Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

37-rasm. Arabeska 


262
Shahar me’morchiligi ham 
juda rivojlangan. Shahar 
ko‘chalariga tosh yotqizilgan. 
Ko‘chalar chiroqlar bilan yoritilgan. 
Masjidlar shahar ko‘rkiga-ko‘rk 
qo‘shgan. Masalan, VIII - IX 
asrlarda Qurdobada bunyod yetilgan
masjidga 600 dan ortiq marmar 
ustun ishlatilgan. Ustunlar nihoyatda nafis bo‘lib, ular masjidga 
ulug‘vorlik baxsh yetgan. Qohira shahridagi Hasan masjidi tepasiga 
qurilgan balandligi 55 metrli gumbaz ham kishilarni hayratga solgan. 
Arab quruvchilari ajoyib saroylar, maqbaralar va qal’alar qurishlari 
bilan shuhrat qozonganlar. Amirning Ispaniyaning Granada 
shahridagi Al-Humro saroyi butun dunyoga mashhur. Halifalikning 
har bir shahrida albatta masjidlar bunyod yetilgan. Masjidda namoz 
o‘qishdan tashqari, shuningdek, shariyat sudining majlislari 
o‘tkazilgan, kambag‘allar uchun to‘plangan pullar saqlangan, bu 
yerga butun tevarak-atrofdagi musulmonlar kelishgan. Aynan shu 
tufayli masjid qurilishiga katta ye’tibor berilgan. Masjidning asosiy 
binosi – hovliga qaratib qurilgan to‘rtburchakli zal. Hovli ustunli 
ayvonlar bilan o‘ralgan, u yerda musulmonlar quyoshdan 
saqlanganlar. Hovli o‘rtasida namoz boshlanguncha tahorat olish 
uchun hovuz Joylashgan. Ba’zan hovli tepasi gumbaz bilan yopilgan. 
Masjid yonida albatta minora bo‘lgan. Ammo masjidning yeng 
muhim va mo‘tabar qismi mehrob edi. Bu masjidning Makkaga 
qaratilgan devoriga ishlangan mahsus tokcha bo‘lgan. Namoz paytida 
musulmonlar yuzlarini mehrobga qaratishadi. O‘zining hashamati, 
boy naqshlari bilan bir necha masjidlar musulmonlar orasida shuhrat 
qozongan. Ularning orasida Fustatdagi VII asrda qurilgan Amir 
masjidi, Kufadagi Jome masjid, Makkadan so‘ng o‘z ahamiyati 
jixatidan musulmonlarning ikkinchi muqaddas sajdagohi hisoblangan 
Quddusdagi Al-Aqso masjidi va Damashqdagi mashhur “Qoya 
gumbazi” ibodatxonasini aytish mumkin. Islom odamlar va hayvonlar 
tasvirini tushirishni qoralagan. 
Ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida arablar qadimgi yunon 
Ulamolarining asarlarini qunt bilan o‘rganganlar. Ulardan yeng 
muhimlari arab tiliga tarjima qilingan. Bular: Aristotel, Arximed, 
Gippokrat, Ptolomey, Yevklid kabi allomalarning asarlari edi. Bu 


263
asarlarning arab tilidagi nusxalari lotin tiliga qayta tarjima qilingan. 
Yevropa olimlari shu tarjimalar orqali bu asarlardan bahramand 
bo‘lganlar
62

Yirik shaharlar ilm-fan markaziga aylangan. Bag‘dod, Qurdoba, 
Qohira kabi shaharlarda yirik oliy o‘quv yurtlari - madrasalar 
ochilgan. Ularda diniy bilimlar qatori dunyoviy ilmlar ham o‘qitilgan. 
Minglab kitob xazinasiga yega bo‘lgan kutubxonalar qurilgan. 
Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) Bag‘dod shahrida ilm-fan 
markazi bunyod yettirdi. Bu markaz “Bayt ul-hikmat” deb ataldi. 
Xalifa Ma’mun (813-833) ,,Bayt ul-hikmat"ning har tomonlama 
mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shgan. Bag‘dod, Damashq kabi 
shaharlarda katta-katta rasadxonalar bunyod yetilgan. 
Xalifalik xalqlari madaniyati Yevropaga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. 
Bu o‘rinda arablarning Pireney yarim oroli (hozirgi Ispaniya)da 
tashkil yetgan Qurdoba xalifaligi alohida o‘rin tutgan. Qurdoba 
shahrida 27 ta oliy o‘quv yurti (madrasa) ochilgan edi. Bu o‘quv 
yurtlarida mashhur olimlar, shu jumladan, musulmon bo‘lmagan 
olimlar ham dars berishgan. o‘quv yurtlarida arablardan tashqari 
Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan talabalar ham saboq 
olishgan. 
Aniq fanlarning yuksak taraqqiyoti bu davr mamlakatlari 
madaniyatining o‘ziga xos xususiyatidir. Bu fanlar ravnaqiga yeng 
ko‘p hissani buyuk bobolarimiz qo‘shganlar. Ular orasida Muhammad 
Al – Xorazmiy va Ahmad Al - Farg‘oniy alohida o‘rin tutadi . 
Al-Xorazmiy algebra fanining asoschisidir. Xalifa Horun ar-Rashid 
uni Bag‘dodga taklif yetgan. Keyinchalik u ,,Bayt ul-hikmat"ga 
rahbarlik ham qilgan. Al-Xorazmiy hindlarning o‘nlik raqam tizimini 
mukammallashtirgan. Buning natijasida har qanday sonni ham o‘nlik 
sanoq tizimiga kiruvchi raqamlar bilan ifodalash mumkin bo‘lgan. Bu 
hodisa o‘sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Uning nomi algoritm 
tushunchasiga aylandi va tarixda abadiy qoldi.
VIII – X a.larda Arab halifaligining ulkan hududida arab tili 
muloqot tili bo‘lgan. Bu tilda Qur’on yozilgan. Shuning uchun o‘sha 
davrdagi barcha olimlar va faylasuflar o‘z asarlarini arab tilida 
62
Қаранг
: Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 
2004.
Р
.10. 


264
yozishgan, qadimgi davrning yeng muhim asarlarini arab tiliga 
tarjima qilishgan, maktablarda arab tili o‘qitilgan. Arab tilini 
“Sharqning lotin tili” deb atashgan, uning keng tarqalishi yesa shunga 
olib keldiki arablarning yagona davlati tarkibiga kirgan barcha 
mamlakatlar madaniyatini ham arab yoki musulmon madaniyati deb 
atay boshlashgan.
Arab halifaligi yuksak qadimiy madaniyatga yega bo‘lgan 
ko‘plab mamlakatlardan iborat edi. Ushbu yerlar bo‘ysundirilgan 
bo‘lishiga qaramay, bu o‘lkalarning madaniyatlari rivojlanishda 
davom yetgan. Albatta, bu madaniyatlar xalifalik tarkibidagi boshqa 
mamlakatlar va halqlarning madaniyati bilan aralashib ketgan va ular 
bir-birlariga ta’sir qilishgan. 
Shunday qilib, arab madaniyati bosib olingan xalqlar va 
davlatlar: forslar, sur’oniylar, yahudiylar, O‘rta Osiyo halqlarining 
madaniy yutuqlaridan ko‘pini o‘ziga singdirgan. Arablar yellinistik 
rim madaniyati merosidan ham keng foydalanishgan. Chunonchi, 
arablar forslar orqali hindlarning matematika va astronomiya 
sohasidagi yutuqlari bilan tanishganlar. Ular hindlar raqamlarni 
olishgan, yevropaliklar ularni arab raqamlari deb ataganlar
63
.
Harbiy yurishlarda hitoyliklar bilan to‘qnash kelgan arablar 
kompasdan foydalanish qulayligini tez anglab olganlar va uni faol 
suratda amaliyotda qo‘llay boshlaganlar. Arab madaniyatining yeng 
ravnaq topgan davri VIII – XI asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda 
qadimgi arab sheyriyatining ko‘p asarlari yaratilgan. Aynan shu 
asarlar, shuningdek Qur’on klassik (mumtoz) arab tilini yaratishda 
asos bo‘lib hizmat qilgan VII – VIII a.lardagi arab she’riyati ko‘p 
jixatdan yeski an’analarni davom yettirgan. Shoirlar jangchilar 
jasorati, sevgi, hursandchilikni tarannum yetishgan.
63
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.109 


265
Proza (nasr)da huddi yevropaliklar kabi arablarda ham 
sarguzasht hikoyalar keng tarqalgan. Aynan ularning mazmuni 
asosida X–XI a.larda mashxur “Ming bir kecha” ertaklari to‘plami 
shakllangan. Odatda arab yertaklari deb hisoblanuvchi bu yertaklar 
orasida aslida fors va hind hamda yunon ertaklari ham saqlangan. Shu 
tariqa arablar o‘zlari hohlamagan holda ko‘p halqlarning ma’naviy 
hazinasini asrab bizning kunlargacha yetkazib kelganlar.
VIII asr o‘rtasidan boshlab halifalar kutubhonasi uchun falsafa, 
matematika, medisina, astronomiyaga oid asarlar yunon, sur’oniy va 
fors tillaridan arab tiliga o‘girilgan. Bag‘dodda Horun ar-Rashid 
davrida olimlar va tarjimonlar uchun mahsus “Bayt ul hikmat” 
(“Donishmandilk uyi”) qurilgan, unda olimlar uchun barcha sharoitlar 
yaratib berilgan, ular kundalik ovqatni o‘ylamay ijod qilardilar.
Halifalikning har bir yirik shahrida IX asrda barcha uchun 
mo‘ljallangan ommaviy kutubhona faoliyat yuritgan. Aristotel, 
Platon. Pifagor, Yevklid, Arhimedlarning asarlari arablarga yaxshi 
tanish bo‘lgan. Aynan arab matematiklari, avvalambor. Al-Horazmiy 
ajoyib algebra fanini yaratishgan. Uning nomi arabcha “al jabr”, ya’ni 
hisobdan olingan. Bag‘dod va Damashqda mahsus qurilgan 
rasadxonalarda buyuk matematiklar bilan birga, ulardan 
qolishmaydigan iqtidorli astronomlar ham ishlaganlar. Ular Yer 
atrofini hisoblab chiqishgan, osmondagi yulduzlar holatini ba’yon 
yetishgan. O‘sha davrning yeng buyuk allomalaridan biri al-Beruniy 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə