193
Budda, Buddha, Siddxartxa, Guatama, buddaviylik, Shakya-muni,
braxmanlar, Uruvilva o‘rmoni, tarki dunyochilik, dxarma, shoh
Ashoka, karma, nirvana, sansara, madxyamika, yoga, chirog‘, shu’la,
oqim, Radjagrixa, Vayshala, Pataliputra, Kashmir, Mohayana,
Xinayana, andxra, Kumaragupta I, nalanda, vaybxashika, sautrantika,
yogachara, vidjnyanavad, Dignaga, Dxarmakirti, “Pramanavartika”,
Hindiston, Xitoy, Tibet, Mo‘g‘uliston, Yaponiya, Gupta, Pala,
hinduviylik.
Budda (to‘g‘rirog‘i Buddha, sanskrit tilida – oydinlashgan,
nurlangan ma’nosida) Guatama urug‘idan chiqqan Siddxartxa ismli
shaxs bo‘lib, buddaviylik an’anasiga ko‘ra, buddaviylik falsafasi va
dinining asoschisidir. Siddxartxa Shakyamuni podsho Shuddxodan
xonadonida tug‘ilgan bo‘lib, yoshligida braxman o‘qituvchilarining
nasihatlarini tinglagan. 29 yoshida saroyni tark etib, Uruviyava
o‘rmonida tarki dunyochilik holatida mushohada orqali dunyoning
abadiy ravishda shakllanib turishini tushunib yetgan.
Arxeologik qazishmalarning guvohlik berishicha, eramizdan
oldingi uchinchi asrda kishilar uni yerdagi buddaviylik dinining
asoschisi hisoblashgan va ushbu din ijtimoiy holatdan yuz o‘girishni,
zo‘rlikka qarshi chiqmaslikni va taqdirga tan berishni targ‘ib etgan.
Hozirgi zamon fani Budda hayotini
eramizdan oldingi 563-483 yillarga
taalluqli ekanini ta’kidlaydi.
Buddaviylik qadimgi hind jamiyatida mavjud bo‘lgan tabaqalarga
(kasta) bo‘linish va kohinlarga qarshi chiqqan. Barcha insonlarning
tengligining e’lon qilinishi buddaviylikning keng yoyilishiga sabab
bo‘lgan. Yirik davlatlar tashkil topishi sharoitida braxmanlik dinining
kohinlariga qarshi qaratilgan bo‘lganligidan, buddaviylik katta
davlatlar hukmdorlariga foydaliroq edi
57
.
57
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 43
Dostları ilə paylaş: