Microsoft Word шфмт ў?ув ?ўлланма verstka doc


-rasm. Firavn Narmerning qalqoni



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/107
tarix03.04.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#104129
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107
Шарқ фалсафаси ва маданияти тарихи. Д.Пўлатова

10-rasm. Firavn Narmerning qalqoni 


78
dushman saflarini yorib o‘tayotgani umumiy chiziqlarda ko‘rsatilgan. 
Yana palitrada ma’lum darajada aniq va noaniq belgilangan rasmlar 
ham bor. Chamasi ularda shoh g‘alaba qilgan shaharlar ko‘rsatilgan 
bo‘lsa kerak. Xudo Ra hukmdorlik huquqidan foydalangan bo‘lishiga 
qaramasdan, Xorus hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. U 
o‘simlik va dehqonchilik homiysi, yer osti dunyosining xudosi Osiris 
va uning rafiqasi ham singlisi, tabiat ma’budasi Isidalarning o‘g‘li 
2000 ta Misr xudolari sag‘anasi «PANTEON»ning bir bo‘lagidir. 
Yirtqichlar orasida eng xavflisi sher hisoblangan. Eng dahshatli 
musibat — davolab bo‘lmaydigan kasalliklarni o‘lat kasalligi 
keltirgan. Ana shundan xabar topgan sher boshli urush ma’budasi 
g‘azabga kelib, jang boshlagan. O‘lim chekinishi bilan ashula, raqs va 
musiqa xudosi Bes o‘yin kulgi boshlagan. 
Yana Ibis (laylaksimon qush) boshli aqlu-idrok va yozuv xudosi 
Taxt, chiyabo‘ri boshli mo‘miyolash xudosi Anubis va boshqa bir 
qancha xudolar mavjud. Ularning barchasi me’morchilik 
yodgorliklari, ibodatxona va maqbaralarda o‘z aksini topgan. 
Mo‘miyolashdan asosiy maqsad tanani u dunyodagi hayot uchun 
saqlashdir. Agar tana halok bo‘lsa, uning ruhi «Ka» ham nobud 
bo‘ladi. Oilaning imkoniyatiga qarab mo‘miyolashning har xil usullari 
mavjud bo‘lgan. Eng yaxshi va lekin eng qimmat usul tanadan uning 
barcha ichki a’zolarini olishni talab etgan. Ularni yaxshilab quritish va 
o‘rab, «kanopa» deb atalgan idishlarga solib qo‘yish kerak bo‘lgan. 
So‘ng bosh miya olingan. Yurak esa alohida mo‘miyolangan va 
qaytadan tanaga qo‘yilgan. Chunki bu a’zo (bosh miya emas) aql 
manbai deb baholangan. Tana 90 kun mobaynida o‘yuvchi natriy 
eritmasiga solib qo‘yilgan. Shundan so‘ng unga hayot ko‘rininishini 
berish maqsadida yuz terisi orasiga mohirlik bilan yostiqchalar 
qo‘yilgan. Keyin tananing hammasini surp bilan o‘rashgan. Shohlarni 
yoki muhim shaxelarni mo‘miyolaganda, ularning qimmatbaho oltin-
kumush buyumlarini belbog‘ orasiga yashirganlar. Lekin maqbara 
o‘g‘rilari jasad bezatilgan xazinani olish maqsadida mo‘miyolangan 
tanani yalang‘ochlaganlar. Mo‘miyolangan tanani oltpn plastinka 
bilan qoplangan yog‘och tobutga solganlar. Xo‘sh, bularni biz 
qaerdan bilamiz? Agarda mashhur Tutanxamon maqbarasi bo‘yicha 
fikr yuritadigan bo‘lsak (bizga ma’lum bo‘lgan fir’avnlarning dafnlari 
ichida o‘g‘irlanmay topilgan yagona maqbaradir), undagi tobut juda 
chuqur (uchtasi ustma-ust qo‘yilgan) va toza oltindan ishlangan. 


79
Fikrimizcha, bunday mo‘miyolash odati podsholik uchungina 
bo‘lib, ayniqsa u yangi podsholik davrida Nubiy mamlakatidan 
ko‘plab oltin olib kelish vaqtida avj olgan. 
3. 
Hozirgi zamon misrshunoslarining hisoblashicha, piramidalar 
qurishdan oldin misrliklar dastlab tog‘lik yerlarda zovurlar qazib, 
tekis va yaxlit poydevor qilishga erishganlar. Buning uchun zovurni 
suv bilan to‘ldirib, unga qoziqlar qadaganlar va suvning yuzasini 
belgilaganlar. So‘ng atrofni tekislab, zovurni tog‘ toshlari bilan 
to‘ldirganlar va qoziqlardagi belgilar bilan baravarlashtirganlar. 
Natijada bo‘lajak piramidaning tekis va yaxlit poydevori vujudga 
kelgan. Bu vaqtda tosh yotqizuvchi mutaxassis piramida uchun 
ishlatiladigan toshlarni bir necha yil mobaynida tekislab pardozlagan. 
Bloklar faqat uch oyga yetadigan qilib tayyorlangan, chunki har yili 
bo‘ladigan suv toshqini natijasida uch oy davomida ishsiz qolgan 
dehqonlar ana shu piramida qurilishiga jalb etilganlar. Birinchi qator 
toshlar o‘rnatilgach, uning atrofiga shag‘al yotqizilib, bir tomonga 
nishab tortilgan. Keyin bloklarni tortish yo‘li bilan nishabga olib 
chiqilgan va birinchi qator ustiga qo‘yilgan. Ana shu yo‘sinda 
piramida sekin-asta qatorma-qator yuqoriga ko‘tarilgan sari uning 
atrofidagi shag‘aldan qilingan nishab ham spiral shaklida ko‘tarilib 
borgan. 
Piramida cho‘qqisiga oxirgi tosh qo‘yilganda, u qum aralash 
shag‘alga burkangan massani eslatgan. Xuddi shu vaqtda mohir va 
tajribali tosh teruvchilar piramidaning sirtini silliq bloklar bilan 
yuqoridan pastga qarab pardozlay boshlaganlar. 
Ishchilar esa bir vaqtning o‘zida pardozlash ishlarini yuqoridan 
pastga tushishiga qarab qum va shag‘allarni chetga torta boshlaganlar. 
Tashqaridagi ishlar tamom bo‘lgunga qadar piramidaning ichkarisida 
ichki yo‘llar va dafn qilish xonasi qurilgan. Dafn etish marosimi 
tugagach, uni barchadan sir tutish maqsadida xonaga olib boruvchi 
barcha eshiklarni ilgaritdan tayyorlab qo‘yilgan ulkan blok toshlar 
bilan berkitib, muhrlab qo‘yganlar. Gizadagi ulkan ehrom yaqinida 
sirli sfinks bor. U kim tomonidan va nima uchun yaratilganligi 
hanuzgacha noma’lum. Ammo tushunish mumkinki, yarim odam va 
yarim sher sifatida yaratilgan bu hukmdor o‘rnida Misr fir’avni 
Xefren o‘z aksini ko‘rgan bo‘lsa ajab emas. 3-sulolaning birinchi 
fir’avni Joser (Zoser) bo‘lgan. Joser ehromi (piramidasi)ning qurilishi 
katta toshlardan ulkan binolar ixtiro qilgan va yozuv san’atida yuksak 


80
yutuqlarga erishgan me’mor Imxotep 
nomi bilan bog‘liq. Joser qabri 
Qohiradan taxminan 6 km narida 
joylashgan. Toshdan ishlangan bu 
ulkan maqbara dunyodagi eng qadimgi 
yodgorlikdir. Uning qurilish vaqti 
eramizdan avvalgi 2780 yilga to‘g‘ri 
keladi. 
Bu inshoot bir qator zinapoya-
lardan tashkil topgan ehrom bo‘lib, 
ustma-ust qo‘yilgan va yuqoriga ko‘tarilgan sari kichrayib boruvchi 
bir qancha mastabalar yig‘indisidan iborat. Piramidaning asosi 
kvadrat bo‘lib, u qoyaning 25 m ichkarisiga joylashgan. Yana 
pastroqda esa fir’avnning dafn qilish xonasi bo‘lgan. Piramida va 
uning atrofi ohak toshlardan terilgan baland devor bilan o‘rab olingan. 
Ana shu devorning ayrim qismlari hozirgacha saqlangan yoki ular 
qayta tiklangan. Ichki devorning qarama-qarshi tomonida qator 
yodgorliklar qad ko‘targan. Ehtimol, ular har xil xudolarga 
bag‘ishlangan ibodatxonalar bo‘lsa kerak. O‘ziga xos bir ko‘rinishda, 
butunlay yog‘och va somondan bunyod etilgan bu bino haqiqatda esa 
toshdan yo‘nib ishlangan, chunki endi shohning kulbasi mangu 
bo‘lishi talab etilgan. Imxotepning qiyofasn binoning ichkarisida 
haykal ko‘rnnishida paydo bo‘ladi. Bu bilan misrliklar vazirning 
obro‘si va qudrati naqadar yuksak ekanligini ko‘rsatganlar. 3-sulola 
uning oxirgi fir’avni Snofruning vafoti bilan tamom bo‘lgan. U 
tiriklik vaqtida o‘zi uchun tomonlari tekis bo‘lgan ikkita ulkan 
piramida qurdirgan. 4-sulolaga kelib piramidalar qurish katta davri 
boshlangan
28

Misrda 70 dan ortiq piramida bor. Ular Sakkarax va Dashurdan 
to G‘arbdagi Xauvaragacha cho‘zilgan. Har bir piramida faqat bitta 
fir’avnning qabridan iborat bo‘lgan. Joser podsholik qilgan davrdan 
so‘ng malikalar ham o‘zlarining shaxsiy piramidalariga ega bo‘la 
boshlaganlar. Bu piramidalar kichikroq va erlarining yonida bo‘lgan. 
Asosiy piramidaning atrofida esa oliyjanob va yuqori mansabli 
kishilar uchun mastabalar joylashgan. Fikrimizcha, bu kishilar o‘z 
28
Қаранг
: William J. Duiker, Jackson J. Spielvogel .The Essential World 
History,Volume I: To 1800: Boston, 2007. 
Р
. 16. 

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə