Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə126/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

"Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr mukofotlari hisob- kitobsiz to‘la-tokis qilib berilur" (Zumar, 10).

3. Kim tavba bilan rizqlansa, qabul bo‘lishdan mahrum bo‘lmaydi.


"U bandalaridan tavba-tazarru’ qabul qiladigan Zotdir" (Sho‘ro, 25).

4. Kim istig‘for bilan rizqlansa, mag‘firatdan mahrum bo‘lmaydi.


"Rabbilaringizdan istig‘for soranglar, albatta, u Zot kechiruvchidir" (Nuh, 10).

Kim duo bilan rizqlansa, ijobatdan mahrum bo‘lmaydi.


"Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga ijobat qilaman" (Fofir, 60).

Keyin oltinchisini ham rivoyat qildilar: "Kim infoq qilish bilan rizqlansa, uning o‘rni to‘lishidan mahrum bo‘lmaydi.


"Ne bir narsani infoq-ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur"
(Saba’, 39).

So‘ngra yettinchisi ham aytdilar: "Kimga harakat qilish berilgan bo‘lsa, tavfiqdan mahrum bo‘lmaydi.


"Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yollarimizga hidoyat qilurmiz" (Ankabut, 69).

608. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Mo‘min kishi duo qilsa, albatta, ijobat bo‘ladi. Yo unga shu dunyoda tezda beriladi, yoki qiyomat kuni uchun zaxiraga qoldiriladi, yoki duosining miqdoricha gunohlaridan o‘chiriladi, modomiki, gunohga va qarindoshlikni uzishga duo qilmagan bo‘lsa".


Yazid Raqqoshiy (r.a.) aytadilar: "Qiyomat kuni bo‘lsa, Alloh taolo bandaning dunyoda ijobat qilinmagan duolarining hammasini unga ro‘para qilib qo‘yadi. So‘ngra aytadi: "Ey bandam, Menga falon kuni duo qilgan eding. O‘sha duoyingni ushlab qolgan edim, bu savob o‘sha duoyingning o‘rnigadir". Shunday qilib, bandaga davomli suratda savob beriladi, shunda u dunyoda qilgan duolarining hech biri qabul qilinmagan bo‘lishini xohlab qoladi".


609. No’mon ibn Bashirdan (r.a.) rivoyat qilinadi, Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: "Duo ibodatdir". Keyin bu oyatni o‘qidilar:



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə