230
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining
«Devonu lug‘atit turk» asarida
turklarning bu qarashlari xususida
yaxshi ma’lumot keltirgan edi. U
tängri so‘ziga izoh berar ekan, ko‘k
tangri dinidagi turklarga ishora qilib
yozadi: ... kofirlar osmonni tängri
deydilar. Shuningdek, ular ko‘zlariga
katta ko‘ringan har narsani, chunonchi, katta tog‘, haybatli yog‘ochni
ham tängri deb ataydilar. Shuning uchun ham ular shunga o‘xshash
narsalarga sajda qiladilar. Ular bilag‘on odamni tängrikän deb
atashlari ham shundandir (MK, III,387-388). Muallif boshqa bir yerda
tängrikän so‘zini «musulmon bo‘lmagan turklar tilida xudoga ibodat
qiluvchi bilag‘on» deya izohlaydi (MK, III,398).
Turklar tangrining har narsadan ulug‘ va ustun ekaniga
inonganlar. Shuningdek, ular barcha ezguliklar tangrining inoyati
(quti) bilan yuz beradi deb bilganlar. Ayni tushuncha tufayli bitiglarda
xoqonlar kechmishi hikoya qilinganda «Ko‘kday ulug‘ tangrining
inoyati bilan» (tängri-teg tängridä bulmuš) degan jumlalar bilan
boshlangan. Xoqonlar o‘z yorliqlarini «Ko‘kday ulug‘ tangri yaratgan
(tängri-teg tängri yaratmïš) xoqon so‘zim” unvoni bilan boshlaganlar.
Bitiglarda xoqonlar oliy martabaga Tangrining yorliqagani uchun
erishganlarini alohida ta’kidlaydilar: tängri yarlïqaduqïn ü
č
ün qa
ğ
an
olurtum (tangri yorliqagani uchun xoqon bo‘lib taxtga o‘tirdim), deya
yoziladi bitiglarda.
Qadimgi turklar tabiat va koinot jismlarining ham (kun, oy,
yulduz, tog‘, dengiz, ko‘l va b.) ruhi borligiga ishonishgan. Tabiat
ruhlari uchun ot va qo‘y so‘yib qurbonlik atashgan. Ular ko‘k, quyosh,
yulduz kabilarga e’tiqod qo‘ygan, lekin ularga sig‘inmas edi.
Ko‘k tangri dini eski turklarning hayot tarziga, jahongirlik va
fotihlik ruhiga mos tushgan. U turklarda vatanparvarlik, o‘ziga ishonch,
jangovarlik hissini tug‘dirar edi. Shu bois qadimgi turklar uzoq
zamonlar bu dindan voz kechishni istamadilar.
Manbalarda qayd etilishicha,
Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida
budda rohiblari turk o‘lkalariga kelib ibodatxonalar qurgan, mahalliy
xalq ichidan o‘zlariga tarafdorlar to‘play boshlagan edilar. Turk
podshosi Tabo‘ xoqon ularni himoya qilib chiqqan. Lekin turk beklari
Dostları ilə paylaş: