Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

13-rasm. F. Shampolon


93
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
jihatidan doimiy ravishda 
ilgarilab ketgan. Bu narsa 
bilim va tajriba to‘planishiga 
omil bo‘lgan. Hosil qilingan 
amaliy ma’lumotlar nazariy 
tafakkur rivoji uchun turtki 
bo‘lgan. Ular umuman diniy 
tasavvurlar, mafkura va 
madaniyatga o‘z ta’sirlarini 
o‘tkazganlar.
Ushbu boy meros 
asoslarini Kichik Osiyo qirg‘oqlarida yashovchi yunonlar va ular 
orqali butun ellinistik dunyo o‘zlashtirib olgan. Insoniyatning barcha 
bilim sohalariga Yunoniston qo‘shgan buyuk hissani, shu jumladan, 
falsafa sohasidagi tafakkur taraqqiyotini yuqoridagi asoslarsiz 
tasavvur qilish mumkin emas.
Yaqin Sharqning qadimgi madaniyati Hindiston bilan aloqada 
bo‘lgan. Ammo bu yerdagi fikr taraqqiyoti avval boshdanoq ozmi-
ko‘pmi mustaqil ravishda rivojlangan. Hindistonda iqtisodiy, siyosiy 
va irqiy o‘zgarishlarga qaramasdan, falsafiy an’ana to‘laligicha hech 
qachon uzilmagan. Bu an’ana hind jamiyatida doimiy barhayot 
merosning barqaror unsuri sifatida mavjud bo‘lgan.
Xitoyning qadimgi va o‘rta asrlar falsafasini ham Xitoy 
jamiyatining ma’naviy hayotidan ajratib bo‘lmaydi. U ham mustaqil 
ravishda taraqqiy etgan. Ammo faqat buddaviylik unga sezilarli ta’sir 
etgan bo‘lsa ham, biroq bir necha asrlar davomida u mahalliy an’ana 
va ma’naviy hayotga moslashtirilgan.
Eramizdan oldingi IV va III ming yilliklar orasida 
Baynalnahrayn va Misr zaminida yozuvning mavjudligi haqida 
birinchi dalillar qo‘lga kiritildi. Ammo Yaqin Sharq o‘lkalaridagi 
yozma yozgorliklar aniq tushunchalar dastgohiga ega bo‘lgan to‘la 
falsafiy tizimlar emasligi ayon bo‘ldi. Unda borliq va dunyoning 
mavjudligi (borliq haqidagi ta’limot) haqidagi muammo hamda 
insonni, uni o‘rab turgan dunyoni bilish imkoniyatlari (bilish 
nazariyasi) haqidagi masalada aniqlik yo‘q. Bunday taraqqiyot 
bosqichiga Yevropa falsafiy fikri an’analari ibtidosida turgan qadimgi 
yunon mutafakkirlarigina chiqqanlar. Ammo qadimgi yunon falsafasi 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə