Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə121/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • "Bergan
"Oxirat esa, Parvardigoringiz nazdida taqvodor zotlar uchundir" (Zuxruf, 35);


"Albatta, taqvodorlar uchun jannatlar va ne’matlar bordir" (Tur, 17). Alloh taolo taqvodor bandalarini kitobining ko‘p joyida maqtab xabar berdiki, ular do‘zaxdan najot topadilar:


"Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz, (bu) Parvardigoringiz (amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz" (Maryam, 71-72).

Faqih (r.a.) aytadilar: Abu Avvom Ka’bul Ahborning bunday deganlarini rivoyat qiladi: "Allohning "Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz", degan so‘zlarining ma’nosini bilasizlarmi?" Odamlar: "Har bir kishi unga kiradi deb tushunamiz", deyishdi. "Yo‘q, – dedilar u kishi, – unga tushishining ma’nosi, jahannam to‘ng‘izning sassig‘idek holda keltiriladi. Butun xaloyiq – yaxshiyu yomon oyog‘ini unga qo‘yadi. Shunda bir nido keladi: Do‘stlaringni ol, mening do‘stlarimni qo‘yib yubor, deb. Do‘zax o‘zining do‘stlarini oladi. U do‘stlarini ota o‘z farzandini taniganidan ham yaxshiroq taniydi. Mo‘minlar pok holda najot topadilar. Do‘zax posbonlaridan birining ikki boshli gurzisi bo‘ladi, bir tomoni bilan bir urganda yetti yuz ming kishini do‘zaxga uloqtiradi".


592. Imron ibn Husayn aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. "Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidan ro‘y beradigan) zilzila ulug‘ – dahshatli narsadir" (Haj, 1), oyati nozil bo‘ldi. Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Bu kun qaysi kunligini bilasizlarmi?" "Alloh va rasuli biluvchiroq", deyishdi sahoblar. "U kun, – dedilar u zot, – Alloh taolo Odamga, tur, jannat va do‘zaxga ahllarini jo‘nat, deydi. Odam, ey Rabb, do‘zaxga yuborilayotganlar kim, jannatga yuborilayotganlar kim?", deb so‘raydi. Alloh taolo, har ming kishidan bittasi jannatga, to‘qqiz yuz to‘qson to‘qqiztasi do‘zaxga, deydi".


Qavm yig‘lay boshladi. Keyin Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qaysi payg‘ambar o‘tgan bo‘lsa, undan oldin johiliyat bo‘lgan. O‘sha miqdor johiliyat ahlidan olinadi, mabodo, miqdoriga yetmasa, munofiqlardan olinadi. Sizlarning ummatlar orasidagi o‘rningiz hayvon oyog‘idagi nuqta yoki tuyaning qornidagi xol kabidir". Keyin aytdilar: "Men umid qilamanki, ahli jannatning uchdan biri sizlar bo‘lasizlar. Bas, takbir aytinglar".


Hasan Basriy (Alloh rahmat qilsin) aytadilar: "Birovning gapi seni aldab qo‘ymasin. Kishi yaxshi ko‘rgani bilan birgadir. Ammo yaxshilarning qatoriga faqat ularning amallarini qilish bilan qo‘shilasan. Yahudiylar, nasorolar va bid’at ahllari payg‘ambarlarini yaxshi ko‘radilar, ammo ular bilan birga emaslar".


593. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kimning ikki kuni bir xil o‘tsa, u aldangandir. Kimning ertasi bugunidan yomon bo‘lsa, u la’natlangandir. Kim ziyoda qilmasa, u nuqsondadir. Kim nuqsonda bo‘lsa, unga o‘lim yaxshidir".


Ka’bul Ahbordan (r.a.) rivoyat qilinadi: "Alloh taoloning zumraddan bir uyi bor, tepasi marvariddan. Uning ichida yana yetmish mingta uy bor, har bir uyda yetmish mingta eshik bor. Unga payg‘ambarlar, yo siddiqlar, yo shahidlar, yo odil rahbarlar, yoki o‘z nafsiga hukm qilganlar kiradi".


"Nafsiga hukm qiluvchi kim?" deb so‘rashdi.


"Haromga ro‘para kelganda, Allohdan qo‘rqib, uni tark qilgan kishi", dedilar.

594. Faqih aytadilar: Otamdan (Alloh uni rahmatiga olsin) ushbu hadisni eshitdim: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zamonlarida bir kishi bor edi. Uni Hanzala deb chaqirardilar. O‘sha kishi aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilarida edik, u zot bizlarga mav’iza qilardilar. Qalblar erib, ko‘zlardan yosh oqib, o‘zimizni tanib turardik. So‘ngra ahlimga qaytdim. Xotinim oldimga keldi va ikkovimiz dunyo ishlaridan gaplashib ketdik. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilarida eshitganlarimni unutdim. Dunyo gaplaridan gapiraverdik. Keyin u yerda bo‘lganim esimga tushdi. O‘zimga o‘zim, munofiq bo‘lib qoldim, mendagi qo‘rquv va muloyimlik o‘zgarib ketdi, dedim va chiqib, Hanzala munofiq bo‘ldi deb, baqiraverdim. Abu Bakr (r.a.) menga to‘qnash keldilar va, yo‘q, Hanzala, munofiq bo‘lmading, dedilar. So‘ngra Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam oldilariga kirdim va, yana Hanzala munofiq bo‘ldi, Hanzala munofiq bo‘ldi, deb aytdim. U zot: "Yo‘q, Hanzala munofiq bo‘lmadi", dedilar. Aytdim: "Ey Allohning elchisi, biz sizning oldingizda edik, bizlarga mav’iza qildingiz, qalb u bilan eridi, ko‘zlardan yosh chiqdi va nafslarimizni bildirdingiz, so‘ng uyga qaytdim, dunyo gaplaridan gaplashdik va sizning oldingizda bo‘lgan gaplarni unutdim". Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Hanzala! Agar mening oldimdagi holatda doimiy bo‘lsangizlar, sizlar bilan farishtalar yo‘lda qo‘l olishib ko‘rishardi, uylaringizda va to‘shaklaringizda ziyorat qilishardi. Lekin, ey Hanzala, har bir narsani o‘z vaqtida qilgin".


595. Oyisha onamiz (r.a.) aytadilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan Alloh taoloning


"Bergan narsalarini dillari qo‘rqib turgan holda beradigan kishilar" (Mo‘minlar,
60), oyati haqida "Ular gunoh qilib, keyin qo‘rqadigan kishilarmi?" deb so‘radim. "Yo‘q, ular toat bilan amal qiladilar va (amallari) ulardan qabul qilinmay qolishidan qo‘rqadilar", dedilar".

Faqih (Alloh u kishidan rozi bo‘lsin) aytadilar: "Yaxshi amal qilgan kishi to‘rt narsadan qo‘rqib turadi, shunday ekan, yomonlik etgan kishiga nima deysan?!


1. Qabul bo‘lmay qolishining qo‘rquvi, chunki Alloh taolo aytadi:

Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə