqiyot bosqichlarida va ayrim 
sohalarda o‘zaro ta’sirni istisno 
qilmagan holda, Sharqqa taalluqli 
bo‘lgan o‘rganilayotgan uch mintaqa, 
ya’ni Yaqin Sharq, Hindiston va 
Xitoy – mustaqil madaniy butunlikni 
tashkil etgan.
Yaqin Sharq tom ma’noda 
qadimgi davrda falsafiy an’anaga 
asos sola olmagan. Ammo u 
dunyoning boshqa mintaqalaridan 
farqli o‘laroq, dehqonchilik va 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə