Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə156/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

Chavandozlik va o‘q otish fazilati bobi hadislari

793-hadis. Zaif. Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Mojja rivoyat qilgan.


794-hadis. Muttafaqun alayh.
795-hadis. Ibn Asokir, Ibn Najjor rivoyat qilgan.
796-hadis. Sahih. Ibn Mojja rivoyat qilgan.
797-hadis. Isnodi noma’lum.
798-hadis. Sahih. Ahmad, Termiziy, Nasoiy rivoyat qilgan.
799-hadis. Sahih. Muslim, Ahmad rivoyat qilgan.
800-hadis. Sahih. Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan.
801-hadis. Sahih. “Sahihul-jome’»ga qarang.
802-hadis. Isnodi noma’lum.
803-hadis. Isnodi noma’lum.
804-hadis. Sahih. Bayhaqiy rivoyat qilgan.
YETMISH IKKINCHI BOB
MUHAMMAD (ALAYHISSALOM) UMMATLARINING FAZLI

805. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi ila Muqotil ibn Sulaymondan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Rabbim, men sahifalarda shafoat qiluvchi va shafoat qilinuvchi bir ummat yozilganini ko‘rdim. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummati”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatning gunohlariga besh vaqt namoz kafforat ekanini ko‘rdim. Shu kishilarni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular adashganlarni, hattoki, bir ko‘zli Dajjolni o‘ldiradi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular suv va tuproq bilan poklanyapti. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad (s.a.v.) ummatidir”, dedi. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummatni topdim. Ular sadaqalarni olishmoqda, vaholanki, avvalgilar u sadaqani yondirishar edi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning ummatidir”, dedi. Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim, agar ular bir yaxshilikni niyat qilishsa, garchi uni bajarmasalar ham, ularga bitta yaxshilik yoziladi. Agar bajarsalar, o‘ntadan yetti yuztagacha yoki undan-da ko‘paytirib yoziladi. Agar ulardan birontasi bir yomon ishni xohlasa, lekin qilmasa, unga hech narsa yozilmaydi. Agar uni amalga oshirsa, bitta yomonlik yoziladi. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummatidir”, dedi.*


Mu’ammar ham Qatodadan shunga o‘xshash rivoyatni keltirgan. Faqat quyidagicha ziyodasi bor: “Muso (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida xabar topdim. Ular ummatlarning yaxshisi ekan. Yaxshi amallarga buyurib, yomonlaridan qaytaradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammad


(s.a.v.) ummatidir”. Muso aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ular dunyoda oxirgilar, qiyomatda oldingilar ekan. Ularni mening ummatim qil”. Alloh: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Musa (alayhissalom) aytdilar: “Ey Alloh, sahifalarda bir ummat haqida o‘qidim. Ularning kitoblari qalblarida, qarab turib o‘qiyveradilar. Ularni mening ummatim qil”. Alloh taolo: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummati”, dedi. Hatto keyin Muso (alayhissalom) ham Muhammadning (s.a.v.) ummatidan bo‘lishni orzu qilib qoldilar. Shunda Alloh u kishiga vahiy yubordi:

* Bu rivoyat mavzu’-to‘qilgandir. Chunki Muqotil ibn ibn Sulaymonni muhaddislar yolg‘onchi deyishgan.


Ey Muso, haqiqatdan Men seni odamlar ustida payg‘ambarim bo‘lishga va (bevosita) kalomimni eshitishga tanlab oldim. Bas, senga ato etgan narsamni (ya’ni payg‘ambarlikni) olgin va shukr qilguvchilardan bo‘lgin” (A’rof, 144oyat);


Muso qavmidan shunday jamoat ham borki”, haq (so‘z) bilan (odamlarni) to‘g‘ri yo‘lga boshlarlar va haq (hukmlar) bilan adolat qilurlar” (A’rof, 159- oyat). Shundan keyin Muso (alayhissalom) rozi bo‘ldilar.


806. Muqotil ibn Hayyondan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Isro kechasida Jabroil (alayhissalom) bilan Sidratul muntahoning oldidagi katta parda ro‘parasida to‘xtadik. Jabroil alayhissalom: “O‘ting, ey Muhammad (s.a.v.)”, dedi. Men:


“Siz o‘ting, Jabroil”, dedim. Jabroil aytdi: “Ey Muhammad, sizdan boshqaning bu makondan o‘tishi mumkin emas. Siz Allohga mendan ko‘ra hurmatliroqsiz”. Keyin pardaning naryog‘iga o‘tib tillo so‘riga yaqinlashdim. Unda jannat hariridan bo‘lgan to‘shak bor edi. Orqamdan Jabroil (alayhissalom): “Ey Muhammad (s.a.v.), Alloh taolo sizga sano aytyapdi. Eshiting va itoat qiling. Uning kalomi sizni cho‘chitmaydi”, deb nido qildi. Men Alloh taologa sano ayta boshladim. Orqasidan: “Attahiyyatu lillahi vassolavatu vattoyyibat”ni o‘qidim. Alloh taolo: “Assalamu ‘alayka va rohmatullohi va barokatuh”, dedi. Men aytdim: “Assalamu alayna va ‘ala ‘ibadillahis solihiyn”. Keyin Jabroil dedi: “Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh”. Alloh taolo:

Payg‘ambar o‘ziga Parvardigoridan nozil qilingan narsaga iymon keltirdi”, dedi. Men: “Ha, Rabbim, senga iymon keltirdim”,


va mo‘minlar (ham iymon keltirdilar)”. Yahudiy va nasorolar Muso bilan Isoni (alayhissalom) ajratdi. “Allohga, farishtalariga, kitoblariga va payg‘ambarlariga iymon keltirgan har bir kishi: “Uning paygambaridan birontasini ajratib qo‘ymaymiz”, dedim”.


Alloh taolo aytdi:


Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi”, ya’ni, faqat toqati yetsagina buyuradi”,

(Har kimning) qilgan amali ozi uchundir, ya’ni yaxshilikdan topgan savobi o‘zigadir...”


Va (yomon) amali ham o‘zining bo‘ynidadir”. Keyin aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men:


Parvardigoro, gunohlarimizni mag‘firat qilishingni so‘raymiz va faqat O‘zingga qaytajakmiz”, dedim. Alloh taolo aytdi: “Sizni va ummatingizni va kim Meni bir degan va sizga ishongan bo‘lsa, kechirdim”. Keyin yana aytdi: “Ey Muhammad (s.a.v.),


so‘rang, beriladi”.

Parvardigoro, agar unutgan yoki xato qilgan bo‘lsak, bizni azobingga giriftor aylama!” dedim. Alloh aytdi: “So‘raganingiz berildi, xato qilsangizlar, unutsangizlar yoki majburlansangizlar, u uchun azobimga giriftor qilmayman”. So‘ng aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men:


Parvardigoro, bizlarning zimmamizga bizdan ilgari o‘tganlarning bo‘yinlariga qo‘ygan yukingni yuklama, dedim. Chunki Bani Isroil bir xato qilsa, Alloh taolo taomlarning yaxshisini harom qilardi. Alloh bu haqda:


Ko‘p kishilarni zulm bilan Alloh yo‘lidan to‘sganlari sababli ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik” (Niso, 160-oyat), degan.


Alloh taolo aytdi: “O‘sha so‘raganingiz sizga”. So‘ng aytdi: “So‘rang, beriladi”. Men:


Parvardigoro, bizlarni toqatimiz yetmaydigan narsaga zo‘rlama”, chunki


ummatim kuchsiz”, dedim. Alloh taolo aytdi. “Bu ham sizga. So‘rang, beriladi”. So‘ngra:

Bizlarni avf et, (gunohlarimizni) mag‘firat qil, (holimizga) rahm ayla! O‘zing xojamizsan! Bas, bu kofir qavm ustiga o‘zing bizni g‘olib qil!” (Baqara, 285 –


286-oyatlar), dedim. Keyin Alloh taolo: “Bu ham sizga,

Agar sizlardan yigirmata sabr-qanoatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni)


yengar” (Anfol, 65-oyat), dedi”.

807. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Payg‘amg‘ar (s.a.v.) aytdilar: “Boshqa payg‘ambarlarga berilmagan besh narsa menga berildi: butun ins- jinlarga elchi qilib yuborildim; men uchun yer yuzi masjid va poklovchi qilindi; (dushmanga) bir oylik masofadan qo‘rquv solish bilan menga madad berildi; men uchun o‘ljalar halol qilindi va menga shafoat qilish huquqi berildi, uni ummatim uchun saqlab qo‘ydim”.


808. Faqih aytadilar: “Umar ibn Xattobning (r.a.) bir yahudiyda haqi bor edi. Umar (r.a.) uni topib: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagan zotga qasamki, menga beradiganingni bermaguningcha sendan ajramayman”, dedilar. Yahudiy aytdi: “Abul Qosimni insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q”. Umar (r.a.) shunda yahudiyning yuziga shapaloq tortib yubordilar. Yahudiy: “Sen bilan mening oramni Abul Qosim ochadi”, dedi. Ikkalasi Payg‘ambarning (s.a.v.) oldlariga kelishdi. Yahudiy aytdi: “Umar, Alloh seni insoniyatga payg‘ambar qilib tanladi”, deb da’vo qildi. Men esa, seni Alloh


taolo insoniyatga payg‘ambar qilib tanlagani yo‘q, dedim. Shunda u meni bir tarsaki urdi”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Ey Umar, tarsaki uchun uning roziligini ol”, dedilar. So‘ngra: “Ha, ey yahud, Odam (alayhissalom) Alloh safiysi, Ibrohim (alayhissalom) Allohning do‘sti, Muso (alayhissalom) Allohning payg‘ambari, Iso (alayhissalom)
Allohning ruhi va men Allohning habibi bo‘laman. Ey yahud, ummatim Allohning ikki ismi bilan nomlandi. Alloh o‘zini salom deb atadi va ummatimni musulmonlar dedi. O‘zini mo‘min deb atadi va ummatimni mo‘minlar dedi. Ey yahud, bizlar uchun saqlab
qo‘yilgan kunni (ya’ni, juma kunini) istadinglar, ammo bu kun bizlarniki, ertasi sizlarniki va indingi kun nasorolarniki bo‘ldi. Ey yahud, siz birinchi edingiz, biz oxir, qiyomat kuni esa, biz birinchilarmiz. Ey yahud, men kirmagunimcha jannat barcha payg‘ambarlarga haromdir. Ummatim ham jannatga kirmagunicha hamma ummatlarga haromdir”, dedilar yana Rasululloh (s.a.v.)”.

Ka’bul Ahbor aytadilar: “Alloh taolo bu ummatni payg‘ambarlarni ikrom qilgan uchta narsa bilan ikrom qildi:


1. Har bir payg‘ambarni qavmiga guvoh qildi, bu ummatni esa, butun odamlarga.
2. Alloh payg‘ambarlariga aytdi:

Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar!”


(Mo‘minlar, 51-oyat), bu ummatga qarata:

Ey mo‘minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar!”


(Baqara, 172-oyat), dedi.

3. Har bir payg‘ambar uchun aytdi: “Menga duo qiling, ijobat qilaman”, dedi, bu ummat uchun esa:


Menga duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman” (G‘ofir, 60-oyat), deb va’da berdi”.

Aytishlaricha, Alloh taolo musulmon ummatini beshta narsa bilan ikrom qilgan:


1. Kibrlanmaslik uchun ularni zaif qilib yaratdi.
2. Ovqat, ichimlik va kiyimga bemalol bo‘lsin, deb ularni kichkina qildi.
3. Gunohlari kam bo‘lsin uchun umrlarini qisqa qildi.
4. Hisob-kitoblari qiyomatda oson bo‘lsin uchun ularni kambag‘al qilib yaratdi.
5. Qabrlarida kamroq yotsin, deb ularni oxirgilardan qildi.

Zikr qilinishicha, Odam (alayhissalom) aytganlar: “Alloh taolo Muhammadning (s.a.v.)


ummatiga menga bermagan to‘rtta mukarramlikni beradi:
1. Mening tavbam Makkada qabul bo‘ldi. Muhammadning (s.a.v.) ummati qaerda tavba qilsa, Alloh qabul qiladi.
2. Men kiyimda edim, gunoh qilganimdan keyin yalang‘och holga tushdim. Muhammadning (s.a.v.) ummati esa, yalang‘och holda gunoh qiladi, so‘ngra Alloh ularni kiyintirib qo‘yadi.
3. Gunoh qilganimda men va xotinim orasini ajratdi. Muhammad (s.a.v.) ummati gunoh qiladi, lekin ular bilan xotinlari orasini ajratmaydi.
4. Men jannatda gunoh qildim va meni u yerdan chiqardi. Muhammad (s.a.v.) ummati jannatdan tashqarida gunoh qiladi. So‘ngra tavba qilib, unga kiradi”.

809. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) bilan muhojiru ansorlar birga o‘tirgan edik. Shu vaqt yahudiylardan bir jamoa keldi. “Ey Muhammad, – deyishdi ular, – bizlar sendan Alloh taolo Muso ibn Imronga bergan, payg‘ambar va muqarrab farishtalaridan boshqa hech kimga berilmagan kalimalar haqida so‘raymiz”. Payg‘ambar (s.a.v.): “So‘ranglar-chi”, dedilar. “Bizga ummatinga Alloh farz qilgan besh vaqt namozning xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Quyosh zavolga ketib, peshin namozi vaqti kirsa, hamma narsa Parvardigoriga tasbeh aytadi. Asr namozi vaqtidagi bir soatda Odam (alayhissalom) daraxtdan yedi. Shom namozidagi bir soatda Alloh taolo Odamning (alayhissalom) tavbasini qabul qildi. Qaysi mo‘min bu namozni


chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Allohdan bir narsani so‘rasa, Alloh u narsani unga beradi. Xufton namozini mendan oldingi payg‘ambarlar ham o‘qigan. Bomdod namozi, esa quyosh u vaqtda shaytonning ikki shoxi orasidan chiqadi va hamma kofirlar Allohni qo‘yib, unga sig‘inadi”.

Yahudiylar: “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad, endi namoz o‘qiganga qanday savob borligining xabarini ber”, deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Peshin namozi vaqtida jahannam qizdiriladi. Qaysi mo‘min bu namozni o‘qisa, Alloh taolo qiyomat kuni jahannamning shiddatli, issiq shamollarini unga harom qiladi. Asr namozini o‘qisa, Alloh taolo uni onasidan tug‘ilgandek gunohlaridan poklab qo‘yadi”. So‘ng bu oyatni o‘qidilar:


Barcha namozlarni, xususan, o‘rta namozni saqlangizlar” (Baqara, 238-oyat). Keyin yana davom etdilar: “Shom namozi Alloh Odam alayhissalomning tavbasini qabul qilgan soat. Qaysi mo‘min bu namozni chin ko‘ngildan o‘qisa, keyin Alloh taolodan biror narsani so‘rasa, Alloh taolo unga so‘raganini beradi. Albatta, qabr qorong‘udir, qiyomat kuni ham qorong‘ulik. Qaysi mo‘min kechaning qorong‘usida xufton namozi uchun yurib borsa, Alloh taolo unga ikkita ozodlikni beradi. Birinchisi, do‘zaxdan ozodlik, ikkinchisi munofiqlikdan ozodlik”.


“To‘g‘ri aytding, ey Muhammad”, deyishdi yahudiylar. So‘ngra yana savol qilishdi: “Nima uchun Alloh taolo ummatingga o‘ttiz kun ro‘zani farz qildi?” “Odam (alayhissalom) o‘sha daraxtning mevasidan yeganida, u narsa qornida o‘ttiz kun saqlangan edi. Shuning uchun Alloh taolo farzandlariga o‘ttiz kun och yurishni farz qildi, kechqurun esa, marhamati ila taom yeyishga izn berdi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad, bu ro‘zani tutgan ummatingga qanday savoblar bor?” deyishdi keyin. Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Qaysi banda ramazon oyida chin qalbdan ro‘za tutsa, Alloh taolo unga yetti xislat beradi: jasadidagi harom go‘shtlarni eritadi, rahmatiga yaqinlashtiradi, amallarning yaxshisini beradi, ochlik, chanqoqlikdan omon saqlaydi, qabr azobidan asraydi, qiyomat kunida sirotdan o‘tish uchun nur beradi, jannatda ikrom qiladi”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad! – deyishdi yahudiylar. – Endi payg‘ambarlardan ortiqliging nimada ekanini ayt-chi!?” Nabiy (s.a.v.) aytdilar: “Har bir payg‘ambar o‘z qavmini badduo qilgan. Men esa, duoimni (ya’ni, shafoatni) ummatim uchun saqlab qo‘yganman”. “To‘g‘ri aytding, ey Muhammad (s.a.v.) shohidlik beramizki, Allohdan boshqa hech qanday iloh yo‘q va sen Allohning elchisidirsan”, deyishdi yahudiylar.


Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: “Musoga (alayhissalom) nozil qilingan narsaning ba’zilarini o‘qidim. Unda: “Ey Muso, Muhammad va uning ummati ikki rak’at namoz o‘qishadi. U bomdod namozidir. Kim uni o‘qisa, kunduz va kechasida qilgan gunohlarini kechirdim va u Mening himoyamda bo‘ladi. Ey Muso! Muhammad va uning ummati to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U peshin namozidir. Uning birinchi rak’ati bilan ularni mag‘firat qilaman, ikkinchi rak’ati bilan ularning tarozularini og‘ir qilaman, uchinchi rak’ati bilan ularga bir farishtani vakil qilamanki, ular uchun tasbeh va istig‘for aytib turadilar. To‘rtinchi rak’ati bilan ularga osmon eshiklarini ochaman, ular Hurul ‘iynlarga musharraf bo‘lishadi. Ey Muso, Muhammad (s.a.v.) va uning ummati yana to‘rt rak’at namoz o‘qishadi. U asr namozidir. Osmon va yerda biron farishta qolmasdan ularga istig‘for aytadi. Kim uchun maloikalar istig‘for aytsa, uni azoblamayman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati


quyosh botgan vaqtda uch rak’at namoz o‘qishadi. Ularga osmon eshiklarini ochaman, qaysi hojatlarini so‘rashsa, ularning hojatini beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati shafaq yo‘qolgan vaqtda to‘rt rak’at namoz o‘qishadi, bu dunyo va undagi bor narsalardan o‘sha to‘rt rak’at yaxshidir, onalaridan tug‘ilgan kundagidek gunohlaridan poklanadilar. Ey Muso, Ahmad va uning ummati buyurganimdek tahorat qiladilar, u suvdan sachragan har bir qatra barobarida Men ularga kengligi osmonu yerga teng bo‘lgan jannatni beraman. Ey Muso! Ahmad va uning ummati har yili ramazon oyida
ro‘za tutadi. Har kungi ro‘zasiga jannatda bir shahar beraman. Ularning nafl amallariga farz amallarining ajrini beraman. Laylatul qadr kechasida kim gunohlariga pushaymon bo‘lib, qalbdan sodiq istig‘for so‘rasa, keyin shu kecha yoki shu oyda vafot etsa, unga o‘ttiz shahidning ajrini beraman. Ey Muso! Muhammadning (s.a.v.) ummatida shunday kishilar borki, ular ulug‘ martabada turadilar va “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik beradilar. Ularning mukofoti payg‘ambarlarning mukofoti kabidir. Mening rahmatim ularga vojib va g‘azabim ulardan uzoqdir. Modomiki “la-a ilaha illalloh”, deb guvohlik berib tursalar, ulardan hech biriga tavba eshigini berkitmayman”, deb yozilgan edi”.

810. Abu Hurayra (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Qiyomat kuni chaqiriladigan birinchi kishi Nuh (alayhissalom) va uning ummatidir. Keyin u kishidan: “Sen bilan yuborilgan narsani yetkazdingmi?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, ey Rabbim”, deydilar. Keyin qavmiga aytiladi: “Sizlarga Nuh Allohning risolatini yetkazdimi?” “Yo‘q, Allohga qasamki, agar bizlarga elchi yuborganingda, albatta, Sening


oyatlaringga ergashar va mo‘minlardan bo‘lar edik. Lekin u Sen buyurgan narsalarni bizlarga yetkazmadi”, deydi qavm. Nuhga (alayhissalom) keyin: “Sen ularga yetkazmaganingni da’vo qilishyapti. Senda ularga qarshi guvohlar bormi?” deyiladi. Nuh (alayhissalom): “Ha, bor”, deydilar. “Kim ular?” deb so‘raladi. Nuh (alayhissalom) aytadilar: “Ular Muhammadning (s.a.v.) ummatlaridir”. Shunda ular chaqirilib,
so‘raladi. “Ha, bizlar Nuhga (alayhissalom) guvohlik beramiz, – deyishadi ular. – U kishi qavmiga yetkazdi”. Nuhning (alayhissalom) qavmi aytadi: “Sizlar bizlarga qanday qilib guvohlik berasizlar? Bizlar avvalgi, sizlar esa, keyingisizlar”. Ular: “Guvohlik beramizki, Alloh taolo bizga payg‘ambar yubordi va unga kitob tushirdi. Unga nozil qilingan narsada sizlarning xabarlaringiz kelgan”, deydi”.

Abu Hurayra (r.a.) keyin aytdilar: “Bizlar (bu dunyoda) oxirgilarmiz, qiyomat kunida esa oldingilar. Bu Allohning so‘zidir:




Shuningdek, (ya’ni, haq yolga hidoyat qilganimiz kabi) sizlarni boshqa odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh bo‘lishi uchun orta (adolatli) bir millat qildik” (Baqara, 143-oyat).



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə