17-rasm. Ashshurbanipolning askarlari
111
qabilasi bo‘lgan meonlar tomonidan tashkil etilgan. Eramizdan
avvalgi VIII asrda Lidiya Frigiyaga bo‘ysunadi. Eramizdan awalgi
685-yillar atrofida taxtni podsho navkari Gig (Gug ), egallab olib
yangi Mermnad sulolasiga asos soldi. Bu sulola davrida Lidiya buyuk
davlat mavqeini oldi. 675-yildan Lidiya mustaqil bo‘ldi. Biroz vaqt
o‘tmay Lidiyaga kimmeriylar bostirib kirdi. Lidiya podshosi Gig
Ossuriyaga yordam so‘rab murojaat qildi va Ashshurbanipal (er. avv.
667-yil) hokimiyatini rasman tan oldi. Ossuriya bilan ittifoq bo‘lib
kimmiriylar hujumi qaytarildi. Eramizdan avvalgi 654-yil Lidiya
zaiflashgan Ossuriya tarkibidan shiqib Misr bilan ittifoq tuzdi.
Eramizdan avvalgi 644 yilda kimmeriylar Sardni bosib oldilar, Gig
o‘ldirildi, uning vorisi yana Ossuriyaga tobe bo‘ldi. Kimmeriylar
skiflar tomonidan tor - mor qilindi (er. avv. 643-yil). Skif-Ossuriya
urushi (eramizdan avvalgi 630 yillar oxiri ) Lidiyani mustaqil
bo‘lishiga imkon yaratdi. Lidiya podsholar Aliat va uning vorisi Krez
(er. avv. 561 -547-yillar) davrida Patlagoniya, Vifiniya, Kichik
Osiyodagi yunon shaharlari bo‘ysundirildi. Lidiya Likiyadan tashqari
Galis daryosidan g‘arbdagi butun Kichik Osiyoni bo‘ysundiridi.
Lidiya dunyoda birinchi bo‘lib oltin va kumushning tabiiy
qo‘shilmasi-elektradon (er. avv. VII asr) tanga zarb qildi va oltin
tanga VI asrda zarb qilindi. Krez davrida savdo-hunarmandchilik
gullab yashnadi. Ammo er. avv. 547-yilda Krez Sard shahri yonida
Kayxusrav boshchiligidagi fors qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilindi
va Lidiya fors davlati tarkibiga kirdi.
Lidiya arxaik harbiy davlat edi. Podsho otliq qo‘riqshi va
muntazam qo‘shinga tayanib davlatni boshqargan. Podsho odida
zodagonlar kengashi va xalq yig‘ini bor edi. Lidiya tarixga musiqa
san’ati rivojlangan mamlakat sifatida kirdi.
Urartu tarixiga oid osur, urartu hujjatlari, podsho yozuvlari
mavjud, shuningdek oz miqdorda xo‘jalik hujjatlari ma’lum.
Xurritlarga qarindosh bo‘lgan Urartu (Uruatriy) qabilalari er. avv.
1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. Eramizdan
avvalgi IX asr o‘rtalarida bu ittifoq Biayncli (“Van”; osurlar Urartu
deb atagan) nomli davlayni barpo qildilar. Uning markazi Tushpa
bo‘lib, Van ko‘lini sharqida joylashgan edi.
Urartu davlatining o‘z taraqqiyotini gullab-yashnagan davri
podsho Menua (810- 786y.y.) va uning vorislari hukmranligi vaqtida
(eramizdan avvalgi IX asr oxirida) zaiflashgan davri Rusa I
112
podsholigiga to‘g‘ri keladi. Davlat xo‘jaligini asosi sug‘orma
dehqonchilik bo‘lib, ekinzorlarda erkin dehqonlar mehnat qilganlar.
Asir qullar ko‘p sonli bo‘lgan. Ular podshoh xo‘jaligi, dehqonchilik
va hunarmandchilik sohalarida ishlaganlar. Urartuni davlat
boshqaruvi podshoning yakka hukmronligiga asoslangan
37
.
Podsholarning eng birinchi vazifasi mamlakatni qudratli
dushman Ossuriya bosqinidan himoya.qilish edi.
Urartu davlati uzoq vaqt Ossuriya davlatining bosqiniga uchradi.
Ossuriyaning ko‘p sonli qo‘shinlari Urartu qal’a, shaharlarini talon-
taroj qildilar. Er. avv. VIII asr oxirida Urartularmng diniy markazi
Musasir Ossuriya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan. Podsholar
Argishti va Sarduri II Ossuriyaga qarshilik ko‘rsatishga harakat
qildilar. Ular Ossuriyaga qarshi turli koalitsiyalarga kirdilar, lekin
Ossuriya kichik Urartuni o‘ziga tobe qildi. Bundan tashqari
ko‘chmanchi kimmeriylar Urartu shahar. qishloqlarini taladilar.
Zaiflashib qolgan Urartu er. avv. VI asrda Midiya tomonidan bosib
olindi. Urartuni madaniyati va iqtisodi to‘g‘risida arxeologik
qazishmalar boy ma lumot beradi. Teyshebani (Karmir Bilur) Eribuni
(qadimgi Yerevan) va Argishtihinil (podsho Argimshi qurgan)
shaharlari kuchli fortifikasiya inshootlari bilan o‘rab olingan.
Teyshebani qal’asidagi ombor va oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda
birdaniga 5000 gektarli dala va uzumzorlar hosilini saqlash mumkin
edi.
Er. avv III-II ming yilliklardagi davlat uyushmalari Tavr
tog‘laridan va Frot daryosining o‘rta oqimining Misrgacha bo‘lgan
Sharqiy o‘rtaer dengizi qirg‘og‘i hududi va Suriyani qadimda
yunonlar Finikiya va Falastin deb nomladilar. Qadimda bu hududning
katta qismini Xanaan deb atalgan dengiz qirg‘ogi tashkil etardi. Shu
bilan birga Sharqiy o‘rtaer dengizi qirg‘ogi temir rudasi, keng
o‘rmonlar jumladan, mashhur Livan kedriga boy bo‘lgan. Qadimda
Sharqiy O‘rtaer dengizi qirg‘ogida yashagan qabilalar va xalqlar
to‘g‘risida qo‘shni davlatlar manbalari (Misrning Tell-Amarna arxivi,
Xett hujjatlari, Ossuriya ma’muriy yozishmalarij’va mahalliy yahudiy
dini yodgorligi bo‘lgan Bibliya (yunon tilida «kitoblar» ma’nosini
bildiradi) ma’lumot beradi.Yahudiy bibliyasi xristian bibliyasini bir
37
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 23.
113
qismi bilan to‘liq mos keladi va Vetxiy Zavel deb ataladi. Yangi
Zavet Iso payg‘ambar hayoti va uning o‘quvchilari faoliyati
to‘g‘risidagi xristian kitoblaridan iborat. Vetxiy Zavet yangi asr
boshlarida rasmiylashdi. U an’anaviy 1-bo‘lim qonun yoki ta’limot
(Tora). payg‘ambarlar va pisaniya (Yozuv)dan iborat.
Er. avv. IV ming yillik oxirida Sharqiy o‘rtaer dengizi qirg‘og‘i
jamoalarida hunarmandchilik va dehqonchilik rivojlanadi. Dastlab
shimol keyin janubda kulolchilik charxi va sopol kuydirish uchun
maxsus o‘choqlar tadbiq etila boshlandi. Metalldan keng foydalana
boshlandi, g‘alla, zaytun daraxti va uzum yetishtira boshlangan
Dehqonchilik, hunarmandchilik va savdoni rivojlanishi er.avv.
III ming yillikda shahar tipidagi manzilgohlarning paydo bo‘lishiga
sabab bo‘ladi. Ana shunday shaharlardan biri Finikiyada Bibldir. Bibl
tosh devor bilan o‘rab olingan. Shahar tosh to shalgan ko sha va tosh
devorlar bilan birga ibodatxonalarga ega bo‘lgan. Bibldan Misrga
kedr yog‘ochi, smola, zaytun moyi olib ketilgan. Misrda smoladan
mumiyolashda toydalanilar edi. Misrdan Biblga badiiy buyumlar,
munchoqlar, alebastr va diorit ko‘zalar, qimmatbaho qutichalar, tilla
va kumushdan ziynatlangan qurollar olib kelingan. Qirg‘oq
shaharlarida mulkiy tabaqalanish natijasida ijtimoiy qatlamlarni paydo
bo‘lishi kuchayib borgan. Taxminlarga ko‘ra shu davrda shahar-
davlatlarining ilk uyushmasi paydo bo‘ladi. Sekin-asta qirg‘oqda
Bibldan boshqa yana Finikiya shaharlari Ugarit, Sidon va Tir paydo
bo‘lgan. Mamlakat ichkarisida shimoliy Suriyada Alalax shahri (er.
avv. IV ming yilliklar oxiri III ming yilliklar I yarmida) shakllanadi.
