231
bunga qarshi chiqdi. Ikkinchi ko‘k turk
amaldorlaridan bo‘lmish Bilga xoqon ham turk
o‘lkalarida buddizm ta’siri kuchayayotganiga
befarqlik bilan qaragan va hatto o‘z davlatining
rasmiy dini sifatida buddizmning qabul etilishini
istagan edi. Bu istagini u o‘z maslahatchisi, fozil va
dono To‘nyuquqqa bildirib, undan fikr so‘raydi.
Aqlli, turk fazilatlarini yaxshi bilgan To‘nyuquq
budda dinining salbiy va xatarli tomonlarini anglab yetganlardan edi.
U xoqonga “Budda dini turklarning askarlik ruhiga yomon ta’sir
o‘tkazadi” deb uqtiradi va uni o‘z fikridan qaytarishga erishadi.
Shuning uchun ham hozirgi zamon yirik nemis tarixchi olimlari
To‘nyuquqni “Turk imperatorligining Bismarki” deb ataydilar.
Qahramonliklari tillarda doston bo‘lgan turklar budda, moniy
dinlarini qabul qilgach, o‘zlarining askarlik ruhini yo‘qotganliklari
adabiyot ahllarining ham e’tiborini tortgan.
Mashhur arab adibi Johiz bu masalada qiziq mushohada
yuritadi. U vizantiyaliklar bilan sosoniylar orasida bo‘lib o‘tgan
urushlar haqida to‘xtalib, bu janglarda vizantiyaliklarning mag‘lub
bo‘lishining asl sababini rimliklarga xos muloyimlik va qasoskor
bo‘lmasliklariga undagan xristianlik diniga kirganlari bilan bog‘laydi.
Ayni hodisani yozuvchi qadimgi turklarning falsafiy tafakkuri,
ma’naviy dunyosi, hayot tarzida ham ko‘radi. U yozadi: “Turklar
zindiqlik (buddizm) diniga kirgach, janglarda mag‘lub bo‘la
boshladilar. Turklarning qahramon qavmlaridan bo‘lgan to‘quz
o‘g‘uz(uyg‘ur)lar buning misolidir. Holbuki, to‘quz o‘g‘uzlar qarluq
turklaridan son jihatdan oz bo‘lsalar-da,
urushlarda doimo ulardan ustun kelar edilar. Ular
zindiqlik diniga kirganlari zamon bu din insonlarni
dunyo rohatlaridan bezdirdi, muloyimlik baxsh etishda xristianlikdan
ham yomonroq ta’sir ko‘rsata boshladi. Endi ularning qahramonlik va
jasurlik tuyg‘ulari so‘ndi, itoatkor va ojiz bir millatga aylanib
qoldilar” (Kitapç
ı
1994, 64-65).
Ko‘k turk falsafasida, dunyoqarashida shamanizm, “otalar
kulti”, totemizm elementlarini ham kuzatamiz.
Shamanlikning qoldiqlari hozirgi turkiy xalqlarning ba’zi urf-
odatlarida ham saqlangan. Masalan, uyg‘urlarning ayrim rasm-
rusumlarida shamanlikning qoldiqlari hozir ham bor (qarang: Isiev
Dostları ilə paylaş: