Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова



O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI 
OLIYVAO‘RTAMAXSUSTA’LIMVAZIRLIGI 
 
TOSHKENT DAVLATSHARQSHUNOSLIK INSTITUTI 
D. Po‘latova, M.Qodirov, J.Sulaymonov
SHARQ FALSAFASI
VA MADANIYATI TARIXI 
 
O‘QUV QO‘LLANMA 
I QISM 
5120800 – Sharq falsafasi va madaniyati ta’lim yo‘nalishi talabalari 
uchun tavsiya etilgan 
Toshkent – 2017 


D. Po‘latova, M. Qodirov, J. Sulaymonov. 
Sharq falsafasi va 
madaniyati tarixi. O‘quv qo‘llanma. 1-qism. – T.: TDSHI, 2017. 
344 b. 
O‘quv qo‘llanma Oliy Ta’lim Davlat Standarti asosida fanning 
namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda Sharq falsafasi va 
madaniyati ta’limi bakalavrlari uchun tayyorlangan. Qo‘llanmadan 
shuningdek, barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari, magistrant va 
aspirantlar, fan o‘qituvchilari hamda falsafa tarixini mustaqil 
o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin.
“Sharq falsafasiva madaniyati tarixi” o‘quv qo‘llanmasining 
asosiy maqsadi – talabalarda Sharq falsafasi va madaniyati rivojining 
asosiy bosqichlari va yo‘nalishlari, muammolari; uning jahon falsafasi 
va sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, uning G‘arb falsafasi va madaniyati 
bilan o‘zaro ta’siri, falsafiy fikr rivojida milliylik va umuminsoniylik, 
vorislik va yangilanish dialektikasi bo‘yicha nazariy va amaliy 
bilimlarni shakllantirishdan iborat.
 
Taqrizchilar: 
falsafa fanlari doktori, dotsent 
Izzetova E.M.
falsafa fanlari doktori 
Muxtarov A.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 
2017-yil 24-avgustdagi 603-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya 
etilgan. 
© Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2017 


3
KIRISH 
XX asrning so‘nggi o‘n yillig ixalqimiz tarixida yangi davrni 
boshlab berdi. Bu davr mobaynida davlatimiz turli sohalarda olib 
borayotgan muhim islohotlardan biri ta’lim tizimiga taalluqlidir. 
Uning bosh maqsadi mustaqil fikrlovchi shaxs, komil insonni 
tarbiyalashdan iborat. 
Sharq falsafasi va madaniyati tarixini o‘qitishdan maqsad ta’lim 
tizimi milliy dasturining asosiy g‘oyalaridan kelib chiqqan holda, 
talabalarga uning tarixiy rivoji, insoniyat hayotida tutgan o‘rni, 
ijtimoiy fikr taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida umumiy ilmiy 
tushunchalar berishdan iborat.
Sharq falsafasi va madaniyati tarixi kursining mazmuni 
talabalarda turli xil falsafiy oqimlarning rivoji va yo‘nalishlari 
to‘g‘risidagi ma’ruzalarni tinglab, ular haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar 
chiqara oladigan, falsafiy ta’limotlarni asosli tahlil qila oladigan ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishdan, Sharq falsafasi bilan G‘arb falsafasi 
va madaniyatining o‘zaro aloqalarini to‘g‘ri anglab yetishidan iborat. 
Qadimgi davr va o‘rta asrlar Sharq falsafasi va madaniyati 
tarixini o‘rganish ilmiy, g‘oyaviy va tarbiyaviy jihatdan katta 
ahamiyatga ega. 
Mazkur o‘quv qo‘llanmada qadimgi va o‘rta asrlar Sharqida 
falsafiy, tabiiy-ilmiy fikrlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, undagi 
asosiy oqimlar, maktablar, ularning xususiyatlari mintaqalar va tarixiy 
davrlar bo‘yicha yoritib berilgan. 
O‘quv qo‘llanma Davlat ta’lim standartlariga asosan ishlab 
chiqilgan “Sharq falsafasi va madaniyati tarixi” fanining namunaviy 
o‘quv dasturi asosida yaratilgan bo‘lib, undagi Sharq falsafasiga oid 
barcha mavzularni qamrab olgan. 
Har bir mavzu bo‘yicha mantiqiy-tizimlashgan materiallar, 
mustaqil ta’lim uchun savollar va topshiriqlar, adabiyotlar ro‘yxati 
kiritilgan. Qo‘llanmada mavzular bo‘yicha testlar va uning so‘nggida 
glossariy berilgan. 


4
O‘quv qo‘llanmani yaratishda Adamson Peterning “Philosophy in 
the Islamic World: A Very Short Introduction”, Henry Korbenning 
“History of Islamic philosophy”, Majid Faxriyning “A History of 
Islamic philosophy”,Viktoria S. Harrisonning“EasternPhilosophy. 
The Basics”, William J. Duiker, Jackson J. Shpielvogelning “The 
Essential World History,Volume I: To 1800” kabi xorijiy 
adabiyotlardan hamda Q.Sodiqovning “Qadimgi turkiy xalqlarning 
diniy-falsafiy qarashlari”, M. Ahmedova, S. Yo‘ldoshev, O. 
Shomatovlarning “Hind falsafasi” risolalaridan foydalanildi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida 
Sharq falsafasi va madaniyati ta’lim yo‘nalishi talabalariga, 
shuningdek, barcha ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishdagi oliy o‘quv 
yurtlarining talabalari, magistrantlari, ilmiy tadqiqotchilar va Sharq 
falsafasi va madaniyati tarixi bilan qiziquvchilar uchun tavsiya etiladi. 


5

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə