1. Mavzu.“Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi” faniga kirish «Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi»



Yüklə 29,74 Kb.
səhifə1/4
tarix29.11.2023
ölçüsü29,74 Kb.
#139964
  1   2   3   4
1 мавзу


1.Mavzu.“Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi” faniga kirish

«Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasi » fanining maqsad va vazifalari. Ushbu fan dasturining maqsadi talabalarga mehnatni muhofaza qilish, mehnat qonunchiligi, yoshlar, ayollar mehnati. Baxtsiz hodisa sabablari va uni bartaraf qilish yo’llari, kishi organizmiga yorug’lik, issiqlik energiyasi, elektr toki, shovqin va tebranishlarning ta’siri. Yong’in xavfsizligi. Yong’in va o’t o’chirish vositalari. Ishlab chiqarish mashinasozligi, ishlab chiqarish mashinalari ishida sodir bo’ladigan nuqsonlarni bartaraf etishda, dazmollashda, presslar bilan ishlaganda, ishlab chiqarish mashinalarida ishlatiladigan moslamalar bilan ishlaganda, gazlamalarning andozalarini va o’lchamlarini aniqlash mashinasida, uy-ro’zg’or elektr asboblarining tuzilishi va ta’mirlanishida, maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish va himoya apparatlarida xavfsizlik texnikasi haqida umumiy ma’lumotlar beriladi.


Fanning asosiy vazifasi davlat standarti asosida fanni o’rganish jarayonida talabalarga yuqori saviyada bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
« Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan amaliy mashg’ulotlarini bajarish jarayonida olgan bilimlari asosida talabalar quyidagi bilim, ko’nikma va malakalar egallaydilar ega bo’lishlari zarur: mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, texnika xavfsizligi; mehnat muhofazasi qonunlari; yoshlar va ayollar mehnati; elektr xavfsizligi asoslari, kishi organizmiga yorug’lik, issiqlik energiyasi, elektr toki, shovqin va tebranishning ta’siri; o’quv pedagogik xodimlar va ma’muriyatning vazifalari; korxonalarda mehnat xavfsizligi; yong’in xavfsizligi; ishlab chiqarish mashinalari ishida sodir bo’ladigan nuqsonlar va ularni bartaraf etishda texnika xavfsizligi; ishlab chiqarish mashinalariga qo’yiladigan sanitariya-gigiyenik talablar va yong’in xavfsizligi, ishlab chiqarish mashinalarini ishlatish va ta’mirlashda texnika xavfsizligi, dazmollashda va presslar bilan ishlashda texnika xavfsizligi, bichish va andoza olish ishlarida xavfsizlik talablari, uy-ro’zg’or elektr asboblarining tuzilishi va ta’mirlanishi, maishiy xizmat ko’rsatish, boshqarish va himoya apparatlarida xavsizlik texnikasi.
Yuqridagilardan ko’rinib turibdiki talabalar inson faoliyati xavfsizligiga oid bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmog’i lozim. Talabalarga «Inson faoliyati xavfsizligi» fanidan berilayotgan ta’lim-tarbiya zamon talabi asosida o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan, informasion texnologiyalar asosida, o’qitishning muammoli ta’lim usullaridan foydalangan holda ta’lim jarayoniga interfaol, innovasion texnologiyalar asosida o’qitishimiz zarur.
Dars o’tish vositalari: Hozirgi zamon ta’lim jarayonini shakllantirishda an’anaviy notiqlik mahorati bilan birga yangi informasion texnologiyalar asosida « Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan mashg’ulotlar olib borishda texnik asbob-uskunalar, kimyoviy preparatlar, fizika, elektrotexnikaga oid bo’lgan asboblar (asboblar), yassi va hajmdor ko’rgazmali qurollar asosida maxsus jihozlangan auditoriya, o’quv laboratoriyalari, ustaxonalarida dars o’tishni nazarda tutadi.
Ulardan har bir dars jarayonida o’rinli foydalanish mavzuning maksimal darajada to’liq o’zlashtirilishiga va talabalarning ushbu fanga bo’lgan qiziqishlarni yanada oshiradi.
Dars o’tish usullari: Mashg’ulotlar an’anaviy ma’ruza, seminar, laboratoriyalar, shahar yong’inga qarshi tayanch bo’limlarida, elektr energiyasi bilan ishlovchi katta-katta sexlarda, o’quv ustaxonalarida amaliy ishlar bajariladi. Bundan tashqari, mavzuni yoritishda o’qitishning texnikaviy vositalaridan foydalaniladi.
Hozirgi kunda interfaol usul o’quv jarayonida keng qo’llanilmoqda. Bunda o’yin usuli ijobiy bo’lib chiqadi. Bundan tashqari, tarqatma materiallardan foydalanish, ma’ruzalarning qisqacha matni bilan talabalarni tanishtirish ham ijobiy natija beradi. Ushbu dasturni tuzishda talabalarga «Inson faoliyati xavfsizligi» fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlaridan tushunchalar beriladi. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi.
Mehnat muhofazasining qonuniy asoslari. O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonunlari. Xodimlarning asosiy huquq va burchlari. Ishlab chiqarishda sog’lom va xavfsiz mehnat qilish sharoitlarini yaratish. Yo’riqnomalar bilan tanishish. Mehnat shartnomalari, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat intizomi.
Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitini tekshirish va baholash. Mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qiluvchi organlar. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari haqida. Ishlab chiqarish korxonalarida jarohatlanish sabablarini o’rganish.
Ishlab chiqarish xonalarini yoritish. ishlab chiqarish obyektlarini yoritish. Ishlab chiqarishdagi yoritishning tasnifi. Tabiiy-sun’iy yorug’lik. Yoritgichlarning turlari. Avariya yoritgichlari.
Ishlab chiqarish muhitida meterologiya sharoitlari. Mikroiqlim va uning gigiyenik me’yorlari. Me’yor meterologiya sharoitlarini yaratishning chora-tadbirlari. Shamollatishning yaratish chora-tadbirlari, turlari. Baxtsiz hodisa vaqtida shamollatish. Ishlab chiqarish korxonalarida isitish.
Elektr xavfsizligi. Elektr tokidan himoyalanish. Inson organizmiga elektr tokining ta’siri, elektr tokidan shikastlanganlarga birinchi yordam. Yerga ulash (zazemlenya) muhofaza maqsadlari.
Korxonalarda yuk ko’tarish, tashish, transport va moslamalaridan foydalanish xavfsizligi. Uskuna, moslama va apparatlarning xavfli zonasi himoyalash quvurlaridan foydalanishda texnika xavfsizligi bo’yicha qo’yiladigan talablar, ta’mirlash tuzatish va tozalash ishlari xavfsizligi, ta’mirlash-tuzatish ishlarini xavfsiz o’tkazish.
Maishiy elektr qurilmalarida xavfsizlik. Maishiy xizmat ko’rsatish texnikasini boshqarish va himoya apparatlarida xavfsizlik texnikasi. Uy-ro’pg’or elektr asboblarining ishlashi, tuzilishi va ta’mirlanishida xavfsizlik qoidalari.
Yong’in xavfsizlik asoslari. Yong’inning chiqish sabablari, uning oldini olish chora-tadbirlari. Yong’in jarayoni turlari. O’z-o’zidan alangalanish jarayoni. Ishlab chiqarish binolari va inshootlarida, ishlab chiqarish ustaxonalarda yong’in xavfsizligi. Yong’inga qarshi to’siqlar, evakuasiya chiqish yo’llari, ularga qo’yiladigan talablar. Omborlarda saqlanadigan modda va materiallar uchun yong’in xavfsizlik talablari. Yong’inni o’chirish vositalari. Yong’inni ko’pik bilan o’chirish. Yong’inni inert kukun moddalar bilan o’chirish. Yong’in haqida darak berish va aloqa vositalari.
Texnika xavfsizligi asoslari. Texnologik uskuna, moslama, qurilma apparatlarining xavfsizligi. Bosim ostida ishlaydigan apparatlar va idishlarning xavfsizligi. Balonlarni xavfsiz ishlatish. Atrof-muhitni muhofaza qilish. Resurslardan unumli foydalanish yo’llari. Ishlab chiqarish ustaxonalarida sifatli ish o’rinlarini yaratish, mashinalarning sifati va puxtaligini tekshirish. Hozirgi ekologik ahvol.
Laboratoriya xonalariga bo’lgan xavfsizlik talablari. O’quv laboratoriya xonalariga bo’lgan xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarish ustaxonalari, kimyoviy laboratoriya xonalariga qo’yiladigan talablar. Ustaxona laboratoriya ishlarini tashkil etishga qo’yiladigan talablar. Ishlab chiqarish mashinalarida ishlashda texnika xavfsizligi talablari.Inson hayot faoliyati uchun tashqi muhitda bo'ladigan o'zgarishlar haqida yetarli darajada axborotning bo'lishi va bu axborotni qaysi mazmunda ishlatish imkoniyatini belgilovchi va unga
tayyorgarlik* ko'rish uchun tabiiy muhofaza chora-tadbirlariga m a’lum m a’noda tayyorgarlik bo'lishi insonning yashash uchun kurash omilining asosi hisoblanadi. Atrof-muhit holati haqidagi
ma’lumot inson uchun shu muhitga moslashish imkoniyatini yaratadi va buni uning yetti mujjasi sifatidagi axborot qabul qilish tizimlari orqali amalga oshiriladi. U lar bu axborotlarni inson
miyasiga yetkazib beradi va bu yerda uning tahlili amalga oshiriladi.Inson yer yuzida hayot boshlangandan beri tashqi muhitda bo'ladigan har turli o'zgarishlar, bo'hronlar, tabiiy ofatlar va
boshqa har qanday o'zgarishlarga ko'nikib, unga moslashi kelgan va shuning uchun ham u ilgaridan uni ta ’qib qilib kelayotgan tabiiy omillarga, masalan, chang ta ’siriga, zaharli moddalar ta ’siriga, issiq va sovuqqa qarshi yetarli ravishda kurash vositalarining reflekslari ta ’minlangan. Buni changli hududga tushib qolgan har qanday odam hech qanday ogohlantirishsiz u yerdan tezroq chiqib ketish yoki bu chang ta’sirini kamaytirish imkoniyatini beradigan homlangan dast ro'molni burniga tutib nafas yo'llarini changdan qism an bo‘lsa-da, m uhofazalanish tadbiri ko‘riladi va boshqa yuqorida sanab o'tilgan xavfli omillar uchun ham xuddi shunday reflktor belgilar paydo boMgan. Lekin zamonaviy texnologiyalar natijasida hosil boMadigan xavfli omillarga insonda reflektor yechim lari hal qilinmagan. Masalan, elektr xavfi, elektromagnit
maydonlari xavfi, har xil nurlanishlar, ayniqsa, yadro nurlanishlari inson uchun kutilmagan xavf manbasi hisoblanadi. Demak, tashqi m uhitdagi har qanday o ‘zgarishlar haqidagi axborot bosh miyaga yetkazib beriladi va u yerda tahlil qilinib, qanday javob reaksiyasi boMishi ta ’minlanadi. Bu javob reaksiyasida albatta inson hayotiga xavf solishi mumkin boMgan holatlardan chetlab o'tiladi, ya’ni uning zarbalar va halokatlardan saqlanish chora-tadbirlari ko'riladi. Masalan, tashqi m uhit havosi harorati ko'tarilganda, agar bu butun tana haroratini ko'tarilishiga olib keladigan bomsa va bu inson organizmiga (bosh miyaga, ko'zga buyraklarga) zararli boMsa, bunga qarshi tezda chora ko'riladi, ya’ni harakat yo'nalishi bo'yicha salqinroq yerga o'tib ketiladi yoki ichki
zaxiralar hisobiga, y a’ni ichki issiqlikni kamaytirish, issiqlik ajralishini ko'paytirish hisobiga boMishi mumkin. Odamning tashqi m uhit bilan bog'lovchi sezgi organlarining tashqi muhit ta’siridan jumbushga kelishi holatlarini bir necha turkum ga bo'linadi:
— mexanik sezgilar, bular tashqi atroflicha ta ’sir ko'rsatuvchi um um iy tanaga suyak va pay to'qimalariga ta’sir ko'rsatilganda, teri va harakatlanish organlari va yurak-qon aylanish tizimlari xabarini bildiruvchi sezgilar hisoblanadi;
— issiqlik sezgilari, bu organizm ichki issiqligi va tashqi muhit issiqligini birdek ko'rsatadigan sezgi bo'lib, bular, shuningdek, ichki organlar sezgilarini va markaziy bosh miya qobig'iga joylashgan neyronlar sezgilarini ham o'zida mujassamlagan boladi;
— kimyoviy sezgilar, bular kimyoviy birikmalar ta’siriga asoslangan sezgilar bo'lib, o'zida hid bilish va maza bilish sezgilarini mujassamlagan boladi;
— foto sezgilar, bular yoruglik ta’sirida jumbushga keladigan
O dam ning ish jarayonida energiya sarflashi ishning og'ir- yengilligiga, ya’ni muskul energiyasini sarflashiga, ishga taalluqli bo'lgan m a’lumotlarning zarurligiga, emotsional zo'riqishning darajasi va boshqa sharoitlar (havoning harorati, nisbiy namiigi va havo harakati tezligi) ga ham bog'liq bo'ladi. Masalan, aqliy mehnat qiluvchilar (o'qituvchilar, tibbiyot xodimlar va muhandislar) ning bir kecha-kunduz davomida sarflagan energiyalari 10,5—11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va xizmat ko'rsatish jabhalarida ishlayotganlar 11,3—12,5 MJ ni va og'ir mehnat qilayotganlar esa 16,3—18 M J energiya sarflashi aniqlangan.
Mehnatda energiya sarflash mehnat qilish holatiga ham bog'liq bo'ladi. O 'tirib ish bajarganda umumiy energiya sarfiga nisbatan 5—10% ortiq energiya sarflaydi. Tik turib ishlaganda 10-25%, majburiy nobop sharoitda esa 40—50% ortiq energiya sarflanadi. Aqliy mehnat qilish jarayonida bosh miya ishi uchun sarflanadigan energiya miqdori um um iy organizm sarfidan 15—20% ortiq bo'ladi (boshmiya hajmi tana hajmining 2% ini tashkil qiladi). Aqliy mehnat jarayonida sarflanadigan energiya miqdori odamning asab-emotsional holatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, o'tirib ovoz chiqarib o'qish jarayonida energiya sarfi 48% ga ortadi, ko'pchillikka m a’ruza qilgan
vaqtda 94% ga ortadi va hisoblash mashinalari operatorlari sarflagan
energiya hajm i 60—100% ga ortishi kuzatilgan.

Hayot faoliyat xavfsizligi asosiy tushuncha va ta’riflari


Xavf -hayot faoliyati xavfsizligining markaziy tushunchasi bo'lib, u hodisa, jarayon va obyektlarning inson sog'lig'iga to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita ma'lum sharoitda qay darajada zarar yetkazish qobiliyati tushuniladi, ya'ni ko'ngilsiz oqibatlarga olib keladi.
Tahlilning maqsadiga ko'ra xavfni xarakterlovchi belgilarning sonini ko'payishi yoki kamayishi mumkin. HFX dagi xavfga berilgan yuqoridagi ta'rif mavjud bo'lgan standart tushunchalarni (xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari) o'ziga tortuvchi hamda faoliyatning hamma turlarini hisobga oluvchi juda salmoqli tushunchadir.
Xavf energiyaga ega bo'lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o'zida joylashtirgan hamma tizimlarni hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o'zida saqlaydi.

Yüklə 29,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə