83
Qadimgi podsholik davridagi haykallarning ko‘pchiligi shunga
o‘xshash sifatga ega bo‘lgan. Keyingi sulolalar davrida san’at ko‘proq
vatanparvarlik yo‘nalishida bo‘lgani bilan u hoch qachon qadimgi
podsholik davridagi singari ta’sirchanlik darajasiga ko‘tarilgan emas.
Bu ajoyib haykallarni inson o‘z ko‘zi bilap ko‘rish sharafiga ega
bo‘lmaganligi bizga g‘alati tuyuladi. Shubhasiz buning sababi bor.
Jahon muzeylariga qo‘yilgan bu noyob asarlarning ko‘pchiligi, ya’ni
haykal «Ka» dastlab mastabalarning yer osti xonalariga yashiringan.
Odatda misrliklar o‘lgan kishining ruhi, ya’ni Ka oziq-ovqatlar,
sovg‘alar olishiga, hatto xushbo‘y narsalar — Fimiamaning hidlarini
sezishi mumkinligiga ishonganlar. Shuning uchun ham fir’avnning
jasadi qo‘yilgan xonada uning siymosini
tasvirlovchi haykal
o‘rnatilgan. Haykalning ichida esa uning ruhi Ka yashagan.
Haykalning qarama-qarshi tomonidagi devorda teshik bo‘lib, ruh ana
shu teshikdan oziq-ovqatlar olib turgan.
Aslida esa ovqatlarni ruhlar nomidan kashishlar olganlar va
ularni ovqatlantirib turganlar. Shu boisdan, inson qo‘li bilan
yaratilgan haykallar inson ko‘zidan g‘oyib bo‘lgan.
Atamalar
Amon
- Misrliklar xudosi, Fiva homiysi.
Unga atab Karnakda
ibodatxona qurilgan. Keyinchalik u Misrning asosiy xudosi Raga
singdirilgan (Amon—Ra).
Anubis - Mo‘miyolash xudosi. U Misr san’atida doimo
chiyabo‘ri boshli odam qiyofasida tasvirlangan.
Aleksandriya - Makedoniyalik Aleksandr Nil deltasida
qurdirgan shahar.
Axetaton - Eramizdan avvalgi XIV asrda Amenofis IV Yuqori
Misrda barpo etgan shahar. Hozirgi Tel-El-Amarna.
Barelef - Past sayoz relef. Haykal
shaklidagi tasvirni tekis
yuzadagi ko‘rinishlaridan biri. Bunda shakllar yuzaga nisbatan biroz
bo‘rtgan bo‘lib, yorug‘-soya o‘yinlari keskin sezilmaydi.
Bes - Ashula, raqs va musiqa xudosi.
Vizantiya - Eramizning IV asrida Rim davlatining parchalanishi
natijasida vujudga kelgan Sharqiy Rim imperiyasi.
Gator - Qadimgi misrliklarning go‘zallik va sevgi ma’budasi.
Yunonliklar uni Afroditga o‘xshatganlar. Ma’buda sigir yoki sigir
boshli ayol qiyofasida tasvirlangan.
84
Gator ustuni - Kapiteli gator ko‘rinishida bo‘lgan Misr ustuni.
Ierogliflar - Qadimgi xalqlarda so‘z ma’nosini
anglatuvchi
yozuv belgilari. Misr yozuvidagi belgilarni yunonliklar «muqaddas»
deb ataganlar.
Inkrustatsiya - Tosh, yog‘och yoki metall buyumlarga oltin,
kumush va rangli qimmatbaho toshlarni qo‘shib, joylashtirish yo‘li
bilan yaratilgan asar.
Isida - Qadimgi misrliklarning afsonaviy ma’budasi. Nikoh, oila
va tabiat homiysi. Xudo Osirisning singlisi ham rafiqasi, xudo
Xorusning onasi.
Imxotep - Me’mor, Joser ehromining muallifi. Qadimgi Misr
yozuvining asoschisi. Shoh saroyidagi barcha ishlarning
boshqaruvchisi. Keyinchalik u xudo Ptaxning o‘g‘li
sifatida
ilohiylashtirilgan.
Kaduf - Qadimgi Misrda sug‘orish ishlarida qo‘llanilgan nasos.
Ka - O‘lgan kishining ruhi.
Kanopa - O‘lgan odamning ichki a’zolarini saqlaydigan idish.
Kapitel - Ustunning yuqori qismi bezagi—muqarnas.
Kannelyurlar - Ustunda tik chiziq bo‘ylab o‘yilgan ariqchalar.
Katakomblar - Qadimgi Misrda mo‘miyolarni saqlaydigan yer
osti xonalari.
Karnak - Fiva xarobalarida tiklangan qishloq. U yerda Amon
ibodatxonasi qurilgan.
Mastaba - Qabr ustiga ishlangan trapesiya shaklidagi sag‘ana.
Mo‘miyolash - O‘lgan kishi tanasini chirishdan saqlash
maqsadida maxsus tayyorlangan qorishmaga bo‘ktirish.
Narmer - Qadimgi Misrda birinchi quldorlik davlatiga asos
solgan fir’avn. Eramizdan avvalgi 2860 yil.
Nef - Ibodatxona ichini ustunlar qatori bilan xonalarga ajratish.
Nomlar - Nil daryosi bo‘yida dastlab vujudga kelgan viloyatlar.
Osiris - Qadimgi Misrning afsonaviy xudosi. O‘simlik va
dehqonchilik homiysi. Yer osti dunyosining podshosi.
Afsonaviy
ma’buda Isidaning akasi va eri.
Papirus - Nil qirg‘og‘idagi botqoqlikda o‘sadigan qiyoqli
o‘simlik. Qadimgi davrda undan yozuv qog‘ozi tayyorlangan.
Piramida - Ehrom. Qadimgi podsholik davridagi shoh qabri.
Ularning bir guruhi (Xeops, Xefren, Mikaren) Gizada topilgan.
85
Ra - Qadimgi misrliklar xudolarining xudosi. U quyosh Ra.
Devoriy suratlarda dumaloq shar ostida lochin boshli odam qiyofasida
ifodalangan.
Sarkofag - Tosh, metall yoki yog‘ochdan bezaklar bilan
ishlangan ulug‘vor tobut.
Sfinks - Tanasi sher, boshi odam qiyofasidagi ajib mahluq.
Balandligi 17 metr, uzunligi 39 metrga teng bo‘lgan sfinks Gizada
topilgan.
Xorus - Misrliklar xudosi, Osiris va Isidalarning farzandi, unga
atab Edfuda ibodatxona qurilgan, lochin qush yoki lochin boshli odam
ko‘rinishida ifodalangan. Xonsu - Oy xudosi,
Amon-Ra va uning
xotini Mutlarning o‘g‘li. Unga atab ko‘p ibodatxonalar qurilgan.
Ellinizm - Eramizdan avvalgi IV—I asrlarda O‘rta Yer dengizi
havzasida yunon-makedon davlatining hukmronligi davri.
Dostları ilə paylaş: