260
shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy
taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish
davrini belgilab berdi. Arab
istilochilari xususida shubhasiz
yeng asosiy ma’lumotlarni arab,
musulmon mualliflari berib
o‘tganlar. Islom dinining vatani
Arabiston yarim orolidir. Arablar
semit qabilalari guruhiga mansub
bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan.
IX-XII asrlarda islom dini O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi
tarixida, juda katta ahamiyat kasb yeta boshladi. O‘sha davrda
Movarounnahrda, arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan davlatlarning
paydo bo‘lishi va rivojlanishi yuzaga kelgan. Bu vaqtga kelib,
Sharqda islom dini keng tarqalib jahon dini darajasiga ko‘tariladi va
musulmon dunyosining mafkurasiga aylanadi. O‘rta Osiyoda Islom
madaniyatini targ‘ib qilgan arab qabilalari tomonidan, mamlakatlarda
yangi arab rivojlanishi vujudga kelgan. Yangi arab mamlakatlarining,
rivojlanishida Islom dinining o‘rni juda katta bo‘lgan. G‘arbiy
Osiyoning qadimgi yuksak madaniyatli o‘lkalariga kelgan arablar
dastlab Yunonlar, Yaxudiylar, Suriyaliklar va Forslarga nisbatan
qoloq bo‘lgan, lekin bu xalqlar madaniyatini o‘zlarida singdirib
yanada yuksakroq madaniyatni yaratishga harakat qilganlar
61
.
Xususan xalifa Xorun ar-Rashid saroyida IX¬asrda “Bayt ul-
hikma” “donishmandlik uyi” tashkil yetilgan. Shundan so‘ng
matematika, astranomiya, geografiya kabi aniq fanlar o‘z
taraqqiyotiga erisha boshlagan. Bu jarayon yesa hunarmandchilik va
savdoning yuksalishiga sabab bo‘lgan.
Arab xalifaligi
mamlakatlarida IX-X asrlarda
adabiyot va san’at yuksak cho‘qqilarga ko‘tariladi. Adabiyot
sohasida ko‘plab shoir va yozuvchilar samarali ijod qilib o‘z o‘rniga
ega bo‘lganlar. Savdogar va sayyohlar uzoq o‘lkalardan faqat
g‘aroyib buyumlarnigina yemas, ajoyib sarguzashtlar, hikoyalar,
o‘zga xalqlar afsonalarini ham olib kelganlar. Bular haqida yesa xalifa
61
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.9.
Dostları ilə paylaş: