Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

18-rasm. Hammurapi va 
Shamash rasmi


128
birinchi dalillar qo‘lga kiritildi. Ammo 
Yaqin Sharq o‘lkalaridagi yozma 
yozgorliklar aniq tushunchalar dastgohiga 
ega bo‘lgan to‘la falsafiy tizimlar emasligi 
ayon bo‘ldi. Unda borliq va dunyoning 
mavjudligi (borliq haqidagi ta’limot) 
haqidagi muammo hamda insonni, uni o‘rab 
turgan dunyoni bilish imkoniyatlari (bilish 
nazariyasi) haqidagi masalada aniqlik yo‘q. 
Bunday taraqqiyot bosqichiga Yevropa 
falsafiy fikri an’analari ibtidosida turgan 
qadimgi yunon mutafakkirlarigina 
chiqqanlar. Ammo qadimgi yunon falsafasi 
rivojini va unga bog‘liq bo‘lgan butun fikriy taraqqiyotni Yaqin 
Sharqdagi qadimgi madaniyatlarning merosisiz to‘la tushunib 
bo‘lmaydi. Biroq Yaqin Sharqdagi madaniyatlar ta’sirini izchil tadqiq 
etish ishiga nisbatan kech kirishilganligi uchun keyingi yuz yil ichida 
qo‘lga kiritilgan natijalar bilangina chegaralanishga to‘g‘ri keladi.
Asotir tafakkur (afsonaviy fikrlash) – insonning dunyoga va 
bilvosita ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan munosabatini muayyan 
butunlikda ifodalash shakllaridan biridir. U garchi hayoliy bo‘lsa ham, 
bu dunyoning paydo bo‘lishi, tabiiy tartibning ma’nosi haqidagi 
savolga berilgan birinchi javobdir.
Dunyoni asotir tafakkur orqali tasvirlash diniy tasavvurlar bilan 
yaqindan bog‘liq bo‘lib, tabiat kuchlarini shaxslar faoliyati bilan 
ifodalashdir. Ammo u tabiat va inson jamiyati haqidagi asrlar 
davomida to‘plangan bilimlar majmuasi sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mantiqiy fikrlash (falsafa)gina inson tafakkurini afsonaviy an’analar 
va uni bevosita hissiy taassurotlarga bog‘lab qo‘ygan zanjirlardan 
ham xalos qila olish imkoniyatini beradi.
O‘tmishdagi Sharq falsafasini o‘rganish o‘sha davrdagi nuqtai 
nazarlarni bugungi erishilgan nazariy natijalar bilan qiyoslash 
imkoniyatini beradi. Sharq falsafasi dunyoni va jamiyatni tushunishda 
asosiy falsafiy muammolarni bayon qilish usullarining muayyan 
majmuini o‘z ichiga olgan. U o‘ziga xos sharqona tafakkur tarzini 
shakllantirganki, hozirgi yosh avlod ham undan benasib qolmasligi 
kerak. 
Shumerliklar madaniyati Misr bilan bir qatorda dunyodagi eng 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə