131
(Bahrayn) joylashtirilganligi qayd etilgan. “Ism,
shumerliklar tasavvurida dunyoning barcha
moddiy hodislarining ruhiga o‘xshash
mohiyatdir”.
Shumerliklarning ko‘mish marosimida
kuylanadigan marsiyalarining biri “inson va
uning shaxsiy xudosi”, deb nomlanadi. Unda
taqdirga tan bergan, aqlli kishining to‘satdan
kasallikka chalinganligi va shu munosabat bilan
o‘z xudosiga najot istab murojaat qilishi
tasvirlangan. Bu ilk diniy-falsafiy asar ekanligi
uning mazmunidan anglashiladi. Bunda azob-uqubatlar sababi,
dunyoviy adolatsizlik, taqdirning ko‘r-ko‘rona ish tutishi, olijanob
kishi hissasiga tushgan sinovlarning bayoni berilgan. “Men – aqli raso
kishi bo‘laturib nega johil yoshlar bilan ish yuritishim kerak, - deb
savol qo‘yadi azob tortayotgan shaxs. Men bilag‘on kishi bo‘lsamu,
nega meni johillar qatoriga qo‘yishadi? Atrofda yegulik farovon
bo‘lsa-da, mening yeguligim – ochlik”.
Bir tomondan ayrim shaxslarning qo‘lida katta boyliklar
to‘planishi, ikkinchi tomondan esa, quyi tabaqadagi ozod yollanma
kishilarning qashshoqlashib borishi, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni
keskinlashtirganligi birinchi Bobil sulolasi davrida (eramizdan oldingi
II mingyillik boshida) ochiq namoyon bo‘lgan edi. Natijada shu davrda
mashhur podsho Xammurapining qonunlar majmuasi ishlab chiqilgan
edi. Bunda diniy qarashlardan ko‘ra, ko‘proq dunyoviy ishlarga,
jumladan jinoyat va jazoga, yangi iqtisodiy munosabatlardan kelib
chiqib yondoshilganligi aks etgan. Jinoyatni kelib chiqishi talqinida
“g‘ayri tabIIy” kuchlar aralashuviga yo‘l qo‘yilmagan. Yuridik
hujjatlarning guvohlik berishicha, hukmdorlar o‘z qaror va hukmlarida
hurmat yuzasidan ilohiy kuchlarga murojaat qilsalar-da, muayyan
huquqiy tadbirlarda ko‘proq dunyoviy jihatni hisobga olganlar.
Hukmlar ijtimoiy boshqaruv ehtiyojlarini hisobga olib hukmdorlarning
hokimiyatini mustahkamlashga qaratilgan edi
42
.
Qonunlar to‘plamining tuzilishi Hammurapining jiddiy siyosiy
tadbiri edi, chunki bu to‘plam Bobilnng ijtimoiy-iqtisodiy
42
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 12.
Dostları ilə paylaş: