Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Iskandariya shahrining tarhi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

21-rasm. Iskandariya shahrining tarhi 


142
narsa emas.
E’tiqod ham, bilim ham umumiy qobiliyat bo‘lgan o‘sha yagona 
oqillikning namoyon bo‘lishidir. Shuning uchun har bir xristianning 
orzusi, ana shu oqilikka erishishdir. Xristian gnosisi
 
- bu Xristian 
e’tiqodining o‘zi bo‘lib, u aqliy mushohada yordamida idrok etishga 
olib boradi. E’tiqod va aqlning o‘zaro munosabatini mana shunday 
tushunishda Iskandariyalik Kliment shunday kuchli an’ana boshida 
turadiki, uni keyinchalik Avgustin, Foma Akvinskiy, Anselm 
Kenterberiyskiy va boshqa xristian ilohiyotchilari qo‘llab-
quvvatladilar.
Inson qanday qilib Xudoni bilishi mumkin? Hammadan yuqori 
turuvchi va bilib bo‘lmaydigan narsani qanday qilib tushunishi 
mumkin? Kliment qadimgi dunyo qoidasi bo‘lgan o‘xshash narsani, 
unga o‘xshash narsa orqali bilish mumkin, degan fikrga qo‘shiladi. 
Shuning uchun agar insonning ko‘p narsani bilishi mumkin bo‘lsa, u 
vaqtda qandaydir tarzda u o‘zida ilohiy tabiatni mujassam etgan 
bo‘ladi. Ammo barcha sohalarda Xudo insondan ustunlikka ega 
bo‘lganligidan, Xudoni bilish jarayoni – bir odam umri doirasida 
erishib bo‘lmaydigan cheksiz jarayondir. Demak, haqiqiy bilish uchun 
vahiyning bo‘lishi zarurdir. Shuning uchun dinning ikki shakli 
mavjuddir: Xudoni tabIIy bilish va vahiylik dini bo‘lib, jumladan, u 
qadimgi Isroilga berilgan.
Xristianlik dini tabIIy din va Vahiylik dinini o‘zida qo‘shadi va 
shuning uchun haqiqiy va uzil-kesil dindir.
Iskandariyalik Kliment Xudoni cheksiz mohiyat sifatida 
tushunishda Aflotunga ko‘p jihatdan yaqin edi. Negaki, xudo inson ruhi 
ega bo‘lgan tabiatga egadir. Butunlay ehtimoldan holi emaski, Kliment 
ushbu tushunchani o‘zining yahudiy o‘tmishdoshi bo‘lgan 
Iskandariyalik Filondan olgan. Shuningdek, undan Muqaddas yozuvni 
sharhlash va tushuntirish usulini, ya’ni ramziy talqin uslubini qabul 
qilgan. Jumladan, Kliment Xudoni dunyoni hech nimadan yaratganligini 
Aflotun o‘zining “Timey” asarida qanday keltirgan bo‘lsa, o‘shanday 
talqin qiladi: yaratilish ba’zi bir tartibsizlikdan, xaosdan yuz berdi.
Kliment ko‘p jihatdan xristianlikning Vahiylik dini va 
ma’jusiylik davri falsafasining uyg‘unlikda yashash asosiga tamal 
toshini qo‘ydi.
Islom falsafasi suriyaliklar, arablar, eronliklar, turkiy xalqlar, 
barbarlar va boshqa millat vakillari ishtirok etgan murakkab fikriy 


143
jarayon hosilasidir. Xurosondan tortib Andaluziyagacha VIII-XVII 
asrlarda yuqoridagi xalqlar tomonidan qo‘llanilgan ilmiy adabiyot 
arab tilida yozilgan.
Yaqin Sharq, jumladan Iskandariya, 641 yilda Umar Os 
tomonidan fath etildi. Bu mintaqaning arablar qo‘liga o‘tishi asrlar 
davomida davom etib kelgan Eron va Rum istilolariga barham berdi.
Iskandariya VII asrda yunon falsafasi va ilohiyotini tadqiq 
qiladigan muhim markazga aylangan edi. Yunon tilini o‘rganish 
Suriya va Iroqda IV asrda, Antokiya, Harron, Edissa (arabchasi: Urfo 
yo Arraho) shaharlarida, Suriya shimolidagi Qinnasarin, yuqori 
Iroqdagi Nisaybin va Rossilaynda sal keyinroq boshlangan edi. 
Yunon tilini o‘rganish Iskandariyadan o‘tgan yunon ilohiyotini, 
jumladan, Kliment Iskandariy ta’limotini o‘rganishdan boshlangan 
edi. Kvint Sentiliy Florens Tertullian (160-230) aytganlarining 
moniylikka qarshi qaratilgan joylari suryoniy tilga tarjima qilingan 
edi. Ilohiyot matnlari qatorida mantiqqa doir kitoblar ham arab tiliga 
tarjima qilingan edi. Yaqub Rahoviyning (vaf. 708) ilohiyot va 
falsafaga doir asarlarining yoyilishi erkin fikr mavjudligidan guvohlik 
beradi
46
.
VII asrda Harron va Jandishopurda (Eron janubida) yunon 
ilmlarini o‘rganadigan ikki markaz mavjud bo‘lgan. Jandishopur 
o‘quv yurti 555 yilda Xusrav I Anushervon tomonidan ta’sis etilgan 
edi.
Yunon falsafasining islom falsafasiga ta’siri masalasi nechog‘lik 
muhim ekanligini biz Markaziy Osiyo mutafakkirlari ijodida yaqqol 
ko‘ramiz. Yunon falsafasining Hindiston va Xitoy falsafasiga ta’siri 
esa bunchalik bo‘lmaganligi barchaga ayondir.
Islom falsafasini o‘rganilishini boshlab bergan tadqiqot Alambe 
Jourdanning 1819 yilda nashr etilgan “Arastu asri yunon hujjatlarini 
arab tiliga qilingan tarjimalarining tanqidi” kitobidir. Bu kitob islom 
falsafasining G‘arb falsafasiga, maxsusan lotin tilidagi ta’limotlarga 
ta’sirini ochib bergan. 1852 yili Ernest Renanning “Ibn Rushd va uning 
falsafasi” nomli kitobi nashr etildi. 1859 yili Solomon Munk 
tomonidan “Yahudiy va arab falsafasi majmui” nomli kitob nashr 
etilgan bo‘lib, hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. XX asr 
46
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004.
Р
. 12. 


144
boshida De Boer tomonidan “Islomda falsafa tarixi” (1901) kitobi 
nemis tilida nashr etilib, 1903 yilda ingliz tiliga ham tarjima qilingan. 
1922 yili De Lasi Oleariy tomonidan “Islomiy tafakkur va uning 
tarixdagi o‘rni” nomli kitob nashr etildi.
1957 yili Kruz Hernandez tomonidan “Andaluziya musulmon 
falsafasi” nomli kitob nashr etildi. 1962 yili Montgomeri Vott 
muallifligida “Islom falsafasi va ilohiyoti” nomli kitob nashrdan chiqdi. 
1964 yili Henri Korbon tomonidan “Islom falsafasining tarixi” kitobi 
bosilib chiqdi. 1970 yili Mojed Faxriyning “Islom olamida falsafa 
davoni” kitobi Beyrutdagi Amerika universiteti tomonidan ingliz tilida 
nashr etildi. Bu kitob 1983 yili Nasrullo Pur Javodiy tarjimasida 
Tehronda fors tilida bosilib chiqdi.
Ummaviylar xonadonidan chiqqan xalifalar (661-749) deyarli 
bir asr davomida hokimiyatni mustahkamlash bilan band bo‘ldilar. 
Abdulmalek ibn Marvon (685-705) davrida boshqaruv sohasida 
islohotlar o‘tkazildi va arab tili yunon va fors tillari o‘rniga idora 
ishlarida rasmiy til sifatida joriy etildi.
Amaliy mulohazalar eng qadimgi ilmiy va ayniqsa, tabobat 
sohasidagi matnlarni arab tiliga tarjima qilish zaruriyatini keltirib 
chiqardi. Eng qadimgi arab tilidagi manba bo‘lgan Ibn Nadimning 
(vaf. 925 y.) “Al-fehrist” (“Ro‘yxat”) kitobidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 
birinchi marta kimyo, astronomiya va tabobatga doir asarlarni arab 
tiliga tarjima qilish tashabbusi Ummaviy amiri Xolid ibn Yazidga 
(vaf. 704 y.) taalluqli ekan. Ilgari zardushtiy dinida bo‘lib, keyin 
islomga kirgan Abdullo ibn Muqaffaning (757 y. qatl et. ) paxlaviy 
tilidan arab tiliga hind olimi Bidpoy Hakimning “Kilila va Dimna” 
asarini tarjima qilganligi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Uning qadimgi 
fors tilidan arab tiliga qilgan tarjimalaridan “Xudoynoma” (“Qadimgi 
fors davlatchiligi tarixi”), “Oyinnoma” (“Yo‘l-yo‘riqlar, urf-odatlar”), 
“Mazda kitobi”, “Anushervonning hayot yo‘li” va boshqa adabiy-
axloqiy risolalar islom mintaqa madaniyatining shakllanishida muhim 
ahamiyat kasb etdi.
Arastuning “Kategoriyalar” (“Ma’qulot”), “Birinchi analitika” 
(“Tahlile avval”), Porfiriyning “Isog‘uchi” (“Mantiqqa kirish”) 
asarlarini Abbosiy xalifa Mansur (754-770) uchun arab tiliga 
tarjimasini ham Ibn Muqaffa bajargan (Qiftiy. “Tarixi hukamo”. 220-
sahifa). Xalifa Mansur tarjima ishlariga jalb qilgan olimlar orasida 
Navbaxtiy xonadonining a’zolari hamda eng mashhur olim Albitriq 


145
ham bor edi. Ba’zi manbalarda keltirilishicha, mazkur xalifa 
hukmronligi davrida Arastuning bir necha risolalari, Iskandariyada 
ijod qilgan Ptolemeyning “Almagest”, Yevklidning “Geometriya 
usuli” va boshqa bir necha asarlar yunon tilidan arab tiliga tarjima 
qilingan (Mas’udiy. “Muruj az-zaxab”, Parij, 1861-77, 8-jild, 291-292 
betlar). Ammo malakali tarjimonlarning yetishmasligi sababli IX asr 
boshigacha tarjimachilik ishlari unchalik rivoj topmagan. Haqiqiy 
tarjimachilik ishini Mansurning nevarasi Ma’mun (813-833) yo‘lga 
qo‘ygan. Xorun ar-Rashid saroyining tabibi Yuhanno ibn Mosul o‘z 
asrining eng buyuk olimlaridan biri bo‘lgan. Ma’mun uni 830 yili 
“Baytul hikma” (“Donishmandlik uyi”) raisligiga saylagan. U 
Aflotunning “Timey” asarini arab tiliga tarjima qilgan.
Hajjoj ibn Matar, Yah’yo ibn Albitriq, Hunayn ibn Ishoq (809-
873)larning tarjimachilik faoliyati jo‘shqin bo‘lgan. Salamo ismli 
olim va tarjimon “Sohibe Baytul hikma” (“Donishmandlik uyining 
egasi”) laqabiga sazovor bo‘lgan (Ibn Nadim. Kitobe alfehrist. 353-
bet). Hunayn ibn Ishoq o‘z shogirdi Iso ibn Yah’yo bilan birgalikda 
o‘z homiylari bo‘lgan Muhammad ibn Muso uchun ko‘plab tarjimalar 
qilganlar. Hunayn muharrirligi ostida uning do‘stlari, o‘g‘li Ishoq, 
jiyani Xubash va shogirdi Iso ibn Yah’yo tomonidan Arastuning 
deyarli barcha asarlari, Aflotunning bir qism kitoblari tarjima etilgan. 
Hozirgacha arab tilida mavjud bo‘lgan Iskandariyada yashagan 
Jolinus (Galen) va Buqrot (Gippokrat) kitoblari Hunayn tarjimasida 
yetib kelgan
47
.
Yirik tarjimonlar bo‘lgan Ibn Noemaye Alhamsiy (vaf. 835), 
Abu Bishr Matto (vaf. 940), Yah’yo ibn Adiy (vaf. 974), Qisto ibn 
Luqo (vaf. 900), Abu Ali ibn Zara (vaf. 1008), Hasan ibn Savor (vaf. 
1017) yoki Ibn Xammor, Sobit ibn Qurra Harroniylarning faoliyati 
sermahsul bo‘ldi.
Arablarning Eron va Hind madaniyati bilan tanishuvi VIII 
asrdayoq boshlanib, tabobat va siyosiy tuzum sohalaridagi fanlarda 
o‘z aksini topgan edi. Arab tiliga tarjima qilingan birinchi kitoblar 
orasida hind olimi Brahamaguptaning astronomiyaga oid “Sinhento” 
(Sinhed) asari mavjud bo‘lib, islomda astronomiya ilmini rivojiga 
muhim hissa qo‘shdi. Abbosiy xalifalar bo‘lgan Mansur va Horun 
hukmronligi davrida ularning ajamlik vaziri Yah’yo Barmakiy 
47
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004.
Р
. 13. 


146
tashabbusi bilan bir qancha boshqa kitoblar ham hind tilidan 
arabchaga o‘girildi. Shunday bo‘lsa ham, musulmonlarning hind 
falsafasiga qiziqishi ilmi nujum va tabobatga nisbatan kam edi (Ibn 
Nadim, “Kitobe Alfehrist”. 438, 498-betlar). Ibn Nadimning xabar 
berishicha, muallifi noma’lum bo‘lgan hindlarning “Milal hind va 
adyonahum” (“Hind millatlari va ularning dinlari”) nomli kitobining 
arabcha nushasini Abu Ishoq al-Kindiy (vaf. 866) o‘z qo‘li bilan 
yozganligini qayd etgan. Abu Rayhon Beruniy (vaf. 1048) 1030 yilda 
yozgan o‘zining “Tahqiq Molalhind” (“Hind mulkining tadqiqi” yoki 
“Hindiston”) asarida IX asr ikkinchi yarmida yashagan olim 
Eronshahriy to‘g‘risida gapirib, uning hindlarning diniy aqidalarini 
xolis tadqiq qilganligini eslatib o‘tadi. Eronshahriy nomini Nosir 
Xisrav (vaf. 1061) ham eslatib o‘tgan. Uning qayd etishicha, 
Muhammad Zakariyo Roziy (IX asr) Hind aqidalarini Eronshahriydan 
iqtibos qilgan. Roziy inson va jahon to‘g‘risidagi o‘z falsafiy 
ta’limotida dunyo besh azaliy ibtidodan tashkil topganligi va 
jismlarning atomlardan (bo‘linmas zarrachalar) iborat ekanligi, 
ruhlarning ko‘chib yurishi, ya’ni tanosuh aqidasi haqida mulohaza 
yuritadiki, uni hind falsafasining ta’sirida shakllangan, deb hisoblash 
mumkin. Jismlarning atomdan tashkil topganligi haqidagi aqida 
Roziydan tashqari, musulmon mutakallimlari o‘rtasida ham yoyilgan 
edi. Bu Arastu falsafasiga qarama-qarshi qo‘yilgan sanaviyat 
(dualizm) aqidasi bo‘lib, unga binoan javhar (substansiya) va oraz 
(aksidensiya) ikki mustaqil ibtido sifatida talqin qilinadi. Sanaviyat 
tez orada imon shartlaridan biri sifatida maydonga chiqdi. Musulmon 
mutakallimlari faqat bir istisno bilangina modda, makon va zamon 
haqidagi atom nazariyasini qabul qildilar va uning asosida mustahkam 
kalom qoidasini ishlab chiqdilarki, unda mutlaq hokimiyatga ega 
bo‘lgan yagona zot xudo edi.
Buddaviylik aqidasining ikki firqasi bo‘lgan Vaybxashika va 
Sovtrantika, braxmanlarning ikki firqasi Nyaya va Vaysheshika hamda 
Jayna firqasi yunonlilardan mustaqil ravishda V milodiy asrda atom 
nazariyasini ishlab chiqqan edilarki, unda atom modda, zamon va 
makonning sifati maqomida bo‘lib, abadiy tabiat uning tarkibidan hosil 
bo‘lgan sanalar edi. Ammo arozni (aksidensiya) musulmon 
mutakallimlari mavjudotlardan alohida olib qaradilar va uni atom iplari 
sifatida ta’rif etdilar. Ular tushunchasidagi aroz Ash’ariya ta’limotidagi 
kabi o‘z zotiga ko‘ra, boqiy ravishda qolishga qodir emas edi.


147
Hind tafakkurining arablarga ta’siri haqida gap ketganda, 
Braxma firqasini va uni payg‘ambarlik va vahiyga ehtiyoji yo‘qligini 
ta’kidlaydilar. Musulmonchilik aqidalaridan rasionalizm oqimi 
firqasida ham shunday fikr mavjudki, aql osmoniy kuchlar yordamiga 
muhtoj bo‘lmaganligi sababli, vahiyga ham unchalik zaruriyat 
sezmaydi.
Arab manbalarida yana bir sirli hind firqasi bo‘lgan So‘mniya 
haqida gap boradiki, musulmonlar orasida uning tarafdorlari bo‘lgan 
guruhlar mavjud bo‘lgan. Yunon shakkokiy falsafasi bilan tanish 
bo‘lmagan mutakallimlar So‘mniya aqidasiga ehtirom bilan qarab, uni 
hech narsaga ishonmaslik ma’rifatining asoschilari, deb bilishgan. 
Ularning aqidasida hissiy ma’rifatdan yuqori turuvchi har qanday 
narsaning bo‘lishiga shak-shubha bildirilgan.
X asrda musulmon olamida shunday olimlar mavjud edilarki, 
ilohiyot va falsafada Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo xalqlarining 
ilgarigi merosini yunonlilar va arablarnikidan kam emasligini 
ta’kidlar edilar. Ana shunday fikrlar bayon etilgan muhim majmua 
eronlik faylasuf Miskaveyhga (vaf. 1030) taalluqlidir. Bu pahlaviy 
tilidan tarjima qilingan “Jovidone xirad” (“Abadiy aql-zakovat”) 
nomli kitobdir.
Nazariy tafakkurda eronliklar ta’siri moniylik aqidasida ko‘proq 
namoyon bo‘lgan. Bu aqida haqidagi bahslar, mulhid (dinsiz) va 
zindiq (e’tiqodi zaif), deb atalgan ayblovchi tushunchalar, moniylikka 
qarshi qaratilgan edi. Natijada bahsli mavzularda ko‘plab ilohiyotga 
va falsafaga doir asarlar yaratildi. Bu bahslarda tavhid aqidasi sayqal 
topdi.
Yunon falsafasining islom tafakkuriga to‘la ta’siri arab tiliga 
qilingan tarjimalar natijasida IX asrda namoyon bo‘ldi. Bundan 
oldingi davrda musulmonlar siyosiy va harbiy masalalar bilan band 
bo‘lganlar. She’r ham ko‘pincha siyosat xizmatkoriga aylangan edi. 
Islom dini bilan siyosat, shariat ahkomlari bilan e’tiqod usullari 
orasida yaqinlik paydo bo‘lgan edi. Musulmonlar o‘rtasidagi birinchi 
siyosiy nizo ummatga (musulmonlar jamoasiga) rahbarlik qilish 
masalasida ro‘y berdi.
To‘rtinchi xalifa bo‘lib saylangan payg‘ambar kuyovi Ali bilan 
Shom (Suriya) voliysi (gubernatori) Muoviya o‘rtasida shiddatli 
kurash ketdi. Muoviya Alidan uchinchi xalifa Usmonni o‘ldirgan 
kishilarni tutib berishni, agar shunday qilmasa, uni xalifa sifatida tan 


148
olmasligini bildirib xat yozdi. Usmonni o‘ldirishda qatnashgan 
kishilar Alini xalifa qilib saylanishida faol ishtirok etgan edilar. 
Bundan tashqari musulmon ummatining birinchi rahbaridan biror 
narsani talab qilish isyon bilan barobar edi. Shuning uchun Ali bilan 
Muoviya o‘rtasida Saffin degan joyda shiddatli jang 657 yilda ro‘y 
berdi. Alining to‘la g‘alabasiga bir bahra qolganda Muoviya hiyla 
ishlatib, jangni to‘xtatishni va masalani oqsoqollar kengashida hal 
qilishni talab etdi. Ali qon to‘kilishi oldini olish maqsadida bu taklifga 
ko‘ndi. Ammo oqsoqollar kengashi Muoviyani ham jangda mag‘lub 
bo‘lmaganligini e’lon qilib, uni Shomga rahbarligini tan oldi. Ali 
bunga rozi bo‘lsa ham, uning qo‘shinidagi askarlardan 12 ming kishi 
Alidan yuz o‘girib, uning qarorgohidan chiqib ketdilar va shuning 
uchun ular keyinchalik xavorij (tashqariga chiqib ketganlar) nomini 
oldilar. Ularning aqidasiga ko‘ra, siyosiymi yoki siyosiy emasligidan 
qat’iy nazar musulmonlardan birontasi og‘ir gunoh qilib qo‘ysa, u 
musulmonchilikdan chiqadi. Xalifani yagonaligini tan olmaslik ham 
og‘ir gunoh. Agar xalifaning o‘zi ham og‘ir gunoh qilib qo‘ysa, uni 
maqomidan mahrum qilish, hatto qatl etish ham shariat nuqtai 
nazaridan joiz bo‘ladi. Keyinchalik ulardan biri Aliga suiqasd qilib, 
uni o‘ldirdi. Xavorij oqimi o‘zining murosasizligi tufayli keyinchalik 
hukmdorlar tomonidan tor-mor qilinib, tugatildi. Ali shahid 
bo‘lgandan keyin uning tarafdorlari shia (partiya) mazhabiga asos 
soldilar, ya’ni hokimiyatga faqat payg‘ambar xonadonidan 
bo‘lganlargina haqlidir. Ularning aqidasiga ko‘ra, xalifa va imomni 
saylash xalq qo‘lida bo‘lmasligi lozim. Keyinchalik ular imomni xato 
va adashishlardan xoli bo‘lgan shaxs sifatida ilohiylashtirdilar
48
.
632 yilda payg‘ambar Muhammad alayhisslom (570-632) 
vafotlaridan keyin arablar yagona din ostida birlashib, o‘z yarim 
orollaridan tashqariga islomni yoyish uchun yurish boshlaganlarida 
ular birinchi bo‘lib Suriya va Iroq hududlarida qo‘lga kiritgan 
narsalardan eng muhimi qadimgi Suriya tilida so‘zlashuvchi xristian 
aholisi edi. Ana shu hududlarda turli xristianlik mazhablari (avval 
nasoriylar va monofizitlar yoki yaqubiylar) o‘zlarida Iskandariyadagi 
qadimgi yunon ta’limotini mujassamlashtirgan edilar. Ularning 
qarashlarini rasmiy xristian cherkovining qudratli boshqa yo‘nalishlari 
48
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short Introduction. 
Oxford University Press, New York,2015.
Р
.113. 


149
bid’atda ayblar edilar. Ushbu aqliyatni tashkil etgan xristian 
mazhablari islom hokimiyatining homiyligidan bahramand bo‘lib, 
ular yashaydigan hududlar o‘z-o‘zini boshqaradigan islom 
vasiyligidagi jamoalar hisoblandi (xristianlar, yahudiylar, 
“sabiyonlar”).
Qadimgi xristian mazhablaridan tabiblar, riyozidonlar 
(matematiklar) va astronomlar yetishib chiqdi. Tabobat ilm-fan va 
ilohiyot orasida bog‘lovchilik maqomida turar edi. Negaki, qadimgi 
xristian ilohiyotchilari inson jismini ham, ruhini ham davolashga 
tayyorlanar edilar. Iskandariyada ijod qilgan buyuk olim Jolinus 
(Galen) tavsiyasiga ko‘ra, mantiq fani tabiblar tayyorlash o‘quv 
dasturining muhim qismi hisoblanar edi.
Nasoro o‘quv yurtlari o‘z o‘quv rejalarini ikki qismga bo‘lib, 
uch sohaning biridan jiddiy faoliyatga tayyorlaydigan oddiy dastur 
tuzgan edilar: astronomiya, tabobat (medisina) va ilohiyot. 
Jundashopurdagi (Bag‘doddan sharqroqda 170 km masofada) o‘quv 
yurtida tabobat fakulteti (unga biriktirilgan kasalxona bilan birga) va 
rasadxonasi bilan birgalikda astronomiya fakulteti mavjud edi. 
Riyoziyot bilan bir qatorda mantiq o‘quv dasturidagi asosiy mavzu 
hisoblanib, turli fan sohalarini bir-biriga bog‘lashda muhim o‘rin tutar 
edi. Qadimgi Suriya faylasuflari mantiq, riyoziyot, fizika (ruhshunos-
likni ham o‘z ichiga olar edi) va ilohiyot bo‘yicha zo‘r salohiyatga 
ega edilar. Shunday hollar uchrar ediki, monofizit ilohiyotchisi 
Severus Sebxoktga o‘xshab, ba’zida ayrim mualliflar ilohiyot 
sohasida bo‘lgani kabi mantiq va astronomiyada ham risolalar yozar 
edilar. Ana shunday har tomonlamalik natijasida Suriya va Iroqdagi 
suriyali xristianlar tomonidan Arastuning mantiqqa doir asarlari 
tarjima qilinib, o‘rganilar va tahlil qilinar edi. Ushbu Suriyali an’ana 
V-VI asrlarda Iskandariya an’anasini davom ettirdi.
Arastu mantig‘ining qadimgi Suriya tilidagi tarjimalari haqida 
ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Ularning ko‘pchiligi saqlangan bo‘lib, 
ba’zilari nashr ham etilgan (jumladan, Kategoriyalar, Talqinlar haqida 
va Birinchi analitika). Porfiriyning “Isogoga” (“Isag‘uji”) asari 
“Organon”ning boshida muqaddima sifatida joy olgan.
Mantiq tabiblar tayyorlashda asosiy o‘rin tutishda davom etdi va 
shu sababli IX-XII asrlar davomida arab tili joriy bo‘lgan 
mamlakatlarda mantiq fani taraqqiy etdi. Bunday tabobat-falsafiy 
an’anaga Abu Bakr Muhammad Zakariyo Roziy va Ibn Sinogina 


150
emas, hatto XII asrda Ispaniyada ijod qilgan Maymonid ham duchor 
bo‘lib, yigitlik chog‘ida tabobat mashg‘ulotlariga tayyorlanish 
jarayonida mantiq bo‘yicha ham o‘zining yagona asarini yaratdi.
Yunon mantig‘ini arablarga o‘tqazishda katta vositachilik 
xizmatini nasoro mazhabi ruhoniylari bajardilar. Ularning 
Jundashopurdagi o‘quv yurti yunon mantig‘i matnlarini arabchaga 
tarjima qiluvchilar birinchi avlodining beshigi bo‘ldi. Horun ar-Rashid 
va uning vaziri Ja’far ibn Barmakiyning tabibi bo‘lgan Jibril ibn 
Baktishu bu yerda tahsil olgan, keyinchalik ushbu o‘quv yurtining 
boshlig‘i va kasalxonaning boshqaruvchisi bo‘lgan edi. Uning o‘rindo-
shi bo‘lgan Abu Zakariyo Yah’yo (yoki Yuxanno) ibn Masovay 
Jibrilning taklifiga muvofiq Jundashopurdan Bag‘dodga saroy tabibi 
sifatida chaqirildi
49
.
Unga ko‘p kitoblar alohida tarjima qilish uchun topshirildi. 
Xalifa al-Ma’mun topshirig‘iga muvofiq u tarjima markazi bo‘lgan 
Bayt al-Hikmani, aftidan Jundashopur o‘quv yurti namunasida tashkil 
etdi. Bu markazning boshlig‘i sifatida uning o‘rnini mashhur olim 
Hunayn ibn Ishoq egalladi. U ham o‘sha an’analar ruhida tarbiya 
topgan edi. Bu muassasaning gullab-yashnagan davri ibn Masovay, 
ayniqsa Xunayn va uning o‘rnini egallagan o‘g‘li Ishoq rahbarligi 
vaqtiga to‘g‘ri keldiki, o‘shanda xodimlarning asosiy ko‘pchiligini 
nasorolar tashkil etar edi.
Monofizitlar (yaqubiylar) arab tilidagi mantiq taraqqiyotida 
kamroq o‘rin tutdilar, ammo ularning xizmati shundaki, ular ba’zi 
jihatlarni kiritdilarki, ular nutqning ko‘tarinki ruhda bo‘lishini 
ta’minladilar. Nasorolar Ammonius sharhlarini afzal, deb bilsalar, 
yaqubiylar Filopon sharhlariga tayanar edilar. Nasorolar Iskandariya 
yangi aflotunchiligining aralash-quralash holatiga tayanganliklari 
tufayli bunday holat arablarga ham o‘tdi. Aflotunga qiziqish Abu Nasr 
Forobiy kabi olimlarda ko‘proq sezilar edi.
Ummaviylar davrida (661-750) “ajnabiy fanlar” deyarli qo‘llab-
quvvatlanmadi, ammo Abbosiylarning hokimiyatga kelishi bilan 
hamma narsa o‘zgardi. Abbosiylar sulolasining ikkinchi xalifasi 
bo‘lgan Al-Mansur (hukmronlik yillari 754-775) astronomiyaga juda 
qiziqqanligi sababli, bu sohadagi yunoncha asarlarni o‘rganishni 
49
Қаранг

Николас
Решер

К
истории
арабской
логики
. –
Питсбург

Изд
-
во
Питсбургского
университета
. 1963.


151
qo‘llab-quvvatladi. U 765 yili oshqozoni kasal bo‘lganligi munosabati 
bilan yunonlar tabobatiga ham alohida e’tibor qaratadi. Abbosiylardan 
bo‘lgan beshinchi xalifa Horun ar-Rashid (hukmronlik yillari 786-
809) bunday tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Bu 
mantiq ilmi taraqqiyoti uchun juda muhim edi.
Ushbu suloladan chiqqan yettinchi xalifa Al-Ma’mun 
(hukmronlik yillari 813-833) yunonlar ta’limotini o‘ziga xos zo‘r 
tashabbus bilan qo‘llab-quvvatlar ekan, ayniqsa, yunon falsafasiga 
alohida rag‘bat ko‘rsatdi. U mashhur tarjimon Hunayn ibn Ishoqqa 
tarjima qilgan kitoblari og‘irligida oltin bilan haq to‘ladi. Ma’mun 
tomonidan tashkil etilgan Bayt al-hikma (Donishmandlik uyi) o‘ziga 
xos ilmiy-tekshirish instituti bo‘lib, yunon fani va falsafasiga doir 
hujjatlarni tarjima qilishga ixtisoslashgan edi. Birinchi bo‘lib bu 
muassasa boshida nasoro olimi Yah’yo (yoki Yuhanno) ibn Masovay 
(790-857) turgan ediki, uning ixtisosi tabobatga doir asarlarni tarjima 
qilish edi.
Hunaynning o‘g‘li Ishoq ibn Hunayn (845-910) o‘z otasining 
ishlarini davom ettirdi. Bu davrda, ayniqsa al-Mu’tamid (869-892) va 
al-Mu’tadid (892-902) xalifalik qilgan yillarda shunday tadqiqotlarga 
katta yordam berildi
50
.
Yah’yo ibn Xolid ibn Barmakiy (740-805) Horun ar-Rashidning 
mashhur murabbiysi va vaziri bo‘lib, 790 yillarda “Almajistiy”ning 
(“Almagest”) ilk tarjimasini mablag‘ bilan ta’minladi. Uning o‘g‘li va 
dadasi o‘rniga Horun ar-Rashid vazirligiga o‘tirgan Ja’far ibn 
Barmakiy o‘zining butun obro‘-e’tiborini yunon fanlarini o‘rganish 
tashviqiga bag‘ishlab, saroy e’tiborini shu ishga qaratdi.
Aslzoda arab urug‘idan va qudratli doiralarda aloqasi bo‘lgan 
Yaqub ibn Ishoq al-Kindiy (805-873) o‘zini yunoncha asarlar 
tarjimalarining homiysi sifatida namoyon qildi. Ularni o‘rganishda u 
faol ishtirok etib, mantiqqa doir bir necha risolalar yozdi. U Ma’mun 
tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, falsafaga doir asarlarni yunonchadan 
arab tiligi tarjima qilinishiga erishdi.
Abbosiylar hukmronligining birinchi asri davomida astronomiya 
va ayniqsa tabobat (medisina) Bag‘dodning islom dunyosiga qo‘yilgan 
birinchi qadamlari bo‘lib, ular orqali yunon fani va falsafasi o‘zining 
50
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short Introduction. 
Oxford University Press, New York,2015.
Р
.33. 


152
g‘olibona yurishini boshladi. Bunday sharoitda sharqiy xristian olimlari 
tomonidan taqdim etilgan mantiq, boshqa barcha arab ilmlari orasida 
markaziy o‘ringa qo‘yildi.
Yunon mantig‘i arab tiliga Arastuning “Organon” 
(“Arg‘anun”)iga kirgan birinchi kitoblar tarjimasi bilan 810-820 
yillarda kirib keldi. Shu davrda mantiqning to‘rt kitobi mazmuniga 
bag‘ishlangan izohli to‘plam ham paydo bo‘ldi. Ushbu asarlarni 
mashhur “Kalila va Dimna” tarjimoni bo‘lgan Abu A’lo ibn 
Muqaffaning unchalik nomi chiqmagan o‘g‘li Abdulla ibn al-
Muqaffaga taalluqli, deyish mumkin.
Bayt al-hikmaning birinchi davri oxirida, ya’ni taxminan 835-
840 yillarda mantiqqa doir yetti kitobdan oltitasining arabcha 
tarjimasi mavjud edi. Arastuning “Ritorika” (“Ilmi balog‘at”) asari 
ham arab tiliga tarjima qilingan edi. Porfiriyning “Isagoga” 
(“Isog‘uji”) asarining tarjimoni Ayyub ibn al-Qosim ar-Rakkiy edi. 
“Kategoriyalar” (“Ma’qulot”) ham shu davrda, ehtimol Yah’yo 
(Yuhanno) ibn al-Bitrik tomonidan tarjima qilingan edi.
Teodor arab tiliga “Birinchi Analitika”ni tarjima qildi. Uning 
tarjimasi Hunayn ibn Ishoq tomonidan tekshirilib, shu holatda umum 
tomonidan e’tirof etildi. “Topika”ning ham tarjimasi mavjud bo‘lib, 
uning tarjimoni Timoteus sifatida berilgan. Abdal Masih ibn Abdulla 
ibn Naim taxminan 830 yilda “Sofistika”ni qadimgi yunon tilidan 
arab tiliga tarjima qilgan. Uning tarjimasi keyinchalik (970) Abu 
Ishoq ibn Ibrohim ibn Bakkus al-Ashariy tomonidan taqriz qilinib, 
tuzatilgan
51
.
Yuqorida aytilgan tarjimonlar ko‘pincha qadimgi suriya tilidan 
arabchaga so‘zma-so‘z tarjima qilar edilarki, bunday usulni Hunayn 
ibn Ishoq haqli ravishda tanqid qilib, uni boshqacha, mazmunga 
e’tibor beradigan usul bilan almashtirdi.
Hunayn ibn Ishoq yunon falsafiy matnlarini arabcha tarjimasini 
tubdan o‘zgartirdi. U quyidagi yangiliklarni kiritdi: 
1)
yunon matnlarining tushunishga muvofiqlarini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri arabchaga tarjima qilish yoki ularning qadimgi suriya tiliga 
qilingan tarjimalarini solishtirilgandan keyin, ular yuzasidan yangi 
51
Қаранг

Николас
Решер

К
истории
арабской
логики
. (
Араб
мантиғи
тарихига
доир
). –
Питсбург

Изд
-
во
Питсбургского
университета
. 1963. –
С
.26.


153
arabcha tarjimaga qo‘l urish;
2)
ishonchli matnga ega bo‘lish uchun turli qo‘lyozmalarni 
taqqoslab ko‘rish;
3)
so‘zma-so‘z emas, balki katta ifodalar mazmuniga ko‘ra, 
matnlarni tarjima qilish.
Bunday buyuk ishni bajarish (840-900) ikki avlod vakillariga 
nasib etdi.
Eng yaxshi yunoncha mantiqqa doir matnlar arablar 
tushunchasiga yetib kelganligi va buning natijasida yunon fani va 
falsafasiga qiziqish yoyilganligi tufayli Arastu mantig‘ining arab 
tilidagi ravnaqi boshlandi. Bunda sharhlar va mustaqil tadqiqotlar 
muhim o‘rin tutdi. Bunday ishlarni Abu Ishoq al-Kindiy boshlab 
berdi.
Hunayn ham, uning o‘g‘li ham mantiq bo‘yicha mustaqil asarlar 
yaratmadilar. Bu jihatdan al-Kindiyning birinchi izdoshi Sobit ibn 
Qurra bo‘lib, u Bayt al-hikmada u bilan hamkasblik qilar edi. U arab 
tilida o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan mantiqqa doir barcha asarlarga 
sharhlar yozdi. Hunayn vafotigacha mantiq sohasida mashhur bo‘lgan 
arab mualliflaridan Al-Kindiyning shogirdi Ahmad ibn Muhammad 
ibn at-Tayub as-Seraxsiy va uning zamondoshi Habib ibn Bozrizni 
ko‘rsatish mumkin.
877 yili Hunayn vafot etib, arab tilidagi mantiq rivojining 
ikkinchi davrida burilish yuz berdi. Hunayn yunoncha asarlarning 
arab tilidagi yaxshi matnlarini tayyorlash bilan o‘zidan keyingi 
tadqiqotchilar uchun ajoyib zamin yaratdi. Uning ishini davom 
ettirgan mantiqshunoslarning soni 25 kishidan ortadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə