35-rasm. V. Tomsen
234
Endi yuqoridagi jumlani bir boshdan tahlil
etamiz: Tängri-teg tängridä birikmasidagi
birinchi tängri so‘zi «ko‘q, osmon» ma’nosida
bo‘lib, tangrining sifatini bildiradi, keyingisi esa
«xudo, tangri» ma’nosida. Shunga ko‘ra, bu
birikmani «ko‘kday (ulug‘) tangridan» deb
tushunmoq kerak. Navbatdagi bulmuš so‘zini
olimlar bolmïš~bolmuš deb o‘qiganlar, jumboq
ham ana shunda. Mabodo, shunday o‘qilgan
taqdirda, uning ma’nosi «ko‘kday tangridan bo‘lgan, tangridan
taragan» bo‘lib qoladi va xoqonga «Osmon o‘g‘li» sifati berilgan
bo‘lib chiqadi. Agar uni bulmuš o‘qilsa, ma’no ham o‘zgaradi: bu
“topgan, yetishgan, erishgan” degani.
Navbatdagi türk so‘zi etnonim emas, balki Bilga xoqonning
sifati, unvonidir – u “jasur, bahodir” ma’nosida. So‘nggi bu ödkä
(~bödkä) olurtum birikmasi “(xoqon bo‘lib) taxtga o‘tirdim” degani.
Demak, Kul tigin va Bilga xoqon bitiglaridagi ushbu boshlamani
“Ko‘kday (ulug‘) tangridan topgan // tangrining inoyatiga erishgan //
tangrining inoyati bilan turk Bilga xoqon taxtga (xoqon bo‘lib)
o‘tirdim” deb anglamoq kerak (qarang: Sodiqov 2004, 66-72).
Xoqonlar o‘z yorliqlarini shunday jumla bilan boshlaganlar, shundan
so‘ng tarixiy voqealar hikoya qilingan.
Ko‘k turk falsafasida ham uch yarusli olam tushunchasi bor.
Biroq, ko‘k turk falsafasiga ko‘ra, osmon bilan yer o‘rtasida inson
yaralgan, hukumdorlar esa jamiyat ustidan nazorat qiluvchi
shaxslardir. Buning isboti sifatida Kul tigin va Bilga xoqon ulug‘
bitiglarida shunday jumlalarni o‘qiymiz: Üzä kök tängri, asra ya
ğ
ïz
yer qïlïntuqda ikin ara kisi o
ğ
lï qïlïnmïs. Kisi o
ğ
lïnta üzä ä
č
üm apam
Bumïn qa
ğ
an,
İ
stämi qa
ğ
an olurmïš - Yuqorida ko‘k osmon, pastda
qo‘ng‘ir yer yaratilganda ikkisining orasida inson bolasi yaratilgan.
Inson bolalari ustidan ota-bobom Bumin xoqon, Istami xoqon bo‘lib
(taxtga) o‘tirgan (KTu.1; X.1).
Demak, ko‘k turklar o‘z xoqonlarini «tangridan yaralgan, ko‘k
bilan yer o‘rtasidagi hukumdor», deb emas, balki «ko‘k bilan yer
orasidagi xalqning hukumdori» hamda «tangrining inoyatiga erishgan,
saylangan kishilar» deb bilganlar. Barcha voqea-hodisalar osmonning
emas, tangrining irodasi, hohishi bilan yuz beradi, deb qarar edilar. Bu
ta’limot ularga xitoylardan o‘tgan emas, o‘z ota-bobolari xunlar va
235
ulardan naridagi iskiflardan qolgan. Qadimgi xitoy ta’limotlari bilan
ko‘k turk falsafasi orasida juda katta farq bor. Ularni qorishtirmaslik
kerak.
Ko‘k turklar tasavvuridagi «tomon» tushunchasi ikki xil –
vertikal va garizontal yo‘nalishga ega.
Vertikal yo‘nalish ikki, qarama-qarshi tomonni tashkil etadi.
Bular üzä (yuqori, ya’ni osmon), asra yoki alt (past, ya’ni yer
yuzi)dan iborat. Turklarning olam, yorug‘ dunyo, hayot haqidagi
tasavvurlari ham ayni chiziqda turadi. Chunonchi, qadimgi turklar
olamni uch yarusdan (qavatdan) iborat deb anglaganlar: osmon, yer
yuzi va yer osti. Inson, tirik mavjudot va uning hayoti ikkisining
o‘rtasida yuz beradi. Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarida xoqonning
turklar tarixi haqidagi hikoyasi Üzä kök tängri, asra ya
ğ
ïz yer
qïlïntuqda, ekin ara kisi o
ğ
l
ı
qïlïnmïs (Yuqorida ko‘k osmon, pastda
qo‘ng‘ir yer yaratilganda, ikkisining o‘rtasida inson bolasi yaratilgan)
degan jumla bilan boshlangan. Bu ta’birda qadimgi turklarning o‘sha
uch yarusli olam haqidagi tasavvurini anglash qiyin emas: yuqorida –
osmon, pastda – Yer, ikkisining o‘rtasida inson va uning hayoti.
O‘z navbatida, osmon yetti qavatdan iborat (yeti qat kök –
MK.III.33) deb tasavvur etilgan.
Garizontal yo‘nalish bo‘yicha «tomon» tushunchasi «qutb»ni
anglatadi. Bu Yer yuzining to‘rt tarafi bilan bog‘liq. Eski turklar «to‘rt
qutb»ni tört bulung yoki tört sarï deb ataganlar. Tört bulung, tört sarï
tushunchalari «kenglik, zamin bepoyonligi»ni ham bildirgan.
Jumladan, badiiy adabiyotda el qahramonlarining cheksiz yerlarga
hukumronlik qilganligi, ularning qudrati ayni tushunchalar bilan ta’rif
etilgan. Masalan, Kul tigin bitigida Bumin va Istami xoqonning
mamlakat ozodligi yo‘lidagi kurashlari shunday ta’riflanadi: Tört
bulung qop ya
ğ
ï ermis, sü süläpän tört bulungdaqï bodunu
ğ
qop almïs,
qop baz qïlmïs (To‘rt taraf butunlay dushman ekan. Lashkar tortib,
to‘rt tarafdagi xalqni butunlay olganlar, butunlay tobe qilganlar)
(KTu.2). Yoki Bilga xoqon bitigida xoqon o‘z qahramonliklarini
shunday yodga oladi: Tängri yarlïqaduq ü
č
ün özüm olurtuquma tört
bulungdaqï bodunu
ğ
etdim (Tangri yorliqagani uchun o‘zim (xoqon
bo‘lib) turganimda to‘rt tarafdagi xalqni tartibga soldim) (Xb.9).
«O‘g‘uznoma» dostonida Yerning tört bulungïnung qa
ğ
anï degan
jumla ham uchraydi. Bu jumla «Yerning to‘rt tomonining xoqoni, Yer
yuzining xoqoni, zamon hukumdori» degan ma’noni anglatadi.
236
Qadimgi turklar tasavvurida tevarak-atrof, olam qutblari
tushunchasi insonning kunchiqarga qarab turgan holati bilan bog‘liq
yuzaga kelgan. Eski turklar ko‘k tangriga kunchiqarga yuz tutgan
holatda ibodat qilganlar. Ayni holatda tevarak, qarama-qarshi
tomonlarni anglatuvchi to‘rt jihat yuzaga kelgan: «old» – «orqa»,
«o‘ng» – «so‘l». Qadimgi turkiy tilda «old» tushunchasi – il yoki öng,
«orqa» - qur
ї
, «o‘ng» - bir yoki ong, «so‘l» esa y
ї
r yoki
č
ong
deyilgan.
Yer yuzining to‘rt qutbi (tört bulung) ham shu so‘zlarga
jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini qo‘shish bilan atalgan. Bu so‘z
qutbning o‘sha tomoniga bo‘lgan yo‘nalishni anglatadi:
İ
lgärü –
oldinga (~Sharqqa), Birgärü – o‘ngga (~Janubga), Qur
їğ
aru yoki Kirü
– orqaga (~G‘arbga), Y
ї
r
ğ
aru –so‘lga (~Shimolga). Masalan, Kul
tigin yodgorligida Bilga xoqon tilidan xoqonlik tarixi hikoya qilinar
ekan, qutb nomlari ham tilga olinadi:
İ
lgärü Šantung yaz
ї
qa tegi
sülädim, taluyqa ki
č
ig tegmädim. Birgärü Toquz ärsänkä tegi sülädim,
Tüpütkä ki
č
ig tegmädim. Qur
ї
garu Yin
č
ü ögüz ke
č
ä Temir qap
їğ
qa
tegi sülädim. Y
ї
r
ğ
aru Yer Bay
ї
rqu yeringä tegi sülädim - Sharqqa -
Shantung dashtiga qadar lashkar tortdim, dengizga bir oz yetmadim.
Janubga - To‘qiz arsanga qadar lashkar tortdim, Tuputga bir oz
yetmadim. G‘arbga - Yinchu o‘guz (Sirdaryo)ni kechib, Temir
qopiqqa qadar lashkar tortdim. Shimolga - Yer Bayirqu yerigacha
lashkar tortdim (KTk.3-4).
Janub ong jangaq (~ong yaq) [ya’ni, o‘ng tomon], Shimol
č
ong
jangaq (~
č
ong jaq) [ya’ni, so‘l tomon] deb ham yuritilgan.
Eski turklar qutbni Quyoshning harakati (chiqishi va botishi,
kecha-kunduz almashinuvi) bilan ham bog‘liq holda tasavvur
etganlar. Jumladan, Quyoshning chiqish tarafi bilan bog‘liq ravishda
yuzaga kelgan Kün to
ğ
s
ї
q (Kunchiqar) tushunchasi - Sharqni,
Quyoshning botish yeri bilan aloqador Kün bats
ї
q (Kunbotar) esa
G‘arbni bildirgan. Hozirgi o‘zbek tilida buning o‘rnida kunchiqar va
kunbotar so‘zlari qo‘llanadi.
Kün ortusï asl ma’noda “choshgoh, tush, peshin”ni, qutbga
nisbatan Janubni, Tün ortusï asl ma’noda “qoq tun, yarim tun”ni,
qutbga nisbatan Shimolni bildiradi. «Janub”ni Kündünki ham
deyilgan: Kündünki bulung - Janub tomon.
“O‘g‘uznoma” dostonida qarama-qarshi qutblarni anglatuvchi
Kün to
ğ
ušï va Kün batušï atamalari qo‘llangan. Ushbu atamalardagi
237
to
ğ
ušï va batušï Quyoshning Sharqdan chiqishi va G‘arbga botish
holatini ifoda etmoqda. Shunga ko‘ra, Kün to
ğ
ušï – «Sharq», Kün
batušï - «G‘arb»ni bildiradi. Bu ikki atama qarama-qarshi ikki qutbni
bildiruvchi Kün to
ğ
s
ї
q va Kün bats
ї
q ga tengdir.
«Qutadg‘u bilig»da kunning chiqishi bilan bog‘liq holda Sharqni
Tu
ğ
ar, G‘arbni esa kun botishi bilan bog‘liq ravishda Batar deyilgan.
Manbalarda vaqtni bildiruvchi tang, tün so‘zlari ham qutblarni
ifoda etgan: Tang sarï - Sharqqa, Tün yangaq – Shimol tomon, Tün
sarï – Shimolga.
Ayrim koinot jismlarining harakat va holati qadim tasavvurlarda
inson hayotini belgilovchi deb tushunilgan va ularga hurmat bilan
qaralgan. Bunga “Qutadg‘u bilig”da asar qahramonlarining oti
Aytoldï va Küntu
ğ
dï atalganini ham dalil keltirish mumkin: Aytoldï -
“to‘lgan oy”, Küntu
ğ
dï - “quyosh chiqdi” degan ma’noda.
Shu o‘rinda yana bir faktga e’tibor qaratmoqchimiz.
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit turk» asarida
Balasa
ğ
un haqida ma’lumot bera turib, uning Quzuluš, Quzordu
degan otlari ham bor ekaniga ishora qiladi (MK,I.94, 145).
Quzordu «Qutadg‘u bilig»ning uyg‘ur yozuvli hirot
qo‘lyozmasida ham uchraydi: Munung
ї
turu
ğ
la
ğ
Quzordu eli (Uning
turar yeri Quzo‘rdu elidir) (QBH,7). Bu jumlada asar muallifi Yusuf
Xos Hojibning tug‘ilgan yeri - Quzo‘rdu (ya’ni Balasag‘un) nazarda
tutilmoqda.
Quzuluš, Quzordu nomlari tarkibidagi quz, aftidan, «kunga
ters», «kun botar» ma’nolarini bildiradi. Chog‘ishtiring: Mahmud
Koshg‘ariy lug‘atida: quz ta
ğ
- tog‘ning quyosh tushmaydigan joyi
(MK, III.196); hozirgi o‘zbek tilida: kungay [küngäy] - «kunga
qaragan, kun tushadigan joy»; quzg‘ay [quz
ğ
ay]- «kunga teskari joy».
Yoki turkchada: Güney - «Janub», Kuzey - «Shimol». Shundan kelib
chiqib, Quzuluš, Quzordu - «kun botardagi shahar» degan ma’noni
bildiradi.
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit turk» asarida
Yer yuzi xaritasini keltirgan va unda ham qutblar qayd etilgan. Biroq,
ushbu xarita arab tilida bo‘lgani uchun qutblarning nomi ham
arabchada. Chunonchi, ushbu xaritada doiraning to‘rt yog‘iga qutb
nomlari yozib qo‘yilibdi: uning yuqori tomoni - Sharq (aš-Šarq),
pastki tomoni - G‘arb (al-
Ğ
arb), o‘ng tomoni - Janub (al-Janub), chap
tomoni - Shimol (aš-Šim
ā
l).
238
Muhimi, ushbu xaritaning tuzilishida olam qutblari, tomonlar
haqidagi qadimiy tushunchalar o‘z ifodasini topgan. Chunonchi,
Mahmud Koshg‘ariy Yer yuzi xaritasini keltirar ekan, yuqori tomonda
hozirgi xaritalardagi singari Shimolni emas, Sharqni ko‘rsatgan.
Qadimgi turkiy tilda öd so‘zi «zamon, davr, vaqt» ma’nolarini
anglatgan.
Ko‘k turklarda Yerning aylanishi, vaqt o‘tishi, tabiat o‘zgarishi
bilan bog‘liq holda yil, oy kunlar farqlangan.
Ko‘k turklarda yillar muchal hisobi bilan yuritilgan. Ular o‘n ikki
hayvon ismini o‘n ikki yilga ot qo‘yganlar. Muchal tizimi o‘n ikki oy
va o‘n ikki burjga asoslanib belgilangan edi. Tug‘ilish, jang tarixlari va
boshqalarni ana shu yillar aylanishidan hisoblaganlar. Muchal tarixi,
uning kelib chiqishi haqida Mahmud Koshg‘ariy shunday yozadi:
«Turk xoqonlaridan biri o‘zidan bir necha yil oldin bo‘lib o‘tgan
urushni o‘rganmoqchi bo‘lgan. Shunda u urush bo‘lib o‘tgan yilni
aniqlashda yanglishganlar. Bu masala yuzasidan xoqon qavmi bilan
kengashdi va aytdi: «Biz bu tarixni aniqlashda qanchalik yanglishgan
bo‘lsak, bizdan keyin ham shunday yanglishadilar. Shunday bo‘lgach,
biz endi o‘n ikki oy va osmondagi o‘n ikki burjga asoslanib, o‘n ikki
yilga ot qo‘yishimiz kerak, toki bizdan keyin yil hisobi shu yillarning
aylanishiga qarab olinsin va bu narsa abadiy bir yodgorlik bo‘lib
qolsin». Ular «aytganingizdek bo‘lsin» deyishdi» (MK.I.330).
Devonda o‘n ikki yil nomi muayyan tartibda keltirilgan. Ko‘k turk
bitiglarida ayrim yil otlari bulardan farq qiladi. Boisi, o‘sha yilni
atovchi hayvon nomi fonetik jihatdan o‘zgargan, uning sinonimi bilan
atalgan yoki boshqa tillardan o‘zlashgan. Aniq tasavvur hosil qilish
uchun quyidagi jadvalni keltiramiz:
Ko‘k turk
bitiglarida
Mahmud
Koshg‘ariyda
Hozirgi
o‘zbek
tilida
küskü yïl
ingäk yïl
bars yïl
tabïš
ğ
an yïl
lü yïl
yïlan yïl
yund yïl
sï
čğ
an yïlï
ud yïlï
bars yïlï
tawïš
ğ
an yïlï
nek yïlï
yïlan yïlï
yund yïlï
sichqon yili
sigir yili
bars yili
quyon yili
timsoh yili
ilon yili
ot yili
239
qon yïl
bi
č
in yïl
taqï
ğ
~taqï
ğ
ï
~taqï
ğ
u yïl
ït yïl
la
ğ
zïn yïl
qoy yïlï
bi
č
ïn yïlï
taqa
ğ
u yïlï
ït yïlï
tonguz yïlï
qo‘y yili
maymun yili
tovuq yili
it yili
to‘ng‘iz yili
Turklar muchal yillarining har birida yaxshi yoki yomon
hosiyat bor deb bilganlar. Bu xususda Koshg‘ariy yozadi: «Turklar bu
yillarning har qaysisida biror hikmat bor deb taxminlaydilar: masalan,
ularcha sigir yili bo‘lsa urush ko‘p bo‘ladi, chunki sigir bir-biri bilan
suzishadigan hayvon. Tovuq yili kirsa, oziq-ovqat ko‘payadi, lekin
odamlarda tashvish ortadi. Chunki tovuqning ovqati don bo‘lib, uni
topib yeyish uchun narsalarni titib yuradi. Timsoh yili kirsa,
yog‘ingarchilik va hosil ko‘p bo‘ladi, chunki u suvda yashaydi.
To‘ng‘iz yili kirsa, sovuq qor va fitna ko‘p bo‘ladi. Shunga o‘xshash,
har yilga biror taxmin yuritadilar» (MK.I.331-332).
Yil fasllari qadimgi turkiy tilda shunday atalgan: yaz, yay, küz,
qïš. Hozirgi o‘zbek tilida yaz so‘zi iste’moldan chiqib, o‘rnida
ko‘klam, bahor so‘zlari qo‘llana boshladi. Shunga qaramay, ayrim
o‘rinlarda uning qoldig‘ini hozir ham uchratamiz: Laylak keldi yoz
bo‘ldi. Bu mataldagi “yoz” – “ko‘klam” ma’nosida kelgan. “Yoz”
ma’nosidagi yay so‘zi tovush o‘zgarishiga uchrab, yoz shaklida
qo‘llanilmoqda.
Ko‘k turklarda hafta tushunchasi yo‘q. Bu xususda Mahmud
Koshg‘ariy yozadi: «Turklarda haftadagi yetti kunning ismi yo‘q,
chunki hafta islomdan so‘ng shuhratlandi. Shunga o‘xshash oy ismlari
ham shaharlarda arabcha yuritiladi. Ko‘chmanchi va musulmon
bo‘lmagan turklar oylarni to‘rt fasl bilan ataydilar. Har uch oyni bir
ism bilan yuritadilar. Yil o‘tishini shunday biladilar. Masalan:
navro‘zdan keyingi avval bahorga o
ğ
laq ay, so‘ngra ulu
ğ
o
ğ
laq ay
derlar. Chunki oy bu vaqtda katta bo‘lib qoladi. Bundan keyingisiga
ulu
ğ
ay deyiladi. Chunki bu oy yozning o‘rtasida bo‘lib, bu vaqtda sut
va yer ne’matlari mo‘l-ko‘l bo‘ladi» (MK.I.332).
Mahmud Koshg‘ariyning qayd etishiga ko‘ra, türk so‘zi vaqt
ma’nosida butun mevalarning pishish, yetilish mahalining o‘rtasini
anglatadi: türk üzüm ödi – uzum pishar vaqti, türk quyaš ödi – kun
o‘rtasi, türk yigit - o‘rta yoshli yigit (MK.I.335).
240
Bir kecha-kunduz ikkiga bo‘linadi: kün, kündüz hamda tün,
ke
č
ä. Kun, o‘z navbatida, quyidagi palladan iborat: tang - tong, kün
ortusï - choshgoh, tush, peshin; aqšam – oqshom. «Qoq tun, yarim
tun” qadimgi turkiy tilda tün ortusï deyilgan.
Mo‘g‘ulistonning poyonsiz tekisliklari bo‘ylab o‘tgan Urxun,
Ko‘kshin-Urxun va Selenga daryolarining tevaragi qadimda yirik
madaniyat o‘choqlaridan edi. Bu yerlar qachonlardir ko‘k turk
xoqonliqlarining markazi o‘tgan, qudratli turk saltanatlarining
markaziy shaharlari shu tuproqda bunyod etilgan. Bu zaminda
qadimgi turk madaniyati va adabiyoti gullab-yashnagan, turk
davlatchiligi qaror topgan. Hozirgi paytda o‘sha ulug‘ madaniy
ko‘tarilishning izlari saqlangan, xolos: vodiyning har yer-har yerida
ko‘hna shaharlarning xarobalari, ulkan-ulkan saroy va maqbaralarning
vayronalari, yirik qabr toshlari, ularga bitilgan yozuv va rasmlar,
parchalangan haykallar, qush va hayvon tasviri tushirilgan toshlar,
naqsh san’at asarlari o‘sha davrdan xabar berib turibdi.
Mozor majmualari xarobalaridan parchalangan toshbaqa, inson,
qo‘chqor va arslon haykallari, balballar, ustun to‘shama-lari, devor
toshlari chiqqan.
Arxeologlar ayrim qabrlarda (masalan, Bilga xoqon
majmuasida) qazuv ishlari ham olib bordilar. Qazuv chog‘ida qabrdan
keramika bo‘laklari, qo‘y suyagi, shuningdek, boy xazina ham chiqdi.
Xazinada kumushdan ishlangan buyumlar (tovoqlar, ko‘zachalar,
kiyik haykali va b.), metall parchalari, qimmatbaho toshlar, oltindan
ishlangan idish va taqinchoqlar bor edi (rasmlariga qarang: MTA,
112-119).
Ko‘k turk san’atida haykaltaroshlik alohida o‘rin tutadi. Bu
san’at turida ham turklarning olam va jamiyatga to‘g‘ri ko‘z bilan
boqish, borga boriday qarash, qandaydir mifologik tasavvurlarga
ergashish emas, balki insonni ulug‘lash falsafasi aks etgan. Buni ko‘k
turk sa’ati bilan buddizm davri haykaltaroshligini o‘zaro qiyoslaganda
yaqqol kuzatish mumkin. Chunonchi, ko‘k turk davrida mashhur
xoqon va davlat arboblari, mashhur sarkardalarga haykalar ishlangan
bo‘lsa, buddizm davrida Budda va avliyolar haykaltaroshlik ob’ektiga
aylandi.
Ko‘k turk san’atiga mansub ko‘plab yodgorliklar ma’lum.
Mo‘g‘ulistonning qadim tuprog‘idan erkak va xotinlarning turgan va
241
o‘tirgan holatdagi haykallari topildi. Ularning tik turgan holatlari
baland bo‘yli, barmoqlari ustma-ust holda ko‘krakka qo‘yilgan. Tiz
cho‘kib o‘tirgan haykallarning ham qo‘llari ko‘krakda.
Aksar haykallarning boshi uchgan. Ularning ko‘rinishiga qarab
xotin yo erkak ekanligini aniqlash mumkin. Xotinlarga o‘rnatilgan
haykal to‘nlarining yoqasi jimjimador, o‘ng yoqa chap yoqa ustiga
tushgan. Shuningdek, bellari xipcha, ko‘krak bir oz bo‘rtgan. Ust
kiyimlari ham nafis.
Erkak haykallar oddiy qayirma yoqali kiyimda. Xotinlardan
farqli holda chap yoqa o‘ng yoqa ustiga chiqarilgan. Bellar tekis,
qo‘pol, gavda keng, yag‘rindor. To‘n ham uncha nafis emas.
Haykallar ichida, ayniqsa, Bilga xoqon va uning xotiniga
qo‘yilgani e’tiborni o‘ziga tortadi. Xoqon chordana qurgan holatda
tasvirlangan. Belida bezakli kamar. Yoqasining chap yog‘i
o‘ngisining ustida. Oddiy qayirma yoqa.
Xotini ham o‘tirgan holatda, biroq, oyoqlari bir yonga olingan.
Xipcha bel, ko‘kragi bir oz bo‘rtgan. Kiyimi nafis, qayirma yoqali.
Chap yoqa o‘ngisining ustida (qarang: MTA, 102-104).
Majmuada Bilga xoqonning tik turgan qo‘mondonlik kiyimidagi
haykali ham bor. Kiyimi tovoniga tushadi, bo‘g‘ma yoqa, uzun
yengli. Belida kamari. O‘ng qo‘l ko‘krak tomon ko‘tarilgan, chap qo‘l
pastga tomon yo‘nalgan. To‘nidan etigining tovoni chiqib turibdi
(MTA, 105-108).
Ko‘k turk davrida yaratilgan san’at asari bo‘ladimi,
haykaltaroshlik namunasi bo‘ladimi, qat’i nazar, ularda qadim
turklarning tasavvur-tushunchalari, falsafiy qarashlari, inonch-e’tiqodi
butun borlig‘i bilan aks etib turibdi. Buni ko‘k turk san’ati va
haykaltaroshligidagi ikki o‘ta muhim hodisada ham kuzatishimiz
mumkin.
Qadimgi turk mifologiyasida toshbaqa alohida o‘rin tutadi.
Toshbaqa qadim turklar nazdida Yerning ramzidir. Ular Yer yuzini
toshbaqa ko‘rinishida tasavvur etganlar. Mazkur tasavvur-
tushunchalari ularning san’at asarlarida ham aks etgan. Buning yaqqol
ko‘rinishini qabrtoshlarda kuzatamiz. Ko‘k turk mozor toshlaridan
ko‘pining ostiga katta bir toshbaqa ishlangan. Matn bitilgan lavh esa
uning ustiga tiklangan. Buning tubida marhum xotirasi uchun Yer
yuzida (ya’ni yorug‘ dunyoda) mangu yodgorlik o‘rnatildi, degan
242
ma’no yotadi. Qadimgi turkiy tilda mazkur bitigtoshlarning bengü
yoki bengütaš atalganganligi ham shundan.
Toshbaqa ustiga tiklangan qabrtoshlarga Birinchi ko‘k turk
xoqonlig‘i davriga mansub Bug‘ut yodgorligi, Ikkinchi ko‘k turk
xoqonlig‘i zamonidagi Bilga xoqon mangutoshini misol keltirish
mumkin. Yoki Kul tigin yodgorlik majmuasidan qolgan hozirgi
xarobalar ichida ham parchalangan toshbaqa bo‘laklari yotibdi.
Qadimgi turk haykaltaroshligidagi bu an’ana Uyg‘ur xoqonlig‘i
davrida ham davom etdi. Ushbu xoqonliqqa mansub 753 yili
yaratilgan Tariyat bitigtoshi, 760 yili bitilgan Mo‘yun-cho‘r obidasi
toshbaqa ustiga tiklangan (rasmlariga qarang: MTA).
Ko‘k turk san’atida qush tasviri ham alohida o‘rin egallaydi.
Bunga Kul tigin yodgorligidan chiqqan noyob bir topilmani misol
keltirish mumkin. Kul tigin yodgorlik majmuasidan boshi uchgan
haykallar orasida shahzoda Kul tigin haykalining bosh qismi ham
topilgan (rasmiga qarang: MTA, 45). Unda turkiy bo‘rk kiygan 40-45
yoshlardagi erkak qiyofasi. Uzun bo‘rkning yuz tomoniga qanotlarini
yoyib turgan qush ishlangan. Qush, ko‘rinishdan, xumoni esga soladi.
Bu haykal namunasi O‘rta va Markaziy Osiyodan topilgan ilk o‘rta
asrlarga mansub san’at asarlarining eng nodiri sanalib, ko‘k turk
san’ati, haykaltaroshligining katta takomil bosqichiga erishganidan
dalolat beradi.
Taxminan 720-725 yillar orasida tiklangan Kul-ich-cho‘r
majmuasi xarobalarida ham buning izlari bor. Majmuadan yozuvli
qabrtosh bilan birga sakkizta inson haykali, beshta hayvon (arslon va
qo‘chqor) haykali, balballar, rasm va naqshlar ishlangan tosh
parchalari topilgan. Muhimi, ularning orasidagi katta bir toshga
qanotlarini yoyib turgan ikki qush tasviri ishlangan. Chamasi, bu ham
xumoqush chiqar (MTA, 179-180).
Turk san’ati tarixida haykaltaroshlikning eng rivojlangan
bosqichi ko‘k turk davri sanaladi. Ko‘rib o‘tilganidek, ko‘k turk
san’atida inson haykalini yaratishga katta e’tibor qaratganlar. Turklar
buddizmni qabul qilganlaridan keyin ham amaliy san’atda
haykaltaroshlik davom etdi. Biroq, endi mashhur xoqon va
sarkardalarga emas, Buddaga haykal ishlash rusum bo‘ldi. Mohir tosh
yo‘nuvchilar bor san’atini, butun iste’dodini Buddaning katta-katta
haykallarini yaratishga bag‘ishladilar.
243
O‘tmishda turklarning eng keksa urug‘laridan biri A-shi-na
(xitoycha shakli A-ših-na) urug‘i bilan bog‘liq bir afsona o‘tgan.
Fanda uning Ergenegon afsonasi degan nomi ham bor.
A-shi-na xitoycha so‘z bo‘lib, «bo‘zqurt (bo‘zbo‘ri) o‘g‘illari»
degan ma’noni bildiradi. Xitoycha manbalarga asoslanib tarix
kitoblarida bu urug‘ning oti shunday atab ketilgan.
Bo‘zqurt-Ergenekon afsonasining turkiy matni saqlangan emas.
Biroq 629 yili yozilgan «
Č
ou-šu» otli xitoycha yilnomada o‘sha turk
afsonasi qisqagina hikoya qilinadi. Uning mazmuni shunday:
G‘arbdagi dengiz sohillarida yashagan bir turk qabilasi ustiga qo‘shni
qabila lashkari bostirib keladi va qabilani qirg‘in qiladi. Ular orasidan
faqat o‘n yoshli bir bola tirik qoldi, xolos. Bir urg‘ochi bo‘ri bolani
qutqarib qoldi. Yovdan qochgan urg‘ochi bo‘ri Kao-changning
shimoliga (Turfon vodiysiga) borib yashab qoldi. Bo‘ri odam bolasini
katta qildi va o‘zi uning xotini bo‘ldi. Zamonlar o‘tib, o‘sha odam
bolasidan o‘n o‘g‘il ko‘rdi. O‘g‘illar katta bo‘lib, shu yerlik ayollarga
uylandi. A-ših-na o‘g‘illaridan biri o‘z ismini tashigan qabilaning
boshlig‘i bo‘ldi. Bu qabilaning keyingi avlodi Oltoyga ko‘chdi va u
yerda «turk» otini oldi (Sertkaya 1995, 303-304).
Turklarning A-shi-na (Bo‘zqurt o‘g‘illari) urug‘i o‘z tarixini,
kelib chiqishini bo‘z bo‘riga bog‘laydi. Bo‘ri ularda totemga
aylangan. Ularning bu tasavvur-qarashlari o‘zlari boshqargan davlat
ramzlarida, badiiy ijod namunalarida, san’ati, haykaltaroshligida ham
iz qoldirgan.
A-shi-na xonadoni O‘rta va Markaziy Osiyoda 550-745 yillar
orasida, yaqin ikki yuz yil hukum surdi. Bu davr ko‘k turklar
zamoniga to‘g‘ri keladi. Ular hukmronlik qilgan davlatlar tarixda
«ko‘k turk xoqonliqlari» nomini olgan.
Ushbu sulola hukumronligi davrida tiklangan yozma
obidalarning eng eskisi birinchi xonadon davriga mansub Bug‘ut
obidasidir. Bug‘ut obidasi Maxan tigin ismli turk shahzodasiga atab
qo‘yilgan. U Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘ining asoschisi Bumin
xoqonning o‘g‘li va Bumindan keyin 553-572 yillarda taxtni
boshqargan Muxan xoqonning inisidir. Yodgorlik taxminan 581 yili
tiklangan.
Muhimi, Bug‘ut mangutoshining tepa qismiga odam bolasini
emizayotgan bo‘ri tasviri ishlangan (qarang: MTA,157-162). Bu belgi
Maxan tiginning A-shi-na xonadoniga mansub ekanligini ko‘rsatadi.
244
Turk haykaltaroshligidagi ayni an’ana Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i
davrida ham davom etdi. 732 yili tiklangan Kul tigin mangutoshining
bosh qismiga ham choqaloqni emizayotgan bo‘ri ishlangan.
Bo‘zbo‘ri haqidagi tasavvurlar ko‘k turklarning davlat siyosiy-
ijtimoiy qurilmasi, uning ramzlarida ham aksini topgan. Xususan,
ko‘k turk davlatlarining tug‘ va bayroqlarida bo‘ri boshining tasviri
ishlanganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bo‘rining totem sifatidagi qiyofasini turk xalq og‘zaki
adabiyotining eng eski namunasi bo‘lgan «O‘g‘uznoma» dostonida
kuzatamiz.
Bo‘rini ulug‘lash qadimgi turk badiiy adabiyotida tasvir
vositalariga ham ko‘chgan. Jumladan, Kul tigin bitigida turk
lashkarining jasur va yengilmasligi bo‘riga, yov (xitoy) lashkari esa
qo‘yga qiyoslanadi: Tängri kü
č
bertük ü
č
ün qangïm qa
ğ
an süsi böri-
teg ermis, ya
ğ
ïsï qon-teg ermis (Tangri kuch bergani uchun otam
xoqonning lashkari bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan).
740-745 yillar ko‘k turk xoqonlig‘ining inqirozga uchragan
davri sanaladi. 744 yilning oxirlarida so‘nggi ko‘k turk xoqoni
uyg‘ur-basmil-qarluq uyushmasi tomonidan mag‘lubiyatga uchradi va
turklar hukmronligi A-shi-na (Bo‘zqurt o‘g‘illari) xonadonidan uyg‘ur
sulolasiga mansub Yag‘laqar xonadoniga ko‘chdi.
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlar turkiy xalq-lar og‘zaki
adabiyotida eski zamonlardan qolgan. U turkiy adabiyot tarixida turli
variantlarda tarqalgan va yozma manbalarda, xalq og‘izlarida
bizgacha yetib kelgan. Shulardan bir varianti qadimgi uyg‘ur xatida
bitilgan bo‘lib, adabiyotshunosligimizda «O‘g‘uznoma» yoki «O‘g‘uz
xoqon dostoni» oti bilan taniqli (Sodiqov 1998).
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlarning ayrimlari tarixiy, tarixiy-
adabiy asarlarda keltiriladi. Turkiy xalqlar tarixiga bag‘ishlangan
kitoblarda o‘tmishda o‘tgan podshohlar qatorida O‘g‘uzxon ham tilga
olinadi va uning turk ellarini tuzish bilan bog‘liq kechmishi hikoya
qilinadi.
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlardan biri tarixchi Fazlullo
Rashididdinning forscha «Jome ut-tavorix» asarida mavjud.
«Tavorix-i jahongushoy» asari Chingizxon davriga oid
qismining turkiy tarjimasida ham O‘g‘uz rivoyati berilgan.
Rivoyatlardan boshqa biri Mirzo Ulug‘bekning forscha «Tarix-i
arba’ ulus» («To‘rt ulus tarixi») kitobining birinchi bobida keltiriladi.
245
O‘g‘uz xoqon qissasi Abulg‘oziy Bahodirxon(1603-1664)ning
«Shajara-yi tarokima» va «Shajara-yi turk» asarlaridan ham o‘rin
olgan. «Shajara-yi tarokima» muallifining ta’kidlashicha, o‘sha kezlar
el ichida O‘g‘uz xoqon dostonlari keng tarqalgan edi. Bu xususda:
«Bizning ichimizda «O‘g‘uznoma» ko‘p turur», - deb yozadi u. Tarix
kitoblarida bitilgan O‘g‘uz qissalari ham Abulg‘oziyga ma’lum edi.
Muarrix O‘g‘uzxon tarixini og‘zaki adabiyotda hamda tarix
kitoblarida berilgan rivoyatlar asosida yozdi.
Mavjud rivoyatlarning eng eskisi uyg‘ur yozuvli
«O‘g‘uznoma»dir. Ushbu doston o‘z mazmuni, badiiy xususiyatlari,
tiliga ko‘ra boshqa variantlardan ancha farq qiladi. Asar qo‘lyozmasi
hozir Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda (raqami: Suppl.
Turc. 1001). Qo‘lyozmada dostonning bosh qismi ham, yakuni ham
uchramaydi. Matnning bari 42 bet (21 varaq). U uyg‘ur xati bilan, har
betga 9 qatordan, tik holda – tepadan pastga qarab yozilgan.
Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sanasi ham ma’lum emas. Xat shakli va
uslubiga ko‘ra, harqalay, XIII-XIV asrlarda ko‘chirilgan chiqar.
«O‘g‘uznoma» – nasriy doston, lekin matnda ora-chora she’riy
bandlar ham uchraydi. She’riy shaklda berilgan matn bo‘lagidan
misol keltiramiz:
Toydan song O
ğ
uz qa
ğ
an beglärgä, el-künlärgä jarlïq berdi, taqï
tedi-kim:
Men senlärgä boldum qa
ğ
an,
Alalïng ya taqï qalqan.
Tam
ğ
a bizgä bolsun buyan,
Kök böri bolsun
ğ
ïl uran.
Temür
č
ïdalar bol orman,
Aw yerdä yurusun qulan.
Taqï taluy, taqï muran,
Kün – tu
ğ
bol
ğ
ïl, kök – qurïqan, - tep tedi.
Mazmuni: To‘ydan so‘ng O‘g‘uz xoqon beklarga, el-ulusga
yorliq berib, dedi:
Men sizlarga bo‘ldim xoqon,
Yoy va qalqonlarni qo‘lga olaylik.
Bizga ezguliklar tamg‘a bo‘lsin,
Ko‘k bo‘ri – jangovor belgimiz bo‘lsin.
Temir nayzalar – bo‘lgin o‘rmon.
Ov yerda qulonlar yursin,
246
Yana daryo va dengiz (to‘lqinlanib tursin),
Kun – (sen bizga) tug‘ bo‘lgin, Ko‘k – chodirimiz, - deb aytdi.
Asar O‘g‘uzning tug‘ilishidan boshlanadi. U qirq kunda voyaga
yetib yigit bo‘ladi. Uning yigitlikdagi qiyofasi shunday tasvirlanadi:
Ada
ğ
ï ud ada
ğ
ï-teg, belläri böri belläri-teg, ya
ğ
r
ı
kiš ya
ğ
rï-teg, köküzü
adu
ğ
köküzü-teg erdi. Badanïnïng qama
ğ
ï tüg tülüklüg erdi - Oyog‘i
buqa oyog‘idek, bellari bo‘ri bellaridek, yag‘rini suvsar yag‘rinidek,
ko‘ksi ayiq ko‘ksidek edi. Butun badani tuk bosgan edi.
Asarda turklarning qadim inonch-e’tiqodi, tasavvur-
tushunchalari aks etgan. O‘g‘uz Ko‘k tangrisiga topinadi. Doston
voqea-hodisalari ana shu inonch-e’tiqod bilan bog‘lanadi. Bunga
misol keltiramiz: O‘g‘uz xoqon kunlarning birida Ko‘k tangriga
sig‘inayotgan chog‘da tevarakni qorong‘ulik bosib, ko‘kdan bir
yorug‘ tushadi. U kundan ayon, oydan ham ravshan edi. Shu payt
uning ichida bir go‘zal qiz paydo bo‘ladi. Qiz O‘g‘uzga ma’qul
tushadi va unga uylanadi. Yillar o‘tib, uch o‘g‘il ko‘radi.
Farzandlariga Kun, Oy, Yulduz deb ot qo‘yadilar. Ikkinchi xotinini
esa ovga chiqqanda ulkan daraxt kavagida uchratadi. Unga ham
uylanib, uch o‘g‘il ko‘radi. O‘g‘illarni Ko‘k, Tog‘, Dengiz deb
ataydilar.
Muhim jihatlaridan yana biri asarda ko‘k bo‘ri obrazi berilgan.
O‘g‘uz xoqon cherikni jangga chorlar ekan, «ko‘k bo‘ri – jangovor
belgimiz bo‘lsin» deya da’vat etadi. Bo‘ri tangrining elchisi bo‘lib,
unga madad beradi. Buning tafsiloti shunday: Kunlarning birida
O‘g‘uz xoqonning chodiriga kundek yorug‘ tushdi. O‘sha nur ichidan
ko‘k tusli, ko‘k yolli katta bir erkak bo‘ri chiqdi. Bo‘ri turkning jasur
xoqoniga jangda madad berajagini bildirdi. Ertasi tek uning
aytganiday bo‘ldi. Ko‘k yolli bo‘ri cherik oldida yo‘l boshlaydi. U
boshlagan yo‘lda O‘g‘uz qo‘shini zafar qozonadi. Bo‘ri to‘xtagan
yerda u ham to‘xtaydi. Shu yerda ayovsiz jang bo‘ladi va turk
qo‘shini yengadi.
Asar davomida xoqonning harbiy yurishlari, ulug‘ zafarlari
hikoya qilinadi. Ayrim turkiy qavmlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq
rivoyatlar beriladi.
Uyg‘ur yozuvli «O‘g‘uznoma» keyingi davr tarix kitoblarida
berilgan O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlardan ayrim jihatlari bilan
farq qiladi. Shu o‘rinda mavjud rivoyatlarni o‘zaro qiyoslab ko‘raylik.
247
Uyg‘ur yozuvli variantida O‘g‘uz Ko‘k tangriga topinadi.
Boshqa rivoyatlarda esa Tangri taolo (Alloh)ning birligiga iymon
keltiradi. Choqaloq tug‘ilishdanoq onasining tushiga kirib, uni ham
musulmon bo‘lishga da’vat etadi. Masalan, «Tarix-i arba’ ulus» va
«Shajara-yi turk»da bolaning tili «Alloh» kalimasi bilan chiqadi.
Uylangan chog‘da ham musulmonlikni qabul etmagan xotinlaridan
o‘zini uzoq tutadi, musulmon bo‘lgan kenja xotini bilan qovushib,
undan o‘g‘illar ko‘radi.
Uyg‘ur yozuvli «O‘g‘uznoma»da asar qahramoni afsonaviy
qiyot (yakkashoh hayvon) bilan jang qiladi va uni yengadi. Yoki
asarda ko‘k bo‘ri obrazi mavjud. Keyingi rivoyatlarda esa bular
berilmagan.
Keyingi rivoyatlarda O‘g‘uz otasi Qoraxon bilan jangga kiradi,
uni yengib, taxtini o‘zi egallaydi. Uyg‘ur yozuvli nusxada Qoraxon
obrazi yo‘q.
Qadimiy variantida O‘g‘uz birinchi xotinini ko‘kdan tushgan
nurda uchratib, unga uylanadi. Ikkinchi xotinini esa ovga chiqqanda
ko‘l o‘rtasidagi daraxt kavagida uchratadi. O‘g‘illari ikkov xotinidan.
Keyingi variantlarda esa u amakilarining qizlariga uylanadi. Lekin
farzandlarining oltovini kenja amakisining musulmon bo‘lgan qizidan
ko‘radi.
Umuman turli variantlarda bunday farqlarni kuzatish mumkin.
Biroq, rivoyatlarni birlashtirib turuvchi motivlar ham oz emas. Bunga
tubandagilar o‘rnak.
Rivoyatlarning barida O‘g‘uz xoqon olti farzand ko‘radi.
Farzandlarining oti koinot va tabiatdagi ulug‘ narsalarning oti bilan
atalgan: Kun, Oy, Yulduz, Ko‘k, Tog‘, Dengiz.
O‘g‘uz xoqon rivoyatlarining barida turkiy xalqlarning tarixi
mujassam. Yanada muhimi, qissalarda uyg‘ur, qipchoq, qarluq,
qangli, xalach kabi qavmlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq ajoyib
rivoyatlar berilgan. Turklarning bu keksa qavmlari, qissalarda qayd
etiluvicha, O‘g‘uz xoqon zamonida shakllangan. E’tiborga loyiq yeri
shundaki, rivoyatlarda, o‘rni bilan, ushbu qavm otlarining asl ma’nosi
(etimologik izohlari) ham keltiriladi. Chunonchi, Abulg‘oziy
asarlarida uyg‘ur qavmining shakllanishi quyidagi voqea bilan
bog‘lanadi: O‘g‘uz bilan Qoraxon oralarida kechgan jangda
amakilarining o‘g‘illari Qoraxon cherigidan ajrab O‘g‘uzxonga borib
birlashadilar. O‘g‘uz bundan mamnun bo‘ldi va ularga uy
ğ
ur (ya’ni
248
«qo‘shilgan, birlashgan, uyushgan») otini berdi. Shu o‘rinda asar
muallifi ushbu so‘zning ma’nosi xususida yozadi: Lafz-i uy
ğ
ur türk
tili turur, ma’nïsï bar
č
a
ğ
a ma’lum turur, yapïš
ğ
ur ma’nïsïna turur.
Ayturlar: süt uyïdï. Süt erkänindä biri birindin ayrïlur erdi, qatïq
bol
ğ
andïn song biri birigä yapïša turur. Bu taqï ayturlar-kim, ïmam
ğ
a
uyïdïm.Imam oltursa, olt
ı
ra turur, tursa, tura turur. Bas, yapïšqanï
bolmasmu?
«Shajara-yi turk»dagi uyïdï so‘zi hozirgi o‘zbekchada ïwïdï
(qatïq ïwïd
ı
, süt ïwïb qatïq boldï) shaklida qo‘llanadi. Yoki uyušmaq
fe’li ayni so‘zdan. Yana qiyoslang, grammatikada: uyušïq böläk.
Qipchoqlarning kelib chiqishi esa shunday voqeaga bog‘lanadi:
O‘g‘uz xoqonning beklaridan biri navbatdagi yurishga ko‘chini
(xotinini) ham olib borgandi. Jangda o‘zi o‘ldi. Bevasi yukli edi, oy-
kuni yaqinlashib, to‘lg‘oq tuta boshladi. Kun sovuq, berk joy
yo‘qligidan ayolni katta bir g‘ovak daraxt ichiga olib kirdilar, xotin
o‘sha yerda tug‘di. Bola daraxt g‘ovagida tug‘ilgani uchun O‘g‘uz
unga Qïp
č
aq deb ot qo‘ydi. Shu o‘rinda asar muallifi yana yozadi:
Qadïm türk tilindä i
č
i boš ya
ğ
a
č
nï qïp
č
aq derlär erkändür. Anïng ü
č
ün
ol o
ğ
lan ya
ğ
a
č
i
č
indä tu
ğ
dï tep atïn Qïp
č
aq qoydïlar. Bu vaqtda ham
i
č
i boš ya
ğ
a
č
nï qïp
č
aq deytururlar. Šul qïp
č
aq turur-kim,
č
ïp
č
aq
deytururlar.
O‘g‘uz xoqon Qipchoqni o‘zi katta qildi, ulg‘aygach, unga elu
navkar berib, Tin va Itil suvining yoqasidagi yurtlarga bosh qildi,
uning eli qipchoqlar deyildi.
Rivoyatlarda qarluq, qangli, xalach qavmlarining ham kelib
chiqishi xuddi shunday hikoya qilinadi.
Tarix kitoblarida ta’riflanishicha, O‘g‘uz xoqon juda eski
zamonda o‘tgan hukumdordir. Uning hukumronlik davri yuqorida zikr
etilgan keksa turkiy qavmlarning shakllanayotgan bosqichiga to‘g‘ri
keladi. O‘g‘uz xoqon tarixiy shaxsmi yoki yo‘qmi, qat’i nazar, doston
va rivoyatlarda badiiy obrazdir.
Muhimi, «O‘g‘uznoma» dostonida turkiy xalqlarning ko‘k
tangri dini davridagi inonch-e’tiqodi, tasavvur-qarashlari aks etgan.
Asarda O‘g‘uzning Ko‘k tangriga topinishi, o‘g‘lonlariga koinot va
tabiat jismlarining oti berilgani, ko‘k bo‘ri obrizining uchrashi
turklarning islomdan ancha burungi, xususan, ko‘k tangri inonchi
davridagi tasavvurlarining ifodasidir.
249
Qadimgi variantda yorug‘liq ham alohida o‘rin tutadi. Ko‘k-dan
tushgan yorug‘liq orasida bir sohibjamol paydo bo‘lib, O‘g‘uz-ga
ma’qul tushadi va unga uylanadi. Boshqa bir o‘rinda O‘g‘uzning
chodiriga yorug‘liq tushib, ichida ko‘k bo‘ri paydo bo‘ladi va
xoqonga ko‘mak beruvini bildiradi. Bu o‘rindagi ko‘k bo‘ri
(bo‘zbo‘ri) ko‘k tangri dini ta’sirida asarga kiritilgan. Biroq uning
yorug‘liq orasida paydo ulishi moniylik bilan bog‘liq.
Ko‘rinadiki, mazkur dostonda bir tomondan turklarning ko‘k
tangri muhitidagi qarashlari aks etgan bo‘lsa, ikkinchidan, unda
moniylikning ta’sirini kuzatish mumkin. Demak, dostonning ildizi
ko‘k tangri muhitiga tarmoq otgan. Sharqiy turklar moniylikni qabul
qilganlaridan so‘ng, doston qayta ishlanib, yangi muhitga
moslashtirilgan: ko‘hna motivlar moniylikning tasavvurlari bilan
boyitilgan. Aytish mumkinki, uyg‘ur yozuvli «O‘g‘uznoma» O‘g‘uz
dostonlarining moniylik davrida qayta ishlangan, turklarning shu
kezga qadar bo‘lgan e’tiqod va tasavvurlari sinkretik holda
mujassamlashgan variantidir.
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlar islom muhitida ham keng
tarqaldi. Qadim rivoyatlar qayta ishlanib, ushbu muhitga
moslashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, asarning asrlar osha yashab
qolishiga imkon tug‘dirdi. Islom muhitida ham asarning yangi-yangi
variantlari yuzaga kela boshladi. Xususan, tarix kitoblarida keltirilgan
rivoyatlar uning ana shu jarayonda shakllangan variantlaridir. O‘zbek
xalq og‘zaki ijodida xorazm adabiy muhitida hatto XVII asrda ham
O‘g‘uzxon dostonlari keng tarqalgan edi.
Asar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida turli variant va
versiyalarda tarqalgan. Ularning eng eskisi uyg‘ur yozuvli
«O‘g‘uznoma»dir. U boshqa variantlardan hali islom ta’siriga
berilmagani bilan ajralib turadi. Tarix kitoblarida keltirilgan
rivoyatlarni esa islom davrida qayta ishlangan deyish mumkin.
Qadimgi turk falsafiy qarashlarini o‘rganishda ko‘k turk
yozuvida bitilgan bitigtoshlar muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Ko‘k turk xoqonliqlari davrida yaratilgan va hozircha fanga
ma’lum bo‘lgan yozma yodgorliklardan eng eskisi Bug‘ut
bitigtoshidir. Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida tiklangan ushbu
bitigtosh Mo‘g‘ulistonning Arxangay aymog‘idan topilgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, toshdagi yozuv aslida ikki tilli bo‘lgan.
Hozirgi saqlanib qolgani – toshning keng qismi va ikki tor biqinidagi
250
matni sug‘dchadir. Toshdagi sug‘dcha matnda ushbu qabr toshini
turklar o‘rnatganligi qayd etiladi (qarang: Ishoqov 1989,39-40).
Toshning boshqa yog‘i esa ancha yemirilgan. Unda harf
izlarinigina ilg‘ash mumkin, xolos. Lekin bu matn qay yozuv va qay
tilda ekanini aniqlashning imkoni yo‘q. Ayrim olimlar ushbu matn
xitoycha, ba’zilar brahma xatida bo‘lgan deb faraz qilmoqdalar.
Negadir, hech kim ko‘k turk xoqonlig‘ida tiklangan yodnomada ikki
tilli matndan biri albatta turkiyda bo‘lishini o‘ylab ham ko‘rmayapti.
Nima bo‘lganda ham, uning brahma yozuvida ekanligi dargumon.
Chunki brahma xati buddiylik muhitida amal qildi. Shunga ko‘ra, uni
brahma yozuvli matn deya faraz qilishga asos yo‘q. Kuzatuvlar bir
to‘xtamga olib keladi: ehtimol, u sug‘dcha matnning turkiy versiyasi
bo‘luvi mumkin. Yodgorlikning turk xoqonlari tomonidan
o‘rnatilgani ham bunga dalil.
Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davridan saqlangan bitiglar ancha.
To‘nyuquq (712-716 ...?), Kuli-cho‘r (721 y.), Qutlug‘ xoqon (Ungin)
(731 y.), Kul tigin (732 y.), Bilga xoqon (735 y.) shu davrning muhim
obidalaridir. Ular o‘sha kezlar yashab o‘tgan turk xoqon va
amaldorlari xotirasiga tiklangan. Fanda urxun obidalari nomi bilan
yuritiladi.
Urxun obidalari ichida matn solmog‘i, mazmuni, g‘oyaviy-
badiiy xususiyatlari, mundarijasining o‘zaro yaqinligi bilan ikki bitig
ajralib turadi. Ular Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i quruvchisi Eltarish
xoqonning ikki o‘g‘li - Bilga xoqon va Kul tigin sharafiga o‘rnatilgan.
Mangutoshlar Kosho Saydam vodiysi Ko‘kshin-Urxun daryosining
yaqinida biri-biridan 1 km. uzoqliqdagi o‘zi o‘rnatilgan joyidan
topilgan.
Kul tigin va Bilga xoqon yodgorliklari o‘sha kezlar butun bir
maqbara kompleksidan iborat bo‘lib, o‘z davrining ajoyib obidasi
sifatida qad rostlagan. Maqbaralar el-ulusning qutlug‘ ziyoratgohlari
edi. Ularni qurishda bino arxitekturasiga, hashamiga jiddiy e’tibor
qilganlar. Binosini mashhur me’mor va naqqoshlar ishlagan.
Chunonchi, Kul tigin bitigida qayd etiluviga qaraganda, mazkur
ziyoratgohni bezash uchun tabg‘ach xoqoni o‘zining saroy naqqoshini
yuborgan. Uning ich va tashiga naqshlar ishlangan; to‘riga mangutosh
tiklanib, xoqonning ko‘ngildagi so‘zlari bitilgan (qarang: KTk.11-13).
Hozirgi ko‘rinishi esa o‘sha muhtasham yodgorlikning qoldiqlari,
xolos.
251
Kul tigin bitigi ikki tilli: yodgorlikning o‘ng yuzi va yon
yoqlaridagi bitig turkiy, ters yuzidagisi xitoycha. Turkiy matn muallifi
adib va tarixnavis Yo‘llug‘ tigin, xitoycha matnni esa tabg‘achlik
Chang Sangun yozgan. Oradan uch yil o‘tib tiklangan Bilga xoqon
bitigining muallifi ham Yo‘llug‘ tigin.
Bitiglar ulug‘ yo‘lboshchilar, qahramonlar xotirasiga bitilgan
yodnomalardir. Ularda xalq qahramonlari ko‘zi tirikligida ko‘rsatgan
mardliklar, yurt ozodligi, fuqaro tinchligi yo‘lidagi jasorat va
xizmatlari yod etiladi. Qolaversa, bitiglarda aks etgan tarixiy voqealar
muallifning yagona maqsadi emas. Tarixiy voqealar turk
qahramonlari obrazini yaratish va bu qahramonlarni madh etishga fon
bo‘lib xizmat qiladi (Stebleva 1991, 279).
Matn badiiy tilda. Uning ajoyib uslubi, g‘oyasi yodnomalarni
badiiy asar darajasiga ko‘targan. Bitiglar shu jihatdan tarixiy
asarlargina emas, turkiy yozma adabiyotning eng ko‘hna namunalari
hamdir.
Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalarining asosiy qismi turkiy
qavmlarning uzoq va ideal o‘tmishi – Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i
davrini xotirlash bilan boshlanadi. Bitiglarda ta’riflanuvicha, bir
paytlar Sharqda Qadirqan yishdan G‘arbda Temir qopiqqa qadar
ulkan zaminda Bumin xoqon va Istami hukumronlik qilib, turkning
erkin va qudratli davlatiga bosh bo‘lib turganlar. Ular dono xoqon
ekan, bahodir ekan, vazirlari ham botir va oqil, xalqi ham xalol
bo‘lgan ekan. Ikkov xoqon davlatni shu xilda tutib, vafot etgan.
Shundan so‘ng ularning inisi va o‘g‘li taxtga chiqibdi. Lekin ular
otalariday yo‘l tutmabdi. Ular johil, badfe’l, vaziri ham ochko‘z,
yovuz ekan. Shunga yarasha, beklari, xalqi orasidan ham insof va
baraka ko‘tarilibdi. Turk davlati tanazzulga yuz tutibdi. Hiylakor
tabg‘ach bundan foydalanib, fitna qo‘zg‘abdi. Oqibat, turk xalqi
davlatini qo‘ldan chiqazibdi; xoqonini yo‘qotibdi, bek bo‘ladigan
o‘g‘loni bilan tabg‘achga qul bo‘libdi, suluv qizi bilan cho‘ri bo‘libdi.
Turk beklari turkcha otini tashlab, o‘zlariga tabg‘achcha nom olib,
yovga qaram bo‘libdi. Tabg‘ach xoqoni: «Turk xalqini o‘ldiraylik,
urug‘ini qoldirmaylik», deya uni yo‘qotmoqqa bel bog‘lagan ekan.
Ammo tangri inoyati, turkning muqaddas yer-suvining sharofati bilan
Eltarish xoqon turkka bosh bo‘libdi. U erlarning boshini qovushtirib,
kurashga otlantiribdi. Tabg‘achga qarshi kurashib, davlatini, xoqonini
yo‘qotgan, qulga aylangan, hukumronligini boy bergan turk xalqini
252
qayta oyoqqa turg‘azibdi, ota-bobolar qonun-qoidasini tiklabdi. U
qudratli davlat barpo etibdi. Uning davrida turk eli mislsiz
farovonlikka yetishibdi, erkin-emin yashay boshlabdi. Shundan so‘ng
bitiglarda davlatni mustahkamlash yo‘lida Eltarish, Bo‘gu, Bilga
xoqon, Kul tigin singari turk xoqon va sarkardalari boshchiligida
kechgan kurashlar, sarkardalar ko‘rsatgan qahramonliklar hikoya
qilinadi. Bu voqealar Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida ro‘y
bergan.
Diqqatga molik yeri shundaki, ikkala bitigda matnning asosiy
bo‘lagi muallif Yo‘llug‘ tilidan emas, balki Bilga xoqon tilidan hikoya
qilinadi. Boisi, bitiglarda turk xoqonining o‘z eliga murojaati, da’vati
yozilgan. Xoqon butun turk ulusini, kelajak avlodni o‘z so‘zlariga
quloq tutmoqqa undaydi: «So‘zimni tugal eshitgil mendan keyingi ini,
jiyanim, o‘g‘illarim, ittifoq, urug‘im, xalqim, o‘ngdagi shadapit
beklar, chapdagi tarxonlar, buyruq beklar, o‘ttiz ... to‘qqiz o‘g‘uz
beklari, xalqi, bu so‘zlarimni yaxshilab eshit, qunt bilan tingla!»
(KTk.1-2). Matn davomida bu murojaat yanada jiddiylashadi. Xoqon
turk uluslarini birlashishga, tinch-ittifoqlikka, otalar zahmat ila qo‘lga
kiritgan istiqlolni asrab, turk davlatini himoya qilishga da’vat etadi.
O‘tmishni eslatib, undan saboq olish, yov hiylalaridan ogoh bo‘lishga
undaydi. Ulug‘ yo‘lboshchi eliga qarata: «Bu xoqoningdan, bu
beklaringdan, yeringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, o‘zing
ezgulik ko‘rajaksan, uyingga kirajaksan, betashvish bo‘lajaksan», -
deya xitob qiladi (Xb. 13-14). Bitiglarning bosh g‘oyasi ham, asosan,
shular bilan belgilanadi. Bilga xoqonning butun turk uluslariga
murojaati, o‘z navbatida, o‘sha kezlarda barcha uchun umumiy turkiy
adabiy til amal qilganidan dalolatdir.
Bitiglarda Bumin, Istami, Eltarish, Bilga xoqon, Kul tigin
singari tarixiy shaxslar adabiy qahramon sifatida gavdalanadi. Ushbu
turk xoqon va sarkardalari ulug‘ yo‘lboshchilar, turkiy ulusning milliy
qahramonlari darajasiga ko‘tarilib, madh etiladi.
Asarlarda ta’riflanuvicha, tuk qahramonlari el ozodligi, uning
osoyishtaligi yo‘lida tunu kun tinim bilmaydi: Turk xalqi uchun tun
uxlamadim, kunduz o‘tirmadim (KTu.27). Xalaskorlarning qo‘l ostida
yurtda tinchlik qaror topib, el ko‘paydi, fuqaro to‘q yashadi. Bu
vaziyat Bilga xoqon tilidan shunday tasvirlanadi: Tangri yorlaqagani
uchun, qutim, nasibam bor uchun o‘layotgan xalqni tiriltirib oyoqqa
qo‘ydim. Yalang xalqni to‘nli qildim, qashshoq xalqni boy qildim, oz
253
xalqni ko‘paytirdim (X.23-24). Yoki boshqa bir o‘rinda: U zamonda
qul qulli, cho‘ri cho‘rili bo‘lgan edi (X.18).
Mangutoshlarda bitilishicha, bu qahramonlar bo‘lmaganda xalq
qirilib bitardi: Tangri yorlaqagani uchun, men muvaffaqiyat
qozonganim uchun turk xalqi zafar qozondi. Men davlatni shunday
boshqarmasam, turk xalqi o‘lajak edi, yo‘q bo‘lajak edi (X.33). Kul
tigin bitigida bu xususda «Kul tigin bo‘lmaganda, butunlay o‘lar
edingiz» deb yozilgan (KTu.50). Tangri turk xoqoniga, elning milliy
qahramoniga jasur va yengilmas lashkar ato etgan, dushmanini esa
nochor qilgan: Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning lashkari
bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan (Ktu.12). Qahramonlarning
qo‘li yov ustidan baland keladi: Hammasi bo‘lib yigirma besh marta
lashkar tortdik, o‘n uch marta jang qildik. Eli borni elidan judo qildik,
xoqoni borni xoqonidan ayirdik, tizzasi borni tiz cho‘ktirdik, boshi
borni ta’zim ettirdik (Ktu.18).
Elparvar xoqon mamlakat notinchligi, ulusning
uyushmaganidan, ba’zan uning yovlar ta’siriga tushib qolishidan
aziyat chekadi, bezovta bo‘ladi. Elini dushman hiylalaridan ogoh
bo‘lishga, uning qimmatli tortiqlariga uchmaslikka chaqiradi:
Tabg‘ach xalqi so‘zi shirin, ipakligi nafis ekan. Shirin so‘zi, nafis
ipakligi bilan aldab, yiroq xalqni o‘ziga shunday yaqinlashtirib olar
ekan. Yaqin bo‘lgandan so‘ng yovuz ilmini u yerda ko‘rsatar ekan
(KTk.5). Yoki: Turk xalqi, to‘kis ishonuvchisan. Samimiy,
nosamimiyni ajratmaysan. Bir tutoqsang, samimiyni farqlamaysan.
O‘shandayliging uchun (seni) ardoqlagan xoqoningning so‘zini
olmayin, har yerga tarqab ketding. U yerda xo‘p g‘oyib bo‘lding,
badar ketding (KTk.8-9). Yana boshqa bir o‘rinda: Tepadan osmon
bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, elingni, hukumatingni kim
buzdi? ... O‘zing adashding, yomonni kiritding. Qurolli qaydan kelib
tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi? (Ktu.22-23).
E’tiborga loyiq tomoni shundaki, Kul tigin bitigida matn bo‘ylab
davom etib kelayotgan ko‘tarinkilik asar so‘ngida keskin o‘zgaradi,
qahramonlik dostonlariga xos bir ruh o‘rnini xazin mazmun egallaydi.
Bilga xoqon inisi Kul tiginning o‘limidan qayg‘u-alam chekadi: Inim
Kul tigin vafot etdi. O‘zim alam chekdim. Ko‘rar ko‘zim ko‘rmasdek,
bilar aqlim bilmasdek bo‘ldi [es-hushimdan ayrildim], o‘zim alam
chekdim. Dunyoni tangri yasaydi, inson bolasining bari o‘ladigan
qilib yaratilgan. Shunchalik alam tortdimki, ko‘zga yosh kelsa, azob
254
berib ko‘ngildan yig‘i kelsa, qayta qayg‘urdim, qattiq alam chekdim
(KTu.50-51). Matnning bu bo‘lagi Yenisey atroflaridan topilgan qabr
bitiglarining mazmuniga o‘xshab ketadi.
Ta’kidlash joizki, Kul tigin bitigida bunday mazmunning aks
etuvi tabiiy. Chunki bitig marhum xotirasiga o‘rnatilgan bo‘lib, matni
uning og‘asi tilidan so‘zlanmoqda.
Bilga xoqon yodnomasiga kelsak, matnning asosiy –xoqonning
o‘z tilidan so‘zlangan qismida marsiya yo‘q. Biroq, bitig nihoyasida,
xoqon so‘zi yakunlangandan so‘ng uning muallifi Yo‘llug‘ tigin o‘z
so‘zlarini bitib, otasi o‘limidan chekkan qayg‘usini izhor etadi.
Matnning bu bo‘lagidan uzuq-yuluq jumlalar saqlangan. Mana o‘sha
jumlalar: ... Bilga xoqon vafot etdi. Yoz bo‘lsa, yuqorida falakning
toqi ... tog‘da kiyik chopsa, o‘ylayman otam xoqonni (Xs). Yo‘llug‘
tigin xuddi shunday dardu alamini o‘zining avvalgi asari – Kul tigin
yodnomasining oxiriga ham yozib qoldirgan. U yerda ham
muallifning ko‘ngildagi so‘zlari xoqon nutqi tugagandan keyin
keltiriladi. Mana o‘sha satrlar: Panohtalab o‘g‘loningizga,
tayanuvchingizga qiyinchilikda tarbiyat qilar edingiz. Vafot etdingiz.
Tangri yashatuvchidir (K.II).
Kul tigin va Bilga xoqon bitiglari xoqon va ulug‘ sarkarda
xotirasiga tiklangan oddiy qabr yozuvlari emas. Ular ulug‘
yo‘lboshchining butun turk uluslariga, kelajak avlodga murojaati,
o‘gitlaridir. Bitigtoshlar tiklangan manzilni xalq ziyorat etib, ulug‘
xoqon, milliy qahramonlar nomini yod etgan. Bitiglarni o‘qib, ulardan
saboq olgan.
Qadimgi turk falsafiy qarashlarini o‘rganishda Oltoy o‘lkasi,
Yenisey tevaragidan topilgan ko‘k turk yozuvli bitigtoshlar ham katta
ahamiyatga ega. Ta’kidlash kerakki, mazkur bitiglardan ko‘pining
o‘rnatlgan davri noma’lum. Ehtimol, ba’zilari urxun obidalari bilan
chog‘dosh, hatto ulardan ham eskiroq chiqar? Lekin ular o‘zga
muhitda, o‘zga maktab namoyandalari tomonidan yaratilgan. Ularning
xos an’anasi bor.
Yenisey obidalarining e’tiborga loyiq belgilaridan biri ularda
matn marhumning o‘z tilidan hikoya qilinadi. Marhumning o‘z oilasi,
yaqin kishilari, el-yurtidan ayriliq qayg‘usi ifodalanadi; uning
boshdan kechirganlari, farovon va to‘q, sonsiz yilqiyu boylikka ega
bo‘lgan hayoti xotirlanib, yorug‘ dunyodan erta ketganligiga o‘kinch
bildiriladi. Ayrim qabr toshlarida marhumning ko‘zi tirikligida
255
ko‘rsatgan jasoratlari tarixiy fonda hikoya qilinadi (nashrlariga
qarang: Malov 1952).
Dostları ilə paylaş: |