38-rasm. Arab xalifaligi haritasi
266
edi. U geografiya, tarix, astronomiya va hatto she’r tuzish san’atiga
doir ham asarlar yozgan. Musulmon olimlari ichidagi boshqa bir
mashhur shaxs buyuk Ibn Sino bo‘lgan. U shunchalik shuhrat
qozongan ediki, hatto yevropaliklar uning ismini hurmat yextirom
bilan o‘zlariga moslab Avisenna deb atashgan. Faylasuf, astronom,
geograf, shoir, vrach bo‘lgan Ibn Sino o‘zidan 100 dan ortiq ilmiy
asar qoldirgan. “Shifo kitobi” va “Tib qonunlari” asarlarida u dunyoda
birinchi bo‘lib ko‘p kasalliklarning alomati va ularni davolash
usullarini ba’yon qilgan. Zamondoshlari Ibn Sinoni hurmat bilan
“Olimlar boshlig‘i” deb atashgan. Arablarning sevimli iborasi
quyidagicha edi: “Kimki ilm izlab yo‘lga tushar yekan, uning oldida
jannat darvozalari ochiladi”. Shuning uchun arablar o‘rtasida ko‘plab
iqtidorli geograflar va sayohatchilar bo‘lgan. Arab olimlari nafaqat
boshqa mualliflar tomonidan tuzilgan mamlakatlar ba’yonini
o‘rganishar, balki o‘zlari ham yekspeditsiyalarga yo‘l olganlar.
Hayotlarini havf ostiga qo‘ygan holda ular uzoq yerlarga sayohat
qilardilar. Arablar nafaqat bosib olingan hududlar tasnifini tuzishgan,
balki ularga dushman bo‘lgan mamlakatlarning yerlarini ham batafsil
ba’yon qilishgan.
Ko‘p asrlardan so‘ng Yevropa olami halifalar kutubxonasida
Amerika kashf yetilishidan deyarli V asr muqaddam va
Antarktidaning ochilishidan 10 asr avval, ushbu qit’alarning
qirg‘oqlari qiyofasi tushirilgan xaritalar saqlanganligini bilib hayratga
tushgan. Ammo arab halifalarisaroyida barcha fanlar ichida alohida
ye’zozlanadigan fan tarix edi.
Darhaqiqat bu fan arablarda islom bilan barobar dunyoga
kelgan, chunki aynan u Muhammad payg‘ambar va uning ishlari
haqidagi hadislarni, dastlabki halifalar va ularning futuhotlari
haqidagi ma’lumotlarni saqlab kelgan. Islom tarixi, shuningdek o‘z
urug‘i tarixini bilmaslik musulmonlarda yeng katta gunoh sanalgan.
Halifalar va oliy amaldorlar olimlar va ularning asrlariga homiylik
ko‘rsatishgan. Har bir oliy martaba yegasi o‘z atrofida iloji boricha
ko‘proq buyuk olimlar, shoirlar va Qur’on bilimdonlari bo‘lishini
istagan.
Amaldor saroyida o‘z ilmi bilan mashhur bo‘lgan kishilar
qancha ko‘p bo‘lsa, uning obro‘si shunchalik baland bo‘lgan.
Hukmdorlarning ilm-fan va olimlarga bo‘lgan muhabbatini tushunish
oson edi; Qur’onda har bir musulmon uchun ilm olish farz yekanligi
267
aytilgan. Shuning uchun nafaqat amaldorlar va hokimlar, balki
payg‘ambarning har bir ummati, agar u davlatda biron bir lavozimni
yegallashni istasa albatta u ma’lumotli bo‘lishi lozim edi.
Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan
allomalar katta hissa qo‘shdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan
hadislar to‘plami — "Al-Jomi’ as-Sahih" Islom dinida Qur’-oni
karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning
safdoshlari Islom ilohiyotining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim
tadqiqotlar qildilar
64
. Jumladan, Islom nazariyotchiligida yuqori
baholanadigan "Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot" risolasini ta’lif
yetgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini o‘rganishning
asosiy qo‘llanmasi hisoblangan "Hidoya"ning muallifi Burhoniddin
Marg‘inoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom
ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy buyuk faqih Abu Lays
Samarqandiy, musulmon dunyosining yeng ye’zozli muxaddislaridan
Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat
qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda
o‘ziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband,
Mahdumi A’zam, Najmiddin Kubro, So‘fi Olloyor, Xo‘ja Ahror,
Abduxoliq G‘ijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Ular musulmon e’tiqodini xalq dunyoqarashi bilan
uyg‘unlashtirganliklari tufayli O‘rta Osiyoda madaniy hayotning
adabiyot, me’morlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi.
Islom dini musulmon mamlakatlari san’atida o‘z izini qoldirdi
65
.
Me’morlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid,
minora, xonaqoh, Madrasa va boshqalar.)ning paydo bo‘lishiga
hamda keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Islom dini paydo bo‘lgan
davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida
Muhammad (sav) suratkashlikni qattiq taqiqlab qo‘ygan edi. Shu
asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy
san’atning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qo‘shganlar. Bundan
ular amaliy san’at turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va
o‘simliklar suratini istisno qilishgan.
64
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.110.
65
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.81.
268
Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning
taqiqlanishiga asosiy sabab — payg‘ambar va aziz-avliyolarning
rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig‘inib ketish
xavfining mavjudligi bo‘lgan. XV asrga kelib Alisher Navoiy kabi
taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga
bo‘lgan imon va ye’tiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo
moyillik qolmaganini ye’tiborga olib, yendilikda inson suratini
chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod,
Maxmud Muzahhibga o‘xshash miniatyura san’atini rivojlantirgan
yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi,
Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. XX-XXI asrlarga
kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu san’atga munosabatlariga yana
bir karra aniklik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sig‘inishi
maqsadida inson rasmini chizish mumkin yemasligi ye’tirof yetildi.
Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam
shaklidagi qo‘g‘irchoklar taqiq doira-siga kirmaydi. Ulamolarning
bergan fatvolariga ko‘ra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni
ifoda yetuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy
san’at turlari taqiqlanmaydi.
Islomning musiqaga munosabati haqida Diniy musiqa
maqolasiga yega. Musulmon Sharqi VIII-XI asrlarda taraqqiyotda
G‘arbdan oldinda edi: g‘arb olimlari musulmon faylasuflari va
tabiblaridan saboqolishgan; g‘arb savdogari Islom dunyosidagi
savdoning ko‘lamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari g‘arbda
zebi-ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va
hashamati g‘arb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida
asosiy mafkura vazifasini bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk,
albatta.
Ammo XII-XIII asrlardan keyin musulmon dunyosi dastlab
turg‘unlik, so‘ng tanazzulga yuz tuta boshladi. Ba’zilar konservativ
(qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga to‘siq bo‘ldi, deya unga
katta ayb qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Aslida so‘nggi o‘rta asrlarda yuz
bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda mu-rakkab ijtimoiy-
iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha davrdagi Islomning o‘zi
ana shu tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi. "Islom
islohotchiligi" deb ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq
qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar
turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda ro‘y berdi.
269
Ikkinchidan, "Islom islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli
jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon bo‘ldi va
sof ilohiyotga doir masalalarga u qadar daxli bo‘lmadi. Uchinchidan,
Islomda xristianlarnikiga o‘xshash cherkov bilan ruhoniylarni bog‘lab
turuvchi tizim bo‘lmaganidan Islomdagi islohotlar xususiyatiga jiddiy
ta’sir qildi.
Musulmonlarda savodhonlik va arifmetikadan saboq beruvchi
boshlang‘ich maktablar hususiy edi. Haq to‘lay olganlar o‘qituvchilar
bilan uyda shug‘ullanganlar. Agar kishi olgan ta’limini davom
yettirishni istasa madrasa – oliy musulmon maktabiga kirishi lozim
bo‘lgan. Bu yerda yeng mashhur imomlar dars berishgan. Ular
ma’ruza qilganlar va Qur’on, Sunna va shariat haqida suhbat
o‘tkazganlar. Bu yerda shuningdek yuksak me’morchilik san’atidan
ham ta’lim berilgan. Shuning uchun hajkaltaroshlik, va rassomlik
halifalikning dastlabki asrlarida deyarli rivojlanmagan. Keyinchalik
kitoblarga miniatyuralar chiza boshlashgan, unda halq hayotidan
manzaralar, tarixiy voqealar va badIIy asarlar qahramonlari aks
yettirilgan. Tabiatni tasvirlash imkoniga yega bo‘lmagan musulmon
rassomlari o‘zlarining butun mahoratlarini husnihat san’ati
taraqqiyotiga bag‘ishlaganlar. Arab madaniyati va islom
asivilizatsiyasi jaxon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shgan. Arablar tomonidan ochilgan ko‘plab ilmiy kashfiyotlar
haligacha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan va amaliyotda qo‘llanib
kelinadi. Masalan, butun jaxon hozirgi paytda arablar tomonidan VII
asrdayoq yaratilgan arab raqamlaridan foydalanib kelmoqda
66
.
Jahon madaniyati taraqqiyoti tarixida Sharqiy Arabiston xalqlari
san’atining xam muhim o‘rni bor. Xalifalikning (Suriya, Misr,
Falastin, Shimoliy Afrika, Eron, O‘rta Osiyo, Janubiy Ispaniya)
ko‘pgina shaxarlarida rivojlangan O‘rta asr arab madaniyati
insoniyatning progressiv rivojlanishida yangi bir bosqichbo‘ldi.
Sharqiy Arabiston xalqlarining asosiy xizmati shunda bo‘ldiki,
ular keyingi avlodlarga antik grek-rim madaniyatining ko‘pgina
yutuqlarini saqlab qolib, uni rivojlantirgan xolda yetkazib keldilar.
IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari,
Yeron, Ozarbayjon va O‘rta Osiyo xalqdari bir-biri bilan uzviy
66
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 172.
270
aloqada bo‘lib kelganlar. Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Samarqand kabi
shaxarlar madaniyati va taraqqiyotning markazi bo‘lib, o‘zlarining
ko‘zga ko‘ringan olimlari, shoirlari, xamda fan va madaniyat
o‘chokdari bilan butu
67
n dunyoga tanilgan edilar.
Tasviriy san’atning rivojlanishida tirik jonzotni tasvirlashni
mann yetgan islom dini ma’lum darajada tusqinlik qiladi. Ammo bu
qarshiliklar tasviriy san’atning umumiy taraqqiyotini buka olmaydi. I.
dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar
vakillari uchun I. aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok yetish
imkoniyatini berganidadir. U o‘ziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki
davrni o‘tadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qur’on davri deb atash
mumkin. Qur’oni karimda o‘z aksini topgan Arabiston aholisining
diniy ongi darajasini ifoda yetuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy
qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun
xrzirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 asr
davom yetgan ikkinchi davr Islomda umumislomiy ahkomlar
hukmronligi ostida turli fikrlar yo‘l qo‘yilgani b-n ajralib turadi.
Islomdagi yo‘nalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo
bo‘ldi. Musulmonlarning diniy birligi hal qilib bo‘lmaydigan
muammo bo‘lib qoldi. 10—11-asrlarda an’anaga sodiq sunniylar bilan
imomiy shialar, mu’taziliylar hamda ash’ariylar o‘rtasida
munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi.
Xalifa Qodir (991 — 1031) an’anaviy Islomni qonun asosida
barcha uchun majburiy bo‘lgan davlat dini deb qaror toptirishga
urinib ko‘rdi. Shu maqsadda an’anaga sodiq ilohiyotchilar imzolagan
"Dinning qodiriy ramzi" ye’lon qilindi. Unda "haq din" deb ye’lon
qilingan an’anaviy diniy ta’limotning asosiy qoidalari mufassal bayon
qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq ye’tiqodsizlik deb
qaraldi. Biroq bu tadbir ham I.da diniy birlik o‘rnatilishiga olib
kelmadi.
G‘oyaviy kurash keyingi asrlarda ham davom yetdi. Bu
kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U
ilk islomni tiklashga, "haq din" asosida diniy birlikni o‘rnatishga
astoydil harakat qildi. Islomdagi uchinchi taraqqiyot bosqichi
musulmon dunyosi "chekka" o‘lkalarining ahamiyati va o‘rni
67
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 172.
271
ortganligi bilan bog‘liqdir
68
. Batamom o‘zga madaniy an’analarga
yega bo‘lgan xalqlar musulmon dunyosining ma’naviy hayotiga
qo‘shilgach, Islomga o‘z diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy
me’yorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Yeron, Shim.
Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy madaniy mintaqalarda
Islom o‘ziga xos xususiyatlar kasb yetadi. Mana shu ta’qiqlangan
ishlar natijasida Sharqiy arab mamlakatlarida dastgoxlik tasviriy
san’atning rivojlanishi birmuncha qiyin bo‘ladi. Uning o‘rni yesa
qo‘lyozma kitoblarga ishlangan bezaklar-miniatyura san’ati
yegallaydi.
Miniatyurani yuzaga kelishida rivojlanish arab tilida badIIy
adabiyotning. ravnaqi, kitobning qadimdan ilmu ma’rifat manbaai
sifatida yuksak qadrlanganidan dalolat beradi. Miniatyura kaligrafiya,
saxifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatorda
qo‘lyozmaning yeng asosiy murakkab dekorativ yelementlaridan
birini tashkil qilar edi. Miniatyuraning asosiy axamiyati tekst
mazmunini tushuntirish va umuman olganda dunyoviy xarakterga
yega bo‘lgan asarlarni bezashdan iborat edi. Asosan proza, poeziya,
ilmiy traktatlar, tarixiy xronikalar aks yetgan asarlarga miniatyura
ishlangan. Ular orasida «Kalila va Dimna» xikoyalari grek vrachi
Dioskoritning «Farmologiya», Rashididdinning «Jam’iut tavorix»
asarlari bor edi.
O‘rta asr musulmonlarining qadimgi kulyozmalari faqatgina
guash bo‘yoqlar bilan ishlangan. Bu bo‘yoqlarni tayyorlash usuli
Yaqin Sharqqa VIII asrda O‘rta Osiyo orqali xitoydan o‘tgan.
Madaniyat markazlarini vayron qilgan, tez-tez sodir bo‘lib turgan
boskinchilik urushlari tufayli ilk arab miniatyuralari deyarli saqlanib
qolmagan. Bizgacha yetib kelmagan arab miniatyurachilarining
asarlari ko‘p bo‘lmay ular xam asosan XIII asrga taalluqlidir.
Xozirgi vaqtga kelib, arab miniatyuralarini o‘rganuvchi
mutaxassislar, qo‘lyozmalarni bezashni uchta davri va regional badiiy
markazi mavjud yekanini ye’tirof yetadilar. Bular fotimiylar sulolasi
davri (IX-X-XI) Suriya (XII asrning birinchi yarmi) va Iroq (yoki
Bag‘dod) XIII asr miniatyura maktablaridir. Bularning markazlari
Ma’sul, Bag‘dod va Vosit shaxarlarida bo‘lgan.
68
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.24.
272
Shartlilik va dekorativlilik prinsiplari asosida ko‘rilgan o‘ziga
xos ko‘rinishi bo‘lgan arab miniatyuralari O‘rta asr Sharq rang tasviri
sifatida o‘zining takrorlanmas obrazli badIIy tiliga egadir.
Miniatyuralarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tasvirning satx
yuzidaligidadir. Bu xususiyat qo‘lyozmaning dekorativ uslub
(serxasham) ziynatlar, shams, lavxalar, zarvarak va boshqa bezaklari
kabi kitobning ziynatlari, uning tuzilishi xarakteridan kelib chiqqan.
Bizga ma’lum bo‘lganlik arab miniatyuralar fotimiylar sulolasi
davrida ishlangan bo‘lib, XI asrga taallluqlikdir. Oxorlangan qoqozga
ishlangan odamlar qiyofasi xatti xarakatlari sodda va yaxlit xolda
tasvirlangan.
Suriya qo‘lyozmalari bulmish Dioskoritning «Farmokologiya» si,
«Kalila va Dimna» asarlariga ishlangan bezaklar XIII asrning boshlari
va o‘rtalarida arab miniatyurachiligiga Vizantiya va Sosoniylar
(qadimgi Yeron) san’atining kuchli ta’siriga qaramasdan Yangi bir
bosqichni boshlab beradi. Ba’zi bir xil qo‘lyozmalarda, masalan, XIII
asrning birinchi yarmidagi («Muxtor al Xakim va Muxsin al Kalim»)
Al-Muboshirning «Tanlab olingan dono fikrlar va so‘zlovchining
go‘zalligi» asari qo‘lyozmasidagi rasmlar, manzara tasviri yoki
me’morchilik ko‘rinishlari bilan boyitilgan. Kishilar qiyofasining
tasvirida tabiiylikka intilingan. Kiyimlarning buklanganligi
tasvirlangan.
Arab kitob bezakchiligining ravnaq topishi davrini Iroq maktabi
miniatyurachiligi boshlab berdi. Dioskoritning «Farmokologiya» asari
qo‘lyozmasi ana shu maktabga taalluqlikdir. Bu qo‘lyozmaning
bezagini xam Abdalla Ibn Fadl ishlagan deb tan olingan.
«Farmokologiya» asaridagi miniatyuralar xam boshqa asarlardagi
kabi, tekstni tushuntirib berilgan uslubda lo‘nda qilib tasvirlangan.
Mana shu ma’noda tozaligichning qurilishini tushuntirayotgan
Dioskoritning tasvirlovchi miniatyura diqqatga sazovordir.
Miniatyura aniq kontura bilan ko‘rsatilgan va yorqin
bo‘yoqlarga bo‘yalgan katta figuralar va predmetlar aniq ko‘rinib
turgan tekstlar orasidagi sariq fonida aks yetgan Iroq maktabining
yeng ajoyib asarlaridan biri Al Xaririyning Abu Zayd as-Sarujdi (o‘rta
asrdagi Nasriddin Afandining prototipi) ning boshidan kechirganlarini
tasvirlab beruvchi «maqom» asariga ishlangan illyustrasiyalardir.
«Maqom» asariga ishlangan Yaxyo ibn Maxmud ishlagan.
Ularning xilma-xilligi bilan odamni lol qoldiradi. Bular bozordagi
273
masjid, qozixonadagi ko‘rinishlar, Shodiyona ziyofatlar, qabul qilish
marosimi, afsonaviy voqealar, xayvonlarning ajoyib tasvirlari, xayotiy
voqealarning butun real borliqlarini ikkala rassom xam turli xarakatlar
orqali chizgan rassomlar asaridagi arxitektura tasviri aloxida ye’tibor
beradilar.
O‘ziga xos ko‘rinishga yega bo‘lgan xovlilar, go‘yo bu
xovlilarning devori olib tashlanganu, tomoshabin uning ichini ko‘rib
turganday.
«Makom» asarida xayvonlar ayniqsa, qadimdan arablar tomonidan
ye’zozlab kelingan tuyalar juda jonli qilib tasvirlangan. Manzarani
tasvirlashda yesa ko‘m-ko‘k yashnab turgan o‘tloq tasviri tushirilgan
torgina yo`l yoki bo‘lmasa yekzotik o‘simliklar va daraxtlar tasviri
tushirilgan uncha baland bo‘lmagan tepaliklarni Al Xaririy asarida
ko‘rish mumkin. Yaxyo ibn Maxmud «Tuyalar karvoni»
miniatyurasida o‘tlayotgan poda ifoda yetilgan. Xayvonlardan biri
uzun bo‘yini cho‘zib o‘tlayotgan bo‘lsa, boshqalari boshlarini tekis
ko‘targan xolda turishibdi.
Bir-birini orqasidan ketma-ket joylashgan bu xayvonlar rang
jixatidan xam bir-biridan farq qiladi. Bu yesa rasmdagi ranglar
uyqunligini aloxida bo‘rttirib ko‘rsatadi. Ba’zi bir xil miniatyuralarida
biz arab rassomlarining bitta kenglikda rang-barang kiyim-kechak va
boshqa kiyimlari bilan ajralib turgan personajlarni katta bir gurux
sifatida tasvirlashga urunganliklarini sezamiz. Bunga misol qilib
Yaxyo ibn Maxmudning «Bayram sayli» miniatyurasini ko‘rishimiz
mumkin. Bu miniatyuralarda bayroqlar ko‘tarib olgan otliqlarning
do‘mbira, karnay chalib, bayram shodyonasi boshlanganligidan xabar
berishayotganligi aks yettirilgan. Ular barvasta gavdali kiyqir burun,
ko‘zlari xam yirik-yirik kishi qiyofasida tasvirlangan. Ularni ichki
dunyosi, xarakatlari, bir qarashdayoq ko‘zga tashlangan xolatlari va
kiyimlari orqali aks yettirishga xarakat qilingan. Ba’zi bir kishilar
boshini oltin olov tasviri o‘rab turibdi. Xristian san’atida bu tasvir
san’at vositasi ye’tiborli diniy arboblarni bildirsa, arab
miniatyuralarida yesa, bular asosan dekorativ axamiyatga yega xolos.
XII-XIII asrlar arab miniatyuralarini obrazi qurilishini «Ming bir
kecha» yertaklarida real va fantastik, yorqin va ta’sirchan, rang-
barang lavxalar bilan xam tenglashtirishadi.
Arab miniatyura san’ati jaxon madaniyati san’at tarixida miniatyura
274
san’ati va kitob bezakchiligini rivojlantirishda butun dunyoga tanilgan
edilar.
Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga
Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi.
Dostları ilə paylaş: |