Er.avv. III ming yilliklarda Suriyadagi I.bla shahrida (hududi- 56 ga)
taxminan 20-30 ming aholi yashagan. Eblada asosan,
hunarmandshilik va savdo rivojlanadi. Er. aw. XIV-XIII asrda bu
shaharda saroy ansambllari shakliangan. Bu yerda arxivlar, xom
ashyo zaxiralari. qimmatli chet el mollari saqlangan. Eblada Misr
fir’avnlari nomlari yozilgan alebastr xumlari, 32 kg lazurit topilgan.
Ebla Akkad hokimlari tazyiqiga ushraydi. Er. aw. 2225 yilda Eblani
Akkad podshosi Naramsuen bosib oladi. Ijlimoiy jihatdan Ebla
shahar-davlat boMgan. Davlat tepasida podsho turgan va u taxminan
diniy vazifalarni bajargan. Unihg oldida maslahatshilar boMgan.
Arabiston Osiyodagi eng katta yarim orol boMib, 3 mln. kv.km.
hududni egallaydi. Uni g‘arbda Qizil dengiz, sharqda Fors va Ommon
qo‘ltiqlari suvi. janubda Adan qo‘ltig i va Arabiston dengizi yuvadi.
114
Arabistonning bepoyon yerlari asosan sahrolardan iborat. Daryolar
juda kam. Arabiston yarim oroli tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi
Sharqda o zining ziravoilaii va xushbo‘y moylari bilan mashhur
bo‘lgan. Ziravor va xushbo y moylardan qadimda kosmetika va
parfyumeriya, tibbiyotda, diniy marosimlarni bajarishda
lbvdalanilgan. Arabistonni o rab turgan dengizlardan qadinidan
marvarid, qizil va qora marjonlar olingan. Yarim orolda oltin, temir,
qalay, mis va surma kabi xomashyolar bor. Janubiy-g arb va janubiy-
sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebaster, qimmatbaho toshlar:
zumrad. berulliy, feruza, va tuz qonlari bor edi.
Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo llari o
tgan. Bosh savdo yo’li «Xushbuy mov yo’li» deb atalgan.
Arabistonning janubiy-sharqi, sharqiy o rtaer dengizi qirg og iga ikki
yo nalish bilan: biri Gazo va Ashdad, boshqasi, I ir va Damashqqa yo
nalgan, vana bir savdo yoMi janubiy Arabistondan janubiy
Mesopotamiyaga borgan. Bundan tashqari, Qizil dengiz va Fors qo
Itig i dengiz yo li orqali A\rabiston, Sharqiy Afrika va Hindiston bilan
savdo aloqalari o matilgan.
Arabiston yarim orolida odamning izlari paleolit davriga borib
taqaladi. Mezolit va neolit (er.aw. X-V ming yilliklar)ga oid
yodgorliklar mavjud. Arabiston yarim orolining er.avv. IV-III-ming
yilliklardagi aholisi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shumer
hujjatlarida Magan va Melukka (ba’zi tadqiqotchillar Maganni
Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari
to g risida eslatib otiladi.
Er.avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy
g‘arbida semit tillarining janubiy arab shevasida so‘zlashadigan Saba,
Mina va Kataban ittifoqlari vujudga keladi. Arabistonning shimoliy
g‘arbiy qismida er.avv. II ming yillikda midianit qabilalari yashagan.
Arabiston yarim orolining qadimgi tarixiga oid manbalar to‘rt asosiy
qismdan iborat: epigrafik ma’lumotlar, ashyoviy yodgorliklar. yozma
manbalar. Antik mualliflar ma’lumotlari Janubiy Arabistonning tosh,
jez, sopolga yozilgan va o‘z mazmuniga ko‘ra ikki guruhga
bo‘linadigan davlat hujjatlari (podsho farmonlari, podsholarning
harbiy va ichki siyosatiga oid yozuvlari) va xususiy huquqiy qabrtosh
lavhalari, sun’iy sug orish inshootlaridagi yozuvlardan 2500 tasi
saqlanib qolgan.
Arxeologik qazishlar bizga boy ma’lumotlar beradi. Sana
115
podsholigining bosh shahri Marib xarobalari (Yamandagi Sanaga-
yaqin joy) o‘rganilgan. Shaharda saroy qoldiqlari, devorlar, haykaliar
topilgan. Shahaming g‘arbidagi ulkan Marib to‘g‘oni qoldiqlari
kishini hayratga qoldiradi. Kataban poytaxti Timna shahrini
ibodatxonalari, nekropol, qal’a qoldiqlari qazib oshilgan. Nabatey
podsholigi poytaxti Petra shahrida me’morchilik inshootlari, haykallar
topilgan.
Bundan tashqari, Arabiston va arablar to‘g‘risidagi qisqa
ma’lumotlar Ossuriya, Yangi Bobil, Eron manbalari va Bibliyada
uchraydi. Antik tarixchilar Gerodot (er.avv. V asr)ning «Tarix»
asarida, Feofrastning (er.avv. IV asr) «O‘simliklar tarixi», Diodorning
(er.avv. I asr) «Tarixiy kutubxona» va Strabonning (er.avv.I asr)
«Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Arabiston to‘g‘ risida qator
ma’lumotlar bor.
Arabiston tarixi XIX asrdan o‘rganila boshlandi. Dastlab
epigrafik yozuvlar o‘rganildi. XX asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya,
AQShda Arabiston xalqlarining geografiyasi, madaniyati, dini va
xronologiyasiga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar e’lon qilindi.
Shimoliy Arabiston qabilaiari qadimgi mashg‘ulotlari Shimoliy
Arabiston, Suriya va Mesopotamiya cho‘llarini qamrab olgan keng
hududda chorvachilik bo‘lib, it, eshak, yirik shoxli qoramollar
boqilgan.
Bu hududda yashagan urug‘ va qabilalar, qabilalar ittifoqi va
kichik davlat birlashmalarini shakllantirganlar. Ularni hokimlari
Ossuriya hujjatlarida «podsho» deb atalgan. Qadimgi davlat
birlashmalari sekin-asta harbiy san’atni va qo‘shinlarni
shakllantiradilar. Jangchilar tuyaga ikki kishidan minib, jang
qilganlar. Arablar o‘zlarining kuchli qo‘shnilari Misr. Sharqiy o‘rtaer
dengizi qirg og‘ining kichik davlatlari va Ossuriya bilan xalqaro
ziddiyatlarga tortilganlar.
Er.avv. IX asr o‘rtalarida er. avv. 853-yilda Karkara yonidagi
bo‘lgan jangda Ossuriyaliklar arablar ham kirgan koalitsiya
qo‘shinlarini tor-mor keltiradilar. Arablar Ossuriyaning Misrga qarshi
yurishida asosiy to‘siq bo‘lganlar. Bir necha arab qabilalari Ossuriya
tomonidan bo ysundiriladi. Arablar Ossuriyaning raqiblari Misr va
Bobil bilan iltifoq tuzadilar.Ossuriyaer.avv. VII asrning 40 yillarida
arab qabilalarini to‘liq bo‘ysundirishga erishadi. Yangi Bobil
podsholigi ham Arabiston yarim orolida o‘rnashib olishga uringan.
116
Bobil podshosi Nabonid Shimoliy Arabistonning bosh markazlaridan
biri Teymuni bolysundirib, uni o‘z qarorgohiga aylantiradi. bir necha
qo‘shni arab qabilalarining shahar va vodiylarini o ziga bo‘ysundiradi.
Er.avv VI asrda Eron davlatining qudratini kuchayishi va uning
bosqinshilik yurishlarini rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy
qismida forslarning arablar bilan aloqa o‘rnatishiga olib keladi.
Shartnoma bo‘yisha fors podshosi Kambiz er.avv. 525-yil Misrga
yurish vaqlida arab nabateylari yeridan o‘tish huquqini va sahroda
o‘tish davrida ulardan fors qo‘shinlarini suv bilan ta’miniashga
roziligini oladi. Arah qabilalari axmoniylar Eroniga bir yilda ming
talant (30 t.) miqdorida xiroj to‘lamaganlar va arablar harbiy yurishlar
davrida fors qo‘shinlari tarkibiga kiritilganlar. L’lar yunon - fors
urushlari davrida (er. avv. IV asr) Gazo shahri uchun jangda vunon-
makedon qo‘shinlariga qattiq qarshilik ko‘rsatganlar. Iskandarning
Misrga yurishi davrida arab qabilalarining ko‘pchiligi yunon-
makedonlarga bo‘ysunmaydi. Shu sababli Iskandar sharqqa yurishini
tugatgash. unga bo ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan
arablarga qarshi yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar Rim davlati
bilan ham aloqada bo‘lganlar. Rimliklar er. avv. 106-yillar atrofida
Yamanga suqilib kirishga urinadilar va Nabatey avlatini bosib
oladilar.
Arabiston yarim oroli janubi va janubiy-g‘arbida (ozirgi Yaman
Arab respublikasi va Yaman-arab demokratik respublikaiari
hududlari) qadimda er. avv. X-IX asrlarda hir necha davlatlar vujudga
kelgan. Eng shimolda bosh shaharlari Isil va Karnava boMgan Main
davlati tashkil topgan. Maindan janubroqda markazi Marib shahri
bo‘lgan Saba, undan janubroqda poytaxti Timna bo‘lgan Kataban,
Katabandan janubroqda Ausan davlat, sharqroqda markazi Shabva
bo‘lgan Xadramaut davlatlari bor edi.
Xett davlati miloddan avvalgi XVIII asrda Kichik Osiyoda
(xozirgi Turkiya) vujudga kelgan. Mil. avv. XIV asr boshlarida Old
Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib,
xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay
shart-sharoit tug‘iladi. Mil. avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqishi
xetlit bo‘lgan omadli amaldor taxtni egallab yangi xett sulolasiga asos
soladi. Yangi sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatshiligi
g‘oyalarini qaytarishga davo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani
tashkil qildilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylandi
117
va o‘ziga voris tayinladi.
Xett shaharlari, ayniqsa, poytaxt Xattusining mudofaa
inshootlari mustahkamlandi. Suppilium I Sharqiy O‘rta yer dengizi
qirg‘og‘i mayda davlatchalarini va Mitanni davlatini o‘ziga
bo‘ysundiradi. Mitanniga tegishli Suriya viloyatlarini va shaharlarini
bosib oladi. Suppilium I o‘z kuyovini Mitanni taxtiga o‘tkazadi. U
Suriyada markazi Karxamish va Xalpa bo‘lgan xettlarga qaram
davlatlarga asos solib, bu davlatlarni hukmdori qilib o‘z o‘g‘illarini
tayinladi. Bobil va Axey davlatlari Suppilium bilan do‘stlik
aloqalarini o‘rnatishga majbur bo‘ldilar.
Uning vorisi Mursili II otasining davlatini to‘la hajmda saqlab
qoldi, lekin qaram hududlardagi isyonlar, qo‘zg‘alonlar va boshqa
qudratli davlatlarni mamlakat hududiga tazyiqiga qarshi to‘xtovsiz
urushlar olib borishga majbur bo‘ldi. Mursili II Kichik Osiyodagi
janubiy Frigiya va Lidiya hokimlarini bo‘ysundiradi. U an’anaviy
raqib Arsava podsholigiga qarshi g‘olibona yurish qilib Egey dengizi
qirg‘og‘igacha chiqadi.
Ammo Mursili II podsholigining so‘nggi yillarida Misr XIX
sulola davrida yanada kuchayadi va Sharqiy O‘rtaer dengizi qirg‘ogi
uchun Xett davlati bilan yana raqobat boshlaydi. Eramizdan avvalgi
1286 yilda Kadesh shahri yonida har ikki tomon uchun hal qiluvchi
janglardan biri bo‘lib o‘tadi. Jangda Misr qo‘shinlari yengiladi.
Shunga qaramasdan Misr fir’avni, iste’dodli sarkarda Ramzes II yana
urushga tayyorlanib, xettlarni Falastin, Finikiya va Suriyani katta
qismidan siqib chiqaradi. Oxir oqibatda Misr va Xett davlati
eramizdan avvalgi 1280 yilda tinshlik shartnomasini imzolaydilar.
Shartnoma bo‘yisha Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett
davlati ta’siri ostida qoladi. Har ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari
kuchayadi
38
.
Yangi Xett davrining xo‘jalik va ijtimoiy munosabatlarini
tavsiflovchi asosiy manba Xett qonunlaridir. Xo‘jalikning asosi
dehqonchilik, chorvachilikning qo‘ychilik sohasi bo‘lgan.
Dehqonchilikda sun’iy sug‘orish sezilarli bo‘lmagan. Sun’iy sug‘orish
inshootlari cheklangan holatda barpo qilingan.
Hunarmandchilikning taraqqiyoti to‘g‘risida qonunlar va boshqa
38
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 20.
118
hujjatlarda temirchi, kulol, duradgor va tikuvchi kasblari tilga olinadi.
Mehnat qurollari va harbiy aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy
xom ashyo dastlab mis, keyinchalik qalay edi. Temirdan faqat diniy
marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz
miqdorda foydalanilgan. Xett davlatida podsho oilasi va podsho bosh
koxin sifatida juda katta miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va
ibodatxona yerlarida ishlovchilar o‘z yerlariga berkitib qo‘yilib, turli
soliq va majburiyatlarm o‘taganlar.
Xett davlati ma’muriyati qarori bilan ekin yerlari ishlovchilar
bilan birga o‘z foydasiga soliq yig‘ish huquqi bilan podsho va
ibodatxonalarga berilganlar. Ayrim ibodatxonaiar umumdavlat
soliqlaridan ozod qiluvchi immunitet yorliqlarini olganlar. Davlat va
ibodatxona yerlaridan tashqari boshqa yerlar xususiy mulk bo‘lib oldi-
sotdi qilingan.
Xett jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo‘lingan. Soliq
to‘lovlari va boshqa majburiyatlarni o‘tovchi kishilar erkin bo‘lmagan
mavqega ega bo‘lib, kamsitilganlar. To‘la ma’noda erkin kishilar deb
zodagonlar, amaldorlar, koxinlar va katta yer egalari hisoblanganlar.
Xett davlati bosib olgan hududlarni boshqarmagan, faqat ulardan xiroj
olish bilan cheklagan.
Xett jamiyati o‘z madaniy taraqqiyotida Misr va
Mesopotamiyaning yuksak madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Xett
madaniyatida ayniqsa, xurritlarning ta’siri kuchli bo‘lgan.
Xett dini o‘ziga xos belgilarga ega edi. Xettlarning ming ma’bud
va ma’budalari to‘g‘risida manbalarda eslatishlar mavjud. Amalda
esa, cheklangan miqdorda ilohlarga sig‘inilgan. Poytaxt Xattusining
oliy homiysi chaqmoq xudosi edi. Shu bilan birga xurritlarning
chaqmoq xudosi Tesubga ham sig‘ingan. Podsho quyoshga o‘xshatilib
ilohiylashtirilgan. Shu sababli xettlar o‘z podsholarini «quyoshim»
deb sig‘inganlar.
Xett yozma asarlaridan bizgacha yetib kelgan podsholarning
«tarjimai hollari» juda qiziqarli va batafsil bayon qilingan Ularda
yorqin obrazlar chuqur kechinmalar va o‘ziga xos axloqiy qarashlar
seziladi. Xett yilnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo‘lishga
urinish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xett arxivlarida boshqa
mamlakatlar, masalan, Akkad tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar ham
mavjud. Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasi
mavjudligidan dalolat beradigan yana bir madaniy yutuq uch tilli
119
shumer-bobil-xett lug‘atlarining tuzilishidir.
Xett haykal va releflari vazmin va ulug‘vorligi bilan ajralib
turadi. Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari qal’a devorlari
qurish yuqori darajada bo‘lgan. Xett madaniyati ko‘p asrlik shimoliy
Mesopotamiyada va unga yaqin boshqa hududlarda yashagan qabila
va xalqlaming madaniyatini o‘zida aks ettirgan va boshqa
madaniyatlarga xam o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xettlarning madaniy
merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo‘shni
mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Dostları ilə paylaş: |