232
1990). Ba’zan folbinlarning harakatlarida
ham shamanlikning izlarini
uchratamiz.
“Otalar kulti” vafot etgan kishilar yoki urug‘ va qabilaga
aloqador mifologik personajlar ruhiga topinish bilan bog‘liq inonchu
udumlar tizimidir. Vafot etganlar ruhiga sig‘inish inson o‘lgandan
so‘ng uning ruhi yashaydi va u tiriklar ishiga aralashishga, ta’sir
etishga qodir degan tasavvur-qarashlardan kelib chiqqan (qarang:
Dubrovskaya 2003, 7-14).
Totem biron shaxs yoki qavmning belgisiga aylangan hayvon
yoki o‘simlik timsoli sanaladi. Totemizm esa
kishilarning totem bilan
tug‘ishganligini aks ettiruvchi inonchlar tizimidir. Totemizmning
muhim belgilaridan biri, u tabiiy ob’ektlarni o‘rab turgan olamdagi
jonli mavjudotning biri deb tushunishga asoslangan (qarang:
Dubrovskaya 2003, 40-57).
Ilk va o‘rta asrlarda xitoylarda Konfusiy ta’limoti keng amal
qilar edi.
Unga binoan, xitoylar osmonga itoat etganlar. Barcha voqea-
hodisalar osmonning irodasi bilan yuz beradi, deb bilganlar. Hatto o‘z
imperatorlarini «Osmon o‘g‘li» (thien-tsi), ular osmon bilan yer
o‘rtasida yaralgan zotlar, ular osmonning
irodasi bilan belgilangan,
shuning uchun unga itoat etish kerak, deb qaraganlar.
Xitoycha «Osmon o‘g‘li» ma’nosidagi thien-tsi so‘zini ko‘k
turklar tänsi~tinsi yoki tinsi o
ğ
lï shaklida qo‘llagan. Ta’kidlash
kerakki, turklar bu unvon bilan o‘z hukumdorlarini emas, xitoy
imperatorlarini ataganlar. Masalan, bu atama «Irq bitigi»da kelgan:
Tänsi-män. Yarïn ke
č
ä altun ögrin üzä olurupan, mängläyür-män.
An
č
a bilinglär: edgü-ol - Men Tansiman.
Ertayu kech oltin taxt uza
o‘ltirib, shodlanaman. Buni bilingki - ezgulikdir (Malov 1951, 80).
To‘nyuquq bitigida bu atama bilan bog‘liq xarakterli o‘rnak bor.
Bitigda turk qo‘shinlarining zafarli yurishlari hikoya qilinar ekan, bir
o‘rinda «Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘» (Tinsi o
ğ
lï yatï
ğ
ma
Bängligäk ta
ğ
) haqida so‘z boradi (To‘n.44).
S.E. Malov o‘z tarjimasida bu birikmani «gora Byangligyak –
mestojitelstvo sina Tinesi» deb bergan (Malov 1951,69). Biroq,
birikmadagi yatï
ğ
ma so‘zi «turadigan, yashaydigan» ma’nosida emas,
«yotadigan, yotgan» ma’nosini bildiradi. Shunga ko‘ra, birikmani
«Tinsi o‘g‘lining turar joyi» deb emas, «Tinsi o‘g‘li yotadigan, qabri
joylashgan yer» deb tushunmoq kerak. Bu borada A. Rustamovning
fikriga qo‘shilsa bo‘ladi: u mazkur birikmani «Tinsi o‘g‘li yotadigan
233
Bangligak tog‘i» deya talqin etadi (Abdurahmonov, Rustamov 1982,
77). A. Amanjolovning talqini ham e’tiborga loyiq. U To‘nyuquq
bitigidagi «Osmon o‘g‘li» bilan bog‘liq jumlani: «proydya
mimo gori
Bengligek (Pamiro-Altay, yujnie xrebti Tyan-Shanya) –
mestoprebivaniya sina Neba, Tyanszi (kitaysk. tien-tsi «sin Neba»)
deb o‘girgan (Amanjolov 2003, 184).
E’tiborlisi shundaki, tarixchi To‘nyuquq turk qo‘shinlari bu
yerga Yin
č
ü ögüz (Sirdaryo)ni kechib borganlarini qayd etadi.
Basharti, uning ma’lumotlariga asoslanilsa, bitigda tilga olingan
«Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘» Sug‘d o‘lkalarida
ekani ayon
bo‘ladi. Darvoqe, bitigda bayon etilayotgan bu voqea-hodisalar
Ikkinchi turk xoqonlig‘i davrida ro‘y bergan. Aftidan, bundan
avvalroq xitoy bosqini chog‘ida tabg‘ach imperatori bu yerlarga safar
qilgan va shu yerda halok bo‘lgan. Uning jasadi shu toqqa qo‘yilgan
bo‘lishi mumkin yoki yerli xalq orasida uning bilan bog‘liq biror
rivoyat tarqagan ko‘rinadi.
Shularga asoslanib, To‘nyuquq ham joy
nomini shunday atagan chiqar. Bunga o‘xshash hodisalar O‘rta va
Markaziy Osiyo tarixida ko‘p bo‘lgan. Masalan, arab istelosi chog‘ida
islom olamida dong‘i ketgan ayrim kishilarning jasadi bizning
tuprog‘imizga quyilgan yoki muqaddas qadamjolar avliyolar, ayrim
sahobalarning nomi bilan bog‘lanadi.
Jumladan, yurtimizda hazrat Ali
va uning o‘g‘illarining nomi bilan bog‘lanuvchi qadamjolar ko‘p.
Aslida ular bu tuproqqa kelmagan ham.
Ta’kidlash joizki, turkshunoslikda qadimgi xitoy ta’limotidagi
imperatorlarga berilgan «Osmon o‘g‘li» tushunchasi ko‘k turk
falsafasiga ham ta’sir etgan degan fikr yetakchi. Ko‘k turk
xoqonlarining unvonini, ko‘pincha, xitoy falsafasidagi «Osmon
o‘g‘li»ga bog‘laydilar.
Kul tigin va Bilga xoqon bitiglari
shunday boshlangan: Tängri-teg tängridä
bulmuš türk Bilgä qa
ğ
an bu ödkä (~bödkä)
olurtum. S.E. Malov bu jumlani quyidagicha o‘giradi:
«Nebopodobniy, neborojdyonniy (sobst. «na nebe» ili «iz neba
voznikshiy») tyurkskiy kagan», ya nine sel (na sarstvo). (Malov 1951,
33). Toshkent nashrida bu quyidagicha talqinga ega: «Tangriday,
tangridan bo‘lmish turk bilga xoqon bu dunyoga keldim»
(Abdurahmonov, Rustamov 1982, 89).
Dostları ilə paylaş: