Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə148/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Allohga tavakkul bobi hadislari

729-hadis. Shohidlariga ko‘ra, sahih. Shofe’iy, Bayhaqiy rivoyat qilgan. “Ad-dau vad-dava”ga qarang.


730-hadis. Juda zaif. Abu Na’im, Hokim rivoyat qilgan.
731-hadis. Zaif. Ibn Mojja, Abu Na’im rivoyat qilgan.
732-hadis. Hasan. Termiziy, Ibn Abu Dunyo, Bayhaqiy rivoyat qilgan.


OLTMISH BESHINCHI BOB XUDOJO‘YLIK

Faqih Abu Lays Samarqandiy Muhammad ibn Fazldan, u Muhammad ibn Ja’fardan, u


kishi Ibrohim ibn Yusufdan, Abu Ja’fardan, Saiddan Qatodaning (r.a.) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Abdulloh ibn Mutraf: “Ikki kishiga uchradingiz, birining namozi, ro‘zasi, sadaqasi ko‘p, ammo ikkinchisining savobi unikidan ortiq”, derdi. “Bu qanday bo‘ladi?” deyishsa, “Ikkinchisining taqvosi kuchliroqdir”, deb javob qilar edi”.

733. Abdulloh ibn Ravoha Mu’ta jangiga ketayotib: “Ey Rasululloh, menga vasiyat qiling”, dedilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen sajda kam bo‘lgan joyga boryapsan. U yerda sajdani ko‘paytir”. Ibn Ravoha: “Yana qo‘shing” dedilar. Nabiy (s.a.v.): “Allohni zikr qil. Chunki U sen istayotgan narsaga yordam beradi”, deb aytdilar. Ibn Ravoha ketdilar, ammo qaytib kelib, tag‘in: “Ey Rasululloh, menga yana nasihat qiling”, dedilar.


Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taoloni zikr qil. Alloh taolo toq, toq narsalarni yaxshi ko‘radi”. Ibn Ravoha: “Yana ziyoda qiling”, dedilar. Nabiy (s.a.v.): “O‘nta yomonlik qilsang, bitta yaxshilik qilishga ojiz bo‘lma”, dedilar.

734. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mendan olti narsani olinglar, sizlarga jannat bo‘ladi. Gapirsanglar, to‘g‘ri gapiringlar, va’da bersanglar, xilof qilmanglar, omonat olsanglar, xiyonat etmanglar, ko‘zlaringni (haromdan) tiyinglar, farjlaringni saqlanglar, qo‘l va oyoqlaringni haromdan to‘singlar va Parvardigorlaringning jannatiga kiringlar”, dedilar”.


735. Amron ibn Husayndan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo: “Ey bandam, senga farz qilgan narsamni ado et, insonlarning obidrog‘i bo‘lasan, qaytargan narsalarimdan qayt, insonlarning taqvodorrog‘i bo‘lasan, rizq qilib bergan narsamga qanoat et, insonlarning boyrog‘i bo‘lasan”, dedi”.


Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: “Beshta narsa baxtning alomatidan: qalbdagi qat’iy ishonch, dindagi taqvo, dunyoning ichida turib, undan yuz o‘girish –zuhd, ikki ko‘zdagi hayo va badandagi qo‘rqinch. Beshta narsa badbaxtlik alomatidan: qalbning qattiqligi, ikki ko‘zning quruqligi (ya’ni, Allohdan qo‘rqib yig‘lamaslik. – Muharrir), hayoning ozligi, dunyoga rag‘bat etish, uzun orzu qilish”.


Umar ibn Xattob (r.a.): “Bizlar o‘nta halolning to‘qqiztasini shubha yoki haromga tushib qolamiz, degan qo‘rqinchda tark qildik”, deydilar.


Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) ham shunga o‘xshash gapni aytganlar.

Yana hakimlardan biri deydilar: “Dunyoning ishlari ajib, lekin men g‘ururlangan odam bolasining beshta narsasiga ajablanaman:


1) dunyosi ko‘p bo‘lgan kishining ortiqcha molini muhtoj bo‘ladigan kuni (ya’ni, oxirati)
uchun ishlatmaganiga hayronman;
2) gapiruvchi tilning Alloh zikridan, Qur’on tilovat qilishdan qolganiga ajablanaman;
3) salomat bo‘lgan, lekin ro‘za tutmasdan yurgan odamga hayronman. Qanday qilib oyda uch kun ro‘za tutmaydi va ro‘za tutsa, ro‘zasining mukofoti qanday bo‘lishi haqida fikr yuritmaydi;
4) tonggacha uxlaydigan kishiga ajablanaman. Nega kechasidagi ikki rak’at namozning fazli haqida fikrlamaydi, fikr yuritib, bir soatgina qoim bo‘lmaydi;
5) Allohga isyon qilishga jur’at etgan kishiga hayron bo‘laman. Alloh qaytargan, gunoh ishlarni qiyomat kuni Unga ro‘baro‘ bo‘lishini bilaturib qiladi. Qilgan ishi xususida fikr yuritmaydi, yomonlikdan qochmaydi”.

Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: “Haromdan topilgan bir so‘mni tark etish yuz ming so‘mni sadaqa qilishdan afzaldir”.


Abdulloh ibn Muborak haqida bunday rivoyat ham bor. U kishi Shom shahrida hadis yozayotgan edilar, yozayotgan qalamlari sinib qolib, bir kishidan qaytarib berish sharti bilan qalamini oldilar. Yozib bo‘lgach, qaytarish yodlaridan ko‘tarilib, qalamdonga solib qo‘ydilar. So‘ng Marv shahriga kelganlarida, qalamni ko‘rib qoldilar va uni qaytarishni unutgani yodlariga tushdi, so‘ng qalamni egasiga yetkazish uchun yana Shom safariga hozirlandilar.


736. Sha’biy (r.a.) No‘’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: Payg‘ambarning (s.a.v.) bunday deganlarini eshitdim: “Harom va halol narsalar bayon etildi. Ikkovining o‘rtasida ko‘p shubhali narsalar bor. Ularni ko‘pchilik insonlar bilishmaydi. Kim harom narsalardan saqlansa, dini va nomusini pok saqlabdi. Kim shubhali narsalarga tushib qolsa, harom narsalarga yo‘liqadi. Bu hol cho‘pon qo‘ylarni ta’qiqlangan joy yaqinida boqqanida, unga o‘tib ketishi mumkinligiga o‘xshaydi. Ogoh bo‘linglarki, har bir podshohning ta’qiqlari bordir. Allohning ta’qiqlari harom qilgan narsalaridir. Ogoh bo‘linglarki, jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar u to‘g‘ri bo‘lsa , butun jasad to‘g‘ri bo‘ladi, agar buzilsa, butun jasad buziladi. Ogoh bo‘linglar, u qalbdir”.


Abu Muso Ash’ariy (r.a.) aytadilar: “Har bir narsaning chegarasi bo‘ladi. Islom chegaralari quyidagilar: taqvo, kamtarlik, shukr, sabr. Taqvo ishlarning asosidir, kamtarlik kibrdan uzoq bo‘lish, sabr do‘zaxdan najot topish, shukr jannat bilan mukofotlanishdir”.


737. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Agar sizlar egilib qolguningizgacha namoz o‘qib, torga o‘xshab qolguningizgacha ro‘za tutsalaringiz ham, faqat taqvo bilangina ular sizga foyda beradi”.


Faqih aytadilar: “Taqvoning alomati o‘nta narsada bilinadi:


1. Tilni g‘iybatdan saqlash. Alloh taolo aytadi:
Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g‘iybat qilmasin” (Hujurot, 12-oyat).

2. Yomon gumondan saqlanish. Alloh taolo aytadi:


Ko‘p gumonlardan chetlaninglar, chunki ayrim gumon(lar) gunohdir!” (Hujurot,
12-oyat).

738. Payg‘ambarning (s.a.v.) ham bu xususda so‘zlari bor: “Gumondan saqlaninglar. Chunki u so‘zlarning eng yolg‘onidir”.


3. Masxara qilishdan saqlaninglar. Alloh taolo deydi:
Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmni masxara qilib kulmasin, ehtimol, (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar” (Hujurot, 11-oyat).

4. Harom narsalardan ko‘zni tiyish. Alloh taolo aytadi:


(Ey Muhammad) mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar” (Nur, 30-oyat).

5. Rost gapirish.


6. Allohning bergan ne’matlarini tanimoq va nafsiga ajablanib qolmaslik. Alloh taolo aytadi:


Balki agar (iymonlaringizda) sodiq bo‘lsangizlar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat etganini minnat qilur” (Hujurot, 17-oyat).

7. Molini haq narsalarga ishlatish, botildan saqlash. Alloh taolo aytadi:


Ular infoq-ehson qilgan vaqtlarida isrof ham, xasislik, baxillik ham qilmasalar, (balki ehsonlari) ana o‘sha (xasislik va isrofning) ortasida mo‘’tadil bo‘lur” (Furqon, 67-oyat), ya’ni gunoh ishga sarflashdan ayamaydilar.

8. Nafsi uchun ulug‘lik va kibrni talab qilmaslik. Alloh taolo bu haqda aytadi:


Biz o‘sha oxirat diyorini yer yuzida buzgunchilik, mutakabbirlik qilishni istamaydigan kishilar uchun qilurmiz” (Qasos, 83-oyat).

9. Besh vaqt namozni vaqtida, ruku’lari, sajdalarini mukammal qilib o‘qish. Alloh taolo aytadi: “Barcha namozlarni va xususan, orta namozni (asr namozini) saqlanglar – o‘z vaqtida ado etinglar! Va Alloh uchun bo‘ysungan hollaringda turinglar!” (Baqara, 238-oyat).


10. Jamoat bilan bo‘lish va sunnatda istiqomat qilish. Alloh taolo aytadi:


Albatta, mana shu Mening to‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! Allohga bergan ahdingizga vafo qilinglar! Shoyadki, eslatma (nasihat) olursizlar deb sizlarni mana shu narsaga buyurdi (An’om surasi, 153-oyat).

Muhammad ibn Ka’b Quraziy aytadilar: “Agar uchta narsani qoldirmasdan qilishga qodir bo‘lsang, hech qoldirma: biror kimsaga zo‘ravonlik qilma. Chunki Alloh taolo aytadi:


Ey odamlar, bu zo‘ravonligingiz faqat o‘zingizning ziyoningizdir (Yunus, 23- oyat). Hech kimga makr qilma, chunki Alloh taolo:

Yomon makr-hiyla esa, faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur” (Fotir, 43-oyat). Ahdingni hech qachon buzma, chunki Alloh taolo bu haqda:


Endi kim (qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga bo‘lur”, deb aytgan


(Fath, 10-oyat).

Ibrohim ibn Adham aytadilar: “Zuhd uch xil bo‘ladi: zuhdi farz, zuhdi fazl va zuhdi salomat. Zuhdi farz haromda zuhd qilish. Zuhdi fazl halolda zuhd qilish. Zuhdi salomat shubhalarda zuhd qilishdir”.


So‘ng yana aytdilar: “Taqvo ikki xildir: farz taqvosi, saqlanish taqvosi. Farz taqvosi – Alloh taologa ma’siyat-gunoh qilishdan taqvo qilish, saqlanish taqvosi – shubhalardan taqvo qilish. G‘am ham ikki xildir: biri foyda beradi, boshqasi zarar. Foydali bo‘lgan g‘am oxirat g‘amidir. Zararli bo‘lgan g‘am dunyo va uning ziynatlari uchun uyg‘ongan g‘am”. Faqih aytadilar: “Xolis taqvo ko‘zni xaromdan, tilni g‘iybat va yolg‘ondan tiyish, barcha a’zolarni haromdan saqlashdir”.


Umar ibn Xattobga (r.a.) Shom shahridan zaytun yog‘i keltirishdi. Yog‘ bir necha idishga solingan edi. Umar (r.a.) uni odamlarga qadah bilan taqsim qila boshladilar. U yerda sochi o‘sib ketgan bir yigit ham bor edi. Bo‘shagan idishning yog‘ini boshiga surtardi. Shunda Umar (r.a.) u yigitga: “Soching musulmonlarning yog‘iga rag‘batli ekanini ko‘ryapman”, dedilar va qo‘lidan tutib, sartaroshga sochini oldirishga jo‘natdilar. Yigit sochini oldirdi. Umar (r.a.) unga: “Mana shu ish senga yengilroqdir”, dedilar.


Ibrohim ibn Adhamdan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi Ummonga borayotganlarida bir hayvonni ijaraga oldilar. Ketayotib, qamchilari tushib qoldi. Shunda u zot ulovdan tushdilar, uni bog‘ladilar, keyin ortga piyoda qaytib, qamchini olib keldilar. U kishiga: “Ulovingizning boshini burib, qamchini olsangiz bo‘lmasmidi?” deyishdi. Shunda Ibrohim ibn Adham aytdilar: “Men uni faqat borish uchun ijaraga olganman, qaytish uchun olganim yo‘q”.




739. Maoz ibn Jabal (r.a.) hikoya qiladilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan birga edim. U kishi egarlangan eshakning ustida o‘tirgan edilar. Menga: “Ey Maoz, bandalarning ustidagi Allohning haqqi nima?” dedilar. “Alloh va Uning rasuli biluvchiroq”, deb javob berdim. “Allohga hech narsani shirk keltirmasdan, Ungagina ibodat qilmoq”, dedilar. So‘ng aytdilar: “Bularni qilgandan keyin Allohning zimmasidagi bandalarning haqqi nima?” Yana: “Alloh va rasuli biluvchiroq”, dedim. “Ularni jannatga kirgizish”, dedilar Nabiy (s.a.v.).



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə