Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə124/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

yomonligidan..." (An-nos, 4), degan so‘zi haqida aytadilar: "U qalbga yopishgan shaytondir. Banda Allohni zikr qilsa, yashirinadi, agar g‘aflatda qolsa, vasvasa qiladi".

602. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Har bir narsaning sayqali bor, qalbning sayqali Allohni zikr qilishdir".


Ibrohim Naxa’iy (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Agar kishi uyiga kirib, salom bersa, shayton: "Menga bu joyda turadigan joy qolmadi", deydi. Taom keltirilgach, Allohni zirk qilsa, shayton: "Menga bu yerda yotoq ham, taom ham qolmadi", deydi. Agar ichishga biron narsa keltirilgach, Allohning ismini aytsa, shayton: "Menga joy ham, taom ham, ichimlik ham qolmadi", deb umidsizlanganicha chiqib ketadi".


603. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Qaysi birlaringiz taom yesa, bismillah, deb aytsin, agar avvalida unutgan bo‘lsa, oxirida, bismillahi fi avvalihi va oxirihi, deb aytsin".


Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: "Birontalaringiz taomni yeyayotgan paytida bismillohni aytmasa, u bilan shayton birga ovqatlanadi. Agar taomining qolganida Allohning ismini zikr qilsa, ovqat yangiga aylanadi".


Faqih (r.a.) rivoyat qiladilar: Abu Muhammad Anas ibn Molikning (r.a.) sahobalaridan biri edi. Shu kishi aytdilarki, iblis Allohga: "Ey Rabb, odam farzandlariga Seni zikr qiladigan uylar berding, mening uyim qaer?" dedi. Alloh aytdi: "Hammom".


"Ularga o‘tiradigan joylar berding, mening o‘tiradigan joyim qaer?" "Bozor".
"Ularga o‘qiydigan narsa berding, menga-chi?" "She’r".
"Ularga yaxshi gaplarni berding, mening gapim nima?" "Yolg‘on so‘z".
"Ularning azoni bor, mening azonim nima?" "Surnay".
"Ularga elchilar yubording, mening elchilarim kim?" "Folbinlar".
"Ularga yozuvni berding, mening yozuvim nima?" "Badanga naqsh solish".
"Ularga ov qiladigan joylarni berding, menga-chi?" "Xotinlar".
"Ularga ovqat berding, meni ovqatim nima?"
"Qaysi ovqatga ismim aytilmasa, o‘sha sening ovqating". "Ularga ichimlik berding, mening ichimligim nima?"
Alloh taolo aytdi: "Mast qiluvchi narsalarning hammasi".

Fuzayl ibn Iyozga (r.a.) bir kishi kelib: "Menga nasihat qiling", dedi. Fuzayl aytdilar: "Mendan beshta narsani yod ol:


1. Senga nima yetsa, Allohning taqdiridan deb bil, xalqni malomat qilma.
2. Tilingni saqla, xaloyiq undan salomat bo‘lsin. Shunda Allohning azobidan salomat bo‘lasan.
3. Rabbingning senga rizq beraman degan va’dasini rost bil, shunda mo‘min bo‘lasan.
4. O‘limga tayyor tur, shunda g‘ofil holda o‘lmaysan.
5. Qaerda bo‘lsang ham, Allohning zikrini ko‘paytir, shunda gunohlardan saqlanasan".

Ibrohim ibn Adhamdan zikr qilinadi. U kishi bir odamning dunyoviy gaplarni gapirib yurganini ko‘rdi. Uning oldida to‘xtab: "Sen bu so‘zlar bilan savob umid qilasanmi?" dedilar. U kishi: "Yo‘q", dedi. Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Bu bilan azobdan omon bo‘lasanmi?" "Yo‘q". Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Savob umid qilmaydigan va azobdan emin bo‘lmaydigan gaplarni gapirib nima qilasan? Sen Allohning zikrini qil".


604. Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: "Bizlar Allohning payg‘ambarlariga nozil qilgan kitobida quyidagi so‘zlarini topdik. Alloh aytadi: "Kimni Meni zikr etish mashg‘ul qilib, Mendan so‘rashni unuttirsa, unga Mendan so‘raganlardan ham oliyrog‘ini beraman".


Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Allohning ismi zikr qilinadigan uy qorong‘i uydagilarga chiroq qanday nur bersa, osmon ahliga shunday yorug‘lik beradi. Allohning ismi zikr qilinmaydigan uy o‘z ahliga qorong‘ilik qiladi".


Rivoyat. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, men Sen yaxshi ko‘rganlarni va yomon ko‘rganlarni qanday bilaman?" "Ey Muso, agar Men bandani yaxshi ko‘rsam, unda ikki alomat qilaman". Muso aytdilar: "Ey Rabb, ular nima?" "Men uni yer va osmon mulklarida zikr etishim uchun unga zikrimni ilhom qilaman, unga azobim va g‘azabim yetmasligi uchun uni g‘azabimdan va harom qilganlarimdan saqlayman. Ey Muso, agar Men biror bandani yomon ko‘rsam, unda ikki alomat qilib qo‘yaman", dedi Alloh taolo. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, u ikkalasi nimalar?" Alloh aytdi: "Zikrimni unuttiraman, o‘zi va nafsi orasini xoli qilaman, toki Mening haromlarim va qahrimga tushsin, shunda unga azobim va g‘azabim yetadi".


605. Abu Mulayh otasidan rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ulovlariga sahobalaridan biri mingashib olgan edi. Ot qoqilib ketdi. Shunda sahobiy: "Qurib ketgur, shayton", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qurib ketgur, shayton, deb aytma, unday desang, uydek katta bo‘lib ketadi. Bismilloh, de. Shunda u kichrayib, pashshadek bo‘lib qoladi".


606. Dovud ibn Qays (r.a.) Nofe’ ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Majlisning kafforati, agar birontangiz turmoqchi bo‘lsangiz, subhanaka-llohumma va bihamdika, ashhadu al la-a ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayka", deb aytishdir. Agar majlis zikr majlisi bo‘lsa, bu so‘zi qiyomatgacha uning muhri bo‘lib qoladi. Agar lag‘v – bema’ni majlis bo‘lsa, oldin o‘tgan so‘zlariga o‘sha zikrlari kafforat bo‘ladi".


607. Muhammad ibn Vosi’ aytadilar: "Makkaga keldim, shunda Solim ibn Abdullohning tug‘ishganini uchratdim, u otasidan, otasi bobosidan, bobosi Umar ibn Xattobdan (r.a.) bu hadisni rivoyat qildi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bozorga kirganda, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyiy va yumiyt va huva hayyul la-a yamut biyadihil xoyr va huva ‘ala kulli shay’in qodir,


desa, Alloh unga milyonta yaxshilik yozadi, milyonta xatosini o‘chiradi va darajasini milyon marta ko‘taradi". So‘ng Xurosonga keldim. Qutayba ibn Muslimning oldilariga kirib: "Sizga hadya keltirdim", deb o‘sha hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim (r.a.) otlariga minib bozorga keldilar va shu kalimalarni aytib, keyin qaytib ketdilar".
Faqih aytadilar: Bilginki, Allohni zikr qilish ibodatlarning afzalidir, chunki Alloh taolo boshqa ibodatlar uchun miqdor va vaqtini tayin qildi. Ammo zikr uchun miqdor ham, vaqt ham tayin qilmadi, ko‘paytiraverishni buyurdi.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə