«Avesto»
Qadimgi fors yozuvlari
Yunon tarixchilari
Mouru Marg‘un
Marg‘iyona
So‘g‘da So‘g‘uda
So‘g‘diyona
Bahdi Baqtrish
Baqtriyona
Xvarizam Xvarazmin
Xorasmiya
- Partava
Parfiyona
Tur, danu
Shak, sak
Saklar, massagetlar
Mouru Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona erlari Murg‘ob
vohasi, So‘g‘diyona - Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Baqtriyona
(Baqtriya) - Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy
Tojikiston va Surxondaryo viloyati, Xorazm - Amudaryoning o‘rta va
quyi qismidagi erlarini o‘z ichiga olgan.
163
Saklar O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tog‘lari, dashtlari va
cho‘llarida yashagan ko‘chmanchi chorvador qabilalaridir.
Ahamoniylar yozuvlarida saklar quyidagi guruhlarga bo‘lingan: saka
tigraxauda «tigra» - bu «o‘tkir», xauda - «bosh kiyim», «saka-
xaumovarka» - «xaomani ulug‘lagan saklar» («xaoma» - «iuqaddam
ichimlik»), «saka tiay darayyo» - «daryo, dengiz narigi yog‘idagi
saklar».
Saklarning yodgorliklari - qadimgi qabristonlar va mozor -
qo‘rg‘onlar juda keng hududda topib tekshirilgan (Kaspiy, Orol
dengizi atrofidan Balxash ko‘ligacha, pomir va Tangritog‘ o‘lkalarida,
Quyi Zarafshon, Amudaryo, Sirdaryo erlarida). Saklar xo‘jaligida
chorvachilik ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu kabilar
qoramol mayda chorva hamda otni ko‘plab urchitganlar. Saklarning
yodgorliklarida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-
ziynat, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi.
XIX asrning oxiridan boshlab oldingi yillar jahon
tarixshunosligida O‘rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo‘lishi
muammolarini o‘rganishda «Avesto»dagi ma’lumotlar, Gekatey va
Gerodot asarlari, shuningdek, tarixshunos Ktesiyning ma’lumotlari
asos bo‘lib xizmat qildi.
Ilmiy adabiyotlarda O‘rta Osiyoda ahamoniylar davrigacha
mavjud bo‘lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so‘z yuritganlar.
1. Arshayyona - O‘rta Osiyodagi qadimgi viloyatlarning
uyushmasi;
2. Ayyornam Vayjo - bu ham Aryoshayyonadek yoki uning
markazi Ariya va Marg‘iyonada bo‘lgan «Katta Xorazm» yoki
Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati;
3. Qadimgi Baqtriya davlati.
Olimlarning aytishicha, Aryoshayyona «Avesto»da tilga olingan
Kavi Vishtasining podsholigi bo‘lib, miloddan avvalgi IX - VIII
asrlarda Drangiana, Satagadiya, Ariya, Marg‘iyona va Amudaryo va
o‘rta oqimidagi viloyatlarni birlashtirgan. G‘arb olimlari
V.B.Xenning, I.Gershevichlar Kavi Vishtasining davlati Marv va
Xirot atrofida joylashgan «Katta Xorazm» deb hisoblaganlar.
Bu masala ko‘plab ilmiy ishlar yozilgan, munozaralar bo‘lgan
bo‘lsa-da, «katta Xorazm» muammosi to‘la echimini topmagan. Bu
ilmiy nazariya Gerodotning Akes daryosi suvlaridan foydalanish
haqidagi ma’lumsotlariga asoslanib, paydo bo‘lgan. Gerodot yozadi:
164
«Osiyoda bir fodiy bor. Uning barcha tomoni tog‘ bilan o‘ralgan,
tog‘ni esa beshta dara kesib o‘tadi. Bir vaqtlar bu vodiy
xorazmliklarga qarashli bo‘lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar
va tamaneylarning chegaradosh erlarida joylashgan. Forslarning
hukmronligi boshlang‘ich vodiy fors podshosi hukmronligiga o‘tgan.
Vodiyni o‘rab olgan tog‘dan Akes nomli yirik daryo boshlanadi».
Ba’zi tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ahamoniylar davridan
oldin xorazmliklar Parfiya chegaradaridan sharqiy yo‘nalishda
Kopetdog‘ yonbag‘irlarida joylashganlar.
Xorazm davlatining markazi Marv va Xirot atrofida bo‘lib, bu
davlatni forslar podshosi Kir II tomonidan bo‘ysundirilgandan so‘ng
xorazmliklar Quyi Amudaryo - hozirgi Xorazm viloyatiga ko‘chib
borganlar deb faraz qilingan. Ushbu nazariyaga ko‘ra, xorazmliklarni
Quyi Amudaryo erlariga janubdan miloddan avvalgi VI asrda qadimgi
forslar siqib chiqarganlar.
S.P.Tolstov, Ya.G‘ulomovlar bu nazariyaga qarshi bo‘lib,
xorazmliklar O‘rta Osiyoning janubidan ko‘chib kelmaganlar.
Xorazm davlati Quyi Amudaryoda qadimgi zamonlardayoq vujudga
kelgan deb xulosa qilganlar. Ammo bu davlatning chegaralari hozirgi
Xorazm viloyati hududidan ancha keng bo‘lgan.
Miloddan avvalgi 700-540 yillar qadimgi Baqtriya davlatining
rivojlangan davri bo‘lib, bu yirik davlatning hududiy chegaralir
Marg‘ob vohasi. Hindiqush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va
Buxoro vohasiga borib taqalgan bo‘lishi mumkin.
O‘rta Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi
Baqtriya eng yiriklaridan biri bo‘lgan. Bu davrda Baqtriya
viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlarning harbiy-
siyosiy uyushmasiga tegishli o‘lkalar chegaradosh bo‘lgan.
Marg‘iyona va So‘g‘diyona qadimg Baqtriya davlatining ayrim
qismlari bo‘lganligi haqida turli manbalar xabar qiladi. Qadimgi fors
podshosi Doro I ning Marg‘iyonadagi Frada boshchiligidagi
qo‘zg‘olonni (mil.avv. 521 y.) tor-mor qilishi haqida Behistup
yozuvlaridagi xulosa: «mana nimalarni men Baqtriyada qildim». Doro
III davrida Baqtriya va So‘g‘diyona birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda
Bess ismli satran hokimlik qilgan vaziyati va Marg‘iyona, Baqtriya
hamda So‘g‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati bir-biriga
ancha o‘xshashligi ham shular jumlasidandir.
165
Arxeologik manbalarga ko‘ra, Baqtriya va So‘g‘diyona
viloyatlariga nisbatan, Xorazm tuprog‘ida miloddan avvalgi IX - VIII
asrlarga oid paxsa yoki xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, mudofaa
devorlari va turli inshootlar topilmagan. Sopol idishlar qo‘lda
yasalgan va kulolchilik charxi bu davr mahalliy hunarmandchiligida
noma’lum bo‘lgan. Ayrim tadqiqotchilar shu vaziyatni hisobga olib,
ahamoniylargacha bo‘lgan davrda Xorazm tuprog‘ida yirik davlat
tashkil topmagan deb xulosa chiqarganlar.
Ammo, shunga e’tibor berish kerakki, miloddan avvalgi VII
asrning oxirlariga kelib, qadimgi Xorazm shahar markazlaridan biri
Qo‘zaliqir mudofaa devorlarining tuzilishi bilan Baqtriyadagi
Qiziltepa shahar devorlarini tuzilishida ancha o‘xshashliklar topildi.
Baqtriya va Xorazm shahar markazlari mudofaa devorlarining
o‘rtasida jangchilar yurishi uchun maxsus yo‘lak bo‘lgan. Shahar
devorlari ustiga o‘q otish uchun mudofaa burjlari qurilgan.
Devorlarda har 2 metrda shinaklar qoldirilgan. Demak, shu davrga
kelib Xorazm tuprog‘ida yirik shahar markazlari paydo bo‘ldi.
O‘rta Osiyo viloyatlarining madaniy o‘xshashliklariga sabab
xalqlarning qo‘shni-qarindoshligi, umumiy urf-odatlari, tili, savdo-
sotiq, madaniy aloqalari, janubda yuqori darajada rivodlangan
madaniyatning ta’siri, janubiy aholi bir qismining Xorazm chegaralari
yonida va aynan viloyat hududiga tarqalishi deb faraz qilinadi. Agar
ko‘rsatib o‘tilgan fikrlar, jumladan, oxirgisi to‘g‘ri bo‘lsa,
qabilalarning ko‘chish jarayoni fors podshosi Kir II ning yurishlaridan
ancha oldingi davrlarda boshlangan Janubiy viloyatlarning vakillari
va mahalliy aholisi qo‘shilish natijasida yangi madaniy va etnik
jarayonlar vujudga kelishi mumkin edi. Bu vaziyat, arxeologik va
antropologik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo va xususan
O‘zbekiston hududida bronza davrida va miloddan avvalgi 1 ming
yillikning boshlarida ancha taraqqiy topgan.
Misol uchun, miloddan avvalgi IX - VIII asrlarda Janubiy
So‘g‘diyonada (Qashqadaryo vohasi) charxda ishlangan idishlarning
paydo bo‘lishi, qurilishida g‘isht bilan naxsaning ishlatilishi, uy-
qo‘rg‘onlar va ayrim qal’alarning bino qilinishi Baqtriyaning
So‘g‘diyonaga madaniy ta’sirini va baqtriyaliklar tomonidan ba’zi
tumanlarning o‘zlashtirilishini tasdiqlaydi.
Qadimgi Xorazm davlati miloddan avvalgi VII asrda Amudaryo
o‘rta oqimi qismidan tortib Orolga yaqin bo‘lgan erlarda vujudga
166
kelgan, degan xulosaning to‘g‘riligi tasdiqlandi. Bu davlat
Marg‘iyonadagi Marv atrofida shakllanmagan, chunki manbalarga
ko‘ra, Marg‘iyona qadimgi Baqtriya davlatining yirik viloyati
bo‘lgan. Baqtriya va Xorazm davlatining hududiy chegaralari O‘rta
Amudaryo oqimidagi erlar orqali o‘tgan. Shu erlarda bir-biriga
ro‘para holatda ikkita qadimgi istehkom - Odoytepa va Qushqal’a
qurilgan. Xorazmliklar egalik qilgan erlar So‘g‘diyona, Marg‘iyona
va Baqtriyaga tegishli o‘lkalarga borib taqalgan Balki shuning uchun
ham Gekaney xorazmliklar viloyatini parfiylardan sharqiy tomonda
joylashtirgan Gerodot esa parfiyaliklar va xorazmliklarini erlari
chegaradosh bo‘lgan deb ko‘rsatgan.
Kir II O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlarini istilo qilib, shu
erning bir qismi aholisini yurtimizning shimoliy viloyatlariga siqib
chiqarish mumkin edi, ammo Qadimgi Xorazm davlatining vujudga
kelishi turli murakkab madaniy, etnik va siyosiy jarayonlar bilan
bog‘liq bo‘lib, ahamoniylar davridan oldingi zamonlarda boshlangan.
Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda shakllangan va ancha yirik
bo‘lgan Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlarining aholisi
qon-qarindosh elatlar bo‘lib, bir-biriga o‘xshash tilda gaplashganlar
va yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning
hududiy bo‘linishi ko‘zga tashlanib o‘rtoqlashuv jarayoni kuchaydi.
Shaharlar qishloq xo‘jalik ekinzorlari bilan o‘ralib, qal’alar paydo
bo‘ldi, muhim savdo yo‘llari bo‘yicha tayanch istehkomlar qurildi,
turli makonlar qurilishida mudofaa inshootlarning ahamiyati birinchi
o‘ringa chiqdi, mustahkam qal’a-panogohlar qurildi, makonlarning
harbiy-ma’muriy, hunarmandchilik yoki qishloq xo‘jalik faoliyati
yanada ko‘proq yuzaga chiqdi.
O‘zbekistonning turli viloyatlarida arxeologlar qadimgi shahar
xarobalarni topib tekshirdilar. Ko‘plab arxeologik topilmalarning
dalolat berishicha, bu shaharning ba’zilarning yoshi 2700 yildan kam
emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxon vohasi),
Uzunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo vohasi) va boshqalar kiradi. Bu
qadimiy shaharlar tarixi hozirgi Samarqand (Afrosiyob, Marokanda),
Kitob-Shahrisabz (Uzunqir) yoki Qarshi (Erqo‘rg‘on) hududlarida
davom etdi. Ya’ni, O‘zbekistonning ko‘pgina zamonaviy shaharlari
ancha qadimgi shaharlar tarixi bilan yaqin aloqadorlik ko‘zga
tashlanib turibdi.
167
Eng qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa
devorlari bilan o‘ralganligidir. Devorlar suv to‘ldirilgan chuqur
xandaq bilan o‘ralgan bo‘lib, bu mudofaa tizimi ancha mustahkam
edi. Shaharlar ichki qal’a, aholini guzarlari, hunarmandchilik
ustaxonalari va savdo qatorlari joylashgan qismlardan iborat bo‘lgan.
Shahar atrofidagi soy va anhorlar bo‘ylarida dehqonlarning uy-
qo‘rg‘onlari joylashib, ular bog‘lar, ekinzorlar bilan o‘ralgan edi.
Dehqon xo‘jaliklarini asosan katta ota urug‘i oilalarning vakillari
tashkil etgan. Ular alohida uy-joylar, xo‘jalik va tomorqa binolarga
hamda hosildor erlariga egalik qilganlar. Bundan uy-qo‘rg‘onlar,
Xorazmda (Dingilja), Surxondaryoda (Qizilcha) va Samarqand
atrofida (Qo‘rg‘oncha) topib tekshirilgan.
«Avesto» ma’lumotlariga ko‘ra, urug‘-«vis» (ayrim qishloq
jamoasi 185 ta katta oila a’zolaridan iborat bo‘lgan (75-90 kishi).
Surxondaryodagi Qiziltepa shahri atrofida to‘rtburchak shaklida
qurilgan qadimiy uy-qo‘rg‘onlar (Qizilcha) 3-4 qo‘shni uylardan
iborat bo‘lib, alohida joylashgan ayrim qishloq jamoasini tashkil
qilganlar. Har bir katta oila jamoasi ayrim uy-joyga, chorvaga va erga
egalik qilgan. U ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo‘lgan. Qishloq
jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy
davrlarga oid urug‘-qabilaviy birlashuvidan ancha farq qilib, ilk
davlat tizimi vujudga kelishi haqida dalolat beradi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyo xalqlarining shakllanishida va uning
davlatchiligi paydo bo‘lishida tub o‘troq dehqon aholi alohida o‘rin
tutganligi haqida muhim tarixiy xulosaga kelish mumkin. O‘rta Osiyo
xalqlari ajdodlarining ilk davlatchiligi taraqqiyoti qadimgi shaharlar
tarixi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan.
Ilk davlatlarning tashkil bo‘lishida, jamiyat rivojining ichki
qonuniyatlaridan tashqari (ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori
darajasi, hunarmandchilik, almashuv va savdoning tez rivojlanishi,
sug‘orma dehqonchilik va boshqalar) tashqi sabablar - kuchayib
borayotgan siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to‘qnashuvlar ham
ta’sir qildi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘pi tasodifiy bo‘lmay, aniq shart-
sharoitlarga bog‘liq edi. Miloddan avvalgi VII - VI asrlarda O‘rta
Osiyo va Qozog‘istonning ko‘pgina tog‘ va dasht joylarida yilqichilik
va ko‘chmanchi chorvachilik keng tarqaldi. Ko‘chmanchilar yarog‘-
aslahalar taraqqiyotida katta yutuqlarga erishib, qudratli harbiy
168
kuchga aylandi. Uyushgan
ko‘chmanchi qabilalarning o‘troq
dehqonchilik vohalarga xavfi yanada
kuchaydi. O‘troq aholi uchun keng
ko‘lamdagi va ishonchli himoyani
tashkil qilish zarur bo‘lib qoldi.
Shuning uchun ham Xorazm,
Baqtriya, Marg‘iyona va So‘g‘diyonadagi o‘troq aholining harbiy-
siyosiy ittifoqi (uyushmasi) shakllanishida, uyushgan ko‘chmanchi
qabilalardan tuzilayotgan harbiy xavf hamda ehtimol, Midiya
podsholigining Shimoli-sharqiy Eron va O‘rta Osiyoning janubiy
chegaralariga bo‘lgan hududiy bosqini sabab bo‘ldi.
O‘zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi geografik,
hududiy ma’noda nafaqat O‘zbekistonning hozirgi hududi bilan, balki
qo‘shni viloyatlarda ham qadimda yuz bergan etnik, madaniy,
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq holda talqin
qilinmog‘i lozim. Tarixning qadimgi davrlarida ilk davlatlar orasida
va ajdodlarimizning yashash joylari o‘rtasida aniq ma’muriy
chegaralar bo‘lmagan. Qadimgi Xorazm, Baqtriya va So‘g‘d
chegaralari tabIIy bo‘lib, yaqin hududlardagi o‘troq yashash
joylarning tabIIy geografik bo‘luvchisi sifatida dashtlar, cho‘l va
tog‘lardan foydalanilgan.
Xulosa qilib aytganda, yozma manbalar, arxeologik ma’lumotlar
va zamonaviy tarixiy tadqiqotlar asosida O‘zbekiston hududida ilk
davlatlarning shakllanishi va rivojlanishi jarayoni quyidagi davrlar
bilan belgilash mumkin:
Dostları ilə paylaş: |