Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Bomiyondagi Budda haykali



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

29-rasm. Bomiyondagi Budda haykali


200
Buddizm jamoalari begona din, madaniyat va urf-odatlar ustun 
bo‘lgan sharoitlarda asrlar mobaynida o‘zlarini saqlab qolish, fursat 
kelganda, ularga o‘z ta’sirlarini o‘tkazish qobiliyatiga egadirlar. 
Ularning bu xususiyatlari Hindistonda musulmon hukmdorlari 
davrida, Shri Lankada portugallar, gollandlar va inglizlar 
mustamlakasi davrida, Xitoy va Yaponiya konfusiychilari davrida 
mazkur hududlarga buddizmning yoyilishida yaqqol namoyon 
bo‘ladi. 
Buddizm ta’limoti bir qator kitoblar shakliga keltirilgan 
to‘plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi Tripitaka (yoki 
Tipitaka) — «uch savat» ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat 
bo‘lganligi uchun shunday nom bilan atalgan. Bu manbaning 
qo‘lyozma nusxasi Shri Lankada saqlanib qolgan. U milodning 
boshlarida kitob shakliga keltirilgan. Ular Budda targ‘ibotining 
haqiqiy bayoni hisoblangan sutra matnlari — Sutra-pitaka, rohiblik 
axloqi, xonaqohlar nizomlariga bag‘ishlangan vishya matnlari – 
Vinaya-pitaka, buddizmning falsafiy va psixologik muammolarini 
bayon qilib berishga bag‘ishlangan abxidxarma matnlari – 
Abxidxarma-pitakadan iborat. Keyinchalik shakllangan sanskrit, 
xitoy, Tibet, kxmer va yapon tillaridagi buddizmga oid adabiyotlar 
ancha keng tarqalgan, ammo ularning ilk buddizm tarixi uchun 
ahamiyati ozroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning asosiysi 
Tripitakada jamlangan
59

Shunday qilib, buddizm mil. av. birinchi ming yillik oxirlarida 
Markaziy Osiyoni o‘z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. 
Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologik qazilmalar asnosida 
O‘ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom 
mavzelaridan topilgan Shakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, 
ramziy g‘ildiraklar va stupa qoldiqlaridan Kushon imperiyasida 
buddizmga katta ahamiyat berilganini anglash mumkin. 
O‘rta Osiyoda dinlar tarqalganligi manzarasi rang-barang va 
tadqiq qilish uchun o‘ta qiziqarli. Bu mintaqada boshqa qadimiy 
dinlar bilan bir qatorda buddizmning ham keng yoyilganligini 
kuzatamiz. 
59
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 45 


201
Bir guruh tadqiqotchilar mazkur din O‘rta Osiyoga kirib 
kelishini Kushonlar shohi Kanishka xukmronligi davriga taalluqli deb 
biladilar (I asrning oxiri – II asrning boshlari). Ikkinchi guruh esa bu 
jarayonning boshlanishini biroz ertaroq, deb hisoblaydi. Tadqiqotchi 
B.A. Litvinskiyning fikricha, buddizm Shimoli-G‘arbiy Hindiston va 
Janubiy Afg‘oniston (Qandahor) orqali taxminan mil. av. III asrda 
Baqtriyaga (O‘zbekistonning janubiy hududlari) tarqala boshlagan. 
Baqtriyaga buddizmning kirib kelishi va yoyilishi haqida 
boshqa fikr ham mavjud. Tadqiqotchi R.Ch. Bagchi bu jarayon 
podshoh Ashoka (mil. av. 273-232 yillar) hukmronligi davrida yuz 
bergan, deb hisoblaydi. Ammo bu fikrni tasdiqlovchi arxeologik 
materiallar yetarli emas. Shuning uchun ham buddizm bu hududga 
Kushonlar davrida kirib kelgan, degan fikr haqiqatga yaqinroq. 
Chunonchi B.Ya. Staviskiy bu fikrni Kushonlar hukumatining hind 
viloyatlari va buddist jamoalarning homiylari bilan aloqalari 
mustahkam bo‘lganligi bilan isbotlaydi. Ammo shu bilan bir qatorda 
baqtriyaliklarning Kanishkaga qadar buddizm bilan tanish 
bo‘lganliklarini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham mavjud.
Mil. av. I asr va milodning IV asrlari oralig‘ida Kushon 
imperiyasida buddizmning Maxayana yo‘nalishi davlat dini deb e’lon 
qilindi. Bungacha buddizm Hindistonda uzoq tarixga ega bo‘lsa-da, u 
yerda asosiy yo‘nalish bo‘lgan Xinayana ham bunday mavqega 
erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz va ulardan keyingi Kushon 
imperatorlari buddizmni keng yoydilar. Ular bu din an’analarini 
amalda rivojlantirish, boshqa xalqlar o‘rtasida tarqatish uchun Balx, 
Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro, Shosh, Turkiston, Quva, Koson, 
O‘sh, Bolosog‘un, Qoshg‘ar va boshqa shaharlarda buddizm 
takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxolarini qurib, buddizmning 
muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o‘rganish, tarjima qilish va 
sharhlash uchun sharoit yaratib berdilar. 
Buddizm Markaziy
Osiyoni hind madaniyati bilan 
tanishtirishda xuddi “ko‘prik” xizmatini ado etgan. Bu dinning keng 
tarqalishi bilan Hindiston va O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasida o‘zaro 
munosabatlar rivojlanib ketdi. Bu o‘zaro aloqalar bir yoqlama 
bo‘lmasdan, balki Hindistonda ham Markaziy Osiyo madaniyati 
izlari borligi namoyon bo‘lmoqda. Masalan, Hindistondagi ko‘pchilik 
qo‘shin, harbiy va ma’muriy amaldorlar o‘rta osiyoliklardan 
tayinlangan. Yana bu madaniyatning izlari – Yunon alifbosiga 


202
asoslanib Kushon yozuvida bitilgan Baqtriya tili, kiyim-kechak 
xillari, cholg‘u asboblari va raqslari ham kirib bordi.
Yodgorliklarda tangalar ibodatxonaning Kushon podsholaridan 
Kadfiz I (eramizning I asri) davrida zarb qilinganligidan darak beradi. 
Xonalar ichida ganchdan tayyorlangan haykallar maydalanib, 
markaziy qismi “shohlar zali” deb nomlangan, chunki u yerda 
haykallar buddaning izzatlovchi podsho xonadonidagi va unga yaqin 
kishlarni ifodalaydi. Bu xonaga maxsus yo‘laklar orqali kirilib, qolgan 
xonalarda oziq-ovqat saqlangan va ba’zilarida kohinlar (monaxlar) 
istiqomat qilganlar.
“Shoxlar zali” yonida Budda haykali o‘rnatilgan supaning 
poydevori saqlanib qolgan, u asosan xom g‘isht va paxsadan 
ishlangan. Haykallar aksariyat “shoxlar zali” va unga boradigan 
yo‘lakdan topilgan, bizgacha yetib kelgan haykallar bir-biridan ajoyib 
va nodir. Ularda podshoh, shahzoda, amaldorlar, Budda, uning 
muxlislari, shogirdlari va izdoshlari tasvirlangan.
Shahzodaning haykalida uning qimmatbaxo toshlar qadalgan 
maxsus tayyorlangan och ko‘k rangli uzunchoq kulohi va yuz tuzilishi 
ustalik bilan ishlangan kushon podsholaridan biri II asrda hukmronlik 
qilgan Vasudeva o‘zi zarb qildirgan mis tangalarda xuddi shunday 
kulohda tasvirlangan edi. Ikkinchi haykal esa kattaroq, uzunligi 1 
metrga teng, uni aslida bo‘lak-bo‘lak holda xonaning u yer-bu yeridan 
topilib, San’atshunoslik institutining tajribali haykaltarosh 
ta’mirchilari uni avvalgi holiga qaytardilar. Uning ustki kiyimi 
Kushon imperiyasi amaldorlarining libosini ifodalab, yuzi va shalvari 
qip-qizil rangda, mo‘ylovi, sochi, osilib turgan belbog‘i qora rangda. 
Jahon sivilizatsiya tarixida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan 
budda dini va uning keng tarqalishi hamda Budda e’tiqodlarining 
keng yoyilishida Dalvarzin shahri muhim o‘rin egalladi. Keng 
tarqalgan dinlardan bo‘lgan Buddaviylik
inshootlari Dalvarzin 
shahari devoridan yarim chaqirim uzoqlikda joylashgan, Budda dinini 
Kushon hukmdorlari o‘z homiyligiga olishgan. Shuning uchun bo‘lsa 
kerak, Dalvarzin shahridagi bu ikkala budda inshooti juda 
hashamatli va dabdabali bo‘lib, shaharni dushman qamal qilib 
turganda ham. 
Kanishka ko‘plab budda inshootlarini qurdirdi, poytaxtda 
buddaviylarning diniy yig‘ilishini o‘tkazdi. Uning zarb qilgan 
tangalarida boshqa xudolar bilan bir qatorda, Buddaning tasviri va 


203
BOODOO degan yozuv ham bitilgan edi. U hatto davlat boshqarish 
apparatida maslahatchi sifatida budda koxinlaridan ham foydalandi. 
Kushon podsholari bu dinni qabul qilish va boshqalarni shu dinga 
bo‘ysundirish uchun o‘t qo‘yib, qilich o‘ynatib, boshqa dinlarga oid 
ibodatxonlarni yer bilan yakson qilmadilar. Bu ishni juda ustalik bilan 
ishontirish yo‘li bilan amalga oshirib, kohinlar o‘z ilmi va harakati 
bilan xalqni o‘z ta’siriga o‘tkazdilar. Ana shunday budda 
tashviqotchilaridan biri termizlik (ya’ni “tarmitalik”) Dxarmamitra 
boshliq tashviqotchilar, hatto bu dinni sharqiy Turkiston va Xitoyga 
va boshqa joylarga tarqatdilar. Kushonlar imperiyasida Budda dini 
yagona davlat dini bo‘lmasdan, balki har qaysi elatning o‘zi hohlagan 
dinlari bo‘lib, ular o‘z xudolariga ishonar va sig‘inar edi. 
Buddizmning qulayligi yana shundaki, budda ibodatxonalariga 
yangi kelganlar nafaqat diniy risolalar va kitoblar o‘qishar, balki shu 
bilan birga, dunyoviy adabiyotlar – tibbiyot, grammatika, musiqa, yer, 
osmon, shamol va yulduzlar haqida, rassomlik va she’riyat ilmlarini 
o‘rganishar edi. Shuning uchun ham, buddizm tadqiqotchilarining 
fikricha, buddizm o‘zining 2500 yillik tarixi davrida ibodatxonalarni 
qurishda, haykaltaroshlik va rassomlik sohasida, diniy-falsafiy 
risolalar yaratishda, targ‘ibotchilikda va ziyoratchilikda, yirik 
buddizm mutafakkirlari sonining ko‘pligi jihatidan Kushon 
imperiyasidek yuqori darajaga erishmagan. Hatto xorazmlik alloma 
Abu Rayhon Beruniy ham buddizm haqida quyidagilarni yozib 
qoldirgan: “O‘tmish zamonlarda Xuroson, Fors, Eron va Mosuldan to 
Suriyaning chegarasigacha yashagan aholi buddaviy diniga sig‘inar 
edi. Ammo keyinchalik Zoratushtra (Zartushtra) ta’limoti Gushtaspga 
yoqib, uni mag‘rib va mashriqda tarqata boshladi. Chin mamlakatidan 
to Rum yerlariga qadar otashparastlik ibodatxonalari qurildi”. 
Buddaviylikning O‘zbekiston va Xindiston xalqi o‘rtasida o‘z 
davrida ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz 
orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari u davrga borib taqaladi 
va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind 
xalqi, uning madaniyat va san’atiga qiziqishi tasodifiy emas. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə