Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


mavzu  Qadimgi turkiy bitiklar falsafasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

14 mavzu 
Qadimgi turkiy bitiklar falsafasi 
 
Reja
1.
Ko‘k turk falsafasi 
2.
Ko‘k turk tasavvur va tushunchalari 
3.
Ko‘k turk madaniyati, san’ati va adabiyoti. ularning falsafiy 
asoslari 
Mavzuning tayanch tushunchalari 
Skiflar, turkiylar, Ko‘k turk falsafiy g‘oyalari, Birinchi va 
ikkinchi turk hoqonligi, Ko‘k tangri, bo‘ri, To‘nyuquq, Bilga Hoqon 
bitigi, Irq bitigi, tabg‘achlar, O‘g‘uzxon va o‘g‘uzlar, O‘rxun-Enasoy 
bitiklari. 
Turkiy xalqlarning eng qadimgi ajdodlari iskif (saq~sak)lar edi. 
Keyinchalik ular «xunlar» deb ataldi. V-VI asrlardan boshlab ular 
“turk” nomini oldi. 
Birinchi va Ikkinchi turk xoqonliqlari davrida (VI-VIII asrlar) 
o‘tgan turklarni hozirgi tarix kitoblarida «ko‘k turklar», ularning 
ijtimoiy-siyosiy davlat 
uyushmalarini esa «ko‘k 
turk xoqonliqlari» deb 
yuritilmoqda. Bu nomning kelib chiqishiga eski bitiglarda o‘sha davr 
turklarining «ko‘k turk» (kök türk) atalgani asos bo‘ldi. Tarixan kök 
so‘zining «osmon», «rang», «ildiz, asl» ma’nolari bo‘lgan. Bitiglarda 
kechgan kök türk nomi «asl turk» ma’nosidadir.
Turkiy xalqlar falsafiy qarashlari tarixida ko‘k turk davri alohida 
o‘rin tutadi. Turklarning ijtimoiy-siyosiy uyushmalari – Birinchi va 
Ikkinchi turk xoqonliqlari ko‘k turklarning davlati edi. 
32-rasm.Turk hoqonligi haritasi 


228
Iskiflar qo‘zqarashi, 
tasavvurlari bilan ko‘k turk 
falsafasi o‘rtasiga chegara 
qo‘yib bo‘lmaydi. Biroq, u 
o‘zigacha bo‘lgan diniy, 
falsafiy qarashlarni eski 
ko‘rinishda takrorlamaydi 
ham. Ko‘k turk falsafasi 
o‘zigacha o‘tgan ajdodlar 
falsafasining takomil 
bosqichiga erishgan ko‘rinishidir. Din, koinot va dunyoga munosabat, 
uni bilish, inson, jamiyat va tabiatni baholash masalasida ko‘k turklar 
katta yutuqlarga erishdi. Jamiyat qurilishi, davlat siyosiy 
boshqaruvining progressiv tamoyillari ishlab chiqildi va unga qat’iy 
amal qilindi.
Ko‘k turklarning eng katta yutuqlaridan biri ular insoniyat 
tarixida birinchilardan bo‘lib davlat, jamiyat qurilishining progressiv 
asoslarini ishlab chiqdilar.
Ko‘k turklar zamonidan uch asr o‘tib, turk dunyosida ulug‘ 
falsafiy asar, davlat va jamiyat nizomi yuzaga keldi. Bu asar ulug‘ 
mutafakkir Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonidir. 
Muhimi, ko‘k turklar davrida asos solingan davlat qurilishi va jamiyat 
boshqaruvining demokratik tamoyillarini ana shu asarda uchratamiz. 
Yusuf Xos Hojib mazkur asarida davlat boshqaruvi, jamiyat 
munosabatlarining insoniy prinsiplarini tugal bir ko‘rinishda ishlab 
chiqdi, axloq qoidalarini, halollik, kishilikning komillik o‘lchov-
darajalarini belgilab berdi. Tabiiyki, bunda u o‘zigacha o‘tgan 
donishmandlarning falsafiy qarashlariga, qadimgi turk progressiv 
afkor ommasi doimiy yoqlab kelgan va shunga intilib yashagan, 
davlat va jamiyat tizimida ideal sanalgan axloq-odob, insoniylik 
prinsiplariga tayandi, ularni takomillashtirib, mukammal bir qolipga 
solib berdi.
Ko‘k turk falsafasi ibtidoiy, mifologik tasavvurlar 
yig‘indisidangina iborat emas. U qadimgi turklarning dunyoni 
anglash, tabiat va jamiyatga munosabat masalasida takomilga 
ko‘tarilgan falsafiy qarashlar majmuidir. 
Ko‘k turk falsafasida hayotdagi, olamdagi narsalar, vaqea-
hodisalarga o‘ziday, aniq va to‘g‘ri ko‘z bilan qarash ustun turadi. 


229
Olamga munosabat, uni anglash bobida ko‘k turklar boshqa sharq 
xalqlari qatorida uloqchi ot kabi ildamlab bordi.
Ko‘k turklarning diniy qarashlari ham davlat va jamiyat 
taraqqiyoti, ilmiy-falsafiy tafakkur rivojiga keng yo‘l ochib berdi.
Turklarning eng eski e’tiqodi ko‘k tangri dini edi. Bu dinni ko‘k 
turklarning o‘zi yaratgan emas, u turklarga uzoq ajdodlari - iskiflardan 
meros qolgan. 
Qadimgi turkiy tilda tängri so‘zi ikki ma’noda ishlatilgan: 1) 
“ulug‘ tangri, xudo”; 2) “ko‘k, osmon”. Kök tängri deganda «osmon 
tangrisi, ulug‘ tangri» tushuniladi. Ko‘k turklar ana shu ko‘k tangri 
diniga e’tiqod qilganlar.
Ayrim tarixchilar qadimgi turklarda shamanizm amal qilgan deb 
hisoblaydilar va ko‘k tangri dini bilan shamanlikni qorishtirib 
yuboradilar. Aslida shamanizm ayri hodisa. Shaman tabiat kuchlari 
bilan aloqa qila oladigan kimsadir. U oddiy kishilar ko‘ra olmaydigan, 
aqli yetmaydigan narsalar ha-qida xabar berar, afsun yo‘li bilan 
kasallarni davolar va ruh-lar dunyosi bilan bog‘lanar edi (qarang: 
Dubrovskaya 2003, 29-40).
Ko‘k tangri dini bilan shamanlik bir emas. Bu din hamma 
narsadan ulug‘ bo‘lgan ko‘k (ya’ni osmon) tangrisiga inonch-
e’tiqodga da’vat etgan. 
Ko‘k tangri dinining muqaddas kitobi yoki uning g‘oyaviy-
falsafiy qarashlarini bayon etuvchi biron bir yozma manba hozircha 
ma’lum emas. Shunday esa-da, eng eski chog‘larlardan qolgan ko‘k 
turk bitiglarida, xalq og‘zaki ijodi namunalarida, ba’zi tarix 
kitoblarida mazkur diniy e’tiqodga oid qarashlar aks etgan, san’at va 
madaniyat yodgorliklarida uning izlari saqlanib qolgan. 
Ko‘k turk bitiglarida kök tängri (osmon tangrisi) atamasini tez-
tez uchratamiz. Turkiy xalqlarning eng eski eposi bo‘lmish 
«O‘g‘uznoma» dostonida O‘g‘uzxoqon ko‘k tangriga ibodat qiladi. 
Bitiglarda ko‘k tangrining sifati ham berilgan. Eski bitiglarda 
tangrining sifati «ko‘kday ulug‘» (tängri-teg tängri) deya atalgan. Bu 
sifat tangrining ko‘k qadar ulug‘vorligiga ishora etadi. Shuningdek, 
bitiglarda ko‘k tangri «yuksaltirgan» (kötürmiš tängri), «qo‘llovchi, 
qo‘l beruvchi» (el berigmä tängri) kabi sifatlar bilan ham ulug‘langan. 
Ko‘k tangri e’tiqodiga ko‘ra tangri yagonadir. Ulug‘ tangri 
osmonning to‘qqizinchi qavatida o‘tiradi va yeru ko‘kka egalik qiladi. 


230
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining 
«Devonu lug‘atit turk» asarida 
turklarning bu qarashlari xususida 
yaxshi ma’lumot keltirgan edi. U 
tängri so‘ziga izoh berar ekan, ko‘k 
tangri dinidagi turklarga ishora qilib 
yozadi: ... kofirlar osmonni tängri 
deydilar. Shuningdek, ular ko‘zlariga 
katta ko‘ringan har narsani, chunonchi, katta tog‘, haybatli yog‘ochni 
ham tängri deb ataydilar. Shuning uchun ham ular shunga o‘xshash 
narsalarga sajda qiladilar. Ular bilag‘on odamni tängrikän deb 
atashlari ham shundandir (MK, III,387-388). Muallif boshqa bir yerda 
tängrikän so‘zini «musulmon bo‘lmagan turklar tilida xudoga ibodat 
qiluvchi bilag‘on» deya izohlaydi (MK, III,398). 
Turklar tangrining har narsadan ulug‘ va ustun ekaniga 
inonganlar. Shuningdek, ular barcha ezguliklar tangrining inoyati 
(quti) bilan yuz beradi deb bilganlar. Ayni tushuncha tufayli bitiglarda 
xoqonlar kechmishi hikoya qilinganda «Ko‘kday ulug‘ tangrining 
inoyati bilan» (tängri-teg tängridä bulmuš) degan jumlalar bilan 
boshlangan. Xoqonlar o‘z yorliqlarini «Ko‘kday ulug‘ tangri yaratgan 
(tängri-teg tängri yaratmïš) xoqon so‘zim” unvoni bilan boshlaganlar. 
Bitiglarda xoqonlar oliy martabaga Tangrining yorliqagani uchun 
erishganlarini alohida ta’kidlaydilar: tängri yarlïqaduqïn ü
č
ün qa
ğ
an 
olurtum (tangri yorliqagani uchun xoqon bo‘lib taxtga o‘tirdim), deya 
yoziladi bitiglarda.
Qadimgi turklar tabiat va koinot jismlarining ham (kun, oy, 
yulduz, tog‘, dengiz, ko‘l va b.) ruhi borligiga ishonishgan. Tabiat 
ruhlari uchun ot va qo‘y so‘yib qurbonlik atashgan. Ular ko‘k, quyosh, 
yulduz kabilarga e’tiqod qo‘ygan, lekin ularga sig‘inmas edi. 
Ko‘k tangri dini eski turklarning hayot tarziga, jahongirlik va 
fotihlik ruhiga mos tushgan. U turklarda vatanparvarlik, o‘ziga ishonch, 
jangovarlik hissini tug‘dirar edi. Shu bois qadimgi turklar uzoq 
zamonlar bu dindan voz kechishni istamadilar.
Manbalarda qayd etilishicha, 
Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida 
budda rohiblari turk o‘lkalariga kelib ibodatxonalar qurgan, mahalliy 
xalq ichidan o‘zlariga tarafdorlar to‘play boshlagan edilar. Turk 
podshosi Tabo‘ xoqon ularni himoya qilib chiqqan. Lekin turk beklari 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə