Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Ahmoniylar davlati haritasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

22-rasm. Ahmoniylar davlati haritasi 


160
muammo bo‘lsa ham, shubhasiz aytib o‘tish kerakki, miloddan 
avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Erondagi ahmoniylar sulolasi 
podsholarning O‘rta Osiyoga yurishlari boshlanganda bu elatlarning 
ajrala borish jarayoni butunlay tugagan va turli qadimgi xalqlarning 
hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning umumiy chegaralari 
ahmoniylardan ancha oldingi davrlarda shakllangan edi. Yozma 
manbalarga ko‘ra ahmoniylar O‘rta Osiyoning alohida yirik 
viloyatlariga qarshi harbiy yurishlarni boshlaganlar. Demak, O‘rta 
Osiyo viloyatlari va aholisi haqida, ularning hududiy joylashuvi va 
ayrim viloyatlarning chegaralari haqida Sharqda turli ma’lumotlar 
to‘plangan edi
52

Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik kabi ishlab 
chiqaruvchi xo‘jaliklar paydo bo‘lgan joylarda shakllandilar. Ming 
yillar davomida faqat termachilik va ovchilik hisobiga yashab kelgan, 
dehqonchilikni bilmagan ko‘pgina qabilalar va elatlar davlatchilik 
bosqichiga ko‘tarila olmadilar. 
Eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillikda Ikki 
daryo oralig‘ida (Mesopotamiya) va qadimgi Misrda paydo bo‘ldi. 
Bundan 10 ming yillar ilgariyoq bu erda termachilik va ovchilik 
asosida ekinlarni etishtirishga va yovvoyi hayvonlarni qo‘lga 
o‘rgatish - chorvachilikka o‘tish boshlanadi. Asta-sekinlik bilan 
dehqonchilik bu erdan qo‘shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O‘rta 
Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaladi. Miloddan avvalgi 3-2-ming 
yillikdayoq Qadimgi Sharq mamlakatlari o‘rtasida qalin tarixiy-
madaniy aloqalar mavjud edi. 
Arxeologik topilmalar shuni ko‘rsatmoqdaki, miloddan avvalgi 
2-ming yillik o‘rtalarida O‘zbekiston (Surxon vohasi)da qadimgi 
dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish 
jarayoni boshlanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishining 
o‘ziga xos xususiyat va qonunlarga ega edi. 
Ilgarigi o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarda ilk davlatlarning 
shakllanishini ekspluatatsiyaning paydo bo‘lishi yoki boshqa kishilar 
mehnati bilan yaratilgan mahsulotni o‘ziniki qilib olishning vujudga 
kelishi natijasida jamiyatning bir-biriga dushman sinflarga bo‘linishi 
52
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 25. 


161
bilan bog‘lab tushuntirilar edi. Aslida, turli manbalar ilk 
davlatchilikka o‘tishda boshqacha tarixiy vaziyatni ko‘rsatmoqda. 
Dastlabki davlatlar alohida makonlar yoki ilk shaharlar hamda 
ishlov beriladigan erlar va sug‘orish tizimi maydoni bilan 
chegaralangan nisbatan kichik hududda, ya’ni zich o‘zlashtirilgan, 
xo‘jalik va ishlab chiqarish maqsadida keng foydalaniladigan qadimgi 
sug‘orma dehqonchilik vohalarida paydo bo‘lgan. Bunday vohalar 
aholisi uchun tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish, makonlar va 
manzilgohlar hududini mudofaa qilish, sug‘orish va dehqonchilik 
ishlarini tashkil etish, jamoaning ichki va tashqi aloqalarini boshqarib 
turish masalalarni echish muhim va hayotiy zaruriyat edi.
Shu tariqa, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiyoti jamiyatda 
alohida hurmat-e’tiborga bo‘lgan kishilarning ajralib chiqishga olib 
keldi. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishda doimiy band bo‘lmasdan, 
faqatgina ijtimoiy va xo‘jalik hayoti ustidan nazorat va rahbarlikni 
amalga oshirdilar. Lekin, ular na boy-badavlat kishilar, na 
ekspluatatorlar va na quldorlar edi. Jamiyatda bunday kishilarning 
ajralib chiqishiga ularning axloqiy xislatlari va obro‘-e’tibori sabab 
bo‘lgan xolos. Ammo bu muhit keyinchalikkina alohida to‘q 
oilalarning paydo bo‘lishiga olib keldi va asta-sekinlik bilan 
jamoadagi yuksak hurmatga asoslangan hokimiyat meros tariqasida 
otadan o‘g‘ilga o‘ta boshladi
53

O‘rta Osiyoda dastlabki davlat uyushmalari ham dehqonchilik 
vohalari aholisini chetdan bo‘ladigan bosqinchilardan himoya qilish 
va jamoadagi munosabatlarni huquqiy boshqarib turish uchun tashkil 
topdi. 
O‘rta Osiyo xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi ancha qadim 
ildizlarda ega. Milliy davlatchiligimiz shakllangan bronza davriga oid 
birorta yozma ma’lumotlar yo‘q. O‘zbekistonning bu davrga oid tarixi 
faqatgina arxeologik tadqiqotlar natijalari asosida yoritilib, ular 
jamiyat taraqqiyotidagi barcha murakkab jarayonlarni to‘liq ochib 
bera olmaydi. 
O‘zbekistonning miloddan avvalgi 1 ming yillikning birinchi 
yarmiga oid tarixi yozma manbalarda qisman yoritilgan. 
Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da, ahamoniylar davri 
53
William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007.
Р
. 26. 


162
mixsimon yozuvlarida va qadimgi Yunon-Rim yozma manbalarida 
o‘lkamizdagi xalqlarning nomlari, alohida joylar, tog‘lar, daryolar va 
ko‘llarning nomlari, afsonaviy qahramonlar va podsholarning 
nomlari, aholining turmushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. 
«Avesto» asarida Xorazm, Baqtriya va So‘g‘d tuprog‘ida paydo 
bo‘lgan. «Avesto»ning eng qadimgi geografik nomlari O‘rta Osiyo va 
unga chegaradosh viloyatlari bilan bog‘lanadi. «Avesto» kitoblari 
quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: qadimgi geografik 
tushunchalar, hududiy, etnik, qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi 
va siyosiy tuzum, zardushtiylarning falsafasi, dunyo tarixining 
rivojlanishi haqida ma’lumotlar. 
Yunon-fors urushlari boshlanishi bilan miloddan avvalgi VI - IV 
asrlar siyosiy voqealarida ishtirok etgan O‘rta Osiyo xalqlarining 
tarixi qadimgi yunon tarixshunoslarning asarlarida yoritilgan. 
Bu borada O‘rta Osiyo xalqlari to‘g‘risida qisqa bo‘lsa-da, juda 
aniq ma’lumotlar beruvchi Gerodotning «Tarix» kitobi qismlari 
ayniqsa qimmatlidir. Qadimgi davrlardan boshlab bu kitob dunyoda 
eng mashhur tarixiy asarlardan biri bo‘lib hisoblangan. Uning muallifi 
Gerodot «tarixning otasi» deb nom olgan. 
«Avesto» qadimgi fors yozuvlari, Gekatey, Gerodot, Ktesiy va 
boshqa yunon tarixshunoslarining asarlarida O‘rta osiyo tarixiy 
viloyatlari nomlari quyidagi tartibda ko‘rsatib berilgan: 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə