Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
quruq archa butoqlarini qadab o‘ltirg‘izadilar. Aylantira tog‘ to‘dalab, archa shoxlariga oq 
latta boylab qo‘yadilar. Rasululloh alayhi vasallam payg‘ambarimiz: «Har inson o‘z 
podshohining dinida yashaydi», dedilar. Shunga ko‘ra, Turkiston o‘lkasi uzun yillar 
mo‘g‘ullar hokimiyati ostida yashaganlikdan do‘lana, qayrag‘ochlarning shoh butoqlariga 
xotin xalajlarning oq latta boylab qo‘yishlari shularning qoldiqlaridur. 
Shu yerga yetganimcha hurriyat olamida erkinlik bilan yashovchi insonlar 
ko‘ngillaridek ochilgan havo ostida yog‘in-chopin ko‘rmay kelgan bo‘lsam ham, Tiklixon 
archasidan o‘tganim so‘nggida tog‘ parchalaridek oq qora dahshatlik bulutlar har 
tomondan qo‘zg‘algali turdi. Momaqaldiroq qahr g‘azabi bilan bulutga haybat ko‘rsatib 
edi, u qo‘rqqanidan butun vujudi teshilib, ko‘z yoshin qoldirmay to‘kishga boshladi. Bir 
damda yorug‘ olamni qorong‘ulik qoplab, quyosh botishi bilan tun ustida qozon 
to‘nkargandek qosh qorong‘ulik ichida qoldim. Endi qop qora tun qorong‘iligi bilan qalin 
qor bulutlar ostida turib, ustidan izg‘irin shamol aralash tarnovdan tushkanday sovuq 
yomg‘ir urib, suv ichida shildirab turgan bir odamning holi na bo‘lg‘usidir. Oxiri, ilojim 
ketganlikdan, otimdan tushib, yomg‘irdan boshpana bo‘lg‘udek bir yer topilarmikan deb 
paypaslab yursam, shu yerda chuqurligi bir odam bo‘yi kelgudek jar borligi bilindi. 
Darrov jar ichiga tushib otimni chigallab, chilbirini belimga bog‘lab oldim; o‘zim bo‘lsam 
shu jar ichida suv olib kamor (o‘pirilib ketgan o‘yiq joy) qilib ketgan, arang bir kishi 
sig‘qudek bir o‘rin bor ekan, kuch bilan bo‘lsa ham shu kamorga kirib oldim. Biroq usti 
boshim butunlay yomg‘ir suviga chilanganlikdan, suv ichida yotgandek bo‘lib qiynaldim. 
Shunday bo‘lsa ham uyqusizligim ustiga charchashlik qo‘shilganlikdan bu kabi dahshatlik 
joyda hech bir narsa sezmasdan tong otquncha uxlamish edim. 
So‘ngra uyg‘onib qarasam, havoda parcha bulut qolmagan, ko‘k ko‘karib, yulduzlar 
charaqlab, yangidangina tong yuzi yorimish ekandur. Tezdan turib tong otquncha otimni 
jardan chiqarib o‘tga qo‘ydim. Lekin, qor aralash yoqqan yomg‘irdan so‘ng eskan tong 
shamolining salqini, kiyimlarim ho‘l bo‘lgani uchun meni qaltiratib titratqali turdi. Bir 
tomondan sovuqqa chidayolmay turganim ustiga, kun bo‘yi ot ustidan tushmay yurib
uringanligimdan menda qattiq chanqovlik paydo bo‘lmish edi. Yomg‘ir har qancha ko‘p 
yog‘ib turgan bo‘lsa ham, yerning tekisligi, so‘rg‘aqligidan (so‘rib oluvchi, tez so‘ruvchi) 
bo‘lishi kerak, chanqoqligimni bosqudek ham suv topolmay, axiri cho‘plarni qoqib silkib 
yurib arang uch to‘rt qoshiq suv yig‘ib, shu bilan tomog‘imni ho‘llab turdim. Shu orada 
quyosh ham yaltirab chiqa boshladi. Yomg‘irga chilanib (ivib, bo‘kib, ho‘l bo‘lib), suv 
bo‘lgan egin-boshim, ot-jabduqlarimni kunga qoqlab (yoyib quritib), uch to‘rt soat shu 
yerda yotdim. So‘ngra bu yerdan otlanib, mo‘ljallangan tomonimga qarab ikki soat 
yurganimdan keyin, oldimdan yaltirab ko‘ringan oqar suvga ko‘zim tushgach, Hizr 
alayhissalom ichgan obihayot suvini topgandek, quvonmish edim. 
B a y t: 
Och kishiga non yuzi yorning yuzidin yaxshiroq,
Chanqamish odamga suv hurining ko‘zidin yaxshiroq. 
Ot jonivor ham yiroqdan suvga ko‘zi tushishi bilan qanday yetganini bilmasdan 
tumshug‘ini suvga botirmish edi. Men ham shu barobar ot ustidan sakrab tushib, har 
ikkovimiz chanqog‘imiz qonguncha bosh ko‘tarmay suv ichkani turdik. So‘ngra, bu 
yerdan otlanib, bundan uch kun ilgari qo‘nib o‘tgan, yiroqdan ko‘rinib turgan oq 
chodirlarga qarab jo‘nadim. 
Yo‘lda ketayotganimda 14-15 yosh chamalik, mol boqib yurgan bir qalmoq bolasi 
menga yo‘ldosh bo‘lib, bir ikki chaqirimgacha ergashib birga keldi. O’z tilida g‘uldurlab, 
uzundan-uzun so‘zlagan bo‘lsa ham, mo‘g‘ul tilini birinchi martaba eshitayotganim 
uchun, nima deganini bilolmadim. Axir qilgan imo ishoralaridan tushunsam, qo‘lidagi 
eski yomon qamchisini menga qoldirib, mening el ichida bir qo‘y turadigan yaxshi 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə