Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Behistun yozuvi matni



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

25-rasm. Behistun yozuvi matni


178
(go‘zallik va xunuklik), dinda (Ahura Mazda bilan Ahrimanning 
azaliy va abadiy kelishmasligi) turli xil kuchlar o‘rtasidagi kurash 
shakllari sifatida namoyon bo‘ladi. Avesto ta’limotiga ko‘ra, olov - 
olamni nurafshon qiladigan, odamlarni gunohlardan poklaydigan 
sehrli kuch, yer va suv – rizq, hayot manbai.
Olamni anglash, borliq-koinot sirlarini kashf etish, mavjudot 
dunyosining yaralishi sirlarini tadqiq qilishning sardaftari, shubqasiz, 
Sharq xalqlarining qadimiy va nodir yozma yodgorligi – “Avesto”dir. 
Bashariyat tamaddunining mushtarak merosi bo‘lgan bu jahonshumul 
tarixiy obida olam va uning yaralishi, mafkuraviy va ma’naviy 
hayotning ibtidoiy asoslari, hayot, borliq, mavjudot, umuman, tirik 
materiya haqidagi eng birlamchi tasavvurlar yig‘indisidan iborat. 
Ma’lumki, “Avesto”gacha olamning yaralishi xususidagi gipotezalar 
sof mifologik va ramziy xususiyatga ega bo‘lgan. Koinot, uning 
yaralishi, mavjudotning zuqur etishi xususida asotiriy harashlar 
barcha xalqlar va millatlar tarixida mavjud hodisadir. Ammo 
zamonaviy ilm-fan so‘nggi yuz yil davomida olam haqidagi 
tasavvurlarni ostin-ustin qilib yubordi va yaralishning zamir-zamirida 
eng oddiy modda mavjudligini isbotladi. Shunga qaramasdan, 
zamonaviy fan yana yangi bir muammoga duch keldi. Amerikalik 
tabiatshunos olim Jon Pfefer “Kahkashon va inson” kitobida yozadi: 
“Moddaning paydo bo‘lish masalasi tafakkur doirasidan tashqaridagi 
hodisadir. Xuddi shu yerdan koinotning paydo bo‘lish jarayoni 
boshlanadi”. Vashington universitetining professori doktor Gomov 
ta’kidlashicha, “Dunyo ibtidoda havo qatlamidagi parokanda 
gazlardan iborat edi. Bu gazlar harorati va tarkibini tasavvur 
qilishning imkoni yo‘q”. Ushbu xulosa olamning yaralishi hamon 
odamzod oldidagi eng muhim muammolardan biri ekanini tasdiq 
etadi.
Dunyo xalqlarining asotirlari, jumladan, Sharq xalqlarining ham 
eng nodir yodgorligi hisbolanmish “Avesto” kitobi olam yaralishini 
ilmiy-nazariy asoslarini ramziy-mifologik timsollar vositasida tadqiq 
etadi.
Avesto moddiy borliqni bus-butun holatda “Zirvon – Zamon”, 
deb ataydi. Zamon vaqt va o‘zining doirasida cheksiz. Zamongacha 
ham uning o‘zi va undan keyin qam uning o‘zi mavjud. Butun 
mavjudot ana shu doirada jamuljam, shu doira borliq-olamning asosi.


179
Zirvongacha na zamin va na koinotda tirik jon mavjud 
bo‘lmagan. Olam haqidagi dastlabki tasavvurlar ham xuddi shu 
muammo qoshida ojizligini e’tirof etadi. Avestoiy ta’limotga 
muvofih, Zirvon ilk substansiya, Mutlaqong. Adabiyotlar bu tilsimni 
sifatlashda ulkan ta’birlarni ishga soladilar. Jumladan, poyonsiz, 
cheksiz Zirvon, bu - chek-chegarasi yo‘q Zamon demakdir. “Zamon” 
tushunchasi bugun ham o‘zining azaliy mohiyatini yo‘qotgan emas. 
Demak, avestoiy ta’limotga ko‘ra, ota-bobolarimiz butun mavjudot, 
koinot, zaminu osmon ibtidosini Zamonda mujassam etganlar
55
.
Zamon kategoriyasi borliqning kvintessensiyasi, javhari. U – 
Birlamchi Ong, Mutlaq Zot. Avestoga e’tiqod etguvchilarning 
nazarida, hatto ana shunday murakkab tushuncha bo‘lmish Zamon 
ham moddiy, ya’ni jonli xarakterga ega. Politeistik ta’limotga ko‘ra, 
borliq olam ustidan ikki kuch – ezgulik va yovuzlik hukmronlik 
qiladi. Garchi bunday qarashlarning ta’sirini monoteistik ta’limotda 
ham uchratish mumkin bo‘lsa-da, ezgulik va yovuzlik kuchlari 
o‘rtasidagi abadiy tengsiz kurash hamma davr va zamonlarga xosdir. 
“Avesto” ta’limotiga muvofiq, borliq bag‘rida na ezgulik va na 
yovuzlik, shuningdek, har ikkisining hosilasi bo‘lmish ming bir 
tuyg‘ular mavjud bo‘lmasdan burun Mutlaq Zamondan boshqa hech 
narsa zuhur etmagan. “Avesto”ning izohlarida, u (zirvon – m.) 
“zirvoniyya” deb ataladi. Ushbu ta’limotga muvofiq, Ahura Mazda 
(Ezgulik ilohi) va Ahriman (Yovuzlik ilohi) har ikkisi Zirvon 
tomonidan yaratilgan.
Zirvon nurdan bino bo‘lgan eng buyuk qudrat edi. (E’tibor 
bering, Zirvon – Zamon, Mutlaq Ong, o‘z navbatida Nur – m.) Unda 
(Zirvonda – m.) nimadandir shak-shubqa paydo bo‘ldi. (Ya’ni, 
Mutlaq Ong o‘z tasarrufi va qudratiga shubqa qila boshlaydi). Xuddi 
shu shakdan Ahriman yaraldi. Buyuk Zirvon o‘g‘il ko‘rish umidida 
9999 yil hamd-sano aytdi. Biroq uning orzusi ro‘yobga chiqmadi. 
Shunda u, ehtimol bu dunyo hech narsa emasdir, degan xayolga 
boradi. Shu gumon Ahrimanni dunyoga keltirgan bo‘lsa, Zirvonning 
chin xayollaridan Ahura Mazda yaraladi. Bularning har ikkisi ham 
ona qornida edi. Ahura birinchi bo‘lib tug‘ilishi lozim edi. Ammo 
Ahriman nayrang bilan ona qornini yorib chiqdi va olamni zabt etdi. 
55
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 26 


180
Fan o‘z mohiyatiga ko‘ra asotir va rivoyatlarni tan olmaydi, 
zotan dunyoni bilishning o‘z usul va hoidalari bor, ammo rivoyat va 
asotirlarning asosida ham olamni anglashning teran omillari 
mavjudki, buni hech kim inkor eta olmaydi. 
“Avesto”ning bugungi kungacha saqlanib qolgan juz’larida 
olamning yaralishi ramziy-mifologik hodisalar bilan ibtido topadi. 
Shunisi e’tiborga molikki, “Avesto”ning hozirgacha saqlanib qolgan 
qismlari ham ko‘plab muammolarni hal etishga yaqindan yordam 
bera oladi. Zardushtiylarning muhaddas yodgorligida Zirvon – 
Zamon, Ahura Mazda, Ahriman kabi olam asoschilaridan tashqari, 
Ashah – haqiqat, Ezgu Niyat, Ormaitiy – Komil Aql, Olam 
Shahriyori, Go‘shvarvan – Olam Ruhi kabi buyuk asotiriy timsollar 
bor. Ular olam tayanchlari, ustunlari, umuman, ta’bir joiz bo‘lsa, 
dunyo ana shu tirgaklar ustiga qurilgan. Dunyodagi jamiki mavjudot 
xuddi shu tirgak – ustunlarga bo‘ysinadi. 
“Avesto”ning birinchi qo‘shig‘i – Ahunavad goqda shunday 
voqea bayoniga duch kelamiz. Avestoiy – balki koqin, balki mubad 
ibodat asnosida Ahura Mazdaga ilhaqlik bilan murojaat qiladi va 
undan haqiqat hurmati, donishmandlik va ma’rifat hamda Ezgu Niyat 
bilan Olam Ruhi bo‘lmish – Go‘shvarvanni xushnud aylashini 
o‘tinadi. U dastavval Olam Ruhiga murojaat qilmoqchi. Uning uchun 
eng muhimi, o‘z ruhining yaratguvchisi bo‘lmish Olam Ruhidir. Bu 
o‘rinda materiya va ong birlamchiligi xususidagi azaliy bahs-
munozaraning ildizi nechog‘li chuqur ekanini anglash qiyin emas. 
Demak, “Avesto” ta’limotiga ko‘ra, ruh - birlamchi, ya’ni olamda 
dastavval ruh paydo bo‘lgan, materiya esa undan keyin yaralgan.
Eng qadimiy diniy manba bo‘lmish “Avesto” falsafaning o‘ta 
baqsli mavzusi – materiya va ruh muammosini ana shu tarzda hal 
qiladi. Fan olamni yaralishini tabIIy-moddiy nuqtai nazardan aniqlik 
bilan tadqiq qilarkan, xo‘jayra va gazlarning zamonlar osha takomili 
jarayonida turli yulduzlar turkumi, keyincha oy va quyosh bino 
bo‘lganini isbotlamohchi bo‘ladi. Ammo u, eng asosiy narsa – bu 
jarayon o‘z-o‘zidan, stixiyali tarzda amalga osha boradimi yoxud uni 
biror substansiya boshqaradimi, javob bera olmaydi.
Bu mavhumlik o‘tmish va bugungi davr donishmandlarini 
xijolatli ahvolga solib qo‘yadi. “Zamin shaklga kira boshlaydi, – deb 
yozadi Abulkarim Beozor Sheroziy “Qur’on va tabiat” kitobida. – 
gazlar fazo bag‘rida ko‘zdan yo‘qoladi. Zamin atrofi bo‘m-bo‘sh, 


181
havo ham mavjud emas. Na bulut, na yomg‘ir. Na daryo, na dengiz. 
Zamin go‘yo buyuk soqqa. Gazlar yer hatlariga yashiringan, unda 
atomlar mavjud. Bora-bora bu atomlar bo‘linadi va ularning 
bo‘linishidan kuchli issiqlik quvvati vujudga keladi. Bu issiqlik yer 
qa’rini yorib, yuqoriga harakat qiladi. Yer yuzida suv hosil bo‘ladi. 
Ulkan bulutlar uyuri harakatlana boshlaydi. Ilk yomg‘irlar 
yog‘adi. Ular million yillar davomida yer bag‘riga singib boradi”. 
Mazkur ilmiy farazlarni deyarli barcha olimlar tasdiqlasa-da, ammo 
hech kim ana shu global jarayonni harakatga soluvchi qudrat haqida 
bosh qotirib o‘tirmaydi. Hammasi tabIIy, tadrijiy suratda ro‘y beradi. 
“Avesto” esa borliq olamdagi barcha jarayonlarning zamirida Olam 
Ruhi yashashini alohida uqtiradi.
Xo‘sh, Olam Ruhi nima? “Avesto”ning asl tilida bu – 
“go‘shvarvan” (ma’nosi – mavjudot ruhi, olam ruhi yo zamin ruhi). 
Zamonlar o‘tishi bilan Go‘shvarvan, – Olam Ruhining azaliy ma’nosi 
torayib, u Ahuraning ruhi, undan so‘ng jamiki hayvonot olamining 
ruhiga aylanadi. Umuman, barcha ilohiy asotirlar kabi “Avesto” 
qahramonlari ham zamon taqozosi bilan zaminga yovuh tushadi va 
insonlar bilan bahamti harakat qila boshlaydi. Bu qolat Go‘shvarvan – 
Olam Ruhiga qam yot emas. Mavjud dunyo dinlari kabi “Avesto” 
ham olamlarni bino aylagan qudratga (yoxud qudratlar) hamdu sano 
keltirish bilan boshlanadi. Ammo, bu hamdu sanoning aniq nomi bor.
Ashah – haqiqat, Ezgu Niyat, Go‘shvarvan – Olam Ruhi, 
Ormaitiy –Komil Aql. Ko‘rib turganingizdek, yuqorida nomlari 
sanalgan qudratlar sof ruhiy-hissiy hodisalardan iborat, ammo Ahura 
Mazda bu ruhiy ilohlar iznini olgach, o‘z qudrati bilan olam va uning 
muqitini yaratishga kirishadi. Ya’ni, ilohiy kuchlar madadi bilan 
zamin ustida insonlar hayoti ibtido topadi. 
Yer yuzida hayotning yaralishi va uning asosi bo‘lmish xo‘jayra 
xususida fikr yuritgan olimlarning aksariyati tasodif qonuniga ruju’ 
qiladi va hayot asosi bo‘lmish xo‘jayra suv tarkibidagi kimyoviy 
o‘zgarishlar oqibatida paydo bo‘lganiga alohida urg‘u beradi. Biroq 
boshqa bir guruh olimlar yer atmosferasida hayotning yaralishi uchun 
qanday qulay shart-sharoit bo‘lishidan qat’i nazar, hayot hech qachon 
o‘z-o‘zicha yaralmasligini ta’kidlaydi. Xo‘sh, unda “Avesto”ning 
barcha mavjudoddan burun yaralgan Zirvon olam asosimi, yoxud 
xo‘jayrami? Ammo hozircha hech kim bu savolga tayinli javob 
berganicha yo‘q. Mazkur savolning javobi kelajakning ishi.


182
“Avesto”da “haqiqat” tushunchasi hamma o‘rinlarda «Ashah» 
istilohi bilan ifodalanadi. Avesto izohida o‘qiymiz: «Ashah – 
to‘g‘rilik ma’nosini anglatib, Amshosipandlardan biri Ardabiqisht – 
Ashah Vaqiyshta nomining juz’idir. Ashah gohlarning hindiy, 
ovrupoiy va forsiy nusxalarida rostlik, haq, haqiqat, hakam, olam 
tartibi, yaratilishning abadiy qonuni, mukammal nazm va tartib
muqarrar mazdoiy qoida kabi ma’nolarni mujassam etgan». Ma’lum 
bo‘ladiki, olam nizomining jon tomiri, diniy va dunyoviy 
adabiyotlarda Mutlaq Ong tarzida talqin qilingan haqiqat barcha 
davrlarda faqat bir umumiy ma’noni ifoda etgan ekan.
«Ashah» – haqiqatning “Avesto”dagi maqomi shu qadar ulug‘ki, 
u ehtimol eng ko‘p, deyarli barcha o‘rin va holatlarda qo‘llaniladi. Bu 
hol borliq olam qat’iy bir nizom asosida yasharkan, uning zamirida 
faqat haqiqat bo‘lishi mumkin ekanini tasdiqlaydi, xolos.
Haqiqatning sobitligi uning o‘zini iloh tarzida talqin qilinishiga 
olib keldi. Olam yaralganidan buyon umumkoinot miqyosida hech bir 
davrda haqiqat mezonlariga putur yetmagan. Yer silkinishlari, bo‘ron, 
dovul, suv toshqini kabi tabIIy ofatlar bundan mustasno. Ammo 
insoniyat hamisha mutlaq va nisbiy haqiqatlarning aziyatini chekib 
kelgan. Turli qtit’alar miqyosidagi ofatlar, muz ko‘chkilari, to‘fon va 
zilzilalar tufayli ming-minglab odamlarning yostig‘i qurigan, ko‘p 
odamlar vulqonlar domida qolib, jizg‘anak bo‘lgan. Yaratguvchining 
iznisiz tovoniga qatto tikan qam botmasligiga qattiq inongan odamlar 
butun boshli shaqarlarning yer ostiga cho‘kib, nest-nobud bo‘lganini 
sira-sira tushunaolmagan. Shu ma’noda, ilmiy adabiyotlar mutlaq, 
ob’ektiv va sub’ektiv haqiqatlar haqida so‘z yuritarkan, Mutlaqyoki 
Abadiy haqiqat bu asosiy substansiya, javqar, Aqli Kull iboralari bilan 
bahamti qo‘llanilgan. Falsafiy qomuslarda Abadiy va Mutlaq haqiqat 
biri-birining sinonimi tarzida qo‘llanilgan. Chunonchi, «Mutlaq 
haqiqat hech qachon o‘zgarish va taqrirga uchramaydi». Umuman, 
Abadiy va Mutlaq haqiqat nima va uning to‘la-to‘kis ta’rifi 
mavjudmi? Afsuski, bugungi kunda ham hech bir fan yoxud diniy 
ta’limotlar bu muammoni butkul hal qildik deya olmaydi. 
Haqiqatning haqiqatligi hamon yashirin bo‘lib qolmoqda. 
Koinot, borliq olam nizomlari silsilasining ustuvorligi, uning qat’iy 
tartibi bu cheksiz va bepoyon qudratning nechog‘liq tengsiz ekanini 
tasdih etadi. “Avesto”ning dastlabki satrlaridanoq Ashah – haqiqatga 
keltirilgan ibodatlar ham buni isbotlaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 


183
iloh Mazdaga iltijo qilayotgan mubad, eng avvalo, haqiqat nomidan 
so‘z ochadi va uning vositasida Go‘shvarvan – Olam Ruhiga 
yetishmoqni istaydi. “”Avestoning talqinicha, har ikki olam – fano va 
baho haqiqat tasarrufidadir. Demak, “fano” tushunchasi kuni kecha 
paydo bo‘lgan tasavvufiy istiloh bo‘lmay, necha ming-ming yillik 
tarixga ega ob’ektiv haqiqat ekan.
Abadiy yoxud Mutlaq haqiqatlar sirasiga yuqorida 
ta’kidlanganidek, fano va baho kabi hodisalar bilan birga vaqt va 
zamon, ong va ruh, koinot va butun olam tortishish qonuni, yulduzlar, 
oy va huyosh harakati kabi umumdunyoviy hodisalar ham kiradi. Bu 
haqiqatlarning mutlaqligi shundaki, u hech kimning inon-ixtiyorida 
emas. Hech bir tuzum, hech bir zaminiy kuch ularning nizomiga 
ta’sir o‘tkaza olmaydi. Inson umrining o‘tkinchiligi, vaqtning 
uzuluksiz harakati, insonlar avlodlarining doimiy almashib turishi 
ham Mutlaq haqiqatdirki, hech qachon bu nizomga putur yetmaydi
56

Onglilik, yetuk aql sohibi bo‘lish g‘oyasi avestoiy harashlarning 
tub mazmunini tashkil qiladi. Umuman, Avesto yaxlit qolda qam 
inson tafakkurining shunday noyob sarchashmasiki, undagi olamni 
bilishning asosiy tamoyillari eng avvalo, ruh va aql, ong va tafakkur, 
tajriba va nazariyot shaklida namoyon bo‘ladi. Chunonchi, olam 
bilishning anglangan shakli, ya’ni borliq olamda hech narsa tasodifiy 
emas. Olamning bino qilinishi Olam Ruhi – Go‘shvarvan va Komil 
Aql – Ormaitiydan katta mas’uliyatni talab etadi. Chunki, u insonlar 
manfaatiga javob berishi, zamin mavjudotlarining oqilona hayot 
kechirishi uchun muvozanat va mo‘’tadillikni ta’min etmog‘i kerak. 
Avesto buyuk ilohiy ong hosilasi – koinot, huyosh va sayyoralardan 
tortib, aqlning eng oddiy sifatigacha o‘zida mujassam etgan 
umuminsoniy hodisadir. U ko‘zga ko‘rinmas dev – duruj va 
yovuzlikka xizmat qiluvchi eng mayda unsur – nasvdan global 
mihyosdagi yaxshilik va yomonlik kuchlarini qam diqqat-e’tibordan 
qochirmaydi. “Avesto”da olamni bilish uchlik shaklida namoyon 
bo‘ladi va bu uchlikdan tafakkurning shunday doirasi yasaladiki, 
uning ichiga bemalol koinotni sig‘dirish mumkin. Bu uchlik 
quyidagi shaklga ega. 
RUH----------------------AQL---------------------OLAM 
56
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 26 


184
Ruh mavjudotning gavqari. U yo‘qdan bor bo‘lgan emas, bordan 
yo‘q qam bo‘lmaydi. Ushbu qonuniyat moddiyunchilarning materiya 
haqidagi mashqur ahidasiga («Materiya yo‘qdan bor bo‘lmaydi, 
bordan yo‘q bo‘lmaydi») mutlaqo teskari. Ruh olamning asosi, 
bilishning birlamchi pog‘onasi. Undan avval va undan keyin ham 
faqatgina uning o‘zi mavjud. Olam Ruhi yoxud Go‘shvarvanning 
missiyasi nimalardan iborat? Avestoda u qanday mahomga ega? Nima 
uchun mazdoiylar uni bu qadar e’zozlaydi va surunkali ibodatlarda 
ulug‘lab shon-shavkat gulchambarlariga chirmaydi. Birinchidan, 
Olam Ruhi – bu borliqning jismoniy olamdan farqli ularoq, eng asosiy 
shakli. Olam ruh bilan bunyod bo‘lgan, uyg‘un va mukammal jonli 
organizmdan iborat olamning jismiga ruh singdirilgan.
“Avesto” ta’limotiga ko‘ra, chetdan qaraganda jonsizdek 
tuyulgan olam bus-butun jonli mavjudotdir. Ruhsiz olam taraqqiyot 
va takomildan mosuvo, jonsiz jism. Koinotning bir zarrasi bo‘lgan 
inson ruhi Olam Ruhi bilan uzviy bog‘liq. Ta’kidlash joizki, olamni 
bilishning mutlaqo yangi shakli bo‘lgan “Avesto” ta’limotiga shu 
kunga qadar falsafiy tadqiqot ob’ekti sifatida qaralmagan va ayrim 
juz’iy tadqiqotlarni istisno etganda, bu sohada jiddiy izlanishlar 
amalga oshirilmagan. Shu ma’noda, “Avesto”ning falsafiy ilm, 
chunonchi, gnoseologiya fani nuqtai nazaridan tadqiq etilishi olam va 
odamni anglash hali ochilmagan qirralarining kashf etilishiga xizmat 
qiladi. 
Har bir dinda bo‘lgani kabi zardushtiylik, mazdaparastlik, yoxud 
otashparastlik nomi bilan olamga tarqalgan Avesto ta’limotida ham 
odam, uning vujudga kelishi, yaralishidan maqsad, borliq olamda 
odam naslining o‘rni va shu kabi muammolarga katta e’tibor berilgan. 
Bu masala “Avesto” kitobining bahs mavzusi sifatida teran va 
atroflicha o‘rganilgan. 
Aslida inson muammosi faqat diniy ta’limotlarning mavzusi 
bo‘lmasa-da, lekin barcha diniy adabiyotlarda bu o‘ta muhim mavzu 
o‘z o‘rniga ega. Odamning yaralishi haqida to‘rt ilohiy kitob –Zabur, 
Tavrot, Injil va Qur’onning qarashlari bir-biridan deyarli farq 
qilmaydi. Chunonchi ularning barida insonning tuproqdan yaralgani 
unga jon ato etilgani, jannatda makon tutgani, iblis va uning qutqusi 
kabi masalalar deyarli bir xil talqin etildi. 
Bashariyat bu qarashlarga asrlar davomida ishondi, xuddi shu 
aqidalarni haqiqt deb bildi, e’tiqod qildi. Ammo XIX asrda ilm-fan 


185
taraqqiyoti ta’sirida ma’ulm muddat bu qarashlar e’tibordan qoldi, 
odamning yaralishi xususida fan o‘z da’vosi bilan o‘rtaga chiqdi. 
Bizning bahs mavzumiz odamning qanday paydo bo‘lgani xususida 
emas. Bu o‘rinda biz mazkur masala “Avesto”da qanday talqin 
etilgani haqida fikr-mulohazalarimizni bayon etmoqchimiz, xolos. 
Avvalo shuni alohida qayd etish kerakki, “Avesto”da moddiy 
olam va ruhiy olam o‘rtasida katta tafovut bor, deb qaraladi. 
“Avesto”ning asosiy qahramonlari moddiy olamga mansub emas, 
dastlabki voqealar ham aslida inson aqlidan tashqarida, ya’ni “g‘ayb” 
deb yuritilguvchi olamlarda kechadi. Biz bu haqda qisman yuqorida 
hikoya qildik. Ajablanarlisi shundaki, aksariyat diniy adabiyotlardagi 
kabi, “Avesto”da ham yaratguvchi – Ahura Mazda olam va 
mavjudotni olti kunda yaratadi. Bu borada ham boshqa kitoblar bilan 
farq unchalik ko‘p emas. 
“Avesto” kitobida “gahanbor” degan tushuncha bor. Bu olti 
kunda yaratilgan olti mavjudot marosim – bayramlarning nomidir. 
Ahuraviylar ta’limotiga ko‘ra, oliy iloh Mazda olti turdagi mavjudotni 
galma-galdan yaratgan. Bu marosimlar quyidagi nomlar bilan ataladi: 
1.Birinchi gahanbor: “Maydyuzarim” – osmonning yaralishi. 
2.Ikkinchi gahanbor: “Miydyusham” – suvning yaralishi. 
3.Uchinchi gahanbor: “Patya Shhim” – zaminning yaralishi. 
4.To‘rtinchi gahanbor: “Ayosrim” – giyohlarning yaralishi. 
5.Beshinchi gahanbar: “Miydyorim” – jonivorlarning yaralishi. 
6.Oltinchi gahanbor: “Hamaspatmadami” – insonlarning 
yaralashi. 
“Avesto” ta’limotiga ko‘ra, olamda ilk bor yaratilgan insonning 
nomi Kayumarsdir. U Sharq adabiyotida turli nomlar bilan atalgan. 
Asl avestoiy tilda “Gayah maritan”, qadimiy pahlaviy tilida 
“Gayumard” ya’ni o‘lguvchi, foniy, yo‘qlikka bo‘ysinuvchi jon” 
mual. Boshqa dinlar kabi Avestoda ham inson vujudi o‘tkinchi, 
zamon va vaqt ma’nosida abadiy emas. Ammo inson o‘tkinchi umri 
davomida ham ko‘plab ezgu ishlarni amalga oshirish imkoniga ega. 
“Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal” uning hayoti mazmunini tashkil 
etishi lozim. 
Odam bolasining yer yuzidagi qisqa hayoti, bu hayot oldiga 
qo‘yilgan maqsad va vazifalar xususida ham “Avesto” ta’limotida 
ibratli qarashlar mavjud. Ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy kurash 


186
masalasi bundan bir necha ming yillar muqaddam insonlar oldidagi 
asosiy muammo bo‘lgan va bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
“Avesto” sahifalarini varaqlar ekansiz, oddiy e’tiqodli inson 
hamma narsaga qodir oliy ilohlarga murojaat etib, haqiqat va adolat, 
yorug‘lik va nur olamiga qanchalik chanqoqlik bilan intilishidan 
hayratga tushasiz. Odam bolasi vujudiga jo etilgan ishq-muhabbat 
mubtalolik, ezgulikka nisbatan buyuk ishonch hayratingizni chandon 
oshiradi. haiqatda odam bolasi – eng oliy xilqatga, ya’ni bu olamda 
butun iste’dod va salohiyatini ezgulikka safarbar qilishi kerak. U 
nurga talpinmog‘i, yaxshilik binosini tiklamog‘i, odamiylik urug‘ini 
ekmog‘i, haqiqat va adolatni himoya qilmog‘i lozim.
Aks holda, uning tom ma’nodagi insoniy vazifasi nihoyasiga 
yetmay, yorti bo‘lib qolaveradi. Oqibat esa hamma diniy kitoblarda 
qayta-qayta ta’kidlanganidek, ko‘rgiliklar, pushaymon va afsus-
nadomat chekishdan iborat. “Bas, dono odamlar uchun eng maqbul 
tarbiya – yaxshiliklarning otasi bo‘lgan Ahurani Ashah - Haqiqat 
siymosida o‘rganmoqdir, tanimoqdir. Ey, Mazda! Tafakkur ahli, 
donolar, sening rozlaring sirrini o‘rganguvchi shogirdlar xirad va 
Ezgu Niyat partavida sening oshig‘ing, muxlising va muhibing 
bo‘lg‘usi” (Uchinchi qo‘shiq. Sipantmada goh, yasna, 47-hot, 26-bet). 
Ya’ni odam zodning asosiy maqsadi oliy iloh - Ahurani ham Haqiqat 
– Ashah siymosida o‘rganmoqlikdir. Olamning o‘zak muammosi 
bo‘lgan Haqiqat o‘sha davrlarda ham eng yuksak tuyg‘ularning 
sarlavhasi ekanligiga e’tibor bering. Hatto bugungi kunda ham 
Haqiqatni oliy iloh vositasida tanimoq, lozimligini u voqea-
hodisaning asosi, borliqning poydevori ekanini kim inkor qila oladi? 
Avestoda ta’kidlaganidek, “Ezgu andishali kishi begumon o‘z dini, 
so‘z va a’molini ham shunga munosib qilmog‘i kerak. Uning xohish-
istagi his-tuyg‘ulariga mos bo‘lgay. Sening idroking intihosi shu – u 
nihoyat yaxshilik va yomonlikni bir-biridan judo aylaydi!” (O‘sha 
joyda, 26-bet). 
Odamlarning amali niyatlariga esh bo‘lishi xususidagi qadimiy 
hikmatning ma’nosini “Avesto”da ham uchratish mumkin. Haqiqatda, 
juda ko‘plab adabiyotlar da’vo qilganidek, asl adolat me’yorlari ham, 
ezgulikka bo‘lgan tengsiz chanqoqlik ham kuni-kecha paydo 
bo‘lmagan. Buni eng birlamchi manba – “Avesto” kitobi tasdiq etadi. 
Islom payg‘ambari Muhammad alayhissalom ba’zi mavridlarda 
“Men Anushirvoni Odil zamonida tug‘ilganman” der ekanlar. E’tibor 


187
bering, adolat va ezgulik juda olis zamonlarga xosligi, boshqa 
tamaddunlar ham adolatli bo‘lganini shu birgina so‘zning o‘zi isbot 
etmoqda. Ammo ko‘pchilik qaysarlik bilan inkor qiladi. “Avesto”dagi 
porloq g‘oyalarni shubha ostiga oladi, ularni inkor etmoqqa 
shoshiladi. Mana bu so‘zlar ham fikrimizni tasdiqlaydi: “Olamning 
obodligi, jahonning osoyishtaligi uchun jiddu jahd qilmoq, uni 
asramoq va yorug‘likka tomon eltmoq kerak” (o‘sha joyda, 26-bet). 
Dunyoni obod va farovon ko‘rmoq, insonlar hayotini ezgulik 
o‘zaniga solish, ajdodlar qoldirgan eng nodir ma’naviy yodgorliklarni 
asrash va ularni ko‘z qorachig‘idek e’zozlash, hamisha yashilik 
orzusida yashash eng oliy insoniy ideallar jumlasiga kiradi. Avesto 
buni qariyb uch ming yildan buyon qayta-qayta takrorlaydi. “Ey, 
Mazda! – deydi xayrixoh odam. – Ezgu Niyat bilan sening 
sarzaminingda yashab, unda barqaror tiriklikni bunyod aylaguvchilar 
ana shunday zotlardir va ularning amallari Ashah - Haqiqat asosida, 
mag‘firat soyasidadir. haqiqatda, ular g‘azab va jaholatni butkul 
sindirib tashlashga taqdir qilingandlirlar”. 
Odam bolalarini ezgulik va haqiqat yo‘lida kurashga safarbar 
etguvchi bunday da’vatkor g‘oyalar Avestoning asosini tashkil qiladi. 
Insonning taraqqiyoti davomida har turli istibdod shakllarini kashf 
etish yo‘lida musobaqalashib kelgan bo‘lishiga qaramay, oxir-oqibat 
ezgulik g‘alabasi bilan yakun topishi muqarrar. Ezgulik esa shunchaki 
osmondan tushib qolgan emas, balki u Avestoda aytilgani kabi, 
ulug‘vor g‘oyalar, buyuk dasturlar, mardonavor zotlar tomonidan 
yaratiladi. 
“Avesto” kitobining yana bir muhim jihati odamning moddiy va 
ruhiy-ma’naviy hayoti bilan bog‘liq. “Avesto” insonni harchand 
osmonlar xilqati, deb ta’riflamasin, bari bir uning nihoyasi dunyo 
bilan uzviy bog‘liq ekanini tan oladi. Jumladan, “Avesto” 
qahramonlari ham oxir-oqibatda moddiy olamning bir qismi sifatida 
bu dunyoni tark qiladi. Ular ham foniy, ya’ni yo‘q bo‘lishiga 
mahkum. Ilk odam bo‘lmish Kayumarsga neki xos bo‘lgan bo‘lsa, 
uning avlodlariga ham shu narsa xosdir. 
E’tibor berilsa, yuqorida “Avesto” ta’limoti olg‘a surgan 
antropologik qarashlar muayyan bir tarzda barcha dunyoviy 
dinlardagi qarashlarning asosni tashkil etadi. Ularning aksariyati inson 
taqdirini zaminga olib borib taqaydi. Dunyodagi mavjud dinlarning 
vakillari hamda ilm ahli bu muammoni qayta-qayta o‘rgangan, bahs 


188
mavzusi sifatida chuqur va atroflicha tadqiq etgan. Ammo mazkur 
masalada ham “Avesto”dagi antropologik qarashlar muammosi 
ko‘proq kelajakning ishi bo‘lib qolmoqda. Sharq falsafiy 
tafakkurining teran tomirlaridan biri bo‘lgan “Avesto” kitobi bu 
borada ham chuqur va har tomonlama tadqiq etishni taqozo etadi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə