3 – guruh topshirig‘i
1-bosqich Buddaviylikning bilish nazariyasini yoritib berish. 5 daqiqa.
2-bosqich. Guruhda muhokama qiling 5 daqiqa.
3-bosqich. Taqdimot varog‘ini to‘ldiring (organayzer yordamida) 10
daqiqa
4-bosqich. Taqdimot bilan chiqish 5 daqiqa
5-bosqich. Boshqa guruhlarning taqdimotini baxolash.
Guruhlar Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari
207
Javob
mazmuni
Taqdimot
varog‘ining
to‘ldirish
sifati
Guruh
faolligi
Reglament
ga amal
qilish
Jami
ballar
1.
2.
3.
4.
4 – guruh topshirig‘i
1-bosqich. Buddaviylikning yo‘nalishlarini gapirib berish. 5 daqiqa.
2-bosqich. Guruhda muhokama qiling 5 daqiqa.
3-bosqich. Taqdimot varog‘ini to‘ldiring (organayzer yordamida) 10
daqiqa
4-bosqich. Taqdimot bilan chiqish 5 daqiqa
5-bosqich. Boshqa guruhlarning taqdimotini baxolash.
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari
Guruhlar
Javob
mazmuni
Taqdimot
varog‘ining
to‘ldirish
sifati
Guruh
faolligi
Reglament
ga amal
qilish
Jami
ballar
1.
2.
3.
4.
Guruh bo‘yicha baholash mezonlari
Har bir guruh boshqa guruhlarni baholaydi. Har bir talab bo‘yicha – 2
ball
Guruh
№
Tushunarli
va aniq
javob (0,5)
Ko‘rgazma-
lilik
(0,5)
Reglament
ga amal
qilish (0,5)
Guruh
faolligi
(0,5)
Jami
ball
1.
2.
3.
4.
208
Hisob natijasi
Guruhlar
№
Umumiy
ball
Umumiy
ball
Umumiy
ball
Umumiy
ball
Umumiy
ball
1.
2.
3.
4.
Umumiy
hisob
Ballari
Baho
Seminar mashg‘uloti va mustaqil ta’lim uchun
tavsiya etilgan adabiyotlar:
1.
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
2.
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004.
3.
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
4.
Victoria S. Harrison. Eastern Philosophy. The Basics. New York.
2013
5.
Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi.
O‘quv qo‘llanma. –T.: TDShI, 2015.
6.
Sharq falsafasi. Mas’ul muharrirlar: Ibrohimov N.I., Ahmedova
M.A.–T.: TDShI, 2006
13 mavzu
Markaziy Osiyoda moniylik ta’limoti
Reja
1.
Moniy va uning merosi
2.
Moniychilar tavbanomasi «Xuastuanift»ning tavsifi
3.
Turk -moniy ta’limotining tavsifi
Mavzuning tayanch tushunchalari
Moniy, Moniy ibn Fatak, moniylikda dualizm, Xuastuanift, turk-
moniylik ta’limoti, moniylikda rassomlik, moniylikda taqvo va ro‘za
amali, Turfon matnlari, mazdakiylik.
209
Moniylik O‘rta va Markaziy Osiyoda yoyilgan yirik dinlardan
biridir. Bu din III asr o‘rtalarida Bobilda vujudga kelgan. Uning
asoschisi Moniy edi (qarang: Dubrovskaya 2003, 253-256).
Moniy va u asos solgan din haqida Abu Rayhon Beruniy
o‘zining «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida yaxshi
yozgan. U shunday yozadi: «[Budosaf va Zardusht] ikkovidan keyin
Foradun shogirdi Moniy keldi...
Moniy «Shoburoqon» kitobining payg‘ambar kelishi bobida
hikoya qilishicha, u Bobilning yuqori Kuvso arig‘i (yonidagi)
Mardinu degan qishloqda Bobil munajjimlarining yillari, ya’ni
Iskandar tarixidan besh yuz yigirma yettinchi yilda [melodiy 215
yilda] tug‘ilgan. O‘n uch yoshida, Bobil munajjimlari yillarining besh
yuz o‘ttiz to‘qqizinchi yilida va shahanshoh Ardashir (podshohligi)
yillaridan ikki yil o‘tganda (Moniyga) vahiy kelgan.
Moniy yuzaga chiqqach, unga ishonuvchilar va tobelar
ko‘paydi. O‘z injili, “Shoburaqon”, “Tiriklar xazinasi”, “Jabborlar
haqida kitob”, “Sirlar kitobi” kabi ko‘pgina kitob va maqolalar ta’lif
etdi va bu asarlarida (Iso) Masihning ramzlarini ochganini da’vo
qildi” (Beruniy 1968, 241-242).
Moniy 240 yillardan boshlab sosoniylar davlatida o‘z ta’-
limotini xalqqa targ‘ib eta boshladi. Boshlab Eron shohi Shopur I
uning faoliyatiga yaxshi munosabatda bo‘lgan edi. Biroq 270 yilga
kelib zardusht bid’atparastlari Moniy ta’limotiga qarshi chiqa
boshladilar va oz vaqt o‘tmay, uni qatl qildirtirdilar.
Moniylik ikki tarmoqda yoyildi. Bir tarmog‘i O‘rta Osiyoga
o‘tdi, undan Sharqiy Turkistonga qadar yoyildi. Ikkinchi bir tarmog‘i
G‘arbga o‘tib, Rimda, ayniqsa, Karfagenda keng amal qildi. G‘arbda
va Vizantiya imperiyasida xristianlik tomonidan ancha erta quvg‘inga
uchradi. Xristianlikning kuchli ta’qibi ostida moniy jamoatlari mahfiy
ish tutishga ham majbur bo‘lib qoldilar.
Sharqda uning mavqei nisbatan yuqori bo‘lgan. Bu tomonlarda u
uzoq asrlar mobaynida o‘z mavqeini saqlab qoldi, musulmon dini
singari unga ham e’tiqod qiluvchilar ko‘p edi. Bu yerda u XIII asrga
210
qadar amal qilgan.
Dostları ilə paylaş: |