Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Arab xalifaligi haritasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

38-rasm. Arab xalifaligi haritasi


266
edi. U geografiya, tarix, astronomiya va hatto she’r tuzish san’atiga 
doir ham asarlar yozgan. Musulmon olimlari ichidagi boshqa bir 
mashhur shaxs buyuk Ibn Sino bo‘lgan. U shunchalik shuhrat 
qozongan ediki, hatto yevropaliklar uning ismini hurmat yextirom 
bilan o‘zlariga moslab Avisenna deb atashgan. Faylasuf, astronom, 
geograf, shoir, vrach bo‘lgan Ibn Sino o‘zidan 100 dan ortiq ilmiy 
asar qoldirgan. “Shifo kitobi” va “Tib qonunlari” asarlarida u dunyoda 
birinchi bo‘lib ko‘p kasalliklarning alomati va ularni davolash 
usullarini ba’yon qilgan. Zamondoshlari Ibn Sinoni hurmat bilan 
“Olimlar boshlig‘i” deb atashgan. Arablarning sevimli iborasi 
quyidagicha edi: “Kimki ilm izlab yo‘lga tushar yekan, uning oldida 
jannat darvozalari ochiladi”. Shuning uchun arablar o‘rtasida ko‘plab 
iqtidorli geograflar va sayohatchilar bo‘lgan. Arab olimlari nafaqat 
boshqa mualliflar tomonidan tuzilgan mamlakatlar ba’yonini 
o‘rganishar, balki o‘zlari ham yekspeditsiyalarga yo‘l olganlar. 
Hayotlarini havf ostiga qo‘ygan holda ular uzoq yerlarga sayohat 
qilardilar. Arablar nafaqat bosib olingan hududlar tasnifini tuzishgan, 
balki ularga dushman bo‘lgan mamlakatlarning yerlarini ham batafsil 
ba’yon qilishgan. 
Ko‘p asrlardan so‘ng Yevropa olami halifalar kutubxonasida 
Amerika kashf yetilishidan deyarli V asr muqaddam va 
Antarktidaning ochilishidan 10 asr avval, ushbu qit’alarning 
qirg‘oqlari qiyofasi tushirilgan xaritalar saqlanganligini bilib hayratga 
tushgan. Ammo arab halifalarisaroyida barcha fanlar ichida alohida 
ye’zozlanadigan fan tarix edi. 
Darhaqiqat bu fan arablarda islom bilan barobar dunyoga 
kelgan, chunki aynan u Muhammad payg‘ambar va uning ishlari 
haqidagi hadislarni, dastlabki halifalar va ularning futuhotlari 
haqidagi ma’lumotlarni saqlab kelgan. Islom tarixi, shuningdek o‘z 
urug‘i tarixini bilmaslik musulmonlarda yeng katta gunoh sanalgan. 
Halifalar va oliy amaldorlar olimlar va ularning asrlariga homiylik 
ko‘rsatishgan. Har bir oliy martaba yegasi o‘z atrofida iloji boricha 
ko‘proq buyuk olimlar, shoirlar va Qur’on bilimdonlari bo‘lishini 
istagan.
Amaldor saroyida o‘z ilmi bilan mashhur bo‘lgan kishilar 
qancha ko‘p bo‘lsa, uning obro‘si shunchalik baland bo‘lgan. 
Hukmdorlarning ilm-fan va olimlarga bo‘lgan muhabbatini tushunish 
oson edi; Qur’onda har bir musulmon uchun ilm olish farz yekanligi 


267
aytilgan. Shuning uchun nafaqat amaldorlar va hokimlar, balki 
payg‘ambarning har bir ummati, agar u davlatda biron bir lavozimni 
yegallashni istasa albatta u ma’lumotli bo‘lishi lozim edi.
Islomning rivojlanishiga Movarounnahrda yetishib chiqqan 
allomalar katta hissa qo‘shdi. Imom Buxoriy kitob holiga keltirgan 
hadislar to‘plami — "Al-Jomi’ as-Sahih" Islom dinida Qur’-oni 
karimdan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi. Buxoriy va uning 
safdoshlari Islom ilohiyotining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha muhim 
tadqiqotlar qildilar
64
. Jumladan, Islom nazariyotchiligida yuqori 
baholanadigan "Ilal ashshariat va Xatm ul-Asliyot" risolasini ta’lif 
yetgan Hakim Termiziy, Islom huquqshunosligini o‘rganishning 
asosiy qo‘llanmasi hisoblangan "Hidoya"ning muallifi Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Islom aqidasi asoslarini muayyan tartibga solgan, kalom 
ilmida maktab yaratgan Imom Moturidiy buyuk faqih Abu Lays 
Samarqandiy, musulmon dunyosining yeng ye’zozli muxaddislaridan 
Iso Termiziy, qomusiy ilmlar sohibi, xususan, tafsir, hadis, shariat 
qonunshunosligida salmoqli asarlar bitgan Zamaxshariy, tasavvufda 
o‘ziga xos iz qoldirgan Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, 
Mahdumi A’zam, Najmiddin Kubro, So‘fi Olloyor, Xo‘ja Ahror, 
Abduxoliq G‘ijduvoniy va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Ular musulmon e’tiqodini xalq dunyoqarashi bilan 
uyg‘unlashtirganliklari tufayli O‘rta Osiyoda madaniy hayotning 
adabiyot, me’morlik, musiqa kabi sohalarida taraqqiyot yuzaga keldi. 
Islom dini musulmon mamlakatlari san’atida o‘z izini qoldirdi
65

Me’morlik sohasida bu jarayon yangi imorat turlari (masjid, 
minora, xonaqoh, Madrasa va boshqalar.)ning paydo bo‘lishiga 
hamda keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Islom dini paydo bo‘lgan 
davrda avj olgan butparastlik, suratparastlikni oldini olish maqsadida 
Muhammad (sav) suratkashlikni qattiq taqiqlab qo‘ygan edi. Shu 
asosda Islomning yirik mutafakkir huquqshunoslari ham tasviriy 
san’atning bu turini taqiqlangan ishlar qatoriga qo‘shganlar. Bundan 
ular amaliy san’at turlari, naqsh, bezak, insondan boshqa hayvon va 
o‘simliklar suratini istisno qilishgan.
64
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.110. 
65
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.81. 


268
Islomda inson suratini chizish yoki uning haykalini yasashning 
taqiqlanishiga asosiy sabab — payg‘ambar va aziz-avliyolarning 
rasmlarini chizib yoki haykallarini yasab, ularga sig‘inib ketish 
xavfining mavjudligi bo‘lgan. XV asrga kelib Alisher Navoiy kabi 
taraqqiyparvar olim va mutafakkirlar musulmonlar qalbida Allohga 
bo‘lgan imon va ye’tiqod mustahkamlanib, suratparastlikka mutlaqo 
moyillik qolmaganini ye’tiborga olib, yendilikda inson suratini 
chizishga ruxsat berishlikni lozim deb topganlar. Natijada Behzod, 
Maxmud Muzahhibga o‘xshash miniatyura san’atini rivojlantirgan 
yetuk musavvirlar yetishib chiqqan, Hirot miniatyura maktabi, 
Buxoro miniatyura maktabi kabilar rivojlangan. XX-XXI asrlarga 
kelib, Islom dunyosi ulamolarining bu san’atga munosabatlariga yana 
bir karra aniklik kiritildi: ilohiylashtirish va odamlarning sig‘inishi 
maqsadida inson rasmini chizish mumkin yemasligi ye’tirof yetildi. 
Ammo, fotosuratlar, shuningdek, yosh bolalar uchun yasalgan odam 
shaklidagi qo‘g‘irchoklar taqiq doira-siga kirmaydi. Ulamolarning 
bergan fatvolariga ko‘ra, musulmonlarga fahsh va uyat narsalarni 
ifoda yetuvchi rasmlar, but, sanam va ikona tasviridan boshqa tasviriy 
san’at turlari taqiqlanmaydi.
Islomning musiqaga munosabati haqida Diniy musiqa 
maqolasiga yega. Musulmon Sharqi VIII-XI asrlarda taraqqiyotda 
G‘arbdan oldinda edi: g‘arb olimlari musulmon faylasuflari va 
tabiblaridan saboqolishgan; g‘arb savdogari Islom dunyosidagi 
savdoning ko‘lamiga havas bilan qaragan; sharq tovarlari g‘arbda 
zebi-ziynat mollari hisoblangan. Sharq shaharlarining boyligi va 
hashamati g‘arb uchun afsonadek tuyulgan. Bularning barchasida 
asosiy mafkura vazifasini bajargan Islomning ijobiy xizmati buyuk, 
albatta. 
Ammo XII-XIII asrlardan keyin musulmon dunyosi dastlab 
turg‘unlik, so‘ng tanazzulga yuz tuta boshladi. Ba’zilar konservativ 
(qotib qolgan) din sifatida Islom taraqqiyotga to‘siq bo‘ldi, deya unga 
katta ayb qo‘ymoqchi bo‘ladilar. Aslida so‘nggi o‘rta asrlarda yuz 
bergan musulmon dunyosining tushkunligi juda mu-rakkab ijtimoiy-
iqtisodiy omillar bilan bog‘liq bo‘lib, o‘sha davrdagi Islomning o‘zi 
ana shu tushkunlikning muayyan shaklidagi ifodasi edi. "Islom 
islohotchiligi" deb ataydilar, u xristian reformatsiyasidan tubdan farq 
qiladi. Bu tafovut, birinchidan, shundan iboratki, mazkur jarayonlar 
turli davrlarda, turlicha muayyan tarixiy sharoitlarda ro‘y berdi. 


269
Ikkinchidan, "Islom islohotchiligi" dunyoviy hayotning turli 
jihatlarini diniy nuqtai nazardan qayta baholashda namoyon bo‘ldi va 
sof ilohiyotga doir masalalarga u qadar daxli bo‘lmadi. Uchinchidan, 
Islomda xristianlarnikiga o‘xshash cherkov bilan ruhoniylarni bog‘lab 
turuvchi tizim bo‘lmaganidan Islomdagi islohotlar xususiyatiga jiddiy 
ta’sir qildi.
Musulmonlarda savodhonlik va arifmetikadan saboq beruvchi 
boshlang‘ich maktablar hususiy edi. Haq to‘lay olganlar o‘qituvchilar 
bilan uyda shug‘ullanganlar. Agar kishi olgan ta’limini davom 
yettirishni istasa madrasa – oliy musulmon maktabiga kirishi lozim 
bo‘lgan. Bu yerda yeng mashhur imomlar dars berishgan. Ular 
ma’ruza qilganlar va Qur’on, Sunna va shariat haqida suhbat 
o‘tkazganlar. Bu yerda shuningdek yuksak me’morchilik san’atidan 
ham ta’lim berilgan. Shuning uchun hajkaltaroshlik, va rassomlik 
halifalikning dastlabki asrlarida deyarli rivojlanmagan. Keyinchalik 
kitoblarga miniatyuralar chiza boshlashgan, unda halq hayotidan 
manzaralar, tarixiy voqealar va badIIy asarlar qahramonlari aks 
yettirilgan. Tabiatni tasvirlash imkoniga yega bo‘lmagan musulmon 
rassomlari o‘zlarining butun mahoratlarini husnihat san’ati 
taraqqiyotiga bag‘ishlaganlar. Arab madaniyati va islom 
asivilizatsiyasi jaxon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa 
qo‘shgan. Arablar tomonidan ochilgan ko‘plab ilmiy kashfiyotlar 
haligacha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan va amaliyotda qo‘llanib 
kelinadi. Masalan, butun jaxon hozirgi paytda arablar tomonidan VII 
asrdayoq yaratilgan arab raqamlaridan foydalanib kelmoqda
66

Jahon madaniyati taraqqiyoti tarixida Sharqiy Arabiston xalqlari 
san’atining xam muhim o‘rni bor. Xalifalikning (Suriya, Misr, 
Falastin, Shimoliy Afrika, Eron, O‘rta Osiyo, Janubiy Ispaniya) 
ko‘pgina shaxarlarida rivojlangan O‘rta asr arab madaniyati 
insoniyatning progressiv rivojlanishida yangi bir bosqichbo‘ldi. 
Sharqiy Arabiston xalqlarining asosiy xizmati shunda bo‘ldiki, 
ular keyingi avlodlarga antik grek-rim madaniyatining ko‘pgina 
yutuqlarini saqlab qolib, uni rivojlantirgan xolda yetkazib keldilar. 
IX-XIII asrlar davomida Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, 
Yeron, Ozarbayjon va O‘rta Osiyo xalqdari bir-biri bilan uzviy 
66
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 172. 


270
aloqada bo‘lib kelganlar. Bag‘dod, Sheroz, Tabriz, Samarqand kabi 
shaxarlar madaniyati va taraqqiyotning markazi bo‘lib, o‘zlarining 
ko‘zga ko‘ringan olimlari, shoirlari, xamda fan va madaniyat 
o‘chokdari bilan butu
67
n dunyoga tanilgan edilar. 
Tasviriy san’atning rivojlanishida tirik jonzotni tasvirlashni 
mann yetgan islom dini ma’lum darajada tusqinlik qiladi. Ammo bu 
qarshiliklar tasviriy san’atning umumiy taraqqiyotini buka olmaydi. I. 
dinining muhim xususiyatlaridan biri — uni qabul qilgan xalqlar 
vakillari uchun I. aqidalarini ishlab chiqishda ishtirok yetish 
imkoniyatini berganidadir. U o‘ziga xos 3 taraqqiyot bosqichi yoki 
davrni o‘tadi. Birinchisini, shartli ravishda, Qur’on davri deb atash 
mumkin. Qur’oni karimda o‘z aksini topgan Arabiston aholisining 
diniy ongi darajasini ifoda yetuvchi diniy-siyosiy va ijtimoiy 
qarashlar, huquqiy va axloqiy mezonlar butun musulmon olami uchun 
xrzirgacha shak-shubhasiz umumiy qadriyat hisoblanadi. Deyarli 4 asr 
davom yetgan ikkinchi davr Islomda umumislomiy ahkomlar 
hukmronligi ostida turli fikrlar yo‘l qo‘yilgani b-n ajralib turadi. 
Islomdagi yo‘nalishlar, mazhablar va firqalar ana shu davrda paydo 
bo‘ldi. Musulmonlarning diniy birligi hal qilib bo‘lmaydigan 
muammo bo‘lib qoldi. 10—11-asrlarda an’anaga sodiq sunniylar bilan 
imomiy shialar, mu’taziliylar hamda ash’ariylar o‘rtasida 
munosabatlar, ayniqsa, keskinlashib ketdi.
Xalifa Qodir (991 — 1031) an’anaviy Islomni qonun asosida 
barcha uchun majburiy bo‘lgan davlat dini deb qaror toptirishga 
urinib ko‘rdi. Shu maqsadda an’anaga sodiq ilohiyotchilar imzolagan 
"Dinning qodiriy ramzi" ye’lon qilindi. Unda "haq din" deb ye’lon 
qilingan an’anaviy diniy ta’limotning asosiy qoidalari mufassal bayon 
qilib berildi, undan chetga chiqish jazolashga loyiq ye’tiqodsizlik deb 
qaraldi. Biroq bu tadbir ham I.da diniy birlik o‘rnatilishiga olib 
kelmadi.
G‘oyaviy kurash keyingi asrlarda ham davom yetdi. Bu 
kurashda sunniylar ilohiyotchisi Ibn Taymiya ayniqsa ajralib turdi. U 
ilk islomni tiklashga, "haq din" asosida diniy birlikni o‘rnatishga 
astoydil harakat qildi. Islomdagi uchinchi taraqqiyot bosqichi 
musulmon dunyosi "chekka" o‘lkalarining ahamiyati va o‘rni 
67
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 172. 


271
ortganligi bilan bog‘liqdir
68
. Batamom o‘zga madaniy an’analarga 
yega bo‘lgan xalqlar musulmon dunyosining ma’naviy hayotiga 
qo‘shilgach, Islomga o‘z diniy-axloqiy tasavvurlari, huquqiy 
me’yorlari va odatlarini olib kirdilar. Movarounnahr, Yeron, Shim. 
Afrika, Hindiston, Indoneziya kabi yirik tarixiy madaniy mintaqalarda 
Islom o‘ziga xos xususiyatlar kasb yetadi. Mana shu ta’qiqlangan 
ishlar natijasida Sharqiy arab mamlakatlarida dastgoxlik tasviriy 
san’atning rivojlanishi birmuncha qiyin bo‘ladi. Uning o‘rni yesa 
qo‘lyozma kitoblarga ishlangan bezaklar-miniatyura san’ati 
yegallaydi. 
Miniatyurani yuzaga kelishida rivojlanish arab tilida badIIy 
adabiyotning. ravnaqi, kitobning qadimdan ilmu ma’rifat manbaai 
sifatida yuksak qadrlanganidan dalolat beradi. Miniatyura kaligrafiya, 
saxifalarni ziynatlash, muqova bezagi bilan bir qatorda 
qo‘lyozmaning yeng asosiy murakkab dekorativ yelementlaridan 
birini tashkil qilar edi. Miniatyuraning asosiy axamiyati tekst 
mazmunini tushuntirish va umuman olganda dunyoviy xarakterga 
yega bo‘lgan asarlarni bezashdan iborat edi. Asosan proza, poeziya, 
ilmiy traktatlar, tarixiy xronikalar aks yetgan asarlarga miniatyura 
ishlangan. Ular orasida «Kalila va Dimna» xikoyalari grek vrachi 
Dioskoritning «Farmologiya», Rashididdinning «Jam’iut tavorix» 
asarlari bor edi. 
O‘rta asr musulmonlarining qadimgi kulyozmalari faqatgina 
guash bo‘yoqlar bilan ishlangan. Bu bo‘yoqlarni tayyorlash usuli 
Yaqin Sharqqa VIII asrda O‘rta Osiyo orqali xitoydan o‘tgan. 
Madaniyat markazlarini vayron qilgan, tez-tez sodir bo‘lib turgan 
boskinchilik urushlari tufayli ilk arab miniatyuralari deyarli saqlanib 
qolmagan. Bizgacha yetib kelmagan arab miniatyurachilarining 
asarlari ko‘p bo‘lmay ular xam asosan XIII asrga taalluqlidir. 
Xozirgi vaqtga kelib, arab miniatyuralarini o‘rganuvchi 
mutaxassislar, qo‘lyozmalarni bezashni uchta davri va regional badiiy 
markazi mavjud yekanini ye’tirof yetadilar. Bular fotimiylar sulolasi 
davri (IX-X-XI) Suriya (XII asrning birinchi yarmi) va Iroq (yoki 
Bag‘dod) XIII asr miniatyura maktablaridir. Bularning markazlari 
Ma’sul, Bag‘dod va Vosit shaxarlarida bo‘lgan. 
68
Қаранг
:Adamson Peter. Philosophy in the Islamic World: A Very Short 
Introduction. Oxford University Press, New York,2015.
Р
.24. 


272
Shartlilik va dekorativlilik prinsiplari asosida ko‘rilgan o‘ziga 
xos ko‘rinishi bo‘lgan arab miniatyuralari O‘rta asr Sharq rang tasviri 
sifatida o‘zining takrorlanmas obrazli badIIy tiliga egadir. 
Miniatyuralarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri tasvirning satx 
yuzidaligidadir. Bu xususiyat qo‘lyozmaning dekorativ uslub 
(serxasham) ziynatlar, shams, lavxalar, zarvarak va boshqa bezaklari 
kabi kitobning ziynatlari, uning tuzilishi xarakteridan kelib chiqqan. 
Bizga ma’lum bo‘lganlik arab miniatyuralar fotimiylar sulolasi 
davrida ishlangan bo‘lib, XI asrga taallluqlikdir. Oxorlangan qoqozga 
ishlangan odamlar qiyofasi xatti xarakatlari sodda va yaxlit xolda 
tasvirlangan. 
Suriya qo‘lyozmalari bulmish Dioskoritning «Farmokologiya» si, 
«Kalila va Dimna» asarlariga ishlangan bezaklar XIII asrning boshlari 
va o‘rtalarida arab miniatyurachiligiga Vizantiya va Sosoniylar 
(qadimgi Yeron) san’atining kuchli ta’siriga qaramasdan Yangi bir 
bosqichni boshlab beradi. Ba’zi bir xil qo‘lyozmalarda, masalan, XIII 
asrning birinchi yarmidagi («Muxtor al Xakim va Muxsin al Kalim») 
Al-Muboshirning «Tanlab olingan dono fikrlar va so‘zlovchining 
go‘zalligi» asari qo‘lyozmasidagi rasmlar, manzara tasviri yoki 
me’morchilik ko‘rinishlari bilan boyitilgan. Kishilar qiyofasining 
tasvirida tabiiylikka intilingan. Kiyimlarning buklanganligi 
tasvirlangan. 
Arab kitob bezakchiligining ravnaq topishi davrini Iroq maktabi 
miniatyurachiligi boshlab berdi. Dioskoritning «Farmokologiya» asari 
qo‘lyozmasi ana shu maktabga taalluqlikdir. Bu qo‘lyozmaning 
bezagini xam Abdalla Ibn Fadl ishlagan deb tan olingan. 
«Farmokologiya» asaridagi miniatyuralar xam boshqa asarlardagi 
kabi, tekstni tushuntirib berilgan uslubda lo‘nda qilib tasvirlangan. 
Mana shu ma’noda tozaligichning qurilishini tushuntirayotgan 
Dioskoritning tasvirlovchi miniatyura diqqatga sazovordir. 
Miniatyura aniq kontura bilan ko‘rsatilgan va yorqin 
bo‘yoqlarga bo‘yalgan katta figuralar va predmetlar aniq ko‘rinib 
turgan tekstlar orasidagi sariq fonida aks yetgan Iroq maktabining 
yeng ajoyib asarlaridan biri Al Xaririyning Abu Zayd as-Sarujdi (o‘rta 
asrdagi Nasriddin Afandining prototipi) ning boshidan kechirganlarini 
tasvirlab beruvchi «maqom» asariga ishlangan illyustrasiyalardir. 
«Maqom» asariga ishlangan Yaxyo ibn Maxmud ishlagan. 
Ularning xilma-xilligi bilan odamni lol qoldiradi. Bular bozordagi 


273
masjid, qozixonadagi ko‘rinishlar, Shodiyona ziyofatlar, qabul qilish 
marosimi, afsonaviy voqealar, xayvonlarning ajoyib tasvirlari, xayotiy 
voqealarning butun real borliqlarini ikkala rassom xam turli xarakatlar 
orqali chizgan rassomlar asaridagi arxitektura tasviri aloxida ye’tibor 
beradilar. 
O‘ziga xos ko‘rinishga yega bo‘lgan xovlilar, go‘yo bu 
xovlilarning devori olib tashlanganu, tomoshabin uning ichini ko‘rib 
turganday. 
«Makom» asarida xayvonlar ayniqsa, qadimdan arablar tomonidan 
ye’zozlab kelingan tuyalar juda jonli qilib tasvirlangan. Manzarani 
tasvirlashda yesa ko‘m-ko‘k yashnab turgan o‘tloq tasviri tushirilgan 
torgina yo`l yoki bo‘lmasa yekzotik o‘simliklar va daraxtlar tasviri 
tushirilgan uncha baland bo‘lmagan tepaliklarni Al Xaririy asarida 
ko‘rish mumkin. Yaxyo ibn Maxmud «Tuyalar karvoni» 
miniatyurasida o‘tlayotgan poda ifoda yetilgan. Xayvonlardan biri 
uzun bo‘yini cho‘zib o‘tlayotgan bo‘lsa, boshqalari boshlarini tekis 
ko‘targan xolda turishibdi.
Bir-birini orqasidan ketma-ket joylashgan bu xayvonlar rang 
jixatidan xam bir-biridan farq qiladi. Bu yesa rasmdagi ranglar 
uyqunligini aloxida bo‘rttirib ko‘rsatadi. Ba’zi bir xil miniatyuralarida 
biz arab rassomlarining bitta kenglikda rang-barang kiyim-kechak va 
boshqa kiyimlari bilan ajralib turgan personajlarni katta bir gurux 
sifatida tasvirlashga urunganliklarini sezamiz. Bunga misol qilib 
Yaxyo ibn Maxmudning «Bayram sayli» miniatyurasini ko‘rishimiz 
mumkin. Bu miniatyuralarda bayroqlar ko‘tarib olgan otliqlarning 
do‘mbira, karnay chalib, bayram shodyonasi boshlanganligidan xabar 
berishayotganligi aks yettirilgan. Ular barvasta gavdali kiyqir burun, 
ko‘zlari xam yirik-yirik kishi qiyofasida tasvirlangan. Ularni ichki 
dunyosi, xarakatlari, bir qarashdayoq ko‘zga tashlangan xolatlari va 
kiyimlari orqali aks yettirishga xarakat qilingan. Ba’zi bir kishilar 
boshini oltin olov tasviri o‘rab turibdi. Xristian san’atida bu tasvir 
san’at vositasi ye’tiborli diniy arboblarni bildirsa, arab 
miniatyuralarida yesa, bular asosan dekorativ axamiyatga yega xolos. 
XII-XIII asrlar arab miniatyuralarini obrazi qurilishini «Ming bir 
kecha» yertaklarida real va fantastik, yorqin va ta’sirchan, rang-
barang lavxalar bilan xam tenglashtirishadi. 
Arab miniatyura san’ati jaxon madaniyati san’at tarixida miniatyura 


274
san’ati va kitob bezakchiligini rivojlantirishda butun dunyoga tanilgan 
edilar. 
Arablar yuksak madaniyat yaratganlar. Bu madaniyat tarixga 
Arab xalifaligi madaniyati nomi bilan kirdi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə