Tashqi va ichki sxemalar



Yüklə 436,07 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü436,07 Kb.
#143488
12-Маъруза



MA’RUZA № 12 
SANOAT KORXONALARNING ELEKTR TA’MINOTI SXEMALARI. 
TASHQI VA ICHKI SXEMALAR. 
 
 
Reja: 
1.
Sanoat korxonalarning elektr ta’minoti sxemalari. 
2.
Tashqi elektr ta’minoti sxemalari. 
3.
Ichki elektr ta’minoti sxemalari. 
4.
Nazorat savollari. 
Sanoat korxonasining elektr ta’minoti sxemasi iste’molchilar uchun zarur 
bo‘lgan ishonchlilikni ta’minlashi, ekspluatatsiyada sodda va qulay bo‘lishi, 
korxonaning kelajak taraqqiyotini hisobga olishi, eng kam nobudgarchilikga ega 
bo‘lishi, ta’mirlash ishlarini tezkor bajarishga imkoniyat yaratishni hisobga olishi va 
boshlangich kapital sarf-harajatlarni kam bo‘lishini ta’minlashi lozim. SHuning uchun 
elektr ta’minotini loyihalashtirish jaroyonida sxemalarning bir necha variantlari ishlab 
chiqiladi va ulardan eng yaxshi texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichliligi qabul qilinadi. Elektr 
ta’minotiga quyiladigan talablar korxonaning texnologik jaroyoni va quvvati bilan 
belgilanadi. Korxonadagi iste’molchilarning o‘rnatilgan quvvatiga qarab ular katta (75 
MVTdan ortik), o‘rtacha (5-75 MVT)va kichik (5 MVTgacha) quvvatli ob’ektlarga 
bo‘linadilar. Yirik va o‘rtacha quvvatli korxonalar 35, 110, 220 va 330 kVli liniyalar 
orqali nohiya podstansiyalaridan, kichik quvvatli korxonalar esa, ko‘p hollarda, 6,10 
kV kuchlanishli man’balardan energiya bilan ta’minlanadilar.
Korxona ta’minoti tizimini tashqi (energosistema podstansiyasidan korxonaning 
BPP yoki MTP gacha bo‘lgan havo yoki kabel liniyalari) va ichki (BPP yoki MTP dan 
sex transformator podstansiyalarigacha bo‘lgan tarqatish liniyalari) elektr ta’minoti 
tizimlariga bo‘lish mumkin.
a) Tashqi elektr ta’minoti sxemalari.
Kichik va o‘rta quvvatli korxonalarning elektr ta’minotida bitta qabul punkti 
(BPP,MTP) bo‘lgan sxemalar ishlatiladi vash u rasmda keltirilgan sxemada korxona 
energiyani energosistemadan radial sxema bo‘yicha qabul qiladi. Bu erda tashki va 
ichki elektr ta’minoti sxemalarida kuchlanishlar bir xil bo‘lib, oraliq transformator 
ishlatilmaydi. Bunday sxema 6,10 va 20 kV kuchlanishda va korxona 
energosistemadan 5-10 km uzoqlikda bo‘liganda qo‘llaniladi. Ko‘rsatilgan 
liniyalardan birida elektr ta’minoti uzilsa, seksiyalararo uzgich yordamida ta’minot 
avtomatik ravishda ikkinchi liniya orqali tiklanadi. 
Energosistemadan uzoqda joylashgan katta quvvatli korxonalar uchun ushbu 
rasmda ko‘rsatilgan sxema tavsiya etiladi. Bunda tashqi va ichki sxemalar orasida 
transformatorlar joylashgan bo‘lib, sistema kuchlanishi 6-20kV ga pasaytiriladi. 
Transformatorlarning quvvati va liniya simlarining ko‘ndalang kesimlari shunday 
olinadiki, ular normal rejimda 60-70% yuklama bilan ishlaydilar. Biror liniya va 
transformator uzilganda ikkinchi liniya va transformator joiz o‘ta yuklanish bilan 
ishlab korxonaning uzluksiz ish rejimini ta’minlaydilar. BPP yukori kuchlanishli 
tomonida uzgich o‘rniga ajratgich va qisqa tutashtirgichlarni ishlatilishi elektr 
sxemaning ancha arzonlashishiga olib keladi. 


Biror transformator shikast-langanida rele himoyasi ta’siridan qisqa 
tutashtirgich ishga tushadi va sunniy KT rejimini sodir etadi. Natijada liniyaning bosh 
qismida joylashgan uzgich Q orqali liniya uziladi va avtomatik qayta ulash (AKU) 
tizimi ishga tushadi. 
Liniyadagi "toksiz" pauza davomida ajratgich QR shikastlangan transformatorni 
uzadi. AKU tizimi "toksiz" pauza vaqti tamom bo‘lganidan so‘ng liniyani yana ulaydi 
va shikastlanmagan transformator man’ba birikadi. O‘rta va katta quvvatli korxonalar 
aksariyat elektr energiyasini ichkariga kirib boruvchi (glubokie vvodы) yuqori 
kuchlanishli liniyalar orqali qabul qiladilar. Ichkariga kurib boruvchi elektr ta’minoti 
sxemasi deganda minimal miqdorda apparatlar va transformatorlash pog‘onasiga ega 
bo‘lgan va yuqori kuchlanishni (35, 110, 220,330 kV) maksimal ravishda elektr 
qurilmalariga yaqinlashtiruvchi sxemalar tushuniladi. 
Ichkariga kirib boruvchi havo yoki kabel liniyalari korxona hududi bo‘ylab 
o‘tkazilib, katta miqdorida energiya qabul qiluvchi punktlarga keladi. Ko‘p hollarda 
bunday sxemalar ishlatilganda BPP ga xojat qolmaydi, chunki yuqori kuchlanishli 
liniyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sex transformator podstansiyalarga keladi va u erda 0,66-
0,4 kVli kuchlanishga aylantiriladi. Ushbu rasmda ko‘rsatilgan sxemada korxona 
hududiga energosistema kuchlanishida ikkita magistral liniya kirib boradi va mavjud 
 


to‘rtta transformator podstansiyalarini energiya bilan ta’minlaydi.
Ichkariga kirib boruvchi sxemalar soddaligi va arzonligi bilan birga ishonchliligi 
bo‘yicha markazlashtirilgan elektr ta’minoti sxemalaridan qolishmaydi. Ularni har 
qanday toifali iste’molchilarga ishlatish mumkin.
b) Ichki elektr ta’minoti sxemalari.
Korxona hududida elektr energiyasi radial, magistral yoki aralash sxemalarda 
taqsimlanadi. Cxemalarni tanlashda iste’molchilarining ishonchlilik bo‘yicha toifasi, 
ularning korxona hududida joylanishlari, atrof muhitning ekologik holatu va boshqa 
faktorlar hisobga olinadi. Aytilgan uch turdagi sxemalar ko‘p xil modifikatsiyalarga 
ega bo‘lib, ularni har qanday toifadagi iste’molchilarni energiya bilan ta’minlashda 
ishlatish mumkin. Ichki ta’minot sxemalari keng tarmoqlanganli sababli ko‘plab elektr 
liniyalari va apparatlar ishlatiladi, bu esa elektr ta’minoti tizimiga katta texnik - 
iqtisodiy talablarni qo‘yadi. 
Radial sxemalarda elektr energiyasi BPP yoki MTP dan to‘g‘ridan to‘g‘ri sex 
podstansiyalariga uzatiladi. Bunday sxemalar 
moslanuvchanlik 
hususiyatiga 
ega 
bo‘lib, 
ekspluatatsiyada qulay hisoblanadi. 4.10 a sxemani 
uchinchi toifali, 4.10 b sxemani esa ikkinchi toifali 
iste’molchilar uchun ishlatish mumkin. Ikkinchi 
sxema uchun elektr ta’minotidagi tanaffus 1-2 
soatdan oshmaydi. Ushbu rasmda ko‘rsatilgan 
sxema 
birinchi 
toifali 
iste’molchilarga 
mo‘ljallangan bo‘lib, elektr ta’minotidagi uzilish 
rezervni avtomatik ulashga (RAU) ketadigan vaqt 
bilan belgiladi. Tanishilgan sxemalar bir pog‘onali 
hisoblanadi va o‘rta, katta bo‘lmagan quvvatli 
korxonalarda markazdan har tomonga tarqalgan 
gujlangan iste’molchilarni (nasos stansiyalari, pechlar, o‘zgartirish qurilmalari, sex 
podstansiyalari) energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi. Radial sxemalar manbadan sex 
podstansiyalarining yig‘ma shinalarigacha bo‘lgan oraliqdagi elektr ta’minoti 
sxemasini seksiyalash imkonni beradi.
Magistral sxemalarda bir nechta transformator potstansiyalari yakka yoki qo‘sh 
magistralga shahobchalar orqali ulanadi. Ushbu rasmda yakka liniyali, ushbu rasmda 
esa ko‘p liniyali magistral sxemalar keltirilgan. Magistral sxemalarni qo‘llanilishi 
kommutatsiya apparatlarining sonini kamaytirib, tarmoqlarni qurishni arzonlashtirib, 
korxona elektr ta’minoti tizimiga ketadigan sarf-harajatlarni kamaytiradi.
Bir manbaga ulangan yakka magistralli sxemalarning ishon-chlilik darajasi 
kichik bo‘lganligi uchun uchinchi toifali iste’molchilarga tavsiya etiladi. Qo‘sh 
magistralli sxemalarning ishonchliligi yuqori va ularni har qanday toifali 
iste’molchilarga ishlatish mumkin.
Uzatilayotgan quvvatning miqdoriga qarab bir magistral 2-5 podstan-siyalarni 
energiya bilan ta’minlaydi. Transformator podstansiyalarining seksiyalari normal 
holatda ayrim-ayrim ishlaydilar. Biror magistralda avariya sodir bo‘lsa transformator 
podstansiyalarining yuklamalari ikkinchi magistralga o‘tkaziladi. Bu vazifa 
seksiyalararo uzgich yoki avtomat orqali bajariladi. 
 


Magistral sxemalarning quyidagi guruhlari mavjud: bir tomonlama va ikki 
tomonlama ta’minlanuvchi yakka liniyali sxemalar; xalqasimon sxemalar; ikki va 
undan ko‘p parallel magistralli sxemalar. Bir tomondan ta’minlanuvchi yakka liniya 
va xalqasimon magistral sxemalarning ishonchlilik darajasi radial sxemalarga nisbatan 
past hisoblanadi. Xalqasimon va ikki 
tomonlama ta’minlanadigan 10 kVli 
magistral 
sxemalarda 
himoyalash 
tizimlarining murakkabligi uchun ular 
normal 
rejimda 
yopiq 
holatda 
bo‘lmaydilar.
Korxonaning 
ichki 
ta’minoti 
tizimida faqat radial yoki faqat magistral 
tamoyilida 
qurilgan 
sxemalar 
ishlatilmaydi. Odatda katta va ma’sul 
elektr iste’molchilarning ta’minoti radial 
sxemalarda, 
o‘rta 
va 
mayda 
iste’molchilar esa magistral sxemalarda 
bajariladi. Bunday aralash sxemalarni ishlatilishi korxona ichki taminoti tizimining 
iqtisodiy-texnik ko‘rsat-gichlarini yaxshilashga olib keladi. 
Nazorat savollari: 
1.
Elektr ta’minot sxemalari nechta turga bo‘linadi? 
2.
Elektr ta’minot ishonchligi bo‘yicha qaysi sxema yaxshi xisoblanadi? 
3.
Ichkariga kirib boruvchi sxemalarni xususiyatlarini aytib bering?
 

Yüklə 436,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə