Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

 
 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar 
1.
2.
3.
4.
5.
 


19
4-guruh topshirig‘i 
1-bosqich. Sharq falsafasi va madaniyati tushunchalarining farqli 
jihatlarini gapirib berish. 5 daqiqa. 
2-bosqich. Guruhda muhokama qiling 5 daqiqa. 
3-bosqich. Taqdimot varog‘ini to‘ldiring (organayzer yordamida) 10 
daqiqa 
4-bosqich. Taqdimot bilan chiqish 5 daqiqa 
5-bosqich. Boshqa guruhlarning taqdimotini baxolash.
 
Baholashning ko‘rsatkich va mezonlari 
Guruhlar 
Javob 
mazmuni 
Taqdimot 
varog‘ining 
to‘ldirish 
sifati 
Guruh 
faolligi
 
Reglament
ga amal 
qilish 
Jami 
ballar 
1.
2.
3.
4.
5.
 
Guruh bo‘yicha baholash mezonlari 
Har bir guruh boshqa guruhlarni baholaydi. Har bir talab bo‘yicha 2 ball: 
Guruh 

 
Tushunarli 
va aniq 
javob (0,5) 
Ko‘rgazma-
lilik 
(0,5) 
Reglament
ga amal 
qilish (0,5)
Guruh 
faolligi 
(0,5) 
Jami 
ball 
1. 
2. 
3. 
4. 
Hisob natijasi 
Guruhlar 

 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
Umumiy 
ball 
1.
2.
3.
4.


20
Umumiy 
hisob 
Ballari 
Baho
 
Seminar mashg‘uloti va mustaqil ta’lim uchun 
 tavsiya etilgan adabiyotlar: 
 
1.
Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
2.
Majid Fakhry. A History of Islamic philosophy. New York. 2004. 
3.
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
4.
Victoria S. Harrison. Eastern Philosophy. The Basics. New York. 
2013 
5.
Po‘latova D. Qodirov M. va boshq. Falsafa tarixi: Sharq falsafasi. 
O‘quv qo‘llanma. –T.: TDShI, 2015.
6.
Sharq falsafasi. Mas’ul muharrirlar: Ibrohimov N.I., Ahmedova 
M.A.–T.: TDShI, 2006 


21
2-mavzu 
Sharq falsafasi va madaniyati tarixini o‘rganishning metodologik 
masalalari 
 
Reja 
1.
Sharq falsafasi va madaniyati tarixining asosiy davrlari va 
o‘ziga xos xususiyatlari. 
2.
Sharq va G‘arb falsafasi va madaniyatining o‘zaro ta’siri. 
3.
Sharq renessansi tushunchasi, mohiyati.
4.
Sharq falsafasi va madaniyatining jahon falsafasi va madaniyati, 
ilm-fani va sivilizatsiya rivojida tutgan o‘rni va ahamiyati.
Tayanch tushunchalar: 
Sharq falsafasning asosiy davrlari, Sharq madaniyati tarixi, 
dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash, diniy va mifologik dunyoqarash, 
falsafa, Fales, Yunon madaniyati, falsafiy matnlar, ong va tafakkur 
rivoji, Sharq va G‘arb madaniyatlari rivoji va aloqadorligi, Sharq va 
G‘arb sivilizatsiyasi, birlamchi fanlar. 
 
Falsafa, inson tafakkurining umumbashariy shakli sifatida, 
jamiyatdagi mavjud holatdan qoniqmaslikning ma’naviy ifodasi, uni 
yanada takomillashtirish, rivojlantirishning, butun olam-tabiat, 
jamiyatning mazmun-mohiyati, inson, insoniyat, xalq, millatning 
maqsad-muddaosi muammolarini chuqur o‘rganishga asoslangan 
holdagi ilmiy-nazariy omilidir. Demak, falsafa, birinchi galda, 
jamiyatga va faqat shu bois, o‘quv yurtlari, ilmiy muassasalar uchun 
kerak. Darhaqiqat, voqeylikda, insonlar va jamiyat hayotidagi keskin 
o‘zgarishlar, yangilanishlar yuz bergan sari falsafaga bo‘lgan 
qiziqishning ortib borishi ham muqarrarlashadi.
Ajdodlarimiz, Sharq va G‘arb xalqlari vakillari yaratgan falsafiy 
ta’limotlardan yurtdoshlarimizni bahramand qiluvchi, ularga hozirgi 
zamon falsafasining turli-tuman, hatto qarama-qarshi fikrlarini chuqur 
bilish imkoniyatini beruvchi ma’naviy muhitni shakllantirish, tegishli 
yo‘nalishdagi, davr talablariga monand tadqiqotlarni amalga oshirish, 
mazkur sohaga oid darsliklarni yaratish lozimligini uqtirish – ushbu 
da’vatning muhim qirralarini tashkil etadi. Zero, xuddi mana shunday 
jiddiy falsafiy zamingina, o‘zida xalqimizning ezgu niyatlari, orzu-umidlarini jo 
etgan, milliy g‘oya va ijtimoiy mafkuralarni yaratishning mustahkam ilmiy-nazariy 
asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.


22
Ijtimoiy taraqqiyot asosida mavjud holatdan qoniqmaslik hissi 
yotadi. Vujudga kelgan qiyinchiliklarni yengish, yangi kuch, g‘ayrat 
to‘plash uchun, rivojlanishning zaminini tayyorlash uchun insonga 
chidam, sabr-toqat kerak.
Sabru toqat rivojlanish jarayonining vaqtinchalik shakli, 
mukammallikka intilish, ehtiyojlarning yuksalishi esa – doimiy 
holatdir. Insonning erkinlikka, adolatga, mehr-muhabbatga, 
go‘zallikka, kamolotga intilishi, qobiliyatlarini namoyon etishga, ijod 
etishga urinishi – uning ma’naviy ehtiyojidir.
Ehtiyojlar sog‘lom va nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Insonning 
erkin kamolotiga xizmat qiladigan, undagi ijobiy qobiliyatlarini, 
fazilatlarini boyitadigan, rivojlantiradigan ehtiyojlar sog‘lom 
ehtiyojlardir. Aksincha, nafs xohishlarining cheksiz avj olishiga, 
molparastlikka, shahvatparastlikka, mansabparastlikka, insondagi 
salbiy jihatlarning kuchayishiga xizmat qiladigan ehtiyojlar 
nosog‘lom ehtiyojlardir.
Buyuk yunon faylasufi, yetti donishmandning biri hisoblangan 
Fales “Yomon vositalar orqali boyimagin” degan edi. 
Insonda moddiy va ma’naviy ehtiyojlar muttasil yuksalib boradi. 
Bir ehtiyojning qondirilishi bilan undan yuksakroq yangi ehtiyoj 
tug‘iladi. Avvalgidan yaxshiroq, qulayroq, go‘zalroq buyumni yoki 
san’at asarini yaratishga intilish, oldingisidan teranroq, aniqroq 
bilimni egallashga, mukammalroq texnikaviy asbob-uskunalarni ixtiro 
etishga urinish, turmush darajasini yanada yaxshilash va 
farovonlashtirishga intilish – insonga xos xususiyatdir. Bu – tabiiy 
ravishda tug‘iladigan ijtimoiy ehtiyojdir.


23
Uzoqni oldindan ko‘ra bilish, uni tahlil va taxmin qilish – 
falsafaning muhim vazifasidir. Falsafa tasodifiy hodisalar, juz’iy 
holatlarni emas, balki ularning tubidagi, ortidagi muhim, barqaror, 
doimo takrorlanib turadigan munosabatlar – qonuniyatlarni o‘rganadi, 
o‘tmishni, mavjud vaziyatni tahlil qiladi va istiqbolni ilmiy taxminini 
beradi.
Falsafa dunyoqarash sifatida ikki savolga javob berishi lozim. 
Birinchisi – insonning o‘zi nima, uning mohiyatini, tabiatini nima 
tashkil etadi? Ikkinchisi – insonning yashashdan maqsadi nima, u 
nimaga intilishi kerak? 
Falsafa sababiyat to‘g‘risidagi fandir. Biron-bir narsaning, 
hodisaning asl sababi aniqlanmas ekan, demak unga tegishli tarzda 
ta’sir ko‘rsatishning iloji ham bo‘lmaydi. Masalan, jamiyatni 
boshqarish usuli undagi hukmron-mulkiy munosabatlarga mutanosib 
bo‘ladi; shu sababdan, ibtidoiy jamiyatdagi ilk demokratik boshqaruv 
usulidan xususiy mulkning kelib chiqishi munosabati bilan 
siyosiylikka o‘tilgan; davlat siyosiy tizimning asosiy bosh bo‘g‘inini 
tashkil qiladi; u vujudga kelgan paytdan boshlab, jamiyatdagi 
manfaatlarni kerak bo‘lganda, zo‘ravonlik bilan “muvozanatga” 
keltirib turgan; davlat boshqaruvi tizimiga ta’sir ko‘rsatish manfaatdor 
kuchlar uchun “foydali” ish bo‘lgan; yangi davr (XVII-XVIII 
asrlardan boshlab) demokratik (saylovlar, siyosiy partiyalar) 
tartibotlarning qaror topishiga olib kelgan.
Arab xalifaligi davrida O‘rta Osiyoni Tohiriylar (821-873), 
Safforiylar (873-904), Somoniylar (875-999), G‘aznaviylar (977-
1186), Qoraxoniylar (999-1212) va Xorazmshohlar (1077-1231) kabi 
sulolalar boshqargan. Saljuqiylar (1033-1300) XII asrning boshlariga 
kelib, bugungi O‘rta Osiyo hududini butunlay o‘z nazorati ostiga 
oladilar.
Ma’lumki, saljuqiylar sulolasi ilgarigi mavqei yo‘qolgan 
xalifalikni boshqarayotgan Bag‘dod xalifasining rasmiy 
hukmronligini saqlagan holda, amalda markazlashgan davlatning 
dunyoviy ishlarini boshqarar edilar. Saljuqiy Malikshoh davrida uzoq 
vaqt vazirlik qilgan fan homiysi Nizomul Mulk Abu Homid G‘azzoliy 
va Mahmud az-Zamaxshariy kabi olimlarni ham qo‘llab-quvvatlagan. 
U Bag‘dodda rasadxona ishini rivojlantirib, mashhur falakshunos 
olimlarni to‘playdi. Nizomul Mulk tashabbusi bilan Buxoro, Hirot, 
Nishopur, Samarqand, Bag‘dod kabi shaharlarda “Nizomiya” 


24
nomidagi madrasalar ochilgan. Ushbu davr ilm-fan taraqqiyotining 
e’tiborli tomoni shundaki, ko‘pgina olimlar o‘z sohalarida 
yangiliklarga asos soladilar. Masalan, birinchi bo‘lib, Umar Xayyom 
taqvimiga tuzatish kiritadi. Ayniqsa, bu davr arab va fors 
adabiyotining taraqqiyot davri bo‘lgan. Umuman olganda, ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy jabhalarda ko‘plab o‘zgarishlar falsafa, tabIIy-ilmiy 
bilimlar rivojida muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni 
vujudga keltirgan. O‘z navbatida Movarounnahr diyorida ham ilm-fan 
ravnaqi uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan. Aytish mumkinki, 
bunday imkoniyatlar XX asrning boshlarigacha hech vaqt vujudga 
kelmadi. Bu muammo butun Yaqin va O‘rta Sharqqa, hatto Xitoy va 
Hindistonga ham xos xususiyatdir. Shu boisdan bo‘lsa kerak, Sharq 
mamlakatlari Yevropadan orqada qolib ketdi. Hozirgi zamon ingliz va 
rus olimlarining fikricha, buning sababi Sharqda hozirgacha milliy 
innovasion tizimning yo‘qligidir.
Savol tug‘iladiki, u yoki bu mamlakatning ixtirolar yo‘lidan 
bormaslik natijasidagi muvaffaqiyatsizliklarini tushuntirib beruvchi 
nazariya mavjudmi? Bunga rus olimi Natalya Ivanova shunday javob 
beradi: Buyuk Britaniya olimi Nidxem o‘z vaqtida shunday 
muammoni ko‘ndalang qo‘ygan edi: nima uchun porox, qog‘oz, 
kompas va juda ko‘plab ajoyib narsalarni o‘ylab topgan va XIV-XV 
asrlarda yetakchi ixtirolar mamlakati bo‘lgan Xitoy, to‘satdan 
bularning barchasini yo‘qotdi va jaholatga g‘arq bo‘ldi. Bu savolga 
javob berishga uringan bir qator maktablar mavjud. Iqtisodiy rivojla-
nishga doir Nobel mukofotini olgan nazariyalar ham mavjud, ammo 
iqtisodiy tushkunlikni, iqtisodiy tizimlar buzilishini tushuntirib 
berishga qodir bo‘lgan nazariyalar hozirgacha yo‘q.
Milliy innovasion tizim – bu, umuman Yevropacha g‘oya bo‘lib, 
bir necha vaqtdan keyin AQShda o‘z izdoshlarini topgan. Nelson uning 
asoschi – otalaridan biri edi. Ammo Yevropada, har doim bo‘lganidek, 
ko‘proq so‘zamollik va siyosiy qarorlar qabul qilishlik, ko‘proq darajada 
ilmiy maktablarni shakllantirish ustunlik qiladi. Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida esa ko‘pincha ishchanlik hukmronlik qiladi. Ana shu 
Amerikada XX asrning 80-90-yillarida hozirgi zamon texnologik 
taraqqiyotiga muvofiq keladigan Milliy innovasion tizimning qonuniy 
zamini yaratildi. Hozirgi vaqtda ilg‘or Sharq mamlakatlari Yevropa va 
Amerikadan ushbu usulni o‘zlashtirmoqdalar. Bunga II jahon urushidan 
keyingi Yaponiya, Janubiy Quriya, Singapur, Malayziya, Tailand, 


25
Tayvan va keyingi 30 yil ichida to‘xtovsiz islohotlar bilan band bo‘lgan 
Xitoy misol bo‘la oladi. Islom dunyosi mamlakatlari katta mablag‘ 
manbalariga ega bo‘lsalar ham, hali hozir milliy innovasion tizimga 
o‘tayotganlari yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 
ta’kidlaganidek, “ko‘rinib turibdiki, moddiy va ma’naviy hayot 
tamoyillari bir-birini inkor etmaydi, aksincha, o‘zaro bog‘lanib, bir-
birini to‘ldiradi.
Yuksak taraqqiyotga erishishni orzu qiladigan har bir inson va 
jamiyat o‘z hayotini aynan ana shunday dialektik va uzviy bog‘liqlik 
asosida qurgan va rivojlantirgan taqdirdagina ijobiy natijalarga erisha 
oladi.
Ana shu haqiqatdan kelib chiqqan holda, biz iqtisodiy 
o‘nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarining 
ma’naviy poklanish, ma’naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila 
uyg‘un ravishda rivojlanib borishni doimo davlatimiz va 
jamiyatimizning e’tibor markaziga qo‘yib kelmoqdamiz”
6
.
Falsafaning nima ekanligidan xabar beruvchi o‘nlab ta’riflarni 
keltirish mumkin. Masalan, IX asrda yashagan arab faylasufi Abu 
Yaqub ibn Ishoq al-Kindiy (801-866) xalifa Mu’tasimga bag‘ishlab 
yozgan “Birinchi falsafa” asarida falsafaga ta’rif berib, “Insonning 
toqati yetguncha narsalar haqiqatini bilish ilmi” yoki “Maba’di ut-
tabia” (“Tabiatdan keyin keladigan narsalar”) kitobida “Har bir 
haqiqat sababini birinchi haqiqatga olib boruvchi ilm” deb atagan. 
Uning fikricha, “Haqiqat izlovchi uchun hech bir narsa haqiqatning 
o‘zidan qimmatroq emas”.
Dastlabki fanlar tasnifini birinchilardan bo‘lib al-Kindiy ishlab 
chiqqan. U ilmiy bilishning uch bosqichi haqidagi ta’limotni 
shakllantirdi. U birinchi bosqichni mantiq va matematika; ikkinchi 
bosqichni fizika (aniq fanlar); uchinchi bosqichni esa metafizika bilan 
bog‘liq bilim, deb hisobladi.
“Birlamchi fanlar” deb atalgan, ayniqsa uning rasional qismi 
hisoblangan fanlarning vujudga kelishi bilan islom dunyosida ko‘proq 
aqliy mushohadaga murojaat qiladigan bo‘ldilar va shularning natijasi 
sifatida “Islom falsafasi” nomi ostida alohida fan paydo bo‘lib, 
6
Каримов
И
.
А

Юксак
маънавият
– 
енгилмас
куч
. –
Т
.: 
Маънавият
, 2008. –
Б
.68-69.


26
rivojlandi. Bungacha mu’tazila guruhi tufayli haqiqatlarni kashf etish 
va diniy ahkomlarni asoslashga aqliy mushohada va rasional 
muhokamalardan foydalanish boshlangan edi. Mu’tazila oqimi islom 
tafakkuri tarixida rasionalizm tarafdori sifatida ma’lumdir. “Ular 
Kur’on va hadislarni zohiriy tomondan sodda anglashdan yuqori 
ko‘tarilib, aqliy muhokamalarga tayangan holda dinni himoya qila 
oldilar”.
Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy X asrda falsafaga 
quyidagicha ta’rif bergan edi:
“Mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, shu haqda ta’lim 
berilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsaning zoti bilinsa, narsaning 
ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida 
miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu 
ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz”.
Haqiqatan ham “falsafa voqelikdagi barcha narsa va 
hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlarini, 
ularning tub mohiyatini bilishga qaratilgan fandir”.
Forobiyning ulug‘ xizmati faqat uning falsafani chuqur anglab 
yetganida va yangi g‘oyalar, fikrlar berganidagina emas, balki din va 
falsafa orasidagi munosabatlarni qat’iy va aniq ifodalagani hamda bu 
ikki sohaning insonlar ongida birga yashashi mumkinligini 
uyg‘unlashtirib isbotlab berganligidadir.
Forobiy dinga jiddiy munosabatda bo‘lib, shariatning zohiriy 
tomoniga qarshi chiqish o‘rniga, uning botiniy mohiyatiga falsafiy 
ma’no berdi.
Forobiy o‘zining “Al-huruf” (Harflar) asarida shunday deydi: 
“Agar din barcha umumiy jihatlari bilan takomillashadigan falsafaga 
itoat etsa, unda u haq va to‘g‘ridir. Ammo agar din to‘g‘ri tahliliy 
falsafa hali shakllanmay, balki halq tafakkuri, g‘oyasi bo‘lgan ritorika 
(balog‘at san’ati, so‘zamollik), dialektika (bahs) va sofistika (har 
qanday vosita bilan bo‘lsa ham raqibni so‘zda lol qoldirish) bilan band 
bo‘lgan davrda paydo bo‘lsa, bunday falsafaga bo‘ysungan din ham 
yolg‘on va xatolardan xoli bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda u boshidan 
oxirigacha noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Falsafa dinga nisbatan ham 
birlamchi mavqega ega, chunki falsafa – mag‘z, din – po‘stloq, 
aniqrog‘i – falsafaning qurolidir”.
Uning fikricha, din juda katta ahamiyatga ega. Zero, bir 
tomondan uning mohiyati yana o‘sha oliy falsafadir, boshqa 


27
tomondan esa shariat insoniyat jamiyati mavjudligi va ijtimoiy tartib 
barqarorligi uchun falsafa singari zarur. Forobiy uchun asosiy tayanch 
analitika (tahlil va tadqiq)ga qurilgan falsafadir. Uningcha, haq din 
bilan haqiqiy falsafa birdir. Faqat falsafa – xoslarga tegishli, dinning 
tili esa xoslarga ham, avomga ham tushunarlidir
7
.
Forobiy fikricha, payg‘ambarlar va faylasuflar bilimlarining 
manbai bittadir. Faylasuf faol aql bilan qo‘shilib, haqiqatni biladi, 
Payg‘ambar esa – haqiqatning in’ikosi bo‘lmish vahiy orqali biladi. 
Din esa vahiy asosidagi haqiqatdir. Din va falsafa – har ikkisi ham 
bilim va mushohadadir, farq shundaki, din soddalashtirilgan 
falsafadir. Boshqacha ibora bilan aytganda, din va falsafa yagona 
birlikning ikki xil jihatlaridir. Falsafa daliliy hukmlarning qoidalariga 
tayanadi, din esa o‘sha hukmlar va qoidalarning xitobiy shaklidir. 
Uning din va falsafaning yagona birligi haqidagi mulohazalariga 
qaramasdan, keyinchalik, Forobiy falsafani dindan afzalroq va 
ustunroq qo‘yganligiga urg‘u bera boshladilar. Ba’zilar, jumladan 
andaluziyalik faylasuf Ibn Tufayl uni bu masalada keskin tanqid qildi. 
Andaluziyalik faylasufning daliliga ko‘ra, Forobiy faylasuf darajasini 
go‘yo payg‘ambarlikdan ham yuqoriroq qo‘ygan. Ammo, Forobiy 
“Din falsafaning misollaridir” deganda payg‘ambar xalq tilida 
so‘zlashishga majbur ekanligini ham alohida qayd etib o‘tadi. Chunki, 
omma daliliy hukmlarni tushunmaganligi sababli, daliliy haqiqatlarni 
xitobiy shaklda bayon etishdan o‘zga imkoniyat yo‘q. Binobarin, 
payg‘ambar ham faylasufdir. Forobiyning fikriga ko‘ra, avomning 
diniy qarashlari, uning falsafiy xulosalariga doim ham mos 
tushavermaydi va buning zaruriyati ham yo‘q. Shuning uchun u o‘z 
fikrlarini bevosita avomga moslashtirmagan edi. U avom meni 
tushunadi, deb ham o‘ylamagan va aksincha bundan xavotir ham 
olganki, uningcha “avomning falsafaga aralashishi, uni buzadi”.
Rasional islom falsafasi o‘zining paydo bo‘lish vaqtidan boshlab 
musulmon jamiyatida ikkita qudratli raqibga duch keldi. Birinchisi – dinni va 
aqlini aqidaparastlarcha, qotib qolgan fikr (dogma) sifatida qabul qilish bo‘lsa, 
ikkinchisi – tasavvuf va irfon edi. Tasavvuf ziddiyatlar, yakka hukmron 
mustabidlarning zulmidan azob chekkan odamlarning isyoni ifodasi edi. 
Yunon falsafasining keyingi irfoniy oqimlar bilan o‘xshashlik jihatlari mavjud.
7
Қаранг
: Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015. 
Р
. 12. 


28
Ikki asr davomida lovullab turgan kalom ilmiy sohadagi bahslar 
alangasini o‘chirishi oson emas edi. Kalom va tasavvuf islom 
falsafasining tarkibiy qismlari sifatida maydonga chiqdi. Bu nazariy 
maktablar islom falsafasini yaratishga shart-sharoit yaratdilar.
Forobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u 
nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni 
unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar 
o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan 
falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi 
masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, 
mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. 
Bunday qarash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, 
islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga 
aylandi. Shuning uchun ham Forobiyning ma’lum ma’noda islom 
falsafasining muassisi, ya’ni asoschisi, deb bilmoq kerak.
Islom falsafasi o‘z tarkibiga besh yo‘nalishni qamrab oladi: 
tasavvuf, kalom, mashshoiyun (peripatetiklar yoki falosifa), ismoiliy va 
ishroqiylar. Bularga hozirgi zamon eron faylasufi Muhammad Xotamiy 
quyidagicha ta’rif beradi: 
“Amalda musulmon jamiyatining rasional mavzularini hamda 
Kalomulloh (Vahiy) va aql, falsafa va din orasidagi munosabatlarni 
muhokama qilib, har biri islom tarixida va musulmonlarning taqdirida 
alohida iz qoldirgan to‘rtta tamoyil (yo‘nalish)ni ko‘rish mumkin: 
1.
Islom falsafasi deb atalgan va din bilan falsafa orasidagi 
uyg‘unlik munosabatlarini oliy darajada qo‘ygan oqim.
2.
Dinni aqliy va mantiqiy muhokamalar, dalillar bilan 
solishtirganda fikrlaydigan odamda uni qabul qilish uchun hech bir 
imkoniyat qoldirmaydigan holatda olib ko‘radigan oqim.
3.
Aql va falsafaning qo‘li qisqa, oyog‘i cho‘loq, u haq va 
haqiqatga olib bora olmaydi, degan irfon va tasavvuf oqimi. Sufiylar 
haqiqatga yurak qanoti bilan yetishish mumkin, deydilar va “dalil 
keltirib isbotlovchilarning oyog‘i yog‘ochdandir”, ular haqqa 
yetishishga ojiz, deb aytadilar.
4.
Din va shariat haybati va hashamati oldida inson aqlining 
ojizligini ta’kidlovchi oqim”
8
.
Ushbu oqimlar boshqa xalqlar va madaniyatlar, jumladan yunon 
8
Хотамий
С
.
М

Ислом
тафаккури
тарихидан
. –
Т
.: 
Минҳож
, 2003. –
Б
.58.


29
olimlari qarashlaridan bahramand bo‘lgan holda vujudga kelgan edi. 
Abu Yaqub ibn Ishoq al-Kindiy Forobiydan yuz yil oldin falsafani 
jiddiy o‘rganishga kirishgan edi, boshqa olimlar esa falsafiy asarlarni 
arab tiliga tarjima qilish bilan chegaralanardilar. Biroq Forobiy bilan 
al-Kindiy orasida katta farq bor. Bu shunda namoyon bo‘ladiki, 
Forobiy yangi yo‘l ochgan o‘zining yangi maktabiga asos solgan 
faylasuf bo‘lsa, al-Kindiy o‘zlashtirilgan fikrlarni tadqiq etgan 
olimdir.
Ibn Sino (980-1037) o‘zining “Donishnoma” asarida 
ta’kidlashicha, “harakat deb, odatda makonda sodir bo‘ladigan 
narsaga aytiladi; ammo bu tushunchaning ma’nosi hozir boshqacha, 
makon harakatdan ko‘ra, umumiyroq ma’noni anglatadi: 
imkoniyatdagi narsa bo‘lgan biror-bir narsaning istalgan holati va 
harakati shu imkoniyat sababidan harakat deyiladi”. 
Ibn Sino fikriga ko‘ra, barcha falsafiy ilmlar ikki qismga 
bo‘linadi: nazariy va amaliy. Bunda nazariy qismning maqsadi – 
haqiqatni bilish; amaliy qismning maqsadi – saodatga erishishdir. 
Falsafiy fanlar, Ibn Sino ta’kidicha, ikki turga bo‘linadi: birinchisi 
bizning shaxsiy xatti-harakatimiz bilan tanishtiradi va u “amaliy 
ilmlar” deb nomlanadi
9
. Chunki bu bilimlarning foydasi, biz bu 
dunyoda najot topishga umid qilishimiz uchun, undagi ishlarimiz 
tartibli bo‘lishi uchun kerak bo‘ladi. Ikkinchisi esa bizni ruhiyatimiz 
shakllanishi va bu dunyoda baxtli bo‘lishimiz uchun narsalar 
olamining holatini bizga anglatadi. O‘z o‘rnida tushuntiriladigan bu 
ilm nazariy deb nomlanadi.
Makon Ibn Sino nuqtai nazaridan jism ham, shakl ham emas. Bu 
unda jism o‘rin oladigan “hech nima”. U har qanday jismni qurshab 
oladi. “O‘rin”ning borligi “to‘ldirilgan” makonning mavjudligini 
asoslaydi. Uning fikricha, “dahr” moddaning, uning o‘zgarishiga 
bog‘liq abadiy va mutlaq vaqt bo‘lib, qanday bo‘lmasin, makon va 
harakat bilan tor aloqada mavjud. 
Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasi keyinchalik islom 
falsafasida tabIIy-ilmiy hamda ijtimoiy bilimlar konsepsiyasini ishlab 
chiqishda diniy va ilmiy bilimlarni uyg‘unlashtirishda muhim vosita 
bo‘lgan. O‘z navbatida bilishning bu ikki shakli bir-biriga halal 
9
Қаранг
: Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015. 
Р
. 14. 


30
bermasligi kerak, degan g‘oya ham ustuvor ahamiyat kasb etgan. 
Chunki ular bir maqsad – haqiqatni topishi va unga erishish yo‘lida 
harakat qiladilar, degan yondoshuv konsepsial asosga ega edi.
“Ikki haqiqat nazariyasi” mutakallimlar bilan mu’taziliylar, aql 
bilan e’tiqod o‘rtasida kelishuv vujudga kelganligidan darak beradi. 
Chunki keyingi davr musulmon xalqlari tarixidan o‘rin olgan ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotning negizi uning asosiga qurilganini ko‘rish 
mumkin. “Ikki haqiqat” tarafdorlarining qarashlaridagi bunday xulosalar 
aslida qadimgi yunon faylasufi Aflotun falsafasiga asoslanar edi. Agar 
Aflotun falsafasida narsalar dunyosidan oldin, unga nisbatan birlamchi, 
o‘zgarmas mohiyatga ega bo‘lgan “g‘oyalar dunyosi” mavjudligi e’tirof 
etilsa, unda bu o‘zgarmas mohiyatni anglab yetishning ham ikki yo‘li 
mavjuddir, deb ishonch bildiradi.
Uning fikricha, bu dunyoning o‘zgarmas mohiyati alohida 
qobiliyatga ega, o‘ta sezgir odamlarning faoliyati orqali anglab 
olinadi. Buning ikkinchi yo‘li esa, kishilar tomonidan g‘oyalar 
dunyosi (mohiyat)ning hosilasi bo‘lmish, narsalar dunyosini tashkil 
etuvchi voqea va hodisalarning o‘zaro aloqadorligi, sifat hamda 
xossalarini o‘rganish asosida ham mohiyatni anglab olish mumkin.
Zamonaviy islomning falsafiy asoslarini o‘rganishda Sharq va 
G‘arb tajribasini birgalikda olib borish zarurligi haqida T.J.Uinter 
o‘zining “XXI asrda islom” nomli asarida quyidagilarni yozadi: 
“Bag‘doddagi Nizomiya madrasasi G‘azzoliy tufayli mashhur 
bo‘lib ketgan edi, o‘sha madrasada fiqh bilan bir qatorda yunon 
an’analari asosidagi falsafiy ilohiyotshunoslik ham o‘qitilar, 
shuningdek, o‘sha vaqtdagi rahnamolarni raqib mafkuralarining 
oyog‘ini osmondan qiladigan zarur qurol bilan ta’minlar edi. Bizga yangi 
minglikda mujaddid, mu’tadil, bag‘rikeng, ruhoniy ko‘zqarashga ega, dunyoviy 
tafakkurni tanqid qilibgina qolmasdan, uni tushunadigan va u bilan bahsga kirisha 
oladigan daho G‘azzoliy kerak. Xususan, bunday shaxs yangi zamonga o‘z 
hukmini o‘tkazayotgan ma’naviyat, san’at va atrof-muhit masalalarini 
puxta bilishi darkor. G‘arb kishisiga nima ta’sir etishi va uni nima 
harakatlantirayotganidan xabardor g‘arblik musulmon mutafakkirlari 
biladiki, mabodo islom diskursi ushbu masalalarga e’tibor qaratib, muvaffaqiyatga 
erishadigan, estremizmning yovuz ruhini quvadigan bo‘lsa, dinimiz nafaqat gullab-
yashnashi, qolaversa, yangi asrning diniy kurashlarida markaziy o‘rinni qayta 
egallashi ham mumkin”.


31
Rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga tadrijiy (evolyusion) 
va sakrashsimon (inqilobiy) o‘zgarish, eski sifatdan yangi sifatga 
o‘tish kiradi. Bu ikki turdagi o‘tish fan taraqqiyoti uchun ham xosdir.
Yevropaning musulmon viloyatlarida, ayniqsa, mavrlar 
Ispaniyasida, musulmon, yahudiy, xristianlar ta’lim berishgan. 
Uchchala e’tiqod vakillari o‘z diniy aqidalarini yunon falsafasi 
g‘oyalari bilan himoyalashga urinishgan, bu albatta xrictian 
sxolastikasiga ta’sir etgan.
Siyosatdagi kabi falsafada ham arab-musulmon mutafakkirlari 
inqilob sodir etishgan emas, balki dastlabki g‘oyalar bilan 
cheklanishga va shakllantirish mumkin bo‘lganlarini shakllantirishga 
harakat qilishgan. Lekin ularning fan va falsafaga qo‘shgan hissasi 
jahon, ayniqsa, Yevropa falsafiy va ilmiy dunyoqarashiga katta ta’sir 
ko‘rsatdi.
Abu Homid G‘azzoliy falsafiy dalillarga qarshi raddiya 
yozganidan keyin islom ilmi falsafa bilan birlashib, bundan keyingi 
har qanday kelishmovchiliklar bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan 
adashishlar va xatoliklardan iborat ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. 
Natijada agar falsafa o‘zgaruvchan bo‘lmaganda, xato va adashishlar 
ham kelib chiqmas edi – degan xulosaga kelindi. Garchi, borliq, 
mavjudotlarning asosi va minerallar olami haqidagi gaplar xuddi 
qadimgi yunon falsafasidagidek bo‘lsa-da va islom faylasuflari 
haqiqiy falsafaga xos xususiyat bo‘lgan ashyolarning mohiyati haqida 
bahs yuritgan bo‘lsalar ham, ammo bahslarning ma’no va mazmunida 
chuqur o‘zgarishlar yuz bergan edi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə