127
imkoniyatini beribgina qolmay, balki
bilimlarning o‘z taraqqiyoti tagzaminini ham
boyitgan.
Sharq mamlakatlaridagi falsafiy tafakkur
taraqqiyoti to‘g‘ri chiziq bo‘ylab rivoj topmagan.
Garchi ba’zi taraqqiyot bosqichlarida va ayrim
sohalarda o‘zaro ta’sirni istisno qilmagan holda,
Sharqqa taalluqli bo‘lgan o‘rganilayotgan uch
mintaqa, ya’ni Yaqin Sharq, Hindiston va Xitoy –
mustaqil madaniy butunlikni tashkil etgan.
Yaqin Sharq tom ma’noda qadimgi davrda falsafiy an’anaga
asos sola olmagan. Ammo u dunyoning boshqa mintaqalaridan farqli
o‘laroq, dehqonchilik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jihatidan doimiy
ravishda ilgarilab ketgan. Bu narsa bilim va tajriba to‘planishiga omil
bo‘lgan. Hosil qilingan amaliy ma’lumotlar nazariy tafakkur rivoji
uchun turtki bo‘lgan. Ular umuman diniy tasavvurlar, mafkura va
madaniyatga o‘z ta’sirlarini o‘tkazganlar.
Ushbu boy meros asoslarini Kichik Osiyo qirg‘oqlarida
yashovchi yunonlar va ular orqali butun ellinistik dunyo o‘zlashtirib
olgan. Insoniyatning barcha bilim sohalariga Yunoniston qo‘shgan
buyuk hissani, shu jumladan, falsafa sohasidagi tafakkur taraqqiyotini
yuqoridagi asoslarsiz tasavvur qilish mumkin emas
40
.
Yaqin Sharqning qadimgi madaniyati Hindiston bilan aloqada
bo‘lgan. Ammo bu yerdagi fikr taraqqiyoti avval boshdanoq ozmi-
ko‘pmi mustaqil ravishda rivojlangan. Hindistonda iqtisodiy, siyosiy
va irqiy o‘zgarishlarga qaramasdan, falsafiy an’ana to‘laligicha hech
qachon uzilmagan. Bu an’ana hind jamiyatida doimiy barhayot
merosning barqaror unsuri sifatida mavjud bo‘lgan.
Xitoyning qadimgi va o‘rta asrlar falsafasini ham Xitoy
jamiyatining ma’naviy hayotidan ajratib bo‘lmaydi. U ham mustaqil
ravishda taraqqiy etgan. Ammo faqat buddaviylik unga sezilarli ta’sir
etgan bo‘lsa ham, biroq bir necha asrlar davomida u mahalliy an’ana
va ma’naviy hayotga moslashtirilgan.
Eramizdan oldingi IV va III ming yilliklar orasida
Baynalnahrayn va Misr zaminida yozuvning mavjudligi haqida
40
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 10.
Dostları ilə paylaş: