159
farq qilgan boshi dumaloq, yuzi juda keng va cho‘ziq bo‘lmagan
qabilalar yashagan. Janubiy qiyofali odamlar O‘rta er dengizi irqining
vakillari deb ataladi. Ular Olb Osiyo, Mesopotamiya, Eron,
Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning janubi, Hindiston kabi katta grafik
hududga yoyilganlar. Shimoliy qiyofali odamlar Janubiy Sibir
hududidan to Qozog‘iston va O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy
qismida, Ural, Volga erlarigacha tarqalganlar.
Miloddan avvalgi 2 ming yillikning ikkinchi yarmida O‘rta
Osiyo hududida qadimgi janubiy va shimoliy qiyofadagi, ya’ni
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan odamlar
vakillarining aralishib ketishi jarayoni boshlanadi. Shu davrga kelib
bronza davri qabilalari O‘rta Osiyodagi turli elatlarga asos solganlar.
O‘zbekiston hududida joylashgan shu elatlarning vakillari -
so‘g‘dlar, baqtriylar, xorazmiylar va saklar, o‘zbek xalqining
qadimgi ajdodlaridan bo‘lib, ular
haqida ayrim ma’lumotlar
qadimgi yozma manbalarda saqlangan.
Miloddan avvalgi 1 ming yillikdan boshlab, yirik madaniy-
tarixiy viloyatlar - Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d, Farg‘ona, Shosh
(Choch) qadimdan, to o‘rta asrlargacha Sharq hududlarida juda
mashhur bo‘lgan.
Antropologik va yozma manbalarning ma’lumotlari O‘rta
osiyoda alohida eng qadimgi elatlarning shakllanishi va etnik
hududlarning ajrala boshlashi miloddan avvalgi IX - VIII asrlarga oid
bo‘lgani haqida dalolat beradi. Bu masalani o‘rganish juda murakkab
Dostları ilə paylaş: