1. Boshqaruv tizimi va modellari bhatni matematik ta’minoti bhatni dasturiy ta’minoti



Yüklə 53,49 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü53,49 Kb.
#167826
  1   2
Iqtisodiyatda axborat tizimlarning dasturiy elementlarini layihalash asoslari


Iqtisodiyatda axborat tizimlarning dasturiy elementlarini layihalash asoslari

Reja:



1. Boshqaruv tizimi va modellari
2. BHATni matematik ta’minoti
3. BHATni dasturiy ta’minoti


1.Boshqaruv tizimi va modellari
Tizimlar umumiy nazariyasi - bu ilmiy yo'nalish bo'lib ishlab chiqarish tabiati murakkab tizimlar tahlili va sintezining birtalay falsafiy, uslubiy, ilmiy muammolarini o'rganadi.
Hozirgi vaqtda tizimlar umumiy nazariyasi, masalan ko'p darajali iyerarxik tizimlar nazariyasi, boshqaruv tizimlari axborot nazariyasi, faol tizimlar nazariyasi singari bir qancha ilmiy yo'nalishlarda rivojlanmoqda.
Boshqaruv vazifasi amalga oshiriladigan tizimga, odatda, boshqaruv tizimi deyiladi. U boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarni o'z ichiga oladi. Boshqaruv tizimining ishi boshqaruvchi va boshqariluvchi quyi tizimlarning o'zaro hamda tegishli aloqa kanallari bo'yicha tashqi muhit bilan aloqalari yordamida amalga oshiriladi.
Tizimlar umumiy nazariyasining rivoji turli tasnif va turlaridagi tizimlarni tadqiq etishning mushtarak uslublari hamda tadbirlarini yaratish bilan bog'liqdirki, bunda ularning turli tizimlar uchun mushtarak rivojlanish qonuniyatlari aniqlanadi (chizma).

Tashgi ma’lumotlarni ichkiga ailantirish

Ichki


МB



Tashgi

АА tizimi (o’s) каsbi bo’icha

Hisobotlar





Rahbariyat igtisodchi

Маrketing avtomatlashtirilgan tizimi

Hisobotlar




Qarorlar qabul qilish tizimi






chizma. Boshqaruv tizimining alogadorliqi
Tizimli yondashuvning nazariy qismiga tizimli tadqiqotning maqsadlari hamda bir qator manbalarini o'rganish kiradi.
Tizimning bir ta’riflari ichidan tizim tushunchasini tavsiflaydigan quyidagi umumiy qismlarni ajratish mumkin:
- tizim o'zaro bog'liq ob’ektlar yaxlit majmuidir;
- tizim muhit bilan aloxida birlik hosil qiladi;
- odatda har qanday taqdim etiladigan tizim ancha yuqori darajadagi tizim unsuridir;
- taqdim etiladigan har qanday tizim unsuri, o'z navbatida, odatda ancha quyi darajadagi tizim tarzida namoyon bo’ladi.
Modellash tizimli tahlil va katta tizimlar sintezining qudratli vositalaridan biridir. Binobarin, har qanday tizim turli quyi tizimlardan tashkil topadi hamda, o'z navbatida, har qanday ancha yirik tizim tarkibiga kiradi.
Modellashning eng kadimiy turi - moddiy modellashdir. Lekin, jismoniy va mavhum modellash ham farq qiladi. Mavhum modellash asil ob’ektining muhim belgilariga o’xshay oladi hamda ularning vaqt va makondagi xatti-harakatlarini yetarli darajada aniq takrorlanishi mumkin.
2. BHATni matematik ta’minoti
BHATni matematik ta’minlash - usullar, modellar va masalalar yechimi algoritmlari majmuidir. Matematik ta’minlashni yaratishdan ko'zlangan asosiy maqsad iqtisodiy vazifalari optimal yechimlarni ishlab chiqarishdir. Buning uchun matematik statistika usullari, zaxiralarga ommaviy tarzda xizmat ko'rsatish va ularni boshqarish, chiziqkli dasturlash nazariyasi hamda boshqa matematik usullardan foydalaniladi.
Matematik ta’minlashni ishlab chiqish bunday usullarni yaxshi egallagan mutaxassislar tomonidan BHATni texnikaviy loyihalash payitida vazifalarni yetkazib beruvchilar ishtirokida amalga oshiriladi. Vazifalar yechimining iqtisodiy-matematik modellarini tuzishda yechimning maqsadi, optimallik mezoni, cheklashlar, talab etiladigan axborotlar ro’yxati aniqlab olinadi, modellanayotgan jarayenni (vazifa) aks ettiruvchi rasmiy matematik nisbatlar hosil qilinadi.
Iqtisodiy-matematik modellarni tanlash ko'p jihatdan axborot bilan ta’minlashga boq’liq bo'ladi. Chunonchi, ehtiyojni prognozlash modellarida tovarlar sotish to'g'risidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Lekin, masalan, ichki guruh asortimentli tovarlarning chakana sotilishi to'g'risida aniq va to'la axborot olish ancha qiyin bo'ladi. Amaldagi hisob va hisobot tizimida, masalan, zaxiralarni boshqarish modellarida ko'zda tutilgan tovarlarni yetkazib berish va saqlash bilan boq’liq tovarma-tovar chiqimlar, harajatlar to'g'risidagi ma’lumotlar bo'lmaydi. Shuning uchun bunday axborot olish bilan boq’liq harajatlarni taqqoslash zarur, buning samarasiga esa shu axborotdan foydalaniladigan model (usul) amalga oshirilganda erishiladi.
Iqtisodiy-matematik modellarni tuzishda modellanadigan jarayen (ko'p sonli o'zgaruvchilar, hisob-kitob murakkabligi) ortiqcha tafsilotlashga ham, uni xaddan tashqari soddalashtirishga ham (bu jarayen hosillari buzilishga, barcha cheklashlarni qondirmaydigan yechimlar olinishiga sabab bo'ladi) yo'l qo'yib bo'lmaydi.
Model tuzib bo'lingach, vazifa yechimining matematik hisoblash usuli tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Vazifa yechimining usulini tanlashda uning murakkabligi, hisob kitoblarning zarur aniqligi, tayyor dasturiy ta’minot borligi va boshqa omillar hisobga olinadi.
Iqtisodiy-matematik modellarni hamda vazifa yechimining tanlangan usullarini qo'llash imkoniyati va maqsadga muvofiqligi ularning IAIAT ishining mavjud sharoitlariga muvofiq kelishi tekshirib qurilishi natijasida aniqlanadi, bunda muayyan vazifalar yechilgan hamda olingan natijalar amaldagi ma’lumotlar bilan taqqoslangan bo'lishi kerak.
Tanlab olingan usul asosida vazifa yechimining algoritmi ishlab chiqiladi. Algoritm deyilganda boshlang'ich ma’lumotlarning izlanayotgan natijaga aylanish mazmuni va operatsiyalari tartibini aniq belgilovchi qoidalarning (yo'riqnomalar) pirovard izchilligi tushuniladi.
Algoritm ishlab chiqilayotganda vazifa yechimi jarayeni izchil oddiy arifmetik va mantiqiy operatsiyalar ketma-ketligiga ajratiladi. Algoritm blok-tarhlar, so'zli tavsiflar yordamida, ya’ni u hisoblash jarayeninig barcha shart-sharoitlari va xususiyatlarini qanday ko'rinishda namoyon qilsa, shunday holda umum qo'llanadigan tilda yozib quyiladi.

Yüklə 53,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə