211
aholisining aksari, hindlarning ba’zilari moniy
dini va mazhabidalar»(Beruniy 1968, 243).
Manbalarning guvohlik berishicha,
Abbosiylar zamonida (X asrning birinchi yarmi)
Samarqandda oz esa-da (taxminan 500 qadar)
moniy jamoasi istiqomat qilar edi. Ayni kezlar
Xuroson valiysi ularga nisbatan bosim o‘tkaza
boshladi. Shunda to‘quz o‘g‘uz hukumdori
musulmon valiysiga jur’atkor bir ohangda
tahdid qilib maktub yo‘lladi. Maktubda to‘quz o‘g‘uz o‘lkasidagi
musulmonlar Samarqanddagi moniychilardan bir necha bor ortiq
ekanligi ta’kidlangan. Mabodo, ularning bir nafari o‘ldirilgan taqdirda
to‘quz o‘g‘uz hukumdori o‘z o‘lkasidagi butun musulmonlarni
qilichdan o‘tkazajagi, masjidlarini vayron etishi, boshqa o‘lkadagi
musulmonlarga shafqat qilmasligini bayon qilgan edi (Kitapç
ı
1994,
69-70).
Moniy yaratgan yoki uning ta’limoti yoritilgan asarlarning ko‘pi
yo‘q qilingan. Qolganlarining soni juda oz. Shuning uchun bu dinning
falsafiy qarashlari boshqa dindagilar, ko‘proq musulmon va
xristianlarning xotiralari, tarix kitoblaridagi ma’lumotlar asosida
o‘rganiladi. Moniylik haqida xristian teologi Avgustin muhim asar
yozib qoldirgan. XIX asr so‘ngida Sharqiy Turkistondan moniy
traktatlarining parchalari topildi. XX asr boshlarida esa Misrdan
ta’limot asoschisi Moniy asarining kopt tiliga tarjimasi chiqdi.
Moniylik haqida Abu Rayhon Beruniy muhim ma’lumot keltirgan.
Ushbu asarlarda moniylikning asosiy g‘oyalari bayon etilgan.
Moniy o‘zidan avval o‘tgan Budda, Zardusht va Isoning ilohiy
bashoratlarini, ularning payg‘ambarligini e’tirof etgan. Moniy
izdoshlari Isoni Moniydan keyingi o‘rinda turuvchi nur xabarchisi deb
bilganlar.
Moniy ta’limotining mag‘izi Abu Rayhon
Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar» kitobida yaxshi yoritilgan: «Moniy olamning borligi va
ko‘rinishi haqidagi hujjat va dalillar natijalariga zid ravishda xabar
berdi. Nur olamlariga, qadimgi insonlar va «hayot ruhiga»
(ishonishga) da’vat etdi. Nur va zulmat qadimdan bor va bu ikkisi
azaliy, dedi. Hayvon so‘yishni va unga alam yetkazishni, olov, suv,
o‘simliklarga ziyon yetkazishni – eng ochiq ko‘z bilan - harom qildi.
Dostları ilə paylaş: