Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

27-rasm. Buddaviylik ramzi


195
bilan hamroh bo‘lib, undan qutulish 
– “axloqiy amalning sakkiz a’zoli 
yo‘li”ni tushunishga olib boradi. 
Buddaviylik moddiy va ruhiy 
dunyolar yagonaligini ta’kidlaydi. 
Buni ta’kidlash madxyaliklar 
falsafa maktabi namoyondalari 
tomonidan tizimga solib ishlab 
chiqilgan.
Buddaviylikning ikkinchi 
jihati, ya’ni bilishning yo‘llari 
haqidagi ta’limot yogacha usulda 
mushohada qilishning sub’ektiv-g‘oyaviy usuli bilan bog‘liqdir. 
Buddaviylik ruhning mavjudligini, ya’ni inson ichidagi alohida ruhiy 
mohiyatni inkor etadi. Buddaviylik aqidasidagilar inson shaxsining 
moddiy va ruhiy xususiyatini tashkil etuvchi besh guruh unsurlardan 
tashqarida alohida mavjud bo‘lgan atmanni inkor etadilar. Bu besh 
unsurlar quyidagilar: 1) ong, 2) tasavvurlar, 3) his-tuyg‘u, 4) karma 
kuchlari, 5) inson tashqi sezgilari. Ushbu sxemada qandaydir 
o‘zgarmaydigan, abadiy ibtidoga o‘rin yo‘q. Sabab oqibatdan oldin 
keladi. Inson shaxsi, dunyodagi barcha narsalar kabi o‘n ikki a’zoli 
“sababiy tug‘ilish” ifodasida mujassamlashgan sabab va oqibat 
qonuniga bo‘ysunadi. Mavjud insoniy hayot – faqat ilgarigi 
mavjudlikning xulosasidir, xolos. Ong yerdagi hayotning “shaxsiy 
oqimi” orqali oqib, o‘rtadagi holatlar orqali va undan keyin keladigan 
yangi qayta tug‘ilish bosqichlarini bosib o‘tib, har lahzada o‘z 
mazmunini o‘zgartirib turadi. Ushbu abadiy tashkil topish ko‘pincha 
qadimgi hind falsafiy adabiyotidagi chirog‘ shu’lasiga o‘xshatiladiki, 
undagi yonish va o‘chish jarayoni to‘xtovsiz davom etib, doimiylik 
tasavvurini tug‘diradi.
Namoyon bo‘lmagan borliq, ya’ni nirvanaga mansublik esa, 
chirog‘da shu’laning o‘chishiga qiyoslanadiki, undagi yog‘ ta’mini 
tamom bo‘lgani sababli, u o‘chadi. Ammo o‘chgan shu’la, yo‘qolgan 
o‘t emas, balki boshqa holatga o‘tgan shu’ladir. Buddaviylik 
dialektikasi bo‘linib turuvchi oqim tushunchasini ishlab chiqqan.
Mamlakat sharqida “Katta jamoa” tarafdorlari yig‘ildilarki, ular 
maktabini Mohayana (“Katta arava” yoki najotning “keng yo‘li”) deb 
atadilar. Qolgan maktablar Xinoyana (“Kichik arava”) nomini olgan. 


196
Ashoka (er. ol. III asr) va Kushonlar (II-III asrlar) davrida buddaviylik 
Hindiston hududlaridan tashqariga chiqqan. II va III asrlarda 
buddaviylik Andxra imperiyasida hukmron mavqega ega bo‘lgan. IV-
V asrlar davomida buddaviylik falsafasi hind madaniyatining barcha 
sohalariga kirib borgan. V asrning birinchi yarmida shoh Kumaragupta 
I Nalandada buddaviylik universitetini ta’sis etgan. Bu universitet 
keyinchalik xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan
58
.
I-V asrlar davomida to‘rtta asosiy falsafa yo‘nalishi uzil-kesil 
tashkil topgan edi: vaybxashika, sautrantika, madxyamika, yogachara. 
Keyingi vaqtda tashkil topgan vidjnyanavada-yogacharlar orasida 
Dignava va uning izdoshi Dxarmakirti tomonidan ishlab chiqilgan 
buddaviylik mantig‘i va bilish nazariyasining kelib chiqishi muhim 
voqea bo‘ldi. Dxarmakirtining “Pramanavartika” asari Hindiston, 
Xitoy, Tibet, Mo‘g‘uliston va Yaponiya falsafiy adabiyotini boshlab 
bergan edi. Gupta davrining oxiri va ayniqsa Pala sulolasi davrida 
(VIII-IX asrlar) buddaviylikning ta’siri zaiflashgan edi. Nalanda 
universitetining inqirozga yuz tutishi buning natijasi edi. Buddaviylik 
va braxmanlikning yaqinlashishi yangi din bo‘lgan hinduviylikning 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Hindistonda o‘z hukmronlik mavqeini 
yo‘qotgan buddaviylik Seylon, Birma, Xitoy, Yaponiya va boshqa 
mamlakatlarga keng yoyildi.
Buddizm turli milliy va diniy an’analar bilan kelishuvchanligi 
sababli ko‘p millatlar tomonidan keng qabul qilindi. Buddizm 
hayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy 
qatlamlariga kirib bordi. Buddizmni din yoki falsafa, mafkura yoki 
madaniyat qoidalari to‘plami yoxud hayot tarzi deb baholash mumkin. 
Ayni kunda bu dinga e’tiqod qilib kelayotgan Sharq 
mamlakatlaridagi buddizm ta’limotini o‘rganish u yerdagi siyosiy-
iqtisodiy, ma’naviy madaniyatni tushunishning asosiy omillaridan biri 
hisoblanadi. Bu davlatlarda ushbu dinga e’tiqod qiluvchilar nazarida 
buddizmning qoida va an’analari markaziy hukumat qonunlaridan 
ko‘ra ustunroqdir, tabiiyki, buning zamirida uning potensial kuchi 
yotadi. 
Buddizm qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida 
vujudga kelgan, o‘ziga xos nazariyot va amaliyotdan iborat bo‘lgan 
58
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 44 


197
diniy tizimdir. Budda yangi diniy qonun-
qoidalar, rasm-rusumlar ishlab 
chiqmagan, balki har bir inson tug‘ilish 
va o‘lim mashaqqatlaridan qutulishi 
uchun amal qilishi lozim bo‘lgan bir 
necha ko‘rsatmalarni ishlab chikdi xolos. 
Uning ta’limoti insonning xayolida, 
ishlarida va o‘zini tutishida samimiy 
olijanoblik g‘oyasini ilgari suradi. U 
vedalardagi gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni 
vahshiyona qurbon qilishni qoraladi, varna (kasta) tizimini va undagi 
ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor qildi. 
Budda ta’limotining asosida «hayot — bu azob-uqubat» va 
«najot yo‘li mavjud» degan g‘oyalar yotadi. Buddizm ta’limotiga 
ko‘ra, inson o‘ziga xos mavjudot bo‘lib, tug‘iladi, o‘zini-o‘zi halok 
qiladi yoki qutqaradi. Bu g‘oyalar Buddaning ilk da’vatida 
ta’birlangan to‘rt haqiqatda o‘z ifodasini topgan. 
Birinchi haqiqat — «azob-uqubat mavjuddir». Har bir tirik-jon 
uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday dunyoviy hayot — 
qiynoq, azob-uqubatdir. 
Tug‘ilish — qiynoq, kasallik — azob, o‘lim — kulfat, 
qiyinchilikka duch kelish — mashaqqat, ayriliq — ezilish, orzu-
havasga yetolmaslik — uqubat. Dunyo 
tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga 
bog‘likdik. Hech bir narsa ma’lum 
sababsiz yaralmaydi. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi 
sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddizm dunyoni 
shu holicha qabul qilishga chaqiradi. 
Buddizm ta’limotiga ko‘ra, har qanday narsa yoki hodisa, u xoh 
moddiy, xoh ma’naviy bo‘lsin, dharma (element)lardan tashkil 
topgan. Ular o‘z xususiyatiga ko‘ra harakatsiz bo‘lib, dharmalarni 
qo‘zg‘atuvchi kuch insonning xayol va so‘zlaridir. Ob’ektiv haqiqat 
bu doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi dharmalar oqimidir. 
Harakatdagi dharmalar o‘z mavjudligining besh shakli — tana, sezgi, 
his-tuyg‘u, harakat, anglashni yaratadi. Mazkur besh shakl insonni 
tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi, borliq bilan aloqada 
bo‘ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Besh elementning o‘zaro 
mavjudligi insonning o‘limi bilan barham topadi. Insonni tashkil 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə