Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

34-rasm. Radlov V.V.


232
1990). Ba’zan folbinlarning harakatlarida ham shamanlikning izlarini 
uchratamiz. 
“Otalar kulti” vafot etgan kishilar yoki urug‘ va qabilaga 
aloqador mifologik personajlar ruhiga topinish bilan bog‘liq inonchu 
udumlar tizimidir. Vafot etganlar ruhiga sig‘inish inson o‘lgandan 
so‘ng uning ruhi yashaydi va u tiriklar ishiga aralashishga, ta’sir 
etishga qodir degan tasavvur-qarashlardan kelib chiqqan (qarang: 
Dubrovskaya 2003, 7-14). 
Totem biron shaxs yoki qavmning belgisiga aylangan hayvon 
yoki o‘simlik timsoli sanaladi. Totemizm esa kishilarning totem bilan 
tug‘ishganligini aks ettiruvchi inonchlar tizimidir. Totemizmning 
muhim belgilaridan biri, u tabiiy ob’ektlarni o‘rab turgan olamdagi 
jonli mavjudotning biri deb tushunishga asoslangan (qarang: 
Dubrovskaya 2003, 40-57).
Ilk va o‘rta asrlarda xitoylarda Konfusiy ta’limoti keng amal 
qilar edi. Unga binoan, xitoylar osmonga itoat etganlar. Barcha voqea-
hodisalar osmonning irodasi bilan yuz beradi, deb bilganlar. Hatto o‘z 
imperatorlarini «Osmon o‘g‘li» (thien-tsi), ular osmon bilan yer 
o‘rtasida yaralgan zotlar, ular osmonning irodasi bilan belgilangan
shuning uchun unga itoat etish kerak, deb qaraganlar. 
Xitoycha «Osmon o‘g‘li» ma’nosidagi thien-tsi so‘zini ko‘k 
turklar tänsi~tinsi yoki tinsi o
ğ
lï shaklida qo‘llagan. Ta’kidlash 
kerakki, turklar bu unvon bilan o‘z hukumdorlarini emas, xitoy 
imperatorlarini ataganlar. Masalan, bu atama «Irq bitigi»da kelgan: 
Tänsi-män. Yarïn ke
č
ä altun ögrin üzä olurupan, mängläyür-män. 
An
č
a bilinglär: edgü-ol - Men Tansiman. Ertayu kech oltin taxt uza 
o‘ltirib, shodlanaman. Buni bilingki - ezgulikdir (Malov 1951, 80). 
To‘nyuquq bitigida bu atama bilan bog‘liq xarakterli o‘rnak bor. 
Bitigda turk qo‘shinlarining zafarli yurishlari hikoya qilinar ekan, bir 
o‘rinda «Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘» (Tinsi o
ğ
lï yatï
ğ
ma 
Bängligäk ta
ğ
) haqida so‘z boradi (To‘n.44).
S.E. Malov o‘z tarjimasida bu birikmani «gora Byangligyak – 
mestojitelstvo sina Tinesi» deb bergan (Malov 1951,69). Biroq, 
birikmadagi yatï
ğ
ma so‘zi «turadigan, yashaydigan» ma’nosida emas, 
«yotadigan, yotgan» ma’nosini bildiradi. Shunga ko‘ra, birikmani 
«Tinsi o‘g‘lining turar joyi» deb emas, «Tinsi o‘g‘li yotadigan, qabri 
joylashgan yer» deb tushunmoq kerak. Bu borada A. Rustamovning 
fikriga qo‘shilsa bo‘ladi: u mazkur birikmani «Tinsi o‘g‘li yotadigan 


233
Bangligak tog‘i» deya talqin etadi (Abdurahmonov, Rustamov 1982, 
77). A. Amanjolovning talqini ham e’tiborga loyiq. U To‘nyuquq 
bitigidagi «Osmon o‘g‘li» bilan bog‘liq jumlani: «proydya mimo gori 
Bengligek (Pamiro-Altay, yujnie xrebti Tyan-Shanya) – 
mestoprebivaniya sina Neba, Tyanszi (kitaysk. tien-tsi «sin Neba») 
deb o‘girgan (Amanjolov 2003, 184).
E’tiborlisi shundaki, tarixchi To‘nyuquq turk qo‘shinlari bu 
yerga Yin
č
ü ögüz (Sirdaryo)ni kechib borganlarini qayd etadi. 
Basharti, uning ma’lumotlariga asoslanilsa, bitigda tilga olingan 
«Tinsi o‘g‘li yotadigan Bangligak tog‘» Sug‘d o‘lkalarida ekani ayon 
bo‘ladi. Darvoqe, bitigda bayon etilayotgan bu voqea-hodisalar 
Ikkinchi turk xoqonlig‘i davrida ro‘y bergan. Aftidan, bundan 
avvalroq xitoy bosqini chog‘ida tabg‘ach imperatori bu yerlarga safar 
qilgan va shu yerda halok bo‘lgan. Uning jasadi shu toqqa qo‘yilgan 
bo‘lishi mumkin yoki yerli xalq orasida uning bilan bog‘liq biror 
rivoyat tarqagan ko‘rinadi. Shularga asoslanib, To‘nyuquq ham joy 
nomini shunday atagan chiqar. Bunga o‘xshash hodisalar O‘rta va 
Markaziy Osiyo tarixida ko‘p bo‘lgan. Masalan, arab istelosi chog‘ida 
islom olamida dong‘i ketgan ayrim kishilarning jasadi bizning 
tuprog‘imizga quyilgan yoki muqaddas qadamjolar avliyolar, ayrim 
sahobalarning nomi bilan bog‘lanadi. Jumladan, yurtimizda hazrat Ali 
va uning o‘g‘illarining nomi bilan bog‘lanuvchi qadamjolar ko‘p. 
Aslida ular bu tuproqqa kelmagan ham.
Ta’kidlash joizki, turkshunoslikda qadimgi xitoy ta’limotidagi 
imperatorlarga berilgan «Osmon o‘g‘li» tushunchasi ko‘k turk 
falsafasiga ham ta’sir etgan degan fikr yetakchi. Ko‘k turk 
xoqonlarining unvonini, ko‘pincha, xitoy falsafasidagi «Osmon 
o‘g‘li»ga bog‘laydilar.
Kul tigin va Bilga xoqon bitiglari 
shunday boshlangan: Tängri-teg tängridä 
bulmuš türk Bilgä qa
ğ
an bu ödkä (~bödkä) 
olurtum. S.E. Malov bu jumlani quyidagicha o‘giradi: 
«Nebopodobniy, neborojdyonniy (sobst. «na nebe» ili «iz neba 
voznikshiy») tyurkskiy kagan», ya nine sel (na sarstvo). (Malov 1951, 
33). Toshkent nashrida bu quyidagicha talqinga ega: «Tangriday, 
tangridan bo‘lmish turk bilga xoqon bu dunyoga keldim» 
(Abdurahmonov, Rustamov 1982, 89). 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə