Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Ahmoniylar Eroni haritasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

31-rasm. Ahmoniylar Eroni haritasi 
Moniylik O‘rta va Markaziy Osiyoga Erondan o‘tgan.. U 
boshlab, Xuroson orqali Marvga, undan Sug‘dga o‘tdi, Samarqand va 
Buxoroda amal qildi. Keyin Shosh, Axsikat, O‘zgan, undan o‘tib 
Koshg‘arga tarqadi.
Moniylikning O‘rta va Markaziy Osiyo xalqlari orasidagi 
kechmishi uzoq ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq. 
Bu o‘lkalarda uning keng yoyilib gurkiragan davri ham bo‘lgan, kezi 
kelganda quvg‘inga uchrab, tanazzulga yuz tutgan. 762 yilga kelib 
Uyg‘ur xoqonlig‘ida Bo‘gu xoqon zamonida moniylik davlat dini 
darajasiga ko‘tarildi. Muhimi shundaki, Uyg‘ur xoqonlig‘i bir asrlik 
tarixining yaqin sakson yilida moniylik rasman amal qilgan. 
Turk muhitida moniylikning eng gullagan davrlari ayni pallaga 
to‘g‘ri keladi. 840 yilga kelib xoqonliq yemirilgach, uyg‘urlar 
qaytadan buddiylikka o‘tdilar. Shunday esa-da, Markaziy Osiyoning 
chet o‘lkalarida, buddiylikka berilmagan, shuningdek, islom ta’siridan 
uzoq xalqlar orasida moniylik keyingi yuzyilliklarda ham amal 
qilganligi ma’lum. Uning so‘nggi ahvoli xususida Abu Rayhon 
Beruniy yozadi: «Moniy da’vatini qabul etganlarning unga mansub 
qoldiqlari bo‘lib, ularning Samarqanddagi mashhur sobiylar 
guruhidan boshqasi islom shaharlarining biron joyida jam bo‘lishlari 
mumkin bo‘lmaydigan darajada tarqalib ketganlar. Islom 
mamlakatidan tashqarida esa sharq turklarining, Xitoy, Tibat 


211
aholisining aksari, hindlarning ba’zilari moniy 
dini va mazhabidalar»(Beruniy 1968, 243).
Manbalarning guvohlik berishicha, 
Abbosiylar zamonida (X asrning birinchi yarmi) 
Samarqandda oz esa-da (taxminan 500 qadar) 
moniy jamoasi istiqomat qilar edi. Ayni kezlar 
Xuroson valiysi ularga nisbatan bosim o‘tkaza 
boshladi. Shunda to‘quz o‘g‘uz hukumdori 
musulmon valiysiga jur’atkor bir ohangda 
tahdid qilib maktub yo‘lladi. Maktubda to‘quz o‘g‘uz o‘lkasidagi 
musulmonlar Samarqanddagi moniychilardan bir necha bor ortiq 
ekanligi ta’kidlangan. Mabodo, ularning bir nafari o‘ldirilgan taqdirda 
to‘quz o‘g‘uz hukumdori o‘z o‘lkasidagi butun musulmonlarni 
qilichdan o‘tkazajagi, masjidlarini vayron etishi, boshqa o‘lkadagi 
musulmonlarga shafqat qilmasligini bayon qilgan edi (Kitapç
ı
1994, 
69-70). 
Moniy yaratgan yoki uning ta’limoti yoritilgan asarlarning ko‘pi 
yo‘q qilingan. Qolganlarining soni juda oz. Shuning uchun bu dinning 
falsafiy qarashlari boshqa dindagilar, ko‘proq musulmon va 
xristianlarning xotiralari, tarix kitoblaridagi ma’lumotlar asosida 
o‘rganiladi. Moniylik haqida xristian teologi Avgustin muhim asar 
yozib qoldirgan. XIX asr so‘ngida Sharqiy Turkistondan moniy 
traktatlarining parchalari topildi. XX asr boshlarida esa Misrdan 
ta’limot asoschisi Moniy asarining kopt tiliga tarjimasi chiqdi. 
Moniylik haqida Abu Rayhon Beruniy muhim ma’lumot keltirgan. 
Ushbu asarlarda moniylikning asosiy g‘oyalari bayon etilgan.
Moniy o‘zidan avval o‘tgan Budda, Zardusht va Isoning ilohiy 
bashoratlarini, ularning payg‘ambarligini e’tirof etgan. Moniy 
izdoshlari Isoni Moniydan keyingi o‘rinda turuvchi nur xabarchisi deb 
bilganlar. 
Moniy ta’limotining mag‘izi Abu Rayhon 
Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan 
yodgorliklar» kitobida yaxshi yoritilgan: «Moniy olamning borligi va 
ko‘rinishi haqidagi hujjat va dalillar natijalariga zid ravishda xabar 
berdi. Nur olamlariga, qadimgi insonlar va «hayot ruhiga» 
(ishonishga) da’vat etdi. Nur va zulmat qadimdan bor va bu ikkisi 
azaliy, dedi. Hayvon so‘yishni va unga alam yetkazishni, olov, suv, 
o‘simliklarga ziyon yetkazishni – eng ochiq ko‘z bilan - harom qildi. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə