104
Haykaltaroshlik sohasida kichik hajmdagi haykalchalarni
ibodatxo-nalar uchun yasalgan. Misol uchun Lagashdagi ayol
haykalchasida (bo‘-yi 26 sm.) etnik qiyofa belgilari ham namoyon
qilingan. Bu davrga taal-luqli misdan yasalgan Sargonning boshi
tasvirlangan haykalchada
pod-shoning botirligi, kuchli irodasi va
qahrli xarakteri ifoda qilingan.
Shumerda badiiy adabiyot rivoji yuqori darajaga ko‘tarilgan.
Noyob asarlar jumlasiga «Dehqonchilik almanaxi», «Gilgamesh
haqida doston» kirib, unda Gilgamesh va Enkidularning do‘stligi,
qahramonliklari va sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi.
Mil. avv. III minginchi yil oxiriga kelib Shumerning inqirozga
uch-rashi tufayli uni Bobil bosib oladi. Bobil tarixi ikki davrga
bo‘linib, Qa-dimgi davri mil. avv. II mingyillikning birinchi yarmini
va yangi davri mil. avv. I mingyillikning o‘rtalarini o‘z ichiga oladi.
Qadimgi davrning eng cho‘qqiga chiqqan vaqti podsho
Xammurapi (1750-1732) hukmronlik qilgan yillarga to‘g‘ri keladi.
Xammurapi yirik davlat tuzib, bu davlatni o‘zi
tuzgan qonunlar
asosida boshqargan. Xam-murapi to‘plami mixxat yozuvida bazalt
tosh ustuni sathida bitilgan. Qo-nunlar to‘plami 282 moddadan iborat
bo‘lib, u kirish, qonunlar va xulo-sadan iborat. Kirish qismida
qonunlarni chiqarishdan asosiy maqsad mam-lakatda adolat o‘rnatishdan
iborat, deb ko‘rsatilgan. Unda podsho ulug‘-lanib, ko‘klarga ko‘tarilgan.
Qonunlarda xususiy mulk himoya qilingan. Jumladan: agar kimki
ibodatxonaning yoki podshoning mulkini o‘g‘irlasa, u o‘ldirilishi
lozim; o‘g‘irlik molni olgan kishi ham o‘ldirilishi kerak… Xammurapi
qonunlari o‘z davrining muhim tarixiy, yuridik hujjati hisob-lanadi.
Balandligi 2 m bazalt ustunida Xammurapining
tik turgan holida kursida
o‘tirgan quyosh va adolat xudosi Xamash qo‘lidan hokimiyat bel-gisi –
tayoqni olayotgan holati tasvirlangan. Bu jihatdan u tasviriy monu-mental
asar hamdir.
Yangi Bobilning gullab-yashnashi podshoh Navuxodonosor (605-562)
davriga to‘g‘ri keladi. Uning davrida dunyoning yetti mo‘jizasidan biri
«Semi-ramidaning osma bog‘lari» qurilgan bo‘lib, uni sevgi ramzi deb ham
atashadi.
105
Shu davrga mansub «Bobil minorasi»
(balandligi 90 m) – zikkurati o‘z davrining eng
ulkan arxitektura inshooti bo‘lgan. Bu minorani
Gerodot ko‘rib hayron qolgan. Minora
to‘g‘risida Bibliyada ham eslatib o‘tiladi
1
.
Qadimgi Bobilda matematika,
geometriya,
astronomiya, tibbiyot, tarix va
boshqa fanlarga qiziqish erta boshlangan.
Yerlarni o‘lchash, masofani aniqlash, hosilni
hisoblash va savdo-sotiq ishlarini yuritish uchun mate-matika va
geometriya kerak bo‘lgan. Bobilliklar son va sanashni bilganlar. 100 va
1000 liklar alohida belgi bilan ifoda etganlar, hatto doiraning 360
0
ekanligini aniqlaganlar.
Mesopotamiyada qadimdan boshlab
maktablar vujudga kelgan
bo‘-lib, ularda o‘ziga to‘q kishilarning farzandlari ta’lim olgan.
Maktablar-ning quyi sinflarida adabiyot, til, grammatika fanlari
o‘qitilgan. Yuqori sinflarida esa astronomiya, matematika,
geometriya, tibbiyot va veteri-nariya hamda
diniy darslar o‘tilgan. Maktablar davlatni
boshqarish uchun xodimlar tayyorlagan
33
.
Er. avv. III ming
yillikda Falastinda Megiddo, Quddus va
Laxesh shaharlari shakllanadi. Barcha shaharlar mustahkam devorlar
bilan o‘rab olingan. lordan darvosi vodiysida Xasor shahri yirik
markazga aylanadi. Er. avv. III niing yillikda Sharqiy o‘rtaer dengizi
qirg‘ogi aholisi o‘z. tarkibiga ko‘ra xilma-xil edi. Shimolda xurrit
qabilalari yashagan. Er. avv. II mitig yilliklarda bu yerda xettlar kirib
keladi. Ammo er. av. IV ming yilliklarda
asosiy aholi semit
shoxobchasi tillarida so‘zlashadi. Tadqiqotchillar sharqiy O‘rta yer
dengizi qirg‘og‘ida III-II ming yilliklarda mavjud bo‘lgan eblaid.
qadimgi xanaan, ugarit va amoriy tillarini ko rsatadilar. Damashqning
yuksalishi er. aw. II ming yillik oxirida Arabistondan kelgan somiy
qabilalaridan biri oromiylar bilan bog‘liq. Ular Arabistonda tuya
boqish va ko paytirish bilan mashg ul bo‘lganlar. Er. aw. I ming yillik
1
«Bobil minorasi»ni mil. avv. VI asrda Eron Bobilni istilo etgach, istilochilar
tomonidan buzib tashlangan.
33
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 11.
Dostları ilə paylaş: