Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

35-rasm. V. Tomsen 


234
Endi yuqoridagi jumlani bir boshdan tahlil 
etamiz: Tängri-teg tängridä birikmasidagi 
birinchi tängri so‘zi «ko‘q, osmon» ma’nosida 
bo‘lib, tangrining sifatini bildiradi, keyingisi esa 
«xudo, tangri» ma’nosida. Shunga ko‘ra, bu 
birikmani «ko‘kday (ulug‘) tangridan» deb 
tushunmoq kerak. Navbatdagi bulmuš so‘zini 
olimlar bolmïš~bolmuš deb o‘qiganlar, jumboq 
ham ana shunda. Mabodo, shunday o‘qilgan 
taqdirda, uning ma’nosi «ko‘kday tangridan bo‘lgan, tangridan 
taragan» bo‘lib qoladi va xoqonga «Osmon o‘g‘li» sifati berilgan 
bo‘lib chiqadi. Agar uni bulmuš o‘qilsa, ma’no ham o‘zgaradi: bu 
“topgan, yetishgan, erishgan” degani. 
Navbatdagi türk so‘zi etnonim emas, balki Bilga xoqonning 
sifati, unvonidir – u “jasur, bahodir” ma’nosida. So‘nggi bu ödkä 
(~bödkä) olurtum birikmasi “(xoqon bo‘lib) taxtga o‘tirdim” degani. 
Demak, Kul tigin va Bilga xoqon bitiglaridagi ushbu boshlamani 
“Ko‘kday (ulug‘) tangridan topgan // tangrining inoyatiga erishgan // 
tangrining inoyati bilan turk Bilga xoqon taxtga (xoqon bo‘lib) 
o‘tirdim” deb anglamoq kerak (qarang: Sodiqov 2004, 66-72). 
Xoqonlar o‘z yorliqlarini shunday jumla bilan boshlaganlar, shundan 
so‘ng tarixiy voqealar hikoya qilingan.
Ko‘k turk falsafasida ham uch yarusli olam tushunchasi bor. 
Biroq, ko‘k turk falsafasiga ko‘ra, osmon bilan yer o‘rtasida inson 
yaralgan, hukumdorlar esa jamiyat ustidan nazorat qiluvchi 
shaxslardir. Buning isboti sifatida Kul tigin va Bilga xoqon ulug‘ 
bitiglarida shunday jumlalarni o‘qiymiz: Üzä kök tängri, asra ya
ğ
ïz 
yer qïlïntuqda ikin ara kisi o
ğ
lï qïlïnmïs. Kisi o
ğ
lïnta üzä ä
č
üm apam 
Bumïn qa
ğ
an, 
İ
stämi qa
ğ
an olurmïš - Yuqorida ko‘k osmon, pastda 
qo‘ng‘ir yer yaratilganda ikkisining orasida inson bolasi yaratilgan. 
Inson bolalari ustidan ota-bobom Bumin xoqon, Istami xoqon bo‘lib 
(taxtga) o‘tirgan (KTu.1; X.1). 
Demak, ko‘k turklar o‘z xoqonlarini «tangridan yaralgan, ko‘k 
bilan yer o‘rtasidagi hukumdor», deb emas, balki «ko‘k bilan yer 
orasidagi xalqning hukumdori» hamda «tangrining inoyatiga erishgan, 
saylangan kishilar» deb bilganlar. Barcha voqea-hodisalar osmonning 
emas, tangrining irodasi, hohishi bilan yuz beradi, deb qarar edilar. Bu 
ta’limot ularga xitoylardan o‘tgan emas, o‘z ota-bobolari xunlar va 


235
ulardan naridagi iskiflardan qolgan. Qadimgi xitoy ta’limotlari bilan 
ko‘k turk falsafasi orasida juda katta farq bor. Ularni qorishtirmaslik 
kerak. 
Ko‘k turklar tasavvuridagi «tomon» tushunchasi ikki xil – 
vertikal va garizontal yo‘nalishga ega.
Vertikal yo‘nalish ikki, qarama-qarshi tomonni tashkil etadi. 
Bular üzä (yuqori, ya’ni osmon), asra yoki alt (past, ya’ni yer 
yuzi)dan iborat. Turklarning olam, yorug‘ dunyo, hayot haqidagi 
tasavvurlari ham ayni chiziqda turadi. Chunonchi, qadimgi turklar 
olamni uch yarusdan (qavatdan) iborat deb anglaganlar: osmon, yer 
yuzi va yer osti. Inson, tirik mavjudot va uning hayoti ikkisining 
o‘rtasida yuz beradi. Kul tigin va Bilga xoqon bitiglarida xoqonning 
turklar tarixi haqidagi hikoyasi Üzä kök tängri, asra ya
ğ
ïz yer 
qïlïntuqda, ekin ara kisi o
ğ
l
ı
qïlïnmïs (Yuqorida ko‘k osmon, pastda 
qo‘ng‘ir yer yaratilganda, ikkisining o‘rtasida inson bolasi yaratilgan) 
degan jumla bilan boshlangan. Bu ta’birda qadimgi turklarning o‘sha 
uch yarusli olam haqidagi tasavvurini anglash qiyin emas: yuqorida – 
osmon, pastda – Yer, ikkisining o‘rtasida inson va uning hayoti. 
O‘z navbatida, osmon yetti qavatdan iborat (yeti qat kök –
MK.III.33) deb tasavvur etilgan. 
Garizontal yo‘nalish bo‘yicha «tomon» tushunchasi «qutb»ni 
anglatadi. Bu Yer yuzining to‘rt tarafi bilan bog‘liq. Eski turklar «to‘rt 
qutb»ni tört bulung yoki tört sarï deb ataganlar. Tört bulung, tört sarï 
tushunchalari «kenglik, zamin bepoyonligi»ni ham bildirgan. 
Jumladan, badiiy adabiyotda el qahramonlarining cheksiz yerlarga 
hukumronlik qilganligi, ularning qudrati ayni tushunchalar bilan ta’rif 
etilgan. Masalan, Kul tigin bitigida Bumin va Istami xoqonning 
mamlakat ozodligi yo‘lidagi kurashlari shunday ta’riflanadi: Tört 
bulung qop ya
ğ
ï ermis, sü süläpän tört bulungdaqï bodunu
ğ
qop almïs, 
qop baz qïlmïs (To‘rt taraf butunlay dushman ekan. Lashkar tortib, 
to‘rt tarafdagi xalqni butunlay olganlar, butunlay tobe qilganlar) 
(KTu.2). Yoki Bilga xoqon bitigida xoqon o‘z qahramonliklarini 
shunday yodga oladi: Tängri yarlïqaduq ü
č
ün özüm olurtuquma tört 
bulungdaqï bodunu
ğ
etdim (Tangri yorliqagani uchun o‘zim (xoqon 
bo‘lib) turganimda to‘rt tarafdagi xalqni tartibga soldim) (Xb.9). 
«O‘g‘uznoma» dostonida Yerning tört bulungïnung qa
ğ
anï degan 
jumla ham uchraydi. Bu jumla «Yerning to‘rt tomonining xoqoni, Yer 
yuzining xoqoni, zamon hukumdori» degan ma’noni anglatadi. 


236
Qadimgi turklar tasavvurida tevarak-atrof, olam qutblari 
tushunchasi insonning kunchiqarga qarab turgan holati bilan bog‘liq 
yuzaga kelgan. Eski turklar ko‘k tangriga kunchiqarga yuz tutgan 
holatda ibodat qilganlar. Ayni holatda tevarak, qarama-qarshi 
tomonlarni anglatuvchi to‘rt jihat yuzaga kelgan: «old» – «orqa», 
«o‘ng» – «so‘l». Qadimgi turkiy tilda «old» tushunchasi – il yoki öng, 
«orqa» - qur
ї
, «o‘ng» - bir yoki ong, «so‘l» esa y
ї
r yoki 
č
ong 
deyilgan.
Yer yuzining to‘rt qutbi (tört bulung) ham shu so‘zlarga 
jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini qo‘shish bilan atalgan. Bu so‘z 
qutbning o‘sha tomoniga bo‘lgan yo‘nalishni anglatadi: 
İ
lgärü – 
oldinga (~Sharqqa), Birgärü – o‘ngga (~Janubga), Qur
їğ
aru yoki Kirü 
– orqaga (~G‘arbga), Y
ї
r
ğ
aru –so‘lga (~Shimolga). Masalan, Kul 
tigin yodgorligida Bilga xoqon tilidan xoqonlik tarixi hikoya qilinar 
ekan, qutb nomlari ham tilga olinadi: 
İ
lgärü Šantung yaz
ї
qa tegi 
sülädim, taluyqa ki
č
ig tegmädim. Birgärü Toquz ärsänkä tegi sülädim, 
Tüpütkä ki
č
ig tegmädim. Qur
ї
garu Yin
č
ü ögüz ke
č
ä Temir qap
їğ
qa 
tegi sülädim. Y
ї
r
ğ
aru Yer Bay
ї
rqu yeringä tegi sülädim - Sharqqa - 
Shantung dashtiga qadar lashkar tortdim, dengizga bir oz yetmadim. 
Janubga - To‘qiz arsanga qadar lashkar tortdim, Tuputga bir oz 
yetmadim. G‘arbga - Yinchu o‘guz (Sirdaryo)ni kechib, Temir 
qopiqqa qadar lashkar tortdim. Shimolga - Yer Bayirqu yerigacha 
lashkar tortdim (KTk.3-4). 
Janub ong jangaq (~ong yaq) [ya’ni, o‘ng tomon], Shimol 
č
ong 
jangaq (~
č
ong jaq) [ya’ni, so‘l tomon] deb ham yuritilgan. 
Eski turklar qutbni Quyoshning harakati (chiqishi va botishi, 
kecha-kunduz almashinuvi) bilan ham bog‘liq holda tasavvur 
etganlar. Jumladan, Quyoshning chiqish tarafi bilan bog‘liq ravishda 
yuzaga kelgan Kün to
ğ
s
ї
q (Kunchiqar) tushunchasi - Sharqni, 
Quyoshning botish yeri bilan aloqador Kün bats
ї
q (Kunbotar) esa 
G‘arbni bildirgan. Hozirgi o‘zbek tilida buning o‘rnida kunchiqar va 
kunbotar so‘zlari qo‘llanadi. 
Kün ortusï asl ma’noda “choshgoh, tush, peshin”ni, qutbga 
nisbatan Janubni, Tün ortusï asl ma’noda “qoq tun, yarim tun”ni, 
qutbga nisbatan Shimolni bildiradi. «Janub”ni Kündünki ham 
deyilgan: Kündünki bulung - Janub tomon.
“O‘g‘uznoma” dostonida qarama-qarshi qutblarni anglatuvchi 
Kün to
ğ
ušï va Kün batušï atamalari qo‘llangan. Ushbu atamalardagi 


237
to
ğ
ušï va batušï Quyoshning Sharqdan chiqishi va G‘arbga botish 
holatini ifoda etmoqda. Shunga ko‘ra, Kün to
ğ
ušï – «Sharq», Kün 
batušï - «G‘arb»ni bildiradi. Bu ikki atama qarama-qarshi ikki qutbni 
bildiruvchi Kün to
ğ
s
ї
q va Kün bats
ї
q ga tengdir. 
«Qutadg‘u bilig»da kunning chiqishi bilan bog‘liq holda Sharqni 
Tu
ğ
ar, G‘arbni esa kun botishi bilan bog‘liq ravishda Batar deyilgan. 
Manbalarda vaqtni bildiruvchi tang, tün so‘zlari ham qutblarni 
ifoda etgan: Tang sarï - Sharqqa, Tün yangaq – Shimol tomon, Tün 
sarï – Shimolga. 
Ayrim koinot jismlarining harakat va holati qadim tasavvurlarda 
inson hayotini belgilovchi deb tushunilgan va ularga hurmat bilan 
qaralgan. Bunga “Qutadg‘u bilig”da asar qahramonlarining oti 
Aytoldï va Küntu
ğ
dï atalganini ham dalil keltirish mumkin: Aytoldï - 
“to‘lgan oy”, Küntu
ğ
dï - “quyosh chiqdi” degan ma’noda.
Shu o‘rinda yana bir faktga e’tibor qaratmoqchimiz.
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit turk» asarida 
Balasa
ğ
un haqida ma’lumot bera turib, uning Quzuluš, Quzordu 
degan otlari ham bor ekaniga ishora qiladi (MK,I.94, 145). 
Quzordu «Qutadg‘u bilig»ning uyg‘ur yozuvli hirot 
qo‘lyozmasida ham uchraydi: Munung
ї
turu
ğ
la
ğ
Quzordu eli (Uning 
turar yeri Quzo‘rdu elidir) (QBH,7). Bu jumlada asar muallifi Yusuf 
Xos Hojibning tug‘ilgan yeri - Quzo‘rdu (ya’ni Balasag‘un) nazarda 
tutilmoqda. 
Quzuluš, Quzordu nomlari tarkibidagi quz, aftidan, «kunga 
ters», «kun botar» ma’nolarini bildiradi. Chog‘ishtiring: Mahmud 
Koshg‘ariy lug‘atida: quz ta
ğ
- tog‘ning quyosh tushmaydigan joyi 
(MK, III.196); hozirgi o‘zbek tilida: kungay [küngäy] - «kunga 
qaragan, kun tushadigan joy»; quzg‘ay [quz
ğ
ay]- «kunga teskari joy». 
Yoki turkchada: Güney - «Janub», Kuzey - «Shimol». Shundan kelib 
chiqib, Quzuluš, Quzordu - «kun botardagi shahar» degan ma’noni 
bildiradi. 
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘atit turk» asarida 
Yer yuzi xaritasini keltirgan va unda ham qutblar qayd etilgan. Biroq, 
ushbu xarita arab tilida bo‘lgani uchun qutblarning nomi ham 
arabchada. Chunonchi, ushbu xaritada doiraning to‘rt yog‘iga qutb 
nomlari yozib qo‘yilibdi: uning yuqori tomoni - Sharq (aš-Šarq), 
pastki tomoni - G‘arb (al-
Ğ
arb), o‘ng tomoni - Janub (al-Janub), chap 
tomoni - Shimol (aš-Šim
ā
l). 


238
Muhimi, ushbu xaritaning tuzilishida olam qutblari, tomonlar 
haqidagi qadimiy tushunchalar o‘z ifodasini topgan. Chunonchi, 
Mahmud Koshg‘ariy Yer yuzi xaritasini keltirar ekan, yuqori tomonda 
hozirgi xaritalardagi singari Shimolni emas, Sharqni ko‘rsatgan. 
Qadimgi turkiy tilda öd so‘zi «zamon, davr, vaqt» ma’nolarini 
anglatgan. 
Ko‘k turklarda Yerning aylanishi, vaqt o‘tishi, tabiat o‘zgarishi 
bilan bog‘liq holda yil, oy kunlar farqlangan. 
Ko‘k turklarda yillar muchal hisobi bilan yuritilgan. Ular o‘n ikki 
hayvon ismini o‘n ikki yilga ot qo‘yganlar. Muchal tizimi o‘n ikki oy 
va o‘n ikki burjga asoslanib belgilangan edi. Tug‘ilish, jang tarixlari va 
boshqalarni ana shu yillar aylanishidan hisoblaganlar. Muchal tarixi, 
uning kelib chiqishi haqida Mahmud Koshg‘ariy shunday yozadi: 
«Turk xoqonlaridan biri o‘zidan bir necha yil oldin bo‘lib o‘tgan 
urushni o‘rganmoqchi bo‘lgan. Shunda u urush bo‘lib o‘tgan yilni 
aniqlashda yanglishganlar. Bu masala yuzasidan xoqon qavmi bilan 
kengashdi va aytdi: «Biz bu tarixni aniqlashda qanchalik yanglishgan 
bo‘lsak, bizdan keyin ham shunday yanglishadilar. Shunday bo‘lgach, 
biz endi o‘n ikki oy va osmondagi o‘n ikki burjga asoslanib, o‘n ikki 
yilga ot qo‘yishimiz kerak, toki bizdan keyin yil hisobi shu yillarning 
aylanishiga qarab olinsin va bu narsa abadiy bir yodgorlik bo‘lib 
qolsin». Ular «aytganingizdek bo‘lsin» deyishdi» (MK.I.330). 
Devonda o‘n ikki yil nomi muayyan tartibda keltirilgan. Ko‘k turk 
bitiglarida ayrim yil otlari bulardan farq qiladi. Boisi, o‘sha yilni 
atovchi hayvon nomi fonetik jihatdan o‘zgargan, uning sinonimi bilan 
atalgan yoki boshqa tillardan o‘zlashgan. Aniq tasavvur hosil qilish 
uchun quyidagi jadvalni keltiramiz: 
Ko‘k turk 
bitiglarida 
Mahmud 
Koshg‘ariyda
Hozirgi 
o‘zbek
tilida 
küskü yïl 
ingäk yïl 
bars yïl 
tabïš
ğ
an yïl 
lü yïl 
yïlan yïl 
yund yïl 

čğ
an yïlï 
ud yïlï 
bars yïlï 
tawïš
ğ
an yïlï 
nek yïlï 
yïlan yïlï 
yund yïlï 
sichqon yili 
sigir yili 
bars yili 
quyon yili 
timsoh yili 
ilon yili 
ot yili 


239
qon yïl 
bi
č
in yïl 
taqï
ğ
~taqï
ğ
ï
~taqï
ğ
u yïl 
ït yïl 
la
ğ
zïn yïl 
qoy yïlï 
bi
č
ïn yïlï 
taqa
ğ
u yïlï 
ït yïlï 
tonguz yïlï 
qo‘y yili 
maymun yili 
tovuq yili 
it yili 
to‘ng‘iz yili 
Turklar muchal yillarining har birida yaxshi yoki yomon 
hosiyat bor deb bilganlar. Bu xususda Koshg‘ariy yozadi: «Turklar bu 
yillarning har qaysisida biror hikmat bor deb taxminlaydilar: masalan, 
ularcha sigir yili bo‘lsa urush ko‘p bo‘ladi, chunki sigir bir-biri bilan 
suzishadigan hayvon. Tovuq yili kirsa, oziq-ovqat ko‘payadi, lekin 
odamlarda tashvish ortadi. Chunki tovuqning ovqati don bo‘lib, uni 
topib yeyish uchun narsalarni titib yuradi. Timsoh yili kirsa, 
yog‘ingarchilik va hosil ko‘p bo‘ladi, chunki u suvda yashaydi. 
To‘ng‘iz yili kirsa, sovuq qor va fitna ko‘p bo‘ladi. Shunga o‘xshash, 
har yilga biror taxmin yuritadilar» (MK.I.331-332). 
Yil fasllari qadimgi turkiy tilda shunday atalgan: yaz, yay, küz, 
qïš. Hozirgi o‘zbek tilida yaz so‘zi iste’moldan chiqib, o‘rnida 
ko‘klam, bahor so‘zlari qo‘llana boshladi. Shunga qaramay, ayrim 
o‘rinlarda uning qoldig‘ini hozir ham uchratamiz: Laylak keldi yoz 
bo‘ldi. Bu mataldagi “yoz” – “ko‘klam” ma’nosida kelgan. “Yoz” 
ma’nosidagi yay so‘zi tovush o‘zgarishiga uchrab, yoz shaklida 
qo‘llanilmoqda.
Ko‘k turklarda hafta tushunchasi yo‘q. Bu xususda Mahmud 
Koshg‘ariy yozadi: «Turklarda haftadagi yetti kunning ismi yo‘q, 
chunki hafta islomdan so‘ng shuhratlandi. Shunga o‘xshash oy ismlari 
ham shaharlarda arabcha yuritiladi. Ko‘chmanchi va musulmon 
bo‘lmagan turklar oylarni to‘rt fasl bilan ataydilar. Har uch oyni bir 
ism bilan yuritadilar. Yil o‘tishini shunday biladilar. Masalan: 
navro‘zdan keyingi avval bahorga o
ğ
laq ay, so‘ngra ulu
ğ
o
ğ
laq ay 
derlar. Chunki oy bu vaqtda katta bo‘lib qoladi. Bundan keyingisiga 
ulu
ğ
ay deyiladi. Chunki bu oy yozning o‘rtasida bo‘lib, bu vaqtda sut 
va yer ne’matlari mo‘l-ko‘l bo‘ladi» (MK.I.332).
Mahmud Koshg‘ariyning qayd etishiga ko‘ra, türk so‘zi vaqt 
ma’nosida butun mevalarning pishish, yetilish mahalining o‘rtasini 
anglatadi: türk üzüm ödi – uzum pishar vaqti, türk quyaš ödi – kun 
o‘rtasi, türk yigit - o‘rta yoshli yigit (MK.I.335). 


240
Bir kecha-kunduz ikkiga bo‘linadi: kün, kündüz hamda tün, 
ke
č
ä. Kun, o‘z navbatida, quyidagi palladan iborat: tang - tong, kün 
ortusï - choshgoh, tush, peshin; aqšam – oqshom. «Qoq tun, yarim 
tun” qadimgi turkiy tilda tün ortusï deyilgan. 
Mo‘g‘ulistonning poyonsiz tekisliklari bo‘ylab o‘tgan Urxun, 
Ko‘kshin-Urxun va Selenga daryolarining tevaragi qadimda yirik 
madaniyat o‘choqlaridan edi. Bu yerlar qachonlardir ko‘k turk 
xoqonliqlarining markazi o‘tgan, qudratli turk saltanatlarining 
markaziy shaharlari shu tuproqda bunyod etilgan. Bu zaminda 
qadimgi turk madaniyati va adabiyoti gullab-yashnagan, turk 
davlatchiligi qaror topgan. Hozirgi paytda o‘sha ulug‘ madaniy 
ko‘tarilishning izlari saqlangan, xolos: vodiyning har yer-har yerida 
ko‘hna shaharlarning xarobalari, ulkan-ulkan saroy va maqbaralarning 
vayronalari, yirik qabr toshlari, ularga bitilgan yozuv va rasmlar, 
parchalangan haykallar, qush va hayvon tasviri tushirilgan toshlar, 
naqsh san’at asarlari o‘sha davrdan xabar berib turibdi. 
Mozor majmualari xarobalaridan parchalangan toshbaqa, inson, 
qo‘chqor va arslon haykallari, balballar, ustun to‘shama-lari, devor 
toshlari chiqqan. 
Arxeologlar ayrim qabrlarda (masalan, Bilga xoqon 
majmuasida) qazuv ishlari ham olib bordilar. Qazuv chog‘ida qabrdan 
keramika bo‘laklari, qo‘y suyagi, shuningdek, boy xazina ham chiqdi. 
Xazinada kumushdan ishlangan buyumlar (tovoqlar, ko‘zachalar, 
kiyik haykali va b.), metall parchalari, qimmatbaho toshlar, oltindan 
ishlangan idish va taqinchoqlar bor edi (rasmlariga qarang: MTA, 
112-119).
Ko‘k turk san’atida haykaltaroshlik alohida o‘rin tutadi. Bu 
san’at turida ham turklarning olam va jamiyatga to‘g‘ri ko‘z bilan 
boqish, borga boriday qarash, qandaydir mifologik tasavvurlarga 
ergashish emas, balki insonni ulug‘lash falsafasi aks etgan. Buni ko‘k 
turk sa’ati bilan buddizm davri haykaltaroshligini o‘zaro qiyoslaganda 
yaqqol kuzatish mumkin. Chunonchi, ko‘k turk davrida mashhur 
xoqon va davlat arboblari, mashhur sarkardalarga haykalar ishlangan 
bo‘lsa, buddizm davrida Budda va avliyolar haykaltaroshlik ob’ektiga 
aylandi. 
Ko‘k turk san’atiga mansub ko‘plab yodgorliklar ma’lum. 
Mo‘g‘ulistonning qadim tuprog‘idan erkak va xotinlarning turgan va 


241
o‘tirgan holatdagi haykallari topildi. Ularning tik turgan holatlari 
baland bo‘yli, barmoqlari ustma-ust holda ko‘krakka qo‘yilgan. Tiz 
cho‘kib o‘tirgan haykallarning ham qo‘llari ko‘krakda. 
Aksar haykallarning boshi uchgan. Ularning ko‘rinishiga qarab 
xotin yo erkak ekanligini aniqlash mumkin. Xotinlarga o‘rnatilgan 
haykal to‘nlarining yoqasi jimjimador, o‘ng yoqa chap yoqa ustiga 
tushgan. Shuningdek, bellari xipcha, ko‘krak bir oz bo‘rtgan. Ust 
kiyimlari ham nafis. 
Erkak haykallar oddiy qayirma yoqali kiyimda. Xotinlardan 
farqli holda chap yoqa o‘ng yoqa ustiga chiqarilgan. Bellar tekis, 
qo‘pol, gavda keng, yag‘rindor. To‘n ham uncha nafis emas. 
Haykallar ichida, ayniqsa, Bilga xoqon va uning xotiniga 
qo‘yilgani e’tiborni o‘ziga tortadi. Xoqon chordana qurgan holatda 
tasvirlangan. Belida bezakli kamar. Yoqasining chap yog‘i 
o‘ngisining ustida. Oddiy qayirma yoqa. 
Xotini ham o‘tirgan holatda, biroq, oyoqlari bir yonga olingan. 
Xipcha bel, ko‘kragi bir oz bo‘rtgan. Kiyimi nafis, qayirma yoqali. 
Chap yoqa o‘ngisining ustida (qarang: MTA, 102-104).
Majmuada Bilga xoqonning tik turgan qo‘mondonlik kiyimidagi 
haykali ham bor. Kiyimi tovoniga tushadi, bo‘g‘ma yoqa, uzun 
yengli. Belida kamari. O‘ng qo‘l ko‘krak tomon ko‘tarilgan, chap qo‘l 
pastga tomon yo‘nalgan. To‘nidan etigining tovoni chiqib turibdi 
(MTA, 105-108).
Ko‘k turk davrida yaratilgan san’at asari bo‘ladimi, 
haykaltaroshlik namunasi bo‘ladimi, qat’i nazar, ularda qadim 
turklarning tasavvur-tushunchalari, falsafiy qarashlari, inonch-e’tiqodi 
butun borlig‘i bilan aks etib turibdi. Buni ko‘k turk san’ati va 
haykaltaroshligidagi ikki o‘ta muhim hodisada ham kuzatishimiz 
mumkin. 
Qadimgi turk mifologiyasida toshbaqa alohida o‘rin tutadi. 
Toshbaqa qadim turklar nazdida Yerning ramzidir. Ular Yer yuzini 
toshbaqa ko‘rinishida tasavvur etganlar. Mazkur tasavvur-
tushunchalari ularning san’at asarlarida ham aks etgan. Buning yaqqol 
ko‘rinishini qabrtoshlarda kuzatamiz. Ko‘k turk mozor toshlaridan 
ko‘pining ostiga katta bir toshbaqa ishlangan. Matn bitilgan lavh esa 
uning ustiga tiklangan. Buning tubida marhum xotirasi uchun Yer 
yuzida (ya’ni yorug‘ dunyoda) mangu yodgorlik o‘rnatildi, degan 


242
ma’no yotadi. Qadimgi turkiy tilda mazkur bitigtoshlarning bengü 
yoki bengütaš atalganganligi ham shundan.
Toshbaqa ustiga tiklangan qabrtoshlarga Birinchi ko‘k turk 
xoqonlig‘i davriga mansub Bug‘ut yodgorligi, Ikkinchi ko‘k turk 
xoqonlig‘i zamonidagi Bilga xoqon mangutoshini misol keltirish 
mumkin. Yoki Kul tigin yodgorlik majmuasidan qolgan hozirgi 
xarobalar ichida ham parchalangan toshbaqa bo‘laklari yotibdi.
Qadimgi turk haykaltaroshligidagi bu an’ana Uyg‘ur xoqonlig‘i 
davrida ham davom etdi. Ushbu xoqonliqqa mansub 753 yili 
yaratilgan Tariyat bitigtoshi, 760 yili bitilgan Mo‘yun-cho‘r obidasi 
toshbaqa ustiga tiklangan (rasmlariga qarang: MTA). 
Ko‘k turk san’atida qush tasviri ham alohida o‘rin egallaydi. 
Bunga Kul tigin yodgorligidan chiqqan noyob bir topilmani misol 
keltirish mumkin. Kul tigin yodgorlik majmuasidan boshi uchgan 
haykallar orasida shahzoda Kul tigin haykalining bosh qismi ham 
topilgan (rasmiga qarang: MTA, 45). Unda turkiy bo‘rk kiygan 40-45 
yoshlardagi erkak qiyofasi. Uzun bo‘rkning yuz tomoniga qanotlarini 
yoyib turgan qush ishlangan. Qush, ko‘rinishdan, xumoni esga soladi. 
Bu haykal namunasi O‘rta va Markaziy Osiyodan topilgan ilk o‘rta 
asrlarga mansub san’at asarlarining eng nodiri sanalib, ko‘k turk 
san’ati, haykaltaroshligining katta takomil bosqichiga erishganidan 
dalolat beradi.
Taxminan 720-725 yillar orasida tiklangan Kul-ich-cho‘r 
majmuasi xarobalarida ham buning izlari bor. Majmuadan yozuvli 
qabrtosh bilan birga sakkizta inson haykali, beshta hayvon (arslon va 
qo‘chqor) haykali, balballar, rasm va naqshlar ishlangan tosh 
parchalari topilgan. Muhimi, ularning orasidagi katta bir toshga 
qanotlarini yoyib turgan ikki qush tasviri ishlangan. Chamasi, bu ham 
xumoqush chiqar (MTA, 179-180). 
Turk san’ati tarixida haykaltaroshlikning eng rivojlangan 
bosqichi ko‘k turk davri sanaladi. Ko‘rib o‘tilganidek, ko‘k turk 
san’atida inson haykalini yaratishga katta e’tibor qaratganlar. Turklar 
buddizmni qabul qilganlaridan keyin ham amaliy san’atda 
haykaltaroshlik davom etdi. Biroq, endi mashhur xoqon va 
sarkardalarga emas, Buddaga haykal ishlash rusum bo‘ldi. Mohir tosh 
yo‘nuvchilar bor san’atini, butun iste’dodini Buddaning katta-katta 
haykallarini yaratishga bag‘ishladilar. 


243
O‘tmishda turklarning eng keksa urug‘laridan biri A-shi-na 
(xitoycha shakli A-ših-na) urug‘i bilan bog‘liq bir afsona o‘tgan. 
Fanda uning Ergenegon afsonasi degan nomi ham bor. 
A-shi-na xitoycha so‘z bo‘lib, «bo‘zqurt (bo‘zbo‘ri) o‘g‘illari» 
degan ma’noni bildiradi. Xitoycha manbalarga asoslanib tarix 
kitoblarida bu urug‘ning oti shunday atab ketilgan.
Bo‘zqurt-Ergenekon afsonasining turkiy matni saqlangan emas. 
Biroq 629 yili yozilgan «
Č
ou-šu» otli xitoycha yilnomada o‘sha turk 
afsonasi qisqagina hikoya qilinadi. Uning mazmuni shunday: 
G‘arbdagi dengiz sohillarida yashagan bir turk qabilasi ustiga qo‘shni 
qabila lashkari bostirib keladi va qabilani qirg‘in qiladi. Ular orasidan 
faqat o‘n yoshli bir bola tirik qoldi, xolos. Bir urg‘ochi bo‘ri bolani 
qutqarib qoldi. Yovdan qochgan urg‘ochi bo‘ri Kao-changning 
shimoliga (Turfon vodiysiga) borib yashab qoldi. Bo‘ri odam bolasini 
katta qildi va o‘zi uning xotini bo‘ldi. Zamonlar o‘tib, o‘sha odam 
bolasidan o‘n o‘g‘il ko‘rdi. O‘g‘illar katta bo‘lib, shu yerlik ayollarga 
uylandi. A-ših-na o‘g‘illaridan biri o‘z ismini tashigan qabilaning 
boshlig‘i bo‘ldi. Bu qabilaning keyingi avlodi Oltoyga ko‘chdi va u 
yerda «turk» otini oldi (Sertkaya 1995, 303-304). 
Turklarning A-shi-na (Bo‘zqurt o‘g‘illari) urug‘i o‘z tarixini, 
kelib chiqishini bo‘z bo‘riga bog‘laydi. Bo‘ri ularda totemga 
aylangan. Ularning bu tasavvur-qarashlari o‘zlari boshqargan davlat 
ramzlarida, badiiy ijod namunalarida, san’ati, haykaltaroshligida ham 
iz qoldirgan.
A-shi-na xonadoni O‘rta va Markaziy Osiyoda 550-745 yillar 
orasida, yaqin ikki yuz yil hukum surdi. Bu davr ko‘k turklar 
zamoniga to‘g‘ri keladi. Ular hukmronlik qilgan davlatlar tarixda 
«ko‘k turk xoqonliqlari» nomini olgan. 
Ushbu sulola hukumronligi davrida tiklangan yozma 
obidalarning eng eskisi birinchi xonadon davriga mansub Bug‘ut 
obidasidir. Bug‘ut obidasi Maxan tigin ismli turk shahzodasiga atab 
qo‘yilgan. U Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘ining asoschisi Bumin 
xoqonning o‘g‘li va Bumindan keyin 553-572 yillarda taxtni 
boshqargan Muxan xoqonning inisidir. Yodgorlik taxminan 581 yili 
tiklangan. 
Muhimi, Bug‘ut mangutoshining tepa qismiga odam bolasini 
emizayotgan bo‘ri tasviri ishlangan (qarang: MTA,157-162). Bu belgi 
Maxan tiginning A-shi-na xonadoniga mansub ekanligini ko‘rsatadi. 


244
Turk haykaltaroshligidagi ayni an’ana Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i 
davrida ham davom etdi. 732 yili tiklangan Kul tigin mangutoshining 
bosh qismiga ham choqaloqni emizayotgan bo‘ri ishlangan. 
Bo‘zbo‘ri haqidagi tasavvurlar ko‘k turklarning davlat siyosiy-
ijtimoiy qurilmasi, uning ramzlarida ham aksini topgan. Xususan, 
ko‘k turk davlatlarining tug‘ va bayroqlarida bo‘ri boshining tasviri 
ishlanganligi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Bo‘rining totem sifatidagi qiyofasini turk xalq og‘zaki 
adabiyotining eng eski namunasi bo‘lgan «O‘g‘uznoma» dostonida 
kuzatamiz.
Bo‘rini ulug‘lash qadimgi turk badiiy adabiyotida tasvir 
vositalariga ham ko‘chgan. Jumladan, Kul tigin bitigida turk 
lashkarining jasur va yengilmasligi bo‘riga, yov (xitoy) lashkari esa 
qo‘yga qiyoslanadi: Tängri kü
č
bertük ü
č
ün qangïm qa
ğ
an süsi böri-
teg ermis, ya
ğ
ïsï qon-teg ermis (Tangri kuch bergani uchun otam 
xoqonning lashkari bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan). 
740-745 yillar ko‘k turk xoqonlig‘ining inqirozga uchragan 
davri sanaladi. 744 yilning oxirlarida so‘nggi ko‘k turk xoqoni 
uyg‘ur-basmil-qarluq uyushmasi tomonidan mag‘lubiyatga uchradi va 
turklar hukmronligi A-shi-na (Bo‘zqurt o‘g‘illari) xonadonidan uyg‘ur 
sulolasiga mansub Yag‘laqar xonadoniga ko‘chdi.
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlar turkiy xalq-lar og‘zaki 
adabiyotida eski zamonlardan qolgan. U turkiy adabiyot tarixida turli 
variantlarda tarqalgan va yozma manbalarda, xalq og‘izlarida 
bizgacha yetib kelgan. Shulardan bir varianti qadimgi uyg‘ur xatida 
bitilgan bo‘lib, adabiyotshunosligimizda «O‘g‘uznoma» yoki «O‘g‘uz 
xoqon dostoni» oti bilan taniqli (Sodiqov 1998). 
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlarning ayrimlari tarixiy, tarixiy-
adabiy asarlarda keltiriladi. Turkiy xalqlar tarixiga bag‘ishlangan 
kitoblarda o‘tmishda o‘tgan podshohlar qatorida O‘g‘uzxon ham tilga 
olinadi va uning turk ellarini tuzish bilan bog‘liq kechmishi hikoya 
qilinadi. 
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlardan biri tarixchi Fazlullo 
Rashididdinning forscha «Jome ut-tavorix» asarida mavjud. 
«Tavorix-i jahongushoy» asari Chingizxon davriga oid 
qismining turkiy tarjimasida ham O‘g‘uz rivoyati berilgan.
Rivoyatlardan boshqa biri Mirzo Ulug‘bekning forscha «Tarix-i 
arba’ ulus» («To‘rt ulus tarixi») kitobining birinchi bobida keltiriladi. 


245
O‘g‘uz xoqon qissasi Abulg‘oziy Bahodirxon(1603-1664)ning 
«Shajara-yi tarokima» va «Shajara-yi turk» asarlaridan ham o‘rin 
olgan. «Shajara-yi tarokima» muallifining ta’kidlashicha, o‘sha kezlar 
el ichida O‘g‘uz xoqon dostonlari keng tarqalgan edi. Bu xususda: 
«Bizning ichimizda «O‘g‘uznoma» ko‘p turur», - deb yozadi u. Tarix 
kitoblarida bitilgan O‘g‘uz qissalari ham Abulg‘oziyga ma’lum edi. 
Muarrix O‘g‘uzxon tarixini og‘zaki adabiyotda hamda tarix 
kitoblarida berilgan rivoyatlar asosida yozdi.
Mavjud rivoyatlarning eng eskisi uyg‘ur yozuvli 
«O‘g‘uznoma»dir. Ushbu doston o‘z mazmuni, badiiy xususiyatlari, 
tiliga ko‘ra boshqa variantlardan ancha farq qiladi. Asar qo‘lyozmasi 
hozir Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda (raqami: Suppl. 
Turc. 1001). Qo‘lyozmada dostonning bosh qismi ham, yakuni ham 
uchramaydi. Matnning bari 42 bet (21 varaq). U uyg‘ur xati bilan, har 
betga 9 qatordan, tik holda – tepadan pastga qarab yozilgan. 
Qo‘lyozmaning ko‘chirilgan sanasi ham ma’lum emas. Xat shakli va 
uslubiga ko‘ra, harqalay, XIII-XIV asrlarda ko‘chirilgan chiqar.
«O‘g‘uznoma» – nasriy doston, lekin matnda ora-chora she’riy 
bandlar ham uchraydi. She’riy shaklda berilgan matn bo‘lagidan 
misol keltiramiz: 
Toydan song O
ğ
uz qa
ğ
an beglärgä, el-künlärgä jarlïq berdi, taqï 
tedi-kim: 
Men senlärgä boldum qa
ğ
an, 
Alalïng ya taqï qalqan. 
Tam
ğ
a bizgä bolsun buyan, 
Kök böri bolsun
ğ
ïl uran. 
Temür 
č
ïdalar bol orman, 
Aw yerdä yurusun qulan. 
Taqï taluy, taqï muran, 
Kün – tu
ğ
bol
ğ
ïl, kök – qurïqan, - tep tedi.
Mazmuni: To‘ydan so‘ng O‘g‘uz xoqon beklarga, el-ulusga 
yorliq berib, dedi: 
Men sizlarga bo‘ldim xoqon, 
Yoy va qalqonlarni qo‘lga olaylik. 
Bizga ezguliklar tamg‘a bo‘lsin, 
Ko‘k bo‘ri – jangovor belgimiz bo‘lsin. 
Temir nayzalar – bo‘lgin o‘rmon. 
Ov yerda qulonlar yursin, 


246
Yana daryo va dengiz (to‘lqinlanib tursin), 
Kun – (sen bizga) tug‘ bo‘lgin, Ko‘k – chodirimiz, - deb aytdi.
Asar O‘g‘uzning tug‘ilishidan boshlanadi. U qirq kunda voyaga 
yetib yigit bo‘ladi. Uning yigitlikdagi qiyofasi shunday tasvirlanadi: 
Ada
ğ
ï ud ada
ğ
ï-teg, belläri böri belläri-teg, ya
ğ
r
ı
kiš ya
ğ
rï-teg, köküzü 
adu
ğ
köküzü-teg erdi. Badanïnïng qama
ğ
ï tüg tülüklüg erdi - Oyog‘i 
buqa oyog‘idek, bellari bo‘ri bellaridek, yag‘rini suvsar yag‘rinidek, 
ko‘ksi ayiq ko‘ksidek edi. Butun badani tuk bosgan edi. 
Asarda turklarning qadim inonch-e’tiqodi, tasavvur-
tushunchalari aks etgan. O‘g‘uz Ko‘k tangrisiga topinadi. Doston 
voqea-hodisalari ana shu inonch-e’tiqod bilan bog‘lanadi. Bunga 
misol keltiramiz: O‘g‘uz xoqon kunlarning birida Ko‘k tangriga 
sig‘inayotgan chog‘da tevarakni qorong‘ulik bosib, ko‘kdan bir 
yorug‘ tushadi. U kundan ayon, oydan ham ravshan edi. Shu payt 
uning ichida bir go‘zal qiz paydo bo‘ladi. Qiz O‘g‘uzga ma’qul 
tushadi va unga uylanadi. Yillar o‘tib, uch o‘g‘il ko‘radi. 
Farzandlariga Kun, Oy, Yulduz deb ot qo‘yadilar. Ikkinchi xotinini 
esa ovga chiqqanda ulkan daraxt kavagida uchratadi. Unga ham 
uylanib, uch o‘g‘il ko‘radi. O‘g‘illarni Ko‘k, Tog‘, Dengiz deb 
ataydilar. 
Muhim jihatlaridan yana biri asarda ko‘k bo‘ri obrazi berilgan. 
O‘g‘uz xoqon cherikni jangga chorlar ekan, «ko‘k bo‘ri – jangovor 
belgimiz bo‘lsin» deya da’vat etadi. Bo‘ri tangrining elchisi bo‘lib, 
unga madad beradi. Buning tafsiloti shunday: Kunlarning birida 
O‘g‘uz xoqonning chodiriga kundek yorug‘ tushdi. O‘sha nur ichidan 
ko‘k tusli, ko‘k yolli katta bir erkak bo‘ri chiqdi. Bo‘ri turkning jasur 
xoqoniga jangda madad berajagini bildirdi. Ertasi tek uning 
aytganiday bo‘ldi. Ko‘k yolli bo‘ri cherik oldida yo‘l boshlaydi. U 
boshlagan yo‘lda O‘g‘uz qo‘shini zafar qozonadi. Bo‘ri to‘xtagan 
yerda u ham to‘xtaydi. Shu yerda ayovsiz jang bo‘ladi va turk 
qo‘shini yengadi. 
Asar davomida xoqonning harbiy yurishlari, ulug‘ zafarlari 
hikoya qilinadi. Ayrim turkiy qavmlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq 
rivoyatlar beriladi.
Uyg‘ur yozuvli «O‘g‘uznoma» keyingi davr tarix kitoblarida 
berilgan O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlardan ayrim jihatlari bilan 
farq qiladi. Shu o‘rinda mavjud rivoyatlarni o‘zaro qiyoslab ko‘raylik. 


247
Uyg‘ur yozuvli variantida O‘g‘uz Ko‘k tangriga topinadi. 
Boshqa rivoyatlarda esa Tangri taolo (Alloh)ning birligiga iymon 
keltiradi. Choqaloq tug‘ilishdanoq onasining tushiga kirib, uni ham 
musulmon bo‘lishga da’vat etadi. Masalan, «Tarix-i arba’ ulus» va 
«Shajara-yi turk»da bolaning tili «Alloh» kalimasi bilan chiqadi. 
Uylangan chog‘da ham musulmonlikni qabul etmagan xotinlaridan 
o‘zini uzoq tutadi, musulmon bo‘lgan kenja xotini bilan qovushib, 
undan o‘g‘illar ko‘radi. 
Uyg‘ur yozuvli «O‘g‘uznoma»da asar qahramoni afsonaviy 
qiyot (yakkashoh hayvon) bilan jang qiladi va uni yengadi. Yoki 
asarda ko‘k bo‘ri obrazi mavjud. Keyingi rivoyatlarda esa bular 
berilmagan. 
Keyingi rivoyatlarda O‘g‘uz otasi Qoraxon bilan jangga kiradi, 
uni yengib, taxtini o‘zi egallaydi. Uyg‘ur yozuvli nusxada Qoraxon 
obrazi yo‘q. 
Qadimiy variantida O‘g‘uz birinchi xotinini ko‘kdan tushgan 
nurda uchratib, unga uylanadi. Ikkinchi xotinini esa ovga chiqqanda 
ko‘l o‘rtasidagi daraxt kavagida uchratadi. O‘g‘illari ikkov xotinidan. 
Keyingi variantlarda esa u amakilarining qizlariga uylanadi. Lekin 
farzandlarining oltovini kenja amakisining musulmon bo‘lgan qizidan 
ko‘radi. 
Umuman turli variantlarda bunday farqlarni kuzatish mumkin. 
Biroq, rivoyatlarni birlashtirib turuvchi motivlar ham oz emas. Bunga 
tubandagilar o‘rnak.
Rivoyatlarning barida O‘g‘uz xoqon olti farzand ko‘radi. 
Farzandlarining oti koinot va tabiatdagi ulug‘ narsalarning oti bilan 
atalgan: Kun, Oy, Yulduz, Ko‘k, Tog‘, Dengiz. 
O‘g‘uz xoqon rivoyatlarining barida turkiy xalqlarning tarixi 
mujassam. Yanada muhimi, qissalarda uyg‘ur, qipchoq, qarluq, 
qangli, xalach kabi qavmlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq ajoyib 
rivoyatlar berilgan. Turklarning bu keksa qavmlari, qissalarda qayd 
etiluvicha, O‘g‘uz xoqon zamonida shakllangan. E’tiborga loyiq yeri 
shundaki, rivoyatlarda, o‘rni bilan, ushbu qavm otlarining asl ma’nosi 
(etimologik izohlari) ham keltiriladi. Chunonchi, Abulg‘oziy 
asarlarida uyg‘ur qavmining shakllanishi quyidagi voqea bilan 
bog‘lanadi: O‘g‘uz bilan Qoraxon oralarida kechgan jangda 
amakilarining o‘g‘illari Qoraxon cherigidan ajrab O‘g‘uzxonga borib 
birlashadilar. O‘g‘uz bundan mamnun bo‘ldi va ularga uy
ğ
ur (ya’ni 


248
«qo‘shilgan, birlashgan, uyushgan») otini berdi. Shu o‘rinda asar 
muallifi ushbu so‘zning ma’nosi xususida yozadi: Lafz-i uy
ğ
ur türk 
tili turur, ma’nïsï bar
č
a
ğ
a ma’lum turur, yapïš
ğ
ur ma’nïsïna turur. 
Ayturlar: süt uyïdï. Süt erkänindä biri birindin ayrïlur erdi, qatïq 
bol
ğ
andïn song biri birigä yapïša turur. Bu taqï ayturlar-kim, ïmam
ğ

uyïdïm.Imam oltursa, olt
ı
ra turur, tursa, tura turur. Bas, yapïšqanï 
bolmasmu? 
«Shajara-yi turk»dagi uyïdï so‘zi hozirgi o‘zbekchada ïwïdï 
(qatïq ïwïd
ı
, süt ïwïb qatïq boldï) shaklida qo‘llanadi. Yoki uyušmaq 
fe’li ayni so‘zdan. Yana qiyoslang, grammatikada: uyušïq böläk. 
Qipchoqlarning kelib chiqishi esa shunday voqeaga bog‘lanadi: 
O‘g‘uz xoqonning beklaridan biri navbatdagi yurishga ko‘chini 
(xotinini) ham olib borgandi. Jangda o‘zi o‘ldi. Bevasi yukli edi, oy-
kuni yaqinlashib, to‘lg‘oq tuta boshladi. Kun sovuq, berk joy 
yo‘qligidan ayolni katta bir g‘ovak daraxt ichiga olib kirdilar, xotin 
o‘sha yerda tug‘di. Bola daraxt g‘ovagida tug‘ilgani uchun O‘g‘uz 
unga Qïp
č
aq deb ot qo‘ydi. Shu o‘rinda asar muallifi yana yozadi: 
Qadïm türk tilindä i
č
i boš ya
ğ
a
č
nï qïp
č
aq derlär erkändür. Anïng ü
č
ün 
ol o
ğ
lan ya
ğ
a
č
i
č
indä tu
ğ
dï tep atïn Qïp
č
aq qoydïlar. Bu vaqtda ham 
i
č
i boš ya
ğ
a
č
nï qïp
č
aq deytururlar. Šul qïp
č
aq turur-kim, 
č
ïp
č
aq 
deytururlar. 
O‘g‘uz xoqon Qipchoqni o‘zi katta qildi, ulg‘aygach, unga elu 
navkar berib, Tin va Itil suvining yoqasidagi yurtlarga bosh qildi, 
uning eli qipchoqlar deyildi. 
Rivoyatlarda qarluq, qangli, xalach qavmlarining ham kelib 
chiqishi xuddi shunday hikoya qilinadi. 
Tarix kitoblarida ta’riflanishicha, O‘g‘uz xoqon juda eski 
zamonda o‘tgan hukumdordir. Uning hukumronlik davri yuqorida zikr 
etilgan keksa turkiy qavmlarning shakllanayotgan bosqichiga to‘g‘ri 
keladi. O‘g‘uz xoqon tarixiy shaxsmi yoki yo‘qmi, qat’i nazar, doston 
va rivoyatlarda badiiy obrazdir. 
Muhimi, «O‘g‘uznoma» dostonida turkiy xalqlarning ko‘k 
tangri dini davridagi inonch-e’tiqodi, tasavvur-qarashlari aks etgan. 
Asarda O‘g‘uzning Ko‘k tangriga topinishi, o‘g‘lonlariga koinot va 
tabiat jismlarining oti berilgani, ko‘k bo‘ri obrizining uchrashi 
turklarning islomdan ancha burungi, xususan, ko‘k tangri inonchi 
davridagi tasavvurlarining ifodasidir. 


249
Qadimgi variantda yorug‘liq ham alohida o‘rin tutadi. Ko‘k-dan 
tushgan yorug‘liq orasida bir sohibjamol paydo bo‘lib, O‘g‘uz-ga 
ma’qul tushadi va unga uylanadi. Boshqa bir o‘rinda O‘g‘uzning 
chodiriga yorug‘liq tushib, ichida ko‘k bo‘ri paydo bo‘ladi va 
xoqonga ko‘mak beruvini bildiradi. Bu o‘rindagi ko‘k bo‘ri 
(bo‘zbo‘ri) ko‘k tangri dini ta’sirida asarga kiritilgan. Biroq uning 
yorug‘liq orasida paydo ulishi moniylik bilan bog‘liq. 
Ko‘rinadiki, mazkur dostonda bir tomondan turklarning ko‘k 
tangri muhitidagi qarashlari aks etgan bo‘lsa, ikkinchidan, unda 
moniylikning ta’sirini kuzatish mumkin. Demak, dostonning ildizi 
ko‘k tangri muhitiga tarmoq otgan. Sharqiy turklar moniylikni qabul 
qilganlaridan so‘ng, doston qayta ishlanib, yangi muhitga 
moslashtirilgan: ko‘hna motivlar moniylikning tasavvurlari bilan 
boyitilgan. Aytish mumkinki, uyg‘ur yozuvli «O‘g‘uznoma» O‘g‘uz 
dostonlarining moniylik davrida qayta ishlangan, turklarning shu 
kezga qadar bo‘lgan e’tiqod va tasavvurlari sinkretik holda 
mujassamlashgan variantidir. 
O‘g‘uz xoqon haqidagi rivoyatlar islom muhitida ham keng 
tarqaldi. Qadim rivoyatlar qayta ishlanib, ushbu muhitga 
moslashtirildi. Bu esa, o‘z navbatida, asarning asrlar osha yashab 
qolishiga imkon tug‘dirdi. Islom muhitida ham asarning yangi-yangi 
variantlari yuzaga kela boshladi. Xususan, tarix kitoblarida keltirilgan 
rivoyatlar uning ana shu jarayonda shakllangan variantlaridir. O‘zbek 
xalq og‘zaki ijodida xorazm adabiy muhitida hatto XVII asrda ham 
O‘g‘uzxon dostonlari keng tarqalgan edi. 
Asar turkiy xalqlar adabiyoti tarixida turli variant va 
versiyalarda tarqalgan. Ularning eng eskisi uyg‘ur yozuvli 
«O‘g‘uznoma»dir. U boshqa variantlardan hali islom ta’siriga 
berilmagani bilan ajralib turadi. Tarix kitoblarida keltirilgan 
rivoyatlarni esa islom davrida qayta ishlangan deyish mumkin.
Qadimgi turk falsafiy qarashlarini o‘rganishda ko‘k turk 
yozuvida bitilgan bitigtoshlar muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 
Ko‘k turk xoqonliqlari davrida yaratilgan va hozircha fanga 
ma’lum bo‘lgan yozma yodgorliklardan eng eskisi Bug‘ut 
bitigtoshidir. Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida tiklangan ushbu 
bitigtosh Mo‘g‘ulistonning Arxangay aymog‘idan topilgan. 
Tadqiqotchilarning fikricha, toshdagi yozuv aslida ikki tilli bo‘lgan. 
Hozirgi saqlanib qolgani – toshning keng qismi va ikki tor biqinidagi 


250
matni sug‘dchadir. Toshdagi sug‘dcha matnda ushbu qabr toshini 
turklar o‘rnatganligi qayd etiladi (qarang: Ishoqov 1989,39-40). 
Toshning boshqa yog‘i esa ancha yemirilgan. Unda harf 
izlarinigina ilg‘ash mumkin, xolos. Lekin bu matn qay yozuv va qay 
tilda ekanini aniqlashning imkoni yo‘q. Ayrim olimlar ushbu matn 
xitoycha, ba’zilar brahma xatida bo‘lgan deb faraz qilmoqdalar. 
Negadir, hech kim ko‘k turk xoqonlig‘ida tiklangan yodnomada ikki 
tilli matndan biri albatta turkiyda bo‘lishini o‘ylab ham ko‘rmayapti. 
Nima bo‘lganda ham, uning brahma yozuvida ekanligi dargumon. 
Chunki brahma xati buddiylik muhitida amal qildi. Shunga ko‘ra, uni 
brahma yozuvli matn deya faraz qilishga asos yo‘q. Kuzatuvlar bir 
to‘xtamga olib keladi: ehtimol, u sug‘dcha matnning turkiy versiyasi 
bo‘luvi mumkin. Yodgorlikning turk xoqonlari tomonidan 
o‘rnatilgani ham bunga dalil.
Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davridan saqlangan bitiglar ancha. 
To‘nyuquq (712-716 ...?), Kuli-cho‘r (721 y.), Qutlug‘ xoqon (Ungin) 
(731 y.), Kul tigin (732 y.), Bilga xoqon (735 y.) shu davrning muhim 
obidalaridir. Ular o‘sha kezlar yashab o‘tgan turk xoqon va 
amaldorlari xotirasiga tiklangan. Fanda urxun obidalari nomi bilan 
yuritiladi.
Urxun obidalari ichida matn solmog‘i, mazmuni, g‘oyaviy-
badiiy xususiyatlari, mundarijasining o‘zaro yaqinligi bilan ikki bitig 
ajralib turadi. Ular Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i quruvchisi Eltarish 
xoqonning ikki o‘g‘li - Bilga xoqon va Kul tigin sharafiga o‘rnatilgan. 
Mangutoshlar Kosho Saydam vodiysi Ko‘kshin-Urxun daryosining 
yaqinida biri-biridan 1 km. uzoqliqdagi o‘zi o‘rnatilgan joyidan 
topilgan. 
Kul tigin va Bilga xoqon yodgorliklari o‘sha kezlar butun bir 
maqbara kompleksidan iborat bo‘lib, o‘z davrining ajoyib obidasi 
sifatida qad rostlagan. Maqbaralar el-ulusning qutlug‘ ziyoratgohlari 
edi. Ularni qurishda bino arxitekturasiga, hashamiga jiddiy e’tibor 
qilganlar. Binosini mashhur me’mor va naqqoshlar ishlagan. 
Chunonchi, Kul tigin bitigida qayd etiluviga qaraganda, mazkur 
ziyoratgohni bezash uchun tabg‘ach xoqoni o‘zining saroy naqqoshini 
yuborgan. Uning ich va tashiga naqshlar ishlangan; to‘riga mangutosh 
tiklanib, xoqonning ko‘ngildagi so‘zlari bitilgan (qarang: KTk.11-13). 
Hozirgi ko‘rinishi esa o‘sha muhtasham yodgorlikning qoldiqlari, 
xolos. 


251
Kul tigin bitigi ikki tilli: yodgorlikning o‘ng yuzi va yon 
yoqlaridagi bitig turkiy, ters yuzidagisi xitoycha. Turkiy matn muallifi 
adib va tarixnavis Yo‘llug‘ tigin, xitoycha matnni esa tabg‘achlik 
Chang Sangun yozgan. Oradan uch yil o‘tib tiklangan Bilga xoqon 
bitigining muallifi ham Yo‘llug‘ tigin. 
Bitiglar ulug‘ yo‘lboshchilar, qahramonlar xotirasiga bitilgan 
yodnomalardir. Ularda xalq qahramonlari ko‘zi tirikligida ko‘rsatgan 
mardliklar, yurt ozodligi, fuqaro tinchligi yo‘lidagi jasorat va 
xizmatlari yod etiladi. Qolaversa, bitiglarda aks etgan tarixiy voqealar 
muallifning yagona maqsadi emas. Tarixiy voqealar turk 
qahramonlari obrazini yaratish va bu qahramonlarni madh etishga fon 
bo‘lib xizmat qiladi (Stebleva 1991, 279). 
Matn badiiy tilda. Uning ajoyib uslubi, g‘oyasi yodnomalarni 
badiiy asar darajasiga ko‘targan. Bitiglar shu jihatdan tarixiy 
asarlargina emas, turkiy yozma adabiyotning eng ko‘hna namunalari 
hamdir. 
Kul tigin va Bilga xoqon yodnomalarining asosiy qismi turkiy 
qavmlarning uzoq va ideal o‘tmishi – Birinchi ko‘k turk xoqonlig‘i 
davrini xotirlash bilan boshlanadi. Bitiglarda ta’riflanuvicha, bir 
paytlar Sharqda Qadirqan yishdan G‘arbda Temir qopiqqa qadar 
ulkan zaminda Bumin xoqon va Istami hukumronlik qilib, turkning 
erkin va qudratli davlatiga bosh bo‘lib turganlar. Ular dono xoqon 
ekan, bahodir ekan, vazirlari ham botir va oqil, xalqi ham xalol 
bo‘lgan ekan. Ikkov xoqon davlatni shu xilda tutib, vafot etgan. 
Shundan so‘ng ularning inisi va o‘g‘li taxtga chiqibdi. Lekin ular 
otalariday yo‘l tutmabdi. Ular johil, badfe’l, vaziri ham ochko‘z, 
yovuz ekan. Shunga yarasha, beklari, xalqi orasidan ham insof va 
baraka ko‘tarilibdi. Turk davlati tanazzulga yuz tutibdi. Hiylakor 
tabg‘ach bundan foydalanib, fitna qo‘zg‘abdi. Oqibat, turk xalqi 
davlatini qo‘ldan chiqazibdi; xoqonini yo‘qotibdi, bek bo‘ladigan 
o‘g‘loni bilan tabg‘achga qul bo‘libdi, suluv qizi bilan cho‘ri bo‘libdi. 
Turk beklari turkcha otini tashlab, o‘zlariga tabg‘achcha nom olib, 
yovga qaram bo‘libdi. Tabg‘ach xoqoni: «Turk xalqini o‘ldiraylik, 
urug‘ini qoldirmaylik», deya uni yo‘qotmoqqa bel bog‘lagan ekan. 
Ammo tangri inoyati, turkning muqaddas yer-suvining sharofati bilan 
Eltarish xoqon turkka bosh bo‘libdi. U erlarning boshini qovushtirib, 
kurashga otlantiribdi. Tabg‘achga qarshi kurashib, davlatini, xoqonini 
yo‘qotgan, qulga aylangan, hukumronligini boy bergan turk xalqini 


252
qayta oyoqqa turg‘azibdi, ota-bobolar qonun-qoidasini tiklabdi. U 
qudratli davlat barpo etibdi. Uning davrida turk eli mislsiz 
farovonlikka yetishibdi, erkin-emin yashay boshlabdi. Shundan so‘ng 
bitiglarda davlatni mustahkamlash yo‘lida Eltarish, Bo‘gu, Bilga 
xoqon, Kul tigin singari turk xoqon va sarkardalari boshchiligida 
kechgan kurashlar, sarkardalar ko‘rsatgan qahramonliklar hikoya 
qilinadi. Bu voqealar Ikkinchi ko‘k turk xoqonlig‘i davrida ro‘y 
bergan.
Diqqatga molik yeri shundaki, ikkala bitigda matnning asosiy 
bo‘lagi muallif Yo‘llug‘ tilidan emas, balki Bilga xoqon tilidan hikoya 
qilinadi. Boisi, bitiglarda turk xoqonining o‘z eliga murojaati, da’vati 
yozilgan. Xoqon butun turk ulusini, kelajak avlodni o‘z so‘zlariga 
quloq tutmoqqa undaydi: «So‘zimni tugal eshitgil mendan keyingi ini, 
jiyanim, o‘g‘illarim, ittifoq, urug‘im, xalqim, o‘ngdagi shadapit 
beklar, chapdagi tarxonlar, buyruq beklar, o‘ttiz ... to‘qqiz o‘g‘uz 
beklari, xalqi, bu so‘zlarimni yaxshilab eshit, qunt bilan tingla!» 
(KTk.1-2). Matn davomida bu murojaat yanada jiddiylashadi. Xoqon 
turk uluslarini birlashishga, tinch-ittifoqlikka, otalar zahmat ila qo‘lga 
kiritgan istiqlolni asrab, turk davlatini himoya qilishga da’vat etadi. 
O‘tmishni eslatib, undan saboq olish, yov hiylalaridan ogoh bo‘lishga 
undaydi. Ulug‘ yo‘lboshchi eliga qarata: «Bu xoqoningdan, bu 
beklaringdan, yeringdan, suvingdan ayrilmasang, turk xalqi, o‘zing 
ezgulik ko‘rajaksan, uyingga kirajaksan, betashvish bo‘lajaksan», - 
deya xitob qiladi (Xb. 13-14). Bitiglarning bosh g‘oyasi ham, asosan, 
shular bilan belgilanadi. Bilga xoqonning butun turk uluslariga 
murojaati, o‘z navbatida, o‘sha kezlarda barcha uchun umumiy turkiy 
adabiy til amal qilganidan dalolatdir. 
Bitiglarda Bumin, Istami, Eltarish, Bilga xoqon, Kul tigin 
singari tarixiy shaxslar adabiy qahramon sifatida gavdalanadi. Ushbu 
turk xoqon va sarkardalari ulug‘ yo‘lboshchilar, turkiy ulusning milliy 
qahramonlari darajasiga ko‘tarilib, madh etiladi. 
Asarlarda ta’riflanuvicha, tuk qahramonlari el ozodligi, uning 
osoyishtaligi yo‘lida tunu kun tinim bilmaydi: Turk xalqi uchun tun 
uxlamadim, kunduz o‘tirmadim (KTu.27). Xalaskorlarning qo‘l ostida 
yurtda tinchlik qaror topib, el ko‘paydi, fuqaro to‘q yashadi. Bu 
vaziyat Bilga xoqon tilidan shunday tasvirlanadi: Tangri yorlaqagani 
uchun, qutim, nasibam bor uchun o‘layotgan xalqni tiriltirib oyoqqa 
qo‘ydim. Yalang xalqni to‘nli qildim, qashshoq xalqni boy qildim, oz 


253
xalqni ko‘paytirdim (X.23-24). Yoki boshqa bir o‘rinda: U zamonda 
qul qulli, cho‘ri cho‘rili bo‘lgan edi (X.18). 
Mangutoshlarda bitilishicha, bu qahramonlar bo‘lmaganda xalq 
qirilib bitardi: Tangri yorlaqagani uchun, men muvaffaqiyat 
qozonganim uchun turk xalqi zafar qozondi. Men davlatni shunday 
boshqarmasam, turk xalqi o‘lajak edi, yo‘q bo‘lajak edi (X.33). Kul 
tigin bitigida bu xususda «Kul tigin bo‘lmaganda, butunlay o‘lar 
edingiz» deb yozilgan (KTu.50). Tangri turk xoqoniga, elning milliy 
qahramoniga jasur va yengilmas lashkar ato etgan, dushmanini esa 
nochor qilgan: Tangri kuch bergani uchun otam xoqonning lashkari 
bo‘riday ekan, dushmani qo‘yday ekan (Ktu.12). Qahramonlarning 
qo‘li yov ustidan baland keladi: Hammasi bo‘lib yigirma besh marta 
lashkar tortdik, o‘n uch marta jang qildik. Eli borni elidan judo qildik, 
xoqoni borni xoqonidan ayirdik, tizzasi borni tiz cho‘ktirdik, boshi 
borni ta’zim ettirdik (Ktu.18). 
Elparvar xoqon mamlakat notinchligi, ulusning 
uyushmaganidan, ba’zan uning yovlar ta’siriga tushib qolishidan 
aziyat chekadi, bezovta bo‘ladi. Elini dushman hiylalaridan ogoh 
bo‘lishga, uning qimmatli tortiqlariga uchmaslikka chaqiradi: 
Tabg‘ach xalqi so‘zi shirin, ipakligi nafis ekan. Shirin so‘zi, nafis 
ipakligi bilan aldab, yiroq xalqni o‘ziga shunday yaqinlashtirib olar 
ekan. Yaqin bo‘lgandan so‘ng yovuz ilmini u yerda ko‘rsatar ekan 
(KTk.5). Yoki: Turk xalqi, to‘kis ishonuvchisan. Samimiy, 
nosamimiyni ajratmaysan. Bir tutoqsang, samimiyni farqlamaysan. 
O‘shandayliging uchun (seni) ardoqlagan xoqoningning so‘zini 
olmayin, har yerga tarqab ketding. U yerda xo‘p g‘oyib bo‘lding, 
badar ketding (KTk.8-9). Yana boshqa bir o‘rinda: Tepadan osmon 
bosmasa, pastda yer yorilmasa, turk xalqi, elingni, hukumatingni kim 
buzdi? ... O‘zing adashding, yomonni kiritding. Qurolli qaydan kelib 
tarqatib yubordi, nayzali qaydan kelib surib ketdi? (Ktu.22-23). 
E’tiborga loyiq tomoni shundaki, Kul tigin bitigida matn bo‘ylab 
davom etib kelayotgan ko‘tarinkilik asar so‘ngida keskin o‘zgaradi, 
qahramonlik dostonlariga xos bir ruh o‘rnini xazin mazmun egallaydi. 
Bilga xoqon inisi Kul tiginning o‘limidan qayg‘u-alam chekadi: Inim 
Kul tigin vafot etdi. O‘zim alam chekdim. Ko‘rar ko‘zim ko‘rmasdek, 
bilar aqlim bilmasdek bo‘ldi [es-hushimdan ayrildim], o‘zim alam 
chekdim. Dunyoni tangri yasaydi, inson bolasining bari o‘ladigan 
qilib yaratilgan. Shunchalik alam tortdimki, ko‘zga yosh kelsa, azob 


254
berib ko‘ngildan yig‘i kelsa, qayta qayg‘urdim, qattiq alam chekdim 
(KTu.50-51). Matnning bu bo‘lagi Yenisey atroflaridan topilgan qabr 
bitiglarining mazmuniga o‘xshab ketadi. 
Ta’kidlash joizki, Kul tigin bitigida bunday mazmunning aks 
etuvi tabiiy. Chunki bitig marhum xotirasiga o‘rnatilgan bo‘lib, matni 
uning og‘asi tilidan so‘zlanmoqda. 
Bilga xoqon yodnomasiga kelsak, matnning asosiy –xoqonning 
o‘z tilidan so‘zlangan qismida marsiya yo‘q. Biroq, bitig nihoyasida, 
xoqon so‘zi yakunlangandan so‘ng uning muallifi Yo‘llug‘ tigin o‘z 
so‘zlarini bitib, otasi o‘limidan chekkan qayg‘usini izhor etadi. 
Matnning bu bo‘lagidan uzuq-yuluq jumlalar saqlangan. Mana o‘sha 
jumlalar: ... Bilga xoqon vafot etdi. Yoz bo‘lsa, yuqorida falakning 
toqi ... tog‘da kiyik chopsa, o‘ylayman otam xoqonni (Xs). Yo‘llug‘ 
tigin xuddi shunday dardu alamini o‘zining avvalgi asari – Kul tigin 
yodnomasining oxiriga ham yozib qoldirgan. U yerda ham 
muallifning ko‘ngildagi so‘zlari xoqon nutqi tugagandan keyin 
keltiriladi. Mana o‘sha satrlar: Panohtalab o‘g‘loningizga, 
tayanuvchingizga qiyinchilikda tarbiyat qilar edingiz. Vafot etdingiz. 
Tangri yashatuvchidir (K.II). 
Kul tigin va Bilga xoqon bitiglari xoqon va ulug‘ sarkarda 
xotirasiga tiklangan oddiy qabr yozuvlari emas. Ular ulug‘ 
yo‘lboshchining butun turk uluslariga, kelajak avlodga murojaati, 
o‘gitlaridir. Bitigtoshlar tiklangan manzilni xalq ziyorat etib, ulug‘ 
xoqon, milliy qahramonlar nomini yod etgan. Bitiglarni o‘qib, ulardan 
saboq olgan.
Qadimgi turk falsafiy qarashlarini o‘rganishda Oltoy o‘lkasi, 
Yenisey tevaragidan topilgan ko‘k turk yozuvli bitigtoshlar ham katta 
ahamiyatga ega. Ta’kidlash kerakki, mazkur bitiglardan ko‘pining 
o‘rnatlgan davri noma’lum. Ehtimol, ba’zilari urxun obidalari bilan 
chog‘dosh, hatto ulardan ham eskiroq chiqar? Lekin ular o‘zga 
muhitda, o‘zga maktab namoyandalari tomonidan yaratilgan. Ularning 
xos an’anasi bor.
Yenisey obidalarining e’tiborga loyiq belgilaridan biri ularda 
matn marhumning o‘z tilidan hikoya qilinadi. Marhumning o‘z oilasi, 
yaqin kishilari, el-yurtidan ayriliq qayg‘usi ifodalanadi; uning 
boshdan kechirganlari, farovon va to‘q, sonsiz yilqiyu boylikka ega 
bo‘lgan hayoti xotirlanib, yorug‘ dunyodan erta ketganligiga o‘kinch 
bildiriladi. Ayrim qabr toshlarida marhumning ko‘zi tirikligida 


255
ko‘rsatgan jasoratlari tarixiy fonda hikoya qilinadi (nashrlariga 
qarang: Malov 1952). 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə