Microsoft Word turkiston qaygusi ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/120
tarix05.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#125772
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   120
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
tamg‘adek ko‘rib, yuzi ustida slagan Yulduz yaylovining ko‘kka tiralgan tog‘lari ostida 
yolg‘iz o‘zim suvga botib qaltirab o‘ltirishim, inson hayotida eng oz ko‘riladigan tarixiy bir 
voqea emasmi? 
So‘ngra, to‘rt tomonga qarasam, boshi bulutga erishgan haybatli ola tog‘lardan o‘zga, 
yomg‘irdan dalda bo‘lg‘udek hech narsa ko‘rinmas edi. Buning ustiga odam 
yirtqichlaridan vaqtlik omon qolgan bo‘lsam ham, tog‘ yirtqichlarining qo‘rqinchlik oyoq 
izlari har yerda ko‘rinar edi. Mana shu kabi dahshat vahshatlik qorong‘u kechasida eng 
halokatlik o‘rinda turgan bo‘lsam ham, ko‘nglimdagi iymonim sababli, yaratguvchi 
mehribon Alloh yordamiga umid bog‘lamish edim. Ruhoniy quvvatim jnsmoniy kuchimga 
madad berishi bilan, bo‘ron-shamoldan daldaroq deb, soy ichiga tushdim. 
Uzun yo‘l yurib horgan, o‘y chuqur yerlardan o‘tarda urinib charchagan har qanday 
otni tong otqizish kerak bo‘lgani uchun otni qontardim. Lekin hayot olami sababga 
bog‘liq degan Qo‘r’on qonuniga qarab, o‘zimni saqlamoq uchun mushtumdek toshlardan 
o‘n o‘nbeshini oldimga to‘pladim. Pichoq bog‘imiga latta o‘rab, o‘ng qo‘limga ushladim. 
Tabiat olamining vahshiylari o‘t yorug‘idan qo‘rqishini eskarib, qo‘limga govut qopini 
oldim. Mana shular bilan imkoniyat boricha mumkin qadar insoniy, hayvoniy 
dushmanlarimga qarshi qo‘yarlik qurol tayyorlagan bo‘ldim. Va «Oyatal kursiy», «Li iylofi 
quraysh» surasini ham og‘zimdan tushurmay o‘qig‘ali turdim. 
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalam aytmishdurlar: «Rohat kunlari Allohni 
unutmay oning amrini ushlasang, o‘l dog‘i mehnat kunlari boshingga kelsa, seni 
unutmog‘oy». 
B a y t: 
Har gunoh qilg‘an ersang, chin ko‘ngildan tovba qil!
Chin ko‘ngildan tovba qilsang, har gunohni yuvg‘isi.
Sen Yaratqon amrini ushlar ersang rohat kuni,
Boshingga mehnat kuni tushdi ersa qutqorg‘usi.
Ey, o‘g‘il-qizlar! Xudo amrin qoldirmay tuting!
Bo‘lsa mushkil ishlaring, yordam xudodin bo‘lg‘usi.
Sog‘uniy qilg‘ay nasihat to ajal yetkunchalik,
Chin ko‘ngil do‘stlarig‘a esdalik qoldurg‘usi. 
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Tushgan yerim soy ichi bo‘lib, izg‘irin shamol aralash 
to‘xtovsiz quyilib turg‘on yomg‘ir ostida, ichim toshim suvga cho‘mganliqdan
sovuqqa 
chidoyolmay qaltirab, titrag‘oni turdim. Lekin shu kabi og‘ir dahshatlik qorong‘u kechada 
manim jon yo‘ldoshim jonivor otim men uchun qorovullik xizmatini bajarmish edi. 
Shundoqki yirokdan biror narsaning sharpasini sezishi bilan darhol bo‘ynini ko‘tarib, 
quloqlarini o‘ynatib, menga hozir bo‘l xabarini berar edi. Shu bilan g‘am qayg‘ulik bu 
kabi uzundan uzun tunda yor vaslini kutgan oshiqdek qachon tong otar ekan deb, 
telmurib o‘lturdim. 
Yalt etib tong otishi bilan talpinib ochirqob turgan otimni o‘tga qo‘yib, bu o‘xshash 
dahshatli kecha ofatlaridan omon chiqqanim uchun Tangriga yolvorib shukr sajdasini 
qildim. Yulduz yaylovidan o‘tib tog‘ ichiga kirgach, o‘n ikki soat yo‘l yurib shu o‘ringa 
kelgan edim. Endi esa boshi tuyuq yaylov yo‘liga kirib adashib yurganimni bilgach, yana 
orqaga qaytmoqchi bo‘ldim. Otim jonivor adashganimni mendan ilgari bilgan ekan. 
Chunki, bu yoqqa kelishda zo‘r bilan qamchi ostida yurib kelgan edi, sal bo‘sh qo‘ysam 
yurishini sekinlatib orqaga qaytishga intilar edi. 
Yomg‘ir qattiq yog‘ib, jala quyganlikdan yolg‘izoyoq yo‘llar yo‘qolib, ot tuyoq izlari 
bosilmish edi. Boshoyog‘i jar bo‘lib oqqan ulug‘ suv bo‘ylab, kechik yo‘lni topolmay, to‘rt 
besh soat ovora bo‘ldim. Buning ustiga yana havo buzilib, kiyim boshim sergamay 
(qurimay) turib, qor aralash yomg‘ir yoqqali turdi. Oxiri tinkam qurib ketganlikdan 


Turkiston qayg’usi. Alixonto’ra Sog’uniy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə