Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc



Yüklə 11,4 Mb.
səhifə155/187
tarix11.12.2023
ölçüsü11,4 Mb.
#144704
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   187
230-Qaflatdan Oyghatish-Tanbihul Qafilin (Al Faqih Abulays Assamarqandi) (Chev-Dilmurad Qashaqov)(Ozbekce-Latin) (Tashkend-2005)

YETMISH BIRINCHI BOB
CHAVANDOZLIK VA O‘Q OTISH FAZILATI

793. Faqih Abu Lays Samarqandiy roviylar silsilasi orqali Jobir ibn Zayddan rivoyat qiladilar. U kishi aytadilar: “Men Payg‘ambar (s.a.v.) ashobidan bir kishi bilan kamonda otishib turardim. Bir kun bormadim. Keyingi safar u kelmaganim sababini so‘radi, men uzrimni aytdim. U: “Seni kamon otishga undaydigan hadisni aytaymi?” dedi. Men: “Ha” dedim. U aytdi: “Payg‘ambarning (s.a.v.): “Alloh taolo bir o‘q bilan uch nafar kishini jannatga kirgizadi: otuvchini, otganini tekshirib turuvchini va uni kuchaytiruvchini”, deb aytganlarini eshitganman. Nabiy (s.a.v.) yana: “Otinglar va mininglar. Kamondan otganlaringiz chavandozliklaringizdan sizlar uchun yaxshi va menga sevikliroqdir. Mo‘min o‘ynaydigan har bir (bekorchi) o‘yin botildir. Faqat uchtasi: kamoningdan otishing,


otingni tarbiyalashing va ahling bilan xursandchilik qilishing (botil emas), balki haqdandir”, deb aytganlar”.

Makhul aytadilar: “Umar (r.a.) Shom ahliga xat yuborganlarida: “Farzandlaringizga suzishni, otishni va chavandozlikni o‘rgatinglar. Nishonlar orasida yashirinishga ham buyuringlar”, deb yozganlar”.


Mujohid aytadilar: “Ibn Umarni (r.a.) ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mustahkamlayotganlarini ko‘rdim”.


Huzayfa (r.a.) bir ko‘ylakda ikki nishon o‘rtasini mahkamlardilar.


794. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dga Uhud jangida: “Ot, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin”, degan edilar.


795. Faqih (r.a.) aytadilar. Bu xabarda kamondan otishning fazli bayon qilinyapti. Chunki Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’ddan boshqa hech kimga, ota-onam senga fido bo‘lsin, demaganlar. U kishi kamonchi, bo‘lgani uchun aytgan edilar. Payg‘ambar (s.a.v.) Sa’dni: “Ey Parvardigor, uning otganini nishonga tekkiz va duosini ijobat qil”, deb duo ham


qilgan edilar.

796. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Tuya ahliga izzat, qo‘y barakadir, otning yollariga qiyomat kunigacha yaxshilik bog‘langan”.


797. Boshqa xabarda kelishicha, “Izzat otning yollaridadir”.


798. Amr ibn Abasa Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladilar: “Kim Alloh yo‘lida o‘q otsa, u qulni ozod etgan kabidir”.


799. Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: “Yaqinda sizlar uchun yer yuzi fath etiladi va oziq- ovqat ko‘payadi. Shunda sizlardan hech kim kamondan o‘q otish bilan shug‘ullanishdan


ojiz qolmasin”.

Umar ibn Xattob (r.a.) aytadilar: “Nishon jannat bog‘laridan bir bog‘, mo‘ljalga otuvchi dushmanga qarab otuvchi va unga o‘qni qaytarib olib keluvchining har bir qadami bir qul ozod qilish kabidir”.


800. Uqba ibn Omir (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) minbarda turib:


(Ey mominlar) ular uchun imkoningiz boricha kuch tayyorlab qo‘yinglar” (Anfol, 60), degan oyatni o‘qidilar, keyin aytdilar: “Ogoh bo‘linglar, kuch nayza otishdir”. Bu gapni uch marta takrorladilar.


801. Nabiy (s.a.v.) aytadilar: “Kim otishni o‘rgangandan keyin uni tashlasa, sunnatni tashlabdi”. Boshqa bir xabarda “ne’matni tark etibdi”, deyiladi.


Aytadilarki, ulug‘ obro‘li kishi, agar amir bo‘lsa ham, to‘rt ishdan chekinmasligi lozim: ota-ona uchun o‘rnidan turish, mehmonga xizmat qilish, otiga qarash va odobu ilm o‘rgatgan muallimiga xizmat qilish.


802. Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Payg‘ambardan (s.a.v.) bu hadisni eshitdim: “Ilm talab qilgandan keyin otishni o‘rganish kishining shon-sharafidir”. O‘shanda: “Ey Allohning rasuli, otishni o‘rganishni nima savobi bor?” deb so‘ragan edim, u zot: “Ey Anas, kim Allohning roziligini va Islomning izzatini xohlab o‘q otsa, har bir otganiga Hurul ‘iynlardan uning uchun bir joriya bordir va unga jannatda oq durli chodir tikiladi. Uning kengligi yerning kengligichadir. Kim Alloh yo‘lida bir o‘q otsa, unga u o‘q qiyomatgacha kattalashib boraveradi, hatto, Uhud tog‘idan og‘irroq bo‘ladi”, dedilar.


803. Va yana aytadilar: “Kim otishni o‘rgansa, unga Alloh uch narsani beradi: mujohidlar bilan birga bo‘ladi, haybatli bo‘ladi, rizqi keng bo‘ladi. Oxiratda ham uchta narsa bilan siylaydi: mujohidlar bilan mahshargohda ham birga bo‘ladi, sirotdan chaqmoqdek o‘tadi va jannatga hisobsiz kiradi”.




804. Abdulloh ibn Amr (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Dushmanga duch kelishni orzu qilmanglar. Allohdan salomatlikni, tinchlikni so‘ranglar. Agar ularga duch kelsanglar, mahkam turinglar va Allohni zikr qilishni ko‘paytiringlar”.



Yüklə 11,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə