Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

30-rasm.Georg Grotefend 
(1775-1853) 


212
Siddiqlar, ya’ni moniy mazhabidagilarning taqvodorlari va zohidlari 
o‘zlariga farz qilgan qonunlar tuzdi...” (Beruniy 1968, 241-242). 
Moniy ta’limoticha, olam yaxshilik va yovuzlik asosiga 
qurilgan. Bu mangu va qarama-qarshi kuchlar dunyo turguncha turadi 
va bir-biri bilan kurashib yashaydi
60

Moniy ta’limotiga ko‘ra, taraqqiyot nurning zulmat ustidan 
to‘liq hukumronligiga olib bormog‘i kerak. Moniy va uning izdoshlari 
muhim diniy masalalardan biri dunyoda yovuzlikning yashab turishi 
sabablarini izlashdan iborat deb bilganlar. Dinning mohiyati ham 
inson uchun yovuzlikka qarshi kurashish yo‘llarini ochishdan 
iboratdir. 
Dindorlar ikki toifaga bo‘lingan: oddiy «tinglovchilar» va 
«saylanganlar». Har bir ortiqcha narsa va dunyoning orzu havaslari 
shaytonning ishidir, deb hisoblangani bois, «saylanganlar» tarki 
dunyo qilib o‘tgan. Dindorlar ichida qandaydir ierarxik bo‘linish 
mavjud edi, biroq din miqyosida jamoalarning tabaqalanishi bo‘lgan 
emas. 
QADIMGI TURK-MONIY YoZMA MANBALARI
Turkiy xalqlarning falsafiy qarashlari tarixida moniylik muhitida 
yaratilgan yozma obidalar alohida o‘rin tutadi. 
Moniy dini xoh buddiylik bilan yonma-yon bo‘lsin, xoh islom 
davrida bo‘lsin - o‘zga dinlar tomonidan doimiy ta’qibga uchrab 
kelgan. Tabiiyki, bunday sharoitda moniy yodgorliklarini hech kimsa 
atayin saqlagan emas. Shu bois kunimizgacha yetib kelgan moniy 
yodgorliklarining ko‘pi parokanda va uzindilar holida.
Bizgacha turk-moniy muhitida yaratilgan she’rlar, tavbanoma, 
moniy aqoidlarining parchalari (yo‘riqnomalar), ta’birnoma, 
grammatik asar uzindilari, shuningdek, epigrafik matnlardan yetib 
kelgan.
Turk-moniy jamoatlarida ko‘k turk (urxun-enisey), uyg‘ur va 
moniy yozuvlari amal qilgan. Mavjud turk-moniy yodgorliklari ham 
mana shu yozuvlardadir. 
Moniylik falsafasini o‘rganishda qadimgi turk-moniy muhitida 
yaratilgan she’rlar muhim o‘rin tutadi (Tugusheva 1970, 101-107; 
1973, 235-253).
60
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 46 


213
Moniylik davri turk adabiyotida bašïk, küg, taqšut, küg taqšut 
kabi she’r turlari mavjud bo‘lib, bizgacha ulardan ayrimlari yetib 
kelgan. She’rlarning mazmuni har xil. Muhimi, ularning aksariyati 
falsafiy mazmunda. Ular ichida Tong tangriga atalgan alqovlar, 
Moniyga bag‘ishlovlar, o‘lim va jahan-namni tavsif etuvchi, hatto 
muhabbat mavzuidagi she’rlar bor. Ularning ko‘pi turk ijodkorlari 
tomonidan yaratilgan, ayrimlari boshqa tillardan qadimgi turkiy tilga 
tarjima qilingan. 
Moniy muhitida yashab ijod etgan ayrim turk shoirlarining otlari 
ham ma’lum. O‘z davrining taniqli shoirlaridan biri Aprincho‘r 
tigindir.
Qadimgi turk-moniy adabiy muhitida yaratilgan she’riy asarlar 
hozirgi kezda Berlin fondidagi Turfon xarobalaridan topib keltirilgan 
matnlar orasida saqlanmoqda (TIID169; T.M.419; T.II.D.178; 
T.III.D.260 raqamli yozmalar turk-moniy mu-hitida yaratilgan). 
Mazkur she’rlarni A.f. Lekok, V. Bang, R.R. Arat transkripsiyasi, 
tarjimasi va izohlari bilan nashr et-tirganlar (Arat 1991, 3-59; Notlar: 
307-331; Faksimilesi: 441-444). 
Yodgorliklar orasida TIID169 raqamli juft varaqqa bitilgan matn 
e’tiborga loyiq. Unda uchta turkiy she’r bor (qog‘ozga sug‘dcha-
moniy matn ham bitilgan). Turkiy she’rlarning uchovi uyg‘ur xatida 
bo‘lib, ular gimn(alqov) lardir. Alqovlar qadimgi turkiyda ba
ş
ı

deyilgan. She’rlarning birinchisiga sug‘dchada Vam va
ğ
ï-nung baš 
(Tong tangri alqovi), ikkinchisiga Ba
ğ
ro:šan za:var ji:ri:ft-nung bašta 
(Yorqin, kuchli, dono tangrining alqovi), uchinchisiga esa turkiyda 
Adïn
č
ï
ğ
türk
č
ä bašïk (Boshqa bir turkcha alqov) deb sarlavhalar 
qo‘yilgan. 
She’rlarning birinchisi Tong tangri alqovidir (Arat 1991, 5-9). 
Mana o‘sha alqov: 
1. tang tängri kelti 
tang tängri özi kelti 
tang tängri kelti 
tang tängri özi kelti
5. turunglar qama
ğ
beglär qadašlar
tang tängrig ögälim
körügmä kün tängri 
siz bizni küzäding
körünügmä ay tängri 


214
10. siz bizni qurt
ğ
arïng
tang tängri
yïdlï
ğ
yïparlï
ğ
yaruqlu
ğ
yašuqlu
ğ
tang tängri 5
15. tang tängri 5
tang tängri
yïdlï
ğ
yïparlï
ğ
yaruqlu
ğ
yašuqlu
ğ
tang tängri
20. tang tängri
Mazmuni: 
1. Tong tangri keldi, 
Tong tangri o‘zi keldi. 
Tong tangri keldi, 
Tong tangri o‘zi keldi. 
5. Turinglar hamma beklar, birodarlar
Tong tangrini madh etaylik. 
Ko‘ringan Kun tangri, 
siz bizni kuzating. 
Ko‘ringan Oy tangri, 
10. siz bizni qutqaring. 
Tong tangri, 
hidli, iporli, 
nurli-ravshan. 
Tong tangri! 5 
15. Tong tangri! 5 
Tong tangri, 
hidli, iporli, 
nurli-ravshan. 
Tong tangri! 
20. Tong tangri! 
Keltirilgan she’rning mazmuni va tuzilishidan uning moniy 
jamoalarida nig‘o‘shaklarning ommaviy o‘qishiga mo‘ljal-langani 
anglashiladi. Bo‘g‘in tuzilishi, misralar takrori, xitob va murojaatlarda 
buni yaqqol kuzatish mumkin. Uning dastlabki ikki misrasi 
takrorlanib, alohida to‘rtlikni tashkil etadi. 5-6- misralar avvalgi va 
o‘zidan keyingi to‘rtlikka bog‘lanmagan. U jamoaga xitobdir. 


215
Ikkinchi to‘rtlikni shakllantirgan 7-10- satrlar esa Kun va Oy tangriga 
iltijodir. She’rning 11-13- va uning aynan takrori bo‘lmish 16-18- 
misralari ham alohida bandlarni tashkil qiladi. Bu bandlar Tong 
tangrining madhi sanaladi. Asar qo‘lyozmasida 14-15- misralar 
qarshisiga sug‘dcha «5» raqami qo‘yib ketilgan. Bu esa ushbu 
misralarning besh bor takrorlanuviga ishoradir. 
Misralardagi bo‘g‘inlarning goh ortib, goh kamaya borishi, 
misralar takrori o‘zaro uyg‘unlashib ritm(ohang)ni ta’minlagan. 
Alqovning tuzilishiga qaraganda, dastlabki ikki to‘rtlik va keyingi 
uchliklar bir kishi tomonidan aytilgan, undagi jamoaga xitob 
(turunglar qama
ğ
beglär qadašlar, tang tängrig ögälim) hamda Tong 
tangrisiga murojaat (tang tängri, tang tängri) ommaviy (naqorat 
holida) o‘qilgan ko‘rinadi. 
Ikkinchi she’r yorug‘, kuchli, dono tangriga bag‘ishlangan 
alqovdir (Arat 1991, 10-13). Mazkur gimn, harqalay, eroniy tildan 
turkiyga erkin shaklda o‘girilgan ko‘rinadi. Bu she’r shunday: 
tängri yaruq kü
č
lüg bilgäkä yalvarar-biz 
ötünür-biz kün ay tängrikä 
yašïn tängri nom qutï 
mar mani firištilarqa 
qut qolur-biz tängrimä 
etüzümüzni küzäding 
özütümüzni bošung 
qïv qolur-biz yaruq tängrilärkä 
adasïzïn turalïm 
ögrün
č
ligin erälim 
Mazmuni:
Yorug‘, kuchli, dono tangriga yolboramiz 
O‘tinurmiz Kun va Oy tangriga, 
Yashin tangri, no‘m saodati, 
Ustod Moniy va farishtalarga. 
Saodat niyoz etamiz, ey tangrim! 
Vujudimizni saqlang, 
ruhimizni bo‘sh, ozod eting! 
Saodat niyoz etamiz nurli tangrilarga, 
tahlikalardan uzoq turaylik, 
doim sevinchda bo‘laylik. 


216
Turfon matnlari orasida T.M.419 sonli bitig ham e’tiborga 
sazovor. Mazkur qog‘oz parchasining ikki betiga uyg‘ur xati bilan 
ikkita she’r bitilgan. Muhim xususiyatlaridan biri, she’rlarda 
muallifning ismi qayd etilgan. Uning oti Aprincho‘r tigindir. 
Chunonchi, birinchi she’rning boshiga ... Aprin
č
or [tigin kügi 
t]aqšutlarï … (Aprincho‘r tigin she’rlari), yakuniga esa [t]ükädi 
[A]prin
č
or tigin kügi (taqšutlarï) (Tugadi Aprincho‘r tigin she’rlari) 
deb yozib qo‘yilgan. Ikkinchi she’rning boshlanish qismi chirib, o‘qib 
bo‘lmas holga kelgan. Yakuni esa shunday tugaydi: [tükä]d[i 
Aprin]
č
or tigin …
Aprincho‘r tiginning birinchi she’ri to‘rtliklar shaklida bo‘lib, uch 
banddan iborat. U diniy madhiyadir (Arat 1991, 14-17). 
Shoirning ikkinchi she’ri dunyoviy muhabbat mavzuida (Arat 
1991, 18-21; Stebleva 1991, 288-289). Matn shunday: 
adruq öz- …
... yüzlügüm… 
adïnïï
ğ
amrak … 
amrak özkiäm … 
qasïn
č
ï
ğ
ïmïn ö[yü] qad
ğ
urar-men 
qad
ğ
urduq[
č
a] qašï körtläm qavïšï
ğ
sayur-men 
öz amraqïmïn öyür-men öyü evirür-men 
ödü … 
č
ün öz amrak[ïmïn] öpügsäyür-men 
barayïn tisär ba
č
amraq
ı

baru yimä umaz-men ba
ğ
ïrsaqïm 
kiräyin tiser ki
č
igkiäm 
kirü yimä umaz-men kin yïpar yïdlï
ğ
ïm 
yaruq tengrilär yarlïqazun 
yavašïm birlä yakïšïpan adrïlmalïm 

č
lüg prištilär küš birzün 
közi qaram birlä külüšügün olural
ı

Mazmuni: 
Tanlangan o‘z...
... yuzligim ... 
Qiyosi yo‘q suyukli ... 
Suyukli jonim ... 
Azoblarimni o‘ylab, xasrat chekyapman, 
Qayg‘urganimda, qoshi go‘zalim, qovushmoq istayman. 
Sevgilimni o‘ylayapman, o‘ylab (dunyodan) yuz o‘giraman, 


217
o‘ylay-o‘ylay ... sevgilimni o‘pmoq istayman. 
Boray desam, go‘zal sevgilim, 
Bora olmayman, mehribonim. 
Kiray desam, kichikkinam, 
Kira olmayman, ipor hidligim. 
Nurli tangrilar yorlaqasin, 
Yumshoq fe’lligim birla qovushib, hech ayrilmaylik. 
Qudratli malaklar quvvat bersin, 
Qora ko‘zligim birla kulishib o‘tiraylik. 
Turfondan topilgan manbalar ichida T.III.D.260 raqamli 
yodgorlik ham e’tiborni o‘ziga tortadi. Matn potxi kitobdadir. Kitob 
25 varaqli bo‘lib, matni har varag‘ining ikki yuzida. Asarning ilk 
betiga miniatyura ishlangan. Sahifalar moniy va uyg‘ur harflari bilan 
o‘ng ko‘ndalangga qayd etilgan. Matn esa nafis moniy xatida har 
sahifada 5 qatordan qilib yozilgan. She’r 123 to‘rtlikdan iborat. Asar 
to‘la saqlanmagan: yakuni va oralaridaga ayrim bo‘laklari tushib 
qolgan. Mazkur she’r Moniyga bag‘ishlovdir (Arat 1991, 30-59). 
Muhim jihati shundaki, qadimgi she’riy matnlarning ayrimlari 
yozuvda misralarga ajratib emas, nasriy matn kabi yozilgan. Buni 
qadimgi turk muhitida ko‘chirilgan boshqa matnlarda ham kuzatamiz. 
Jumladan, «O‘g‘uznoma»da asar davomida uchraydigan she’riy 
parchalar matnda misra va bandlarga ajratmay yozilgan. Toshga 
bitilgan urxun va yenisey matnlarini kuzatganda ham shunday holatga 
duch kelamiz. Mazkur bitiglar ustida tadqiqot olib borgan ba’zi 
mutaxassislar ularni she’riy asar, ba’zilar esa nasr namunasi deb 
hisoblashlarining boisi ko‘proq matnning shu xususiyati bilan bog‘liq. 
«Xuastuanift» moniylik dinining falsafiy va o‘ta qimmatli 
asaridir. Ilk o‘rta asrlarda asar o‘rtancha eroniy, sug‘diy, turkiy, 
xitoycha versiyalari keng tarqalgan edi. Tavbanomaning turkiy 
versiyasi turk moniy falsafasining muhim yodgorligi, shuning bilan 
birga, qadimgi turkiy til va moniylik davri turk adabiyotining 
qimmatli obidasidir (Malov 1951, 108-130; Dmitriyev 1963, 214-232; 
Asmussen 1965). 
«Xuastuanift»ning turkiy qo‘lyozmalari eng noyob 
topilmalardan bo‘lib, kutilmagan mo‘’jizalar tufayli saqlanib qolgan. 
Mavjud qo‘lyozmalar asar mazmuni, matn tuzilishi, badiiy 
xususiyatlari va, eng muhimi, moniylik falsafasi xususida fikr 
yuritishga imkon beradi. 


218
Asar yakunida uning oti qayd etilgan: n(i)
ğ
ošaklarnïng suyïn 
yazuqïn öküngü huastuan(i)ft. Ushbu jamladagi n(i)
ğ
ošak - 
sug‘dchadan qadimgi turkiyga o‘zlashgan atama bo‘lib, «tinglovchi» 
ma’nosini anglatadi, u moniy diniy jamoasida nisbatan quyi darajani 
bildirgan; suy yazuq - juft so‘z, «gunohlar, yozuqlar» degan ma’noni 
bildiradi; öküngü esa hozirgi «o‘kinuv, tavba qiluv» so‘ziga teng. 
Shulardan kelib chiqib, asar tugallanmasidagi qayddan 
«nig‘o‘shaklarning yozuqlarini o‘kinuvchi «Xuastuanift» degan 
ma’no kelib chiqadi. 
«Xuastuanift»ning uyg‘ur va moniy yozuvli turkiy 
qo‘lyozmalari ma’lum. Ular Sankt-Peterburg, London va Berlin 
qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda. 
1.
«Xuastuanift»ning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan 
nusxasi. Ushbu qo‘lyozma Rossiya FA Sharqshunoslik institutining 
Sankt-Peterburg bo‘limida saqlanmoqda. Asar uyg‘ur xati bilan o‘ram 
qog‘ozga bitilgan. Matnning bosh qismi chirib, titilib ketgan. Saqlanib 
qolgani 160 satrdan iborat. 
Ushbu qo‘lyozma nihoyatda nafis bir xat bilan yozuvning 
klassik kitobiy uslubida bitilgan. Odatda, yozuvning bu turidan 
muqaddas diniy asarlarni bitishda foydalanilgan. Qo‘lyozmani grafik 
shakllari, xat uslubiga ko‘ra uyg‘ur yozuvli yodgorliklarning eng 
eskisi deyish mumkin.
Qo‘lyozmani 1908 yili A.A. Dyakov Turfon yaqinidagi 
Ostonadan topgan. 
2.
Asarning Britaniya Muzeyida saqlanayotgan nusxasi. 
Ushbu qo‘lyozma moniy xatida. Uni A. Steyn 1907 yili Dunxuandan 
topgan. Mazkur matnning ham boshlanishi yo‘q. Saqlangani 338 
satrdan iborat.
3.
Berlinda saqlanayotgan nusxalar. Mazkur nusxalar asar 
matnidan saqlangan uzindilar bo‘lib, ular moniy hamda uyg‘ur 
yozuvlarida. Chunonchi, Berlin fondida saqlanayotgan T.II.D.178; 
TM303(M153); TM183; M172; M443 raqamli fragmentlar moniy 
alifbosida, TIIY60; TM343 raqamli uzindilar esa uyg‘ur yozuvidadir. 
Berlin fragmentlarini 1907 yili A. Gryunvedel Turfondan 
topgan. 
Asarning ko‘p nusxada, ayniqsa, ularning ikki xil yozuvda 
tarqalganligi juda muhim. Odatda, turk-moniy jamoalarida (chamasi, 
tor doirada) diniy asarlar ko‘proq moniy xatida bitilar edi. 


219
«Xuastuanift»ning moniy xatidagina emas, uyg‘ur xatida ham 
bitilganligi o‘z davrida asarga e’tibor kuchli bo‘lganidan, uning turk 
moniy jamoalarida keng yoyilganidan dalolat beradi. Asarning ilk 
nusxalari, aftidan, moniy xatida bitilgan. Keyinchalik ular bilan 
yonma-yon uyg‘ur harfli nusxalar ham paydo bo‘la boshlagan chiqar. 
Olimlarning fikricha, «Xuastuanift» boshlab qadimgi eroniy 
tillarning birida yaratilgan. Keyinchalik, moniy ta’limotini keng 
yoyish maqsadida, boshqa tillarga ham o‘girilgan. Uning turkiy 
versiyasi ham ayni diniy, tarixiy-madaniy va adabiy jarayonlar 
ta’sirida yuzaga kelgan. Lekin uning turkiy tilga tarjima qilingan vaqti 
noma’lum. Harqalay, asar turk dunyosida moniylik keng yoyilgan va 
ijtimoiy-siyosiy hayotda uning mavqei yuqori bo‘lgan davrlarda 
(taxminan, VIII asrda) turkiy tilga tarjima qilingan ko‘rinadi. Asar 
tilining ko‘k turk (urxun-enisey) yodgorliklari tiliga juda yaqinligi, 
uyg‘ur yozuvli nusxaning xat uslubi, shuningdek, tavbanomaning 
moniy yozuvidagi nusxalari keng tarqalganligi ham ana shundan 
guvohlik bermoqda. 
«Xuastuanift»ning tuzilishi o‘ziga xos. U moniy tavbanomalari 
uslub va tuzilishiga ko‘ra puxta ishlanganidan dalolat beradi. Asar o‘n 
besh bo‘limdan iborat. Bo‘limlar matnda bölüg deyilgan. Bunday 
atalishini T.II.D.178 raqamli qo‘lyozmadagi ushbu jumladan bilish 
mumkin: biš y(i)g[(i)rmin
č
b]ölüg hvastvanift - «Xuastuanift»ning 
o‘n beshinchi bo‘limi». Har qaysi bo‘lim o‘zining tartib ko‘rsatkichi 
bilan boshlanadi: ikinti, ü
č
ün
č
, törtün
č
, bišin
č
, altïn
č
va b. Uyg‘ur 
yozuvli matnda jumlalar qo‘sh nuqta ( .. ), bo‘limlar esa ikki juft 
nuqta ( .. ..) bilan ajratilgan. 
Bo‘limlar: T(ä)ngrim amtï yazuqda bošunu ötünür-biz (Tangrim, 
endi gunohdan xalos etgin deya o‘tinurmiz) yoki T(ä)ngrim amtï 
ökünür-biz, yazuqda bošunu ötünür-biz (Tangrim, endi o‘kinurmiz, 
gunohdan xalos etgin deya o‘tinurmiz) jumlalari bilan oxirlaydi. 
Shundan so‘ng m(a)nastar hirza ~m(a)nastar qirza [moniy yozuvli 
nusxalarda: m(a)nastar hirza ~m(a)nastar hirz] duosi keladi. Ushbu 
duo formulasi o‘rtancha eroniy tillardan o‘z-lashgan bo‘lib, tangriga 
qarata aytilgan «Gunohimizni kechir!» [mna:sta:r hi:rz-a] degan 
iltijoni anglatadi. Ushbu duoni tarjima qilmay, asliday qo‘llash 
moniychi turklarda rusum bo‘lgan. 


220
«Xuastuanift» mavjud nusxalarining hech biri to‘liq bo‘lmasa-
da, muayyan nusxa asarning boshqa bir qo‘lyozmasida tushib qolgan 
bo‘lagini to‘ldiradi. 
Asarning mavjud nusxalari til xususiyatlariga ko‘ra bir-biridan 
uqadar farq qilmaydi. Bu esa mavjud nusxalar deyarli bir zamonda, 
yagona adabiy muhitda yaratilgani, shuning bilan birga, moniy 
tavbanomalarida klassik til an’anasiga amal qilinganidan dalolat 
beradi. Shunga qaramay, asar nusxalari orasida matniy farqlar sezilarli 
darajada. 
Turkiy tavbanomaning ilk nusxalari avvaliga faqat moniy xatida 
bitilib, tor doira uchun xizmat qilgan. Davr o‘tgani sayin butun turk-
moniy elida uning shuhrati ortib, asar qulyozmalariga talab 
kuchaygan va moniy nusxalari bilan yonma-yon uyg‘ur harfli 
nusxalari ham yuzaga kela boshlagan. Yodgorlikning bizgacha 
saqlangan moniy va uyg‘ur yozuvli nusxalari bir-biridan uncha uzoq 
bo‘lmagan davrlarda, umumiy adabiy til ta’sirida, turklar orasida 
moniylik gurkiragan paytlarda ko‘chirilgan deyish mumkin. Keyingi 
yuz yilliklarda buddiylik va islom quvg‘inidan yiroq o‘lkalarda ham 
ushbu asar ma’lum va mashhur edi. Lekin asar, qaychog‘da va qay 
o‘lkada ko‘chirilmasin, o‘zining klassik qiyofasini o‘zgartirmay keldi. 
Asar turk-moniy jamoalarida yaxlit holdagina emas, ba’zan 
bo‘limlari ayri-ayri shaklda ham tarqalgan ko‘rinadi. Topinuvchilar 
asardan o‘zlari uchun zarur bo‘limlarni ajratib olib, undan 
foydalanganlar. Shu zaylda asarning tayanch nusxasidan farq qiluvchi 
yangi variantlari ham yuzaga kela boshlagan. 
Mavjud qo‘lyozmalarning ko‘proq uzindi holda ekanligi ham 
bejiz emas. Sababi, asar turk-moniy muhitida to‘liq shaklda ham, 
bo‘limlari ayri-ayri holda ham yoyilgan edi. Chamasi, uning ilk 
varianti jamoatning o‘qishiga moslab tuzilgan. Keyinchalik, ayrim 
dindorlar o‘z ibodati uchun ham matndan olib nusxalar tuzganlar: 
asarning kerakli bo‘limlarini ko‘chirib olib, undan foydalanganlar. 
Sharq matnnavisligida bunday hodisani buddiylikning no‘m 
bitiglarida, islom muhitida yaratilgan «Haftiyak»da ham kuzatish 
mumkin. 
Matn tuzilishi, nusxalarni ko‘chirish jarayonida tanlangan 
prinsiplar moniylik davri turk matnshunosligi, matn tuzish an’anasi 
katta tajribaga ega ekanini ko‘rsatadi. Asarning mavjud nusxalari 
orasidagi matniy farqlarga ko‘ra xulosa qilinadigan bo‘lsa, 


221
yodgorlikning turkiy versiyasi dastlab bir kishi tomonidan ijod 
etilgan, keyinchalik, nusxalari ko‘payib, bir-biridan farq qiluvchi 
variantlari yuzaga kela boshlagan. Asar uzoq davr taraqqiy etib 
takomilga erishgan klassik yozma adabiy tilda, uning kitobiy uslubida 
yaratilgan. Diniy asarlarda bu kitobiy ko‘tarinki uslub qat’iylashib 
normaga aylangan. Keyinchalik, asar nusxalari qay zamonda 
ko‘chirilishidan qat’i nazar, tarixiy normaga amal qilinavergan. 
«Xuastuanift» moniy ibodatxonalarida jamoat bo‘lib ham, yakka 
holda ham qiroat bilan o‘qilgan. Matn tuzilishi, uslubida muayyan 
ritm(ohang)ning ta’siri kuchli.
Tavbanomani qiroat bilan o‘qishgina emas, undan nusxa 
ko‘chirib, elni moniy e’tiqodiga dav’at etish ham savobli sanalgan. 
Qolaversa, moniy madaniyatida xat bitish san’atiga alohida e’tibor 
berilgan, xat namunalarining har biri san’at darajasiga ko‘tarilgan. 
Asar nusxalari savodxonlik bilan, nafis xat uslubida bitilganligining 
boisi ham shunda.
«Irq bitigi» ko‘k turk xatidagi yaxlit kitob holida saqlangan 
yagona asardir (Malov 1951, 80-92; Aydarov 1990, 146-169). Qadimgi 
turkiyda ïrq - «fol», ïrq bitig - «fol kitobi» degan ma’noni anglatadi. 
Asar qo‘lyozmasi hozir Angliyada Britaniya kutubxonasidagi 
S.A. 
Steyn kolleksiyasida (British Library, Or. 8212/161) 
saqlanmoqda.
Asar yakunida uning nomi qayd etilgan: Amtï amraq o
ğ
lanïm, 
an
č
a bilinglär, bu Ïrq bitig edgü-ol (Endi suyukli o‘g‘illarim, bilib 
qo‘ying, bu «Irq bitigi» iyilidir). Shundan so‘ng matnning yozilgan 
ta’rixi, uning kimlarga atalgani bitilgan: Bars yïl ekinti ay biš 
yigirmikä täygüntän manïstantaqï ki
č
ig dintar buru
ğ
uru ešidši
č
imiz 
İ
sig Sängün 
İ

č
ük ü
č
ün bitidim (Bars yili ikkinchi oyining o‘n 
beshida Tayguntan Manistandagi kichig dindor Burug‘uru shogirdlari 
Isig Sangun va Itachuk uchun bitidim). 
Asar tush ta’birlariga bag‘ishlangan bo‘lib, 65 bo‘limdan 
tuzilgan. Har qaysi bo‘lim muayyan masala xususida. Yaxshilikka 
yo‘yiluvchi ta’birlar an
č
a bilinglär, edgü-ol / an
č
a biling, edgü-ol / 
an
č
a bil, edgü-ol / edgü-ol; yomonlikka yo‘yiladiganlari esa an
č

bilinglär, yablaq-ol / an
č
a bilinglär, yabïz-ol jumlalari bilan 
yakunlanadi. Jumlalar nihoyatda aniq va lo‘nda; uzoq takomillashib 
qiyomiga yetgan ravon bir uslubda yozilgan. Misollarga e’tibor 
bering: 


222
Bir tobïlqu yüz boltï, yüz tobïlqu ming boltï, ming tobïlqu tümän 
boltï, ter. An
č
a bilinglär: asï
ğ
ï bar, edgü-ol (Bir to‘bilqu yuz bo‘ldi, 
yuz to‘bilqu ming bo‘ldi, ming to‘bilqu o‘n ming bo‘ldi, - der. 
Shunday bilinglar: buning foydasi bor, (alomati) yaxshidir). 
Qan sükä barmïš, ya
ğ
ï
ğ
san
č
mïš, kö
č
irü, qonturu kelir. Özi, süsi 
ögirä sebinü ordusïngaru kelir, ter. An
č
a bilinglär - edgü-ol (Xon 
jangga bordi, yovni yengdi. Ko‘chirib, qo‘ndirib qaytmoqda. O‘zi va 
lashkari sevinib o‘rdasi tomon kelmoqda. Bilib qo‘ying - bu yaxshi). 
Adï
ğ
lï tonguzlï art üzä soqušmïš ermiš. Adï
ğ
ïng qarnï yarïlmïš, 
tonguzung azï
ğ
ï sïnmïš, ter. An
č
a biling - yablaq-ol (Ayiq va to‘ng‘iz 
qoya ustida to‘qnashdilar. Ayiqning qorni yorildi, to‘ng‘izning oziq 
tishi sindi, - der. Buni biling - yomondir). 
Eki öküzüg bir boqarsïqa kelmiš. Qamsayu umatïn turur, ter. 
An
č
a biling - yablaq-ol (Ikki ho‘kizni bir omochga qo‘shdilar. 
Ularning yurishga majoli yo‘q, - der. Shunday biling - buning alomati 
yomon). 
Tush ta’birlari turli hayvon va qushlarning obrazlari, har xil 
voqealar bilan bog‘liq holda bayon etiladi. Bular yaxshilik va 
yomonlikning tushda belgi berishidir. Muhimi shundaki, asarda aks 
etgan yaxshilik vayo yomonlik timsoli turklarning eng qadim 
tasavvurlariga borib tutashadi. Jumladan, tushda shijoatli burgut, jasur 
lochinni ko‘rish yaxshilik alomati. Jasur yo‘lbarsning esnab dam 
olishi ham yaxshilik. 
Saman, bo‘z ot mingan xabarchining xushxabar keltirishi 
yaxshilik. 
Biyaning qulunlashi, oq ingan(tuya)ning bo‘talashi, xotinning 
o‘g‘il tug‘ishi yigit uchun yaxshilik belgisi. Umri oxirlab borayotgan 
o‘sal kampir cho‘michni yalab tetik tortsa ham yaxshilik bo‘ladi: u 
o‘lmaydi.
Ayiq bilan to‘ng‘izning dovonda to‘qnashuvi, buning oqibatida 
ayiqning jarohat yeyishi, to‘ng‘iz oziq tishining sinishi yomonlikdan 
dalolat. 
Oltin boshli ilonni qilich bilan chopib, tanasini yo‘l yoqasiga, 
boshini uyasining ostonasiga qo‘yilishi yomonlik olomati. 
Quzg‘unni daraxtga qattiq bog‘lash ham yomonlikdir. 
Yigit ovga chiqib, tog‘da qulasa, bu dahshat. 
Tushda katta uyning butunlay yonib bitishi ham yomonlik 
alomati va boshqalar. 


223
Asar nihoyasidagi uning moniy jamoasidagi ikki shogird Isig 
Sangun, Itachuk uchun yozilganligi haqidagi qayd hamda asarda 
qo‘llangan ayrim atamalarga (masalan, «ayol» ma’nosida uzuntonlu
ğ
so‘zining qo‘llangani) asoslanib, bitig moniy muhitida yaratilganligini 
e’tirof etish mumkin. Asardagi obrazlar tizimida, syujet yoki voqealar 
bayonida aynan moniylik tasavvurlari bilan bog‘lanuvchi detallar 
kuzatilmaydi. Ayniqsa, hayvon ramzlari bilan bog‘liq mifologik 
tasavvurlar asar ildizlarini ko‘k tangri dini, shamanlik inonchi bilan 
bog‘laydi. Anglashiladiki, asarda aks etgan tasavvurlar ildizi ancha 
chuqur.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə