Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə150/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Hayo bobi hadislari

740-hadis. Muttafaqun alayh.


741-hadis. Ziaf. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
742-hadis. Sahih. Buxoriy, Abu Dovud, Ibn Mojja, Ahmad rivoyat qilgan.
743-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy, Hokim, Bayhaqiy rivoyat qilgan.
744-hadis. Sahih. Termiziy rivoyat qildilar. “Sahihul-jome’”ga qarang.
745-hadis. Hasan. Termiziy rivoyat qilgan.
746-hadis. Sahih. Ahmad, Abu Dovud, Nasaiy rivoyat qilgan.
747-hadis. Botil, asli yo‘q. “Al-mavzu’ot”ga qarang.
748-hadis. Hasan. Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.


OLTMISH YETTINCHI BOB AMAL VA NIYAT BIRLIGI

Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) Zayd ibn Maysaradan rivoyat qiladilar: “Alloh taolo: “Men hamma hakim bandaning kalomini qabul qilavermayman, uning g‘ami va xohishiga qarayman. Agar g‘ami va xohishi Menga bo‘lsa, sukutini tafakkur, so‘zini, gapirsa- gapirmasa, zikr qilib qo‘yaman”, deydi”.


Ibrohim Naxa’iy (r.a.) aytadilar: “Kishi g‘azab bilan bir gap gapiradi va undan yaxshilikni niyat qiladi, Alloh shunda unga nisbatan odamlarning qalbiga uzr soladi. Hatto ular,


faqat yaxshilikni xohlagan edi, deyishadi. Yana bir kishi yaxshi so‘zni gapiradi, lekin yaxshilikni niyat qilmaydi. Alloh buni odamlarning qalblarida bildiradi. Hatto, ular, bir kalomida yaxshilikni iroda qilmadi, deyishadi”.

Avn ibn Abdulloh (r.a.) aytadilar: “Yaxshilik ahllari bir-biriga uch kalimani yozib turishar edi: kim oxirat uchun amal qilsa, Alloh uning dunyo amallarini to‘g‘irlab qo‘yadi. Kim ichini isloh qilsa, Alloh tashqarisini ham isloh qilib qo‘yadi. Kim Alloh bilan o‘zi orasini isloh qilsa, Alloh u bilan odamlar orasini isloh qilib qo‘yadi”.


Hasan (r.a.) Alloh taoloning:


Ayting: har kim o‘z holicha amal qilur(Isro, 84-oyat), degan so‘zini niyatiga ko‘ra, ya’ni amalning sihhati niyat bilan, deb tushuntirganlar.

749. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati uning amalidan yaxshidir”.


Ahli ilmlarning ba’zilari bu hadis haqida shunday deyishadi: “Chunki kishi niyatining yaxshiligi uchun savob olaveradi, garchi amal qilmagan bo‘lsa ham. Amaliga esa niyatsiz savob ololmaydi”.


Bir olim kishi aytadi: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshidir. Chunki niyati ko‘p amali kam. U tirik ekan yaxshi amal qilishni niyat etadi, ammo u o‘lgunicha, yaxshi amalni davom ettira olmaydi”.


Ba’zilar deyishadi: “Chunki niyat qalbning amalidir. Qalb ma’rifatning makoni. Nimaiki ma’rifat makonidan bo‘lsa, boshqasidan afzaldir”.


750. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi vasallam) bunday deganlarini rivoyat qiladilar: “Qiyomat kuni bir bandani keltirishadi. Uning yaxshiliklari katta tog‘lar kabi bo‘ladi. Keyin nido qiluvchi: “Kim mana bu odamdan zulm ko‘rgan bo‘lsa, kelib, undan haqqini olsin”, deb nido qiladi. Odamlar kelib, uning yaxshiliklaridan olishadi. Hattoki yaxshiliklaridan hech narsa qolmaydi. Banda hayron turganida, Rabbi unga: “Mening oldimda sening bir xazinang bor. Uni farishtalarimga ham, maxluqlarimga ham ko‘rsatmaganman”, deydi. Banda: “Ey Rabbim, u nima?” deb so‘raydi. Alloh taolo


aytadi: “U sening niyatlaring. Sen bir yaxshilikni niyat qilsang, unga yetmishdan oshirib, (savob) yozar edim”.

Xabarda rivoyat qilinadi: “Bani Isroil obidlari ichida bir kishi bor edi. Bir kuni u katta qum uyumi oldidan o‘tdi. Shunda ko‘ngliga, agar bu qum uyumi unga aylanib qolsa, och yotgan Bani Isroil xalqini to‘yg‘izardim, degan o‘y keldi. Shunda Alloh taolo ularning payg‘ambariga: “Bu obidga ayt, Men unga unni sadaqa qilgandek ajr berdim”, deb vahiy qildi”.


751. Yana bir xabarda rivoyat qilinishicha, qiyomat kuni banda keltiriladi va oldiga nomai a’moli qo‘yiladi. Amal kitobida haj, umra, jihod, zakot va sadaqani ko‘rib, banda o‘zicha, bulardan hech birini qilgan emasman-ku, bu mening kitobim emas, deydi. Shunda Alloh taolo aytadi: “O‘qi, bu sening kitobing, sen bechora holda yashab, agar menda mol bo‘lganida, albatta, haj qilardim, agar menda mol bo‘lganida, zakot berardim, deb aytar eding. Men sening niyatingda sodiqligingni bildim va bularning hammasini savobini berdim”.


Faqih Abu Lays aytadilar: “Kishi ozgina narsasini qizg‘onmasa, niyatining to‘g‘riligi ma’lum bo‘ladi. Masalan, yo‘lda qolgan hojini ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, haj qilardim, ammo imkoniyatim yo‘q, faqat ikki dirhamimgina bor, ularni shu kishiga beray, desa, yoxud qiynalib qolgan g‘oziyni ko‘rib, menda ham mol bo‘lganida, albatta,


shunday qilardim, ammo imkonim yo‘q, faqat ozgina pulim bor, ularni mana shu muhtoj g‘oziyga yoki miskin qo‘shnimga beray, desa va bersa, niyatining xolisligi ko‘rinadi. Ammo ozgina narsasini ham qizg‘anib, baxillik qilsa (oziga baxillik qilgan kishining ko‘piga ham baxillik qilishini Alloh biladi), uning uchun haj qilay, yordam beray, degan niyatlarida savob yo‘q. Bir kishi: “Agar Qur’onni yodlaganimda, kechayu kunduz o‘qir edim”, desa va yodlagan bittagina surasini kechayu kunduz o‘qisa, Alloh taolo uning Qur’onni to‘la yod olganida, hammasini o‘qishini biladi va Qur’onning qolganini ham yodlashni nasib qiladi. Agar o‘zida bor narsani ham o‘qimasa, o‘z-o‘zidan uning niyati xolis emasligi bilinadi”.

752. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Mo‘minning niyati amalidan yaxshi, munofiqning amali esa, niyatidan afzal”.


753. Muhammad ibn Ali Nabiydan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot aytadilar: “Kim bir kishini, garchi uning do‘zaxi ekani Allohning ilmida bitilgan bo‘lsa ham, adolatliligi uchun Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rsa, Alloh taolo uni sevganga ahli jannatni sevgandek ajr beradi. Kim bir kishini Allohning ilmida jannati bo‘lsa ham, zolimligi uchun yomon ko‘rsa, Alloh taolo uni yomon ko‘rishiga xuddi ahli do‘zaxni yomon ko‘rgandek ajr beradi”.


Xabarda rivoyat qilinadi: Alloh taolo Musoga (alayhissalom) dedi: “Ey Muso, Men uchun biror amal qildingmi?” Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Allohim, Sen uchun namoz o‘qidim, Sen uchun ro‘za tutdim, Sen uchun sadaqa qildim va Seni zikr qildim”. Alloh taolo dedi: “Namozing sen uchun dalil, ya’ni hujjatdir, ro‘za – to‘siq, sadaqa – soya, zikr nurdir. Ammo Men uchun biron kishini do‘st tutdingmi yoki Men uchun biron kishini dushman bildingmi?” Shundan keyin Muso (a.s.) amallarning afzali Alloh yo‘lida yaxshi ko‘rish va Alloh yo‘lida yomon ko‘rish ekanini bildilar.


754. Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Alloh taolo sizlarning suratlaringizga, mollaringizga va ahvollaringizga qaramaydi. Balki amallaringizga va qalblaringizga qaraydi”.

755. Oyisha onamiz ham (r.a.) Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar. U zot (s.a.v.) aytdilar: “Kim odamlarning g‘azabidan (qo‘rqmay) Allohning roziligini izlasa, Alloh ham, odamlar ham undan rozi bo‘ladi. Kim Allohning g‘azabidan (qo‘rqmay) odamlarning rizoligini izlasa, Alloh taolo ham, odamlar ham unga g‘azab qiladi”.


756. A’mash Abu Amr Shayboniydan, u kishi Abu Mas’ud Ansoriydan (hammalaridan Alloh rozi bo‘lsin) rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarning (s.a.v.) huzurlariga urushga chiqishni xohlagan bir kishi kelib, shunday dedi: “Ey Rasululloh, menga ulov bering”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Falonchiga bor, senga ulov beradi”. O‘shanga borgan edi, tuya berdi. So‘ngra Payg‘ambarga (s.a.v.) kelib, buning xabarini aytdi. Shunda Nabiy (s.a.v.): “Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga uni qilgan kishining ajri kabi ajr bor”, dedilar.


Boshqa bir hadisda: “Yaxshilikka dalolat qiluvchi uni bajaruvchi kabidir”, deyilgan.


757. Huzayfa ibn Yamon (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) zamonlarida bir tilanchi kelib, narsa so‘radi. Qavm jim qoldi. Keyin bir kishi unga bir narsa berdi. Keyin boshqalar ham unga berdi. Nabiy (s.a.v.) shunda aytdilarki: “Kim bir yaxshilikni joriy qilsa yoki unga sabab bo‘lsa, u ishning savobi va unga ergashganlarning savoblari hech kamaytirilmasdan unga ham beriladi. Kim bir yomonlikni joriy qilsa yoki unga sabab


bo‘lsa, uning gunohi va unga ergashganlarning gunohi hech kamaytirilmagan holda unga ham yoziladi”.

758. Tamim Doriy Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim qiyomat kuni beshta xislat bilan kelsa, jannatdan adashmaydi. Alloh uchun, rasuli uchun, kitobi uchun, musulmonlarning imomlari uchun va butun omma uchun samimiy-beg‘araz bo‘lgan (holda kelsa)”.


759. Boshqa xabarda rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Ogoh bo‘linglarki, din samimiyatdir”, dedilar. “Ey Rasululloh, kim uchun samimiyat?” deb so‘rashdi. Alloh uchun, rasuli, kitobi va jamiki musulmonlar uchun samimiyat”, deb javob qildilar.


Faqih aytadilar: “Alloh uchun samimiyat Allohga iymon keltirmog‘ing, odamlarni ham iymonga chaqirmog‘ing va odamlarning hammasini mo‘min bo‘lishini orzu qilmog‘ing. Payg‘ambar (s.a.v.) uchun samimiy bo‘lish esa, u kishiga Alloh taolo tomonidan nima kelgan bo‘lsa, tasdiqlashing, sunnatlarga amal qilishing va odamlarni ham bu ishga boshlashing. Kitobi uchun samimiyat – uni o‘qimog‘ing, unda bor narsalarga amal qilmog‘ing va odamlarning hammasi o‘qishini hamda amal qilishini orzu etmog‘ing. Musulmonlarning imomlariga samimiyat – ularning buyurganlariga itoat qilishing, qaytarganlaridan qaytishing, ularni yaxshilikka undab, yomon ishlardan qaytarishing va ularga qilich bilan qarshi chiqmasligingdir. Musulmonlar uchun samimiy bo‘lish – o‘zing yaxshi ko‘rgan narsalarni ularga ham yaxshi ko‘rmog‘ing, o‘zing yomon ko‘rgan narsani ularga ham ravo ko‘rmasliging, ular orasida do‘stlik va inoqlik bo‘lishini xohlamog‘ing”.


Faqih (r.a.) yana aytadilar: “Qancha uxlayotganlar bor, ularga namoz o‘qiyotganning ajri


beriladi. Qanchalab uyg‘oq namozxonlar bor, ular uyquda, deb yoziladi. Kishi sahar vaqtida turib, tahorat qilib, so‘ng bomdod vaqti chiqqunicha namoz o‘qishga odatlangan bo‘lsa, ammo bir kecha o‘sha niyat bilan yotib, ertalabgacha uxlab qolsa, keyin uyg‘onib ketib, namozni o‘tkazib yuborganiga xafa bo‘lsa va istirjo’ aytsa, uni namozni vaqtida o‘qigan, deb yoziladi va niyati bilan uning savobiga erishadi. Yana bir kishi kechasi turib, namoz o‘qishga odatlanmagan, ammo kechasida tong otdi, deb gumon qilib, turib tahorat olib, masjidga kirsa, hali tong otmagan bo‘lsa, so‘ng bomdod namozi vaqti kirishini kutib, o‘ziga-o‘zi, hali bomdod namozi vaqti bo‘lmaganini bilganimda, o‘rnimdan turmasdim, desa, shu niyati uchun uyg‘oq bo‘lsa ham, uxlovchilardan deb yoziladi”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə