194
Eramizdan oldingi III asrda shoh
Ashoka buddaviylikni qabul qilib, uni
Hindistondan chetga chiqib yoyilishiga
hissa qo‘shgan edi. Budda dini o‘z
navbatida urf-odatlar, sig‘inish
marosimlari va aqidalar tizimini ishlab
chiqqan. Qadimgi Hindistonda mavjud
bo‘lgan ruhlarning ko‘chib yurishi
haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib,
buddaviylik tirik mavjudotlarning
qayta tug‘ilish aqidasini olg‘a surgan.
Uning ta’kidlashicha, tirik
mavjudotning o‘limi uning
zarrachalardan tashkil topgan tanasining sochilib ketishi bo‘lib,
shundan keyin uning yangi unsurlari bo‘lgan – dxarmalarning
yangidan tashkil topishi yuz beradi.
Dxarmalarning yangi kombinatsiyasi ilgarigi ko‘chib yurish
doirasida vujudga kelgan barcha xayrli ishlar va gunohlar majmuasiga
bog‘liq bo‘lgan karma orqali tayin etiladi. Buddaviylikning ezgu orzusi
– ruhning ko‘chib yurish jarayonini to‘la barham topishi va shu yo‘l
bilan go‘yo hayot mohiyatini tashkil etuvchi azob-uqubatdan qutulish
holati – nirvanaga erishish edi.
Buddaviylikning falsafiy
mazmuni ikki jihatni o‘z ichiga oladi: narsalar tabiati haqidagi ta’limot
va bilish yo‘llari to‘g‘risidagi ta’limot. Buddaviylikning narsalar tabiati
haqidagi ta’limoti asosida draxmalar – “o‘zining belgilariga ega
bo‘lgan zarrachalar” yoki “bo‘lakchalar”, “unsurlar” to‘g‘risidagi
tushunchalar yotadi. Bu ta’limotga ko‘ra, draxma-zarrachalar dunyoviy
ashyolarning hujayralari kabi butun moddiy va ruhiy olamning
jarayonlarida ular tarkibida harakatda bo‘lib, har lahza shu’lalanib va
o‘chib turadi. Uning har bir o‘chishi yangidan shu’lalanish va
boshqatdan o‘chishni anglatadi. Buddaviylik falsafasida dunyoni
azaldan doimo o‘zgarishda, qaytadan tug‘ilishda ko‘rish va oqib turgan
daryo bilan taqqoslash g‘oyasi yotadi.
Buddaviylikda dxarma – unsurlari uchun bir necha tasniflash
ishlab chiqilgan. Ilk buddaviylik namoyon bo‘lgan borliq – sansara va
namoyon bo‘lmagan borliq – nirvanaga bo‘linishni qayd etgan edi.
“Namoyon bo‘lgan borliq” charxida bo‘lish azob-uqubatlar tortish
Dostları ilə paylaş: