199
2) to‘g‘ri niyat qilish – dunyoviy
lazzat-halovatlardan xalos bo‘lishga,
keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar
yetkazib qo‘yishdan saqlanishga
intilish;
3) o‘zini to‘g‘ri tutish – o‘ziniki
bo‘lmagan narsaga ko‘z olaytirmaslik,
ortiqcha hissiyotga berilmaslik;
4) to‘g‘ri anglash – o‘z tanasi va
ruhiga o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigai darajada nazoratda bo‘lish
hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qo‘yish;
5) to‘g‘ri harakat qilish – o‘zidagi yomon tuyg‘ularni jilovlash
hamda ezgu tuyg‘ular va harakatlarni rivojlantirish;
6) to‘g‘ri hayot kechirish – noma’qul hayot tarzidan saqlanish;
7) to‘g‘ri fikr yuritish – kamolotning to‘rt bosqichini ketma-ket
bosib o‘tish;
8) to‘g‘ri gapirish – yolg‘ondan, tuhmatdan, haqoratdan va
befoyda gaplardan saklanish.
3. Donishmandlik — bu buddizmning asosiy maqsadi bo‘lib,
narsalar tabiatini to‘g‘ri tushunishdan
iborat.
Yuqorida ko‘rsatilgan uch amaliyot bosqichini o‘tagan inson
oxir-oqibat oliy saodatga, ya’ni nirvana holatiga erishadi. Nirvana
so‘zining lug‘aviy ma’nosi — «o‘chish, so‘nish». Unda hayotning xar
qanday ko‘rinishiga intilish yo‘qoladi.
Ushbu ta’limotning yoyilishida buddist jamoalarning (sangxa)
roli katta bo‘lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo‘lgan to‘qqiz oyida
shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, aholini bu dinga da’vat
qilib yurganlar. Faqatgina musson yomg‘irlari tinmay quygan uch
oydagina o‘z ibo-datxonalarida muqim bo‘lib meditatsiya bilan
shug‘ullanganlar.
Mil. av. 273 – 232 yillarda hukmronlik qilgan imperator Ashoka
davrida buddizm keng hududlarga jadal tarqaldi. U buddist
monaxlarga (rohiblar), ularning Hindiston bilan chegaradosh
davlatlarga qilgan missionerlik harakatlariga xayrixohlik bildirardi.
Buddist missionerlari o‘z prinsiplarida mahkam turib, yumshoqlik va
kelishuvchanlik bilan harakat qildilar.
Dostları ilə paylaş: