Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə151/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Amal va niyat birligi bobi hadislari

749-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.


750-hadis. Avvali Buxoriy va Muslimning hadislarida kelgan. So‘ngining isnodi noma’lum.
751-hadis. Isnodi noma’lum.
752-hadis. Juda zaif. Bayhaqiy, Qazoiy rivoyat qilgan.
753-hadis. Isnodi noma’lum.
754-hadis. Sahih. Muslim rivoyat qilgan.
755-hadis. Sahih. Termiziy, Ibn Hibbon, Abu Na’im rivoyat qilgan.
756-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilgan.
757-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
758-hadis. Ibn Najjor rivoyat qilgan.
759-hadis. Sahih. Muslim, Nasoiy, Ahmad rivoyat qilgan.


OLTMISH SAKKIZINCHI BOB MAG‘RURLANISH

Faqih Abu Lays Samarqandiy rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): “Najot ikki narsada: taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada: umidsizlik ila mag‘rurlanishda”, dedilar.


Vahb ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: “Sizlardan avvalgilarning ichida Allohga yetmish yil ibodat qilgan kishi bor edi. Haftada bir kun, ya’ni shanbada og‘zi ochiq bo‘lardi. Qolgan kun ro‘zador edi. U Allohdan bitta hojatini so‘radi. Ammo hojati ravo bo‘lmadi. Shunda nafsiga, agar senda yaxshilik bo‘lganida, hojating bajarilar edi, ammo oldin gunoh ishlar qilgansan, dedi. Shu zahoti bir farishta tushib: “Ey odam farzandi, o‘zingni haqir hisoblaganing oldin qilgan yetmish yillik ibodatingdan yaxshidir”, dedi.


Sha’biy aytadilar: “Bir kishiga bulutlar soya solib yurardi. Buni ko‘rgan boshqa bir kishi: “Albatta, uning soyasida yuraman”, dedi. Shunda haligi birinchi kishi g‘ururlanib: “Mana bunga o‘xshashlar mening soyamda yuradi”, deb o‘yladi. Vaqti yetib, ular ajralishganida esa, soya ikkinchi kishi bilan ketdi”.


Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: Tavbangning to‘g‘ri bo‘lishi gunohingni bilish, amalingning to‘g‘ri bo‘lishi mag‘rurlikdan voz kechishing bilandir”.


Umar ibn Abdulazizdan (r.a.) zikr qilinadi. U kishi xutba qilayotganlarida mag‘rurlanib qolishdan qo‘rqsalar, xutbalarini to‘xtatardilar, yozayotganlarida ham mag‘rurlanishdan xavfsirasalar, varaqni yirtib tashlardilar va: “Ey Parvardigor, Sendan nafsimning yomonligidan panoh tilayman”, derdilar”.


Mutarrif ibn Abdulloh aytadilar: “Kechasi uxlab qolib, pushaymon holda tong ottirishim


kechani uxlamay o‘tkazib, mag‘rurlanib tong ottirishimdan yaxshiroqdir”.

Oyishadan (r.a.) bir kishi: “Muhsin bo‘lganimni qachon bilaman?” deb so‘radi. Qachon gunohkorligingni bilsang”, deb javob qildilar. Kishi: “Qachon gunohkorligimni bilaman? deb savol qildi. Oyisha onamiz aytdilar: “Qachonki, o‘zingni muhsin bilsang”.


Zikr qilinadiki, Bani isroillik bir yigit dunyodan yuz o‘girdi, odamlardan uzoqlashdi, chet joylarda ibodat qila boshladi. Bu yo‘ldan qaytarish uchun qavmining ikki ulug‘i uning uyiga kelishdi. Keyin: “Ey yigit, sabring yetmaydigan qattiq ishni ushlading”, deyishdi. Yigit: “Odamlarning Alloh huzurida turishi mening bu turishimdan qattiqroqdir”, deb javob qildi. So‘ng: “Qarindoshlaring bor, ibodatingni ularning orasida qilganing afzal”, deyishdi. Yigit aytdi: “Agar mendan Alloh rozi bo‘lsa, boshqa hamma do‘st-qarindoshlar rozi bo‘lishadi”. Ikki shayx: “Sen hali yoshsan, ko‘p narsani bilmaysan, bizlar bu ishda


tajriba orttirganmiz va sening bu yo‘lda mag‘rurlanib ketishingdan qo‘rqamiz”, deyishgan edi, yigit: “Kim o‘zini bilsa, mag‘rurlanish unga zarar qilmaydi”, deb javob berdi.
Shayxlar shunda bir¬-biriga qarab: “Turdik, ketamiz. Bu yigit jannatning hidini topibdi. Endi bizning so‘zimizni qabul qilmaydi”, deyishdi.

Xabarda zikr qilinishicha, Dovud (alayhissalom) dengiz bo‘yiga chiqib, Parvardigorga


to‘la bir yil ibodat qildilar. Bir yil o‘tganidan so‘ng: “Ey Rabbim, qaddim bukildi, ko‘zlarim zaiflashdi, diydamda yosh qolmadi. Mening bu ibodatim nima bo‘lishini bilmayman”, dedilar. Alloh taolo qurbaqaga: “Bandam Dovudga javob bergin”, deb vahiy qildi. Qurbaqa aytdi: “Ey Allohning payg‘ambari, siz bir yil Allohga ibodat qilganingizni minnat qilyapsizmi? Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, men o‘ttiz-oltmish yildan beri qamishlar orasida yashab, Unga tasbeh, hamd aytaman. Muskullarim Allohdan qo‘rqqanimdan qaltiraydi”. Dovud (alayhissalom) bu gaplarni eshitib yig‘ladilar.

Zikr qilinishicha, ushbu holat Muso (alayhissalom) bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yganlarida ham yuz bergan ekan.


Faqih aytadilar: “Kim g‘ururini sindirmoqchi bo‘lsa, to‘rtta narsa qilishim kerak bo‘ladi:


1. Tavfiqni (muvaffaqiyatni) Alloh taolodan bilish. Shunda shukr qiladi, nafsiga mag‘rurlanmaydi.
2. Alloh taolo bergan ne’matlarga ibrat ko‘zi bilan qarash. Bunda ham shukr bilan mashg‘ul bo‘ladi, amalini kam sanaydi va qilgan ishiga mag‘rurlanmaydi.
3. Amalining qabul bo‘lmay qolishidan qo‘rqish. Shunda xavfi kuchayadi, nafsiga mag‘rurlanmaydi.
4. Oldingi qilgan gunohlariga qarash. Agar gunohlarining yaxshiliklaridan og‘ir kelishidan qo‘rqsa, nafsiga bo‘lgan g‘ururi sinadi. Inson qiyomat kuni nomai a’molidan nimalar chiqishini bilmay turib, qanday g‘ururlanadi?! Albatta, g‘ururlanish va xursandchilik amal kitobini o‘qigandan keyin aniq bo‘ladi”.

Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: “Alloh taoloning:


Mana, Mening kitobimni o‘qinglar (Al-haqqa, 19-oyat), degan oyatini eshitardim, lekin uning kim uchun aytganini bilmasdim. Bir kuni biz Umarning (r.a.) oldilarida o‘tirganimizda Ka’b (rahmatullohi alayh) kelib qoldi. Umar unga: “Ey Ka’b, bizlarga hadis aytib ber. Aytsang, faqat Allohning kitobiga mosini ayt”, dedilar. Ka’b (r.a.) aytdilar: “Alloh taolo qiyomat kuni barcha maxluqlarni katta bir vodiyda tiriltiradi. U yerda chaqiruvchi hammalarini eshitib, ko‘rib turadi. Keyin har bir qavm imomi bilan
chaqiriladi. Ya’ni, hidoyatga yoki zalolatga boshlovchi olimlari bilan chaqiriladi. Hidoyatga boshlovchi imom qavmidan oldin keltiriladi. Kelganidan so‘ng unga kitobi o‘ng tomonidan beriladi. Unda gunohlari yashiringan bo‘ladi, faqat o‘zi o‘qiydi. Bu ish, amalim bilan jannatga kirdim, demasligi uchundir. Odamlarga esa, uning yaxshiliklari ko‘rsatiladi.
Ular: “Falonchi qanday yaxshi, yaxshiliklari ko‘rinib turibdi”, deyishadi. Uning o‘zi gunohlarini o‘qiyotib, halok bo‘ldim, endi, deb o‘ylaydi. Kitobining oxiriga kelganida, gunohlaringni kechirdim degan so‘zni o‘qiydi. Keyin unga nurdan bo‘lgan toj kiydiriladi. Nurlari yaltirab turadi. So‘ng unga: “Birodarlaringga borib, ularga ham senikiga o‘xshash ish bo‘lishini aytib xursand qil”, deb turishadi. Keyin u: “Mana, mening kitobimni o‘qinglar. Gunohlarimni kechirdi. Xursand bo‘linglar. Hammalaringiz men kabi bo‘lasizlar”, deydi.

Agar zalolatga chaqiruvchi imom bo‘lsa, u ham olib kelinadi. Keyin kitobi beriladi. O‘ng qo‘li bilan ushlayman, desa, o‘ng qo‘li bo‘yniga o‘ralib qoladi. Bo‘yniga o‘girib, yolg‘iz o‘zi yaxshiliklarini o‘qiydi. Bu ish, faqat gunohlarim saqlanib, yaxshiliklarim yozilmabdi, demasligi uchundir. So‘ng unga aytiladi: “Falon amalni qilding va o‘sha ishga yarasha mukofotlaringni olding”. Shunday qilib, yaxshiliklari tugaydi. Gunohlari esa, odamlarga ko‘rinib, ma’lum bo‘ladi. Shunda ular: “Falonchiga vayl bo‘lsin, yomonliklari ko‘rinib turibdi”, deydi. U kitobini o‘qiy-o‘qiy oxiriga yetadi va eng so‘nggi sahifada: “Albatta, senga azob kalimasi haqdir”, degan so‘zni o‘qiydi. Yuzi qorong‘i kechadek qop-qora


bo‘lib ketadi, keyin boshiga o‘tdan bo‘lgan toj kiydiriladi, tojning tutunlari yaltiraydi. So‘ng unga: “Borib qavmingga xabarini ber. Ularning hammasi uchun mana shunday narsa tayyorlab qo‘yilgan”, deyiladi. Vodiy ahliga yetib kelganida, ular hammasi faqat: “Ey Parvardigor, buni biz bilan, bizni u bilan birga qilma”, deyish bilan ovora bo‘ladi. Qaysi qavm o‘tsa, unga la’nat o‘qiydi. Keyin do‘stlari kelib, ular ham la’nat aytadilar. hamma undan bezor bo‘ladi. Alloh taolo:

Hali qiyomat kunida ayrimlaringiz (ya’ni peshvolaringiz) ayrimlaringizdan



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə