Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Qadimgi turkiy bitiktosh



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

33-rasm. Qadimgi turkiy bitiktosh 


231
bunga qarshi chiqdi. Ikkinchi ko‘k turk 
amaldorlaridan bo‘lmish Bilga xoqon ham turk 
o‘lkalarida buddizm ta’siri kuchayayotganiga 
befarqlik bilan qaragan va hatto o‘z davlatining 
rasmiy dini sifatida buddizmning qabul etilishini 
istagan edi. Bu istagini u o‘z maslahatchisi, fozil va 
dono To‘nyuquqqa bildirib, undan fikr so‘raydi. 
Aqlli, turk fazilatlarini yaxshi bilgan To‘nyuquq 
budda dinining salbiy va xatarli tomonlarini anglab yetganlardan edi. 
U xoqonga “Budda dini turklarning askarlik ruhiga yomon ta’sir 
o‘tkazadi” deb uqtiradi va uni o‘z fikridan qaytarishga erishadi. 
Shuning uchun ham hozirgi zamon yirik nemis tarixchi olimlari 
To‘nyuquqni “Turk imperatorligining Bismarki” deb ataydilar. 
Qahramonliklari tillarda doston bo‘lgan turklar budda, moniy 
dinlarini qabul qilgach, o‘zlarining askarlik ruhini yo‘qotganliklari 
adabiyot ahllarining ham e’tiborini tortgan. 
Mashhur arab adibi Johiz bu masalada qiziq mushohada 
yuritadi. U vizantiyaliklar bilan sosoniylar orasida bo‘lib o‘tgan 
urushlar haqida to‘xtalib, bu janglarda vizantiyaliklarning mag‘lub 
bo‘lishining asl sababini rimliklarga xos muloyimlik va qasoskor 
bo‘lmasliklariga undagan xristianlik diniga kirganlari bilan bog‘laydi.
Ayni hodisani yozuvchi qadimgi turklarning falsafiy tafakkuri, 
ma’naviy dunyosi, hayot tarzida ham ko‘radi. U yozadi: “Turklar 
zindiqlik (buddizm) diniga kirgach, janglarda mag‘lub bo‘la 
boshladilar. Turklarning qahramon qavmlaridan bo‘lgan to‘quz 
o‘g‘uz(uyg‘ur)lar buning misolidir. Holbuki, to‘quz o‘g‘uzlar qarluq 
turklaridan son jihatdan oz bo‘lsalar-da, 
urushlarda doimo ulardan ustun kelar edilar. Ular 
zindiqlik diniga kirganlari zamon bu din insonlarni 
dunyo rohatlaridan bezdirdi, muloyimlik baxsh etishda xristianlikdan 
ham yomonroq ta’sir ko‘rsata boshladi. Endi ularning qahramonlik va 
jasurlik tuyg‘ulari so‘ndi, itoatkor va ojiz bir millatga aylanib 
qoldilar” (Kitapç
ı
1994, 64-65). 
Ko‘k turk falsafasida, dunyoqarashida shamanizm, “otalar 
kulti”, totemizm elementlarini ham kuzatamiz. 
Shamanlikning qoldiqlari hozirgi turkiy xalqlarning ba’zi urf-
odatlarida ham saqlangan. Masalan, uyg‘urlarning ayrim rasm-
rusumlarida shamanlikning qoldiqlari hozir ham bor (qarang: Isiev 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